Ma`lumki, egri soliqlar mahsulot bahosiga yoki xizmat ta`rifiga ustama sifatida belgilanadigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlardir



Download 19,67 Kb.
Sana26.05.2022
Hajmi19,67 Kb.
#609553
Bog'liq
qqs va aksiz


Ma`lumki, egri soliqlar mahsulot bahosiga yoki xizmat ta`rifiga ustama sifatida belgilanadigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlardir. Egri soliqlar tovarning yoki xizmatning bahosida xisobga olinganligi uchun ularni pirovard to`lovchisi bo`lib, iste`molchi hisoblanadi. Egri soliq hisoblangan qo`shilgan qiymat solig`i o`zining iqtisodiy mohiyatiga ko`ra, sotilgan mahsulotlar, ko`rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste`mol qilingan oraliq tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning qiymati o`rtasidagi farqdan iboratdir
Mazkur soliq birinchi marta 1954-yilda fransuz iqtisodchisi M.Lore tomonidan taklif qilingan bo`lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida ko`pgina davlatlarda muvaffaqiyatli qo`llanib kelinmoqda. Masalan, Sharqiy Yevropa mamlakatlari (Germaniya, Daniya, Niderlandiya, Fransiya, Shvetsariya) da 60- yillarning oxirida, (Belgiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Lyuksemburg, Norvegiyada) 70-yillarning boshlarida qo`shilgan qiymat solig`i joriy etilgan va hozirgi kungacha amal qilib kelmoqda. Qo`shilgan qiymat solig`i Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi 35 dan ortiq davlatlarda joriy etilgan va undirib kelinmoqda. Mustaqil Davlatlar hamdo`stligiga (MDH) kirgan barcha davlatlarda 1992-yildan boshlab qo`shilgan qiymat solig`i joriy etilgan. Shu jumladan, O`zbekuiston Respublikasida ham qo`shilgan qiymat solig`i 1992-yildan boshlab O`zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevraldagi “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to`g`risida”gi qonun asosida joriy etildi
Har bir iqtisodiy kategoriyaning mohiyati unga berilgan ta`riflar yordamida ochib beriladi. Shu tufayli qo`shilgan qiymatning iqtisodiy mohiyatini yoritishda, unga mumtoz va hozirgi zamon iqtisodchi olimlarining bergan ta`riflari muhim ahamiyatga egadir. Amerikalik iqtisodchilar S.Fisher, R.Dornbush, R.Shmalenzilarning fikriga ko`ra, “qo`shilgan qiymat” – bu firmaning sotuv hajmidan mahsulotni ishlab chiqarish uchun sotib olingan materiallarning qiymati chegirib tashlangandan keyingi qolgan qismidir3 . Amerikalik olim Jefri Saks va chililik olim Felipe Larrenlar qo`shilgan qiymat haqida so`z yuritib, “firmaning jami (yig`ma) daromadidan boshqa firmalardan kelib tushganlar (materiallar) chegirib tashlansa, firmaning qo`shilgan qiymatiga teng bo`ladi” degan ta`rifini keltiradi va buni quyidagi tenghlik bilan ifodalaydi:
QQS joriy etilgani narxlar ko‘tarilishiga olib keladimi, soliq olishdagi o‘zgarishlar yirik va kichik biznesga qanday ta’sir ko’rsatadi, ish haqining panadan olib chiqilishi va uning oshishini kutish asoslimi — institutsional islohotlar bo‘yicha ekspert Ildus Kamilov shular va yangi soliq tizimining boshqa jihatlari haqida yozadi.
QQSning joriy etilishi ishlab chiqaruvchilar, importchilar, savdo tarmoqlariga, oxir-oqibat iste’molchi uchun narxlarga ta’sir ko‘rsatadi.
Soliq olishning umumiy tizimi (SOUT), shu jumladan QQS ga tushadigan korxonalar ro‘yxatini kengaytira turib hukumat haqiqatdan ham yaxshi bo‘lishini istaydi. Va davlat byudjetini to‘ldirish ma’nosidagina (aslida bu ham muhim) emas. Hukumat iqtisodiyotni soyadan chiqarish va korxonalarni yiriklashtirishni rag‘batlantirish hisobiga ishlab chiqarishni oshirish niyatida.
Yirik korxonalarda aylanmalarni yashirish qiyin, biroq, kerakli buxgalterlik hisobini yuritish osonroq. Yirik mijoz yetkazib beruvchidan biznes yuritishda shaffoflikni talab qila oladi, negaki, bitta noqonuniy schet-faktura jiddiy muammolar bilan xavf soladi.
Yirik korxona investitsiya jalb etish, yangi maxsulotlar chiqarish, yangi ishchilar yollash, sheriklarining maxsulotlariga bo‘lgan talabni oshirish orqali yirik loyihalarni amalga oshirishi mumkin. Ishlab chiqariladigan maxsulot qanchalik murakkab bo‘lsa, uning tarkibidagi va butlovchi materiallar qanchalik ko‘p bo‘lsa iqtisodiyot uchun shunchalik samarali bo‘ladi.
Ammo bir necha nozik jihatlari bor.
Birinchidan, QQS bo‘yicha o‘tish davrining yuki ancha yirik korxonalarga va qisman yakuniy iste’molchilarga tushadi. Soliq olish tartibining o‘zgarishi yirik korxonalarni shunday vaziyatga solib qo‘yadiki, ularning o‘zlari QQS hisobidagi bu zanjirlarni yaratishlariga to‘g‘ri keladi. Bir tomondan mahsulot yetkazib beruvchilarni SSUTga o‘tishga “ko‘ndirish” yoki yangi sheriklarni topish kerak bo‘ladi, ikkinchi tarafdan bu tranzitni o‘z daromadidan qisman moliyalashtirishiga to‘g‘ri keladi, agar bunga imkoniyati bo‘lmasa narxlarni oshiradi yoki harajatni kamaytiradi.
Aksiz (fransuzcha: accise – qirqib olmoq) – keng iste’mol tovarlari, eng muhim xom ashyolarga, shuningdek xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan qoʻshimcha soliq turi. Muayyan tovar (muhim iste’mol tovarlari: qand, gugurt, tuz, tamaki, spirtli ichimliklar, shuningdek avtomobillar, muzlatkichlar, moʻyna mahsulotlari billur va hokazo)lar narxiga, koʻrsatilgan xizmat (kommunal, transport va boshqalar) haqiga qoʻshimcha ustama soliq sifatida qoʻshiladi va uni toʻlovchilar bevosita haridorlar hisoblanadi. Aksiz narx tarkibida muayyan qiymatda yoki narx miqdoridan ma’lum foiz hisobida koʻrinishlarida boʻladi. Aksiz davlat byudjetida daromadlarning muhim qismini tashkil etadi. Aksiz qad. Rimda kelib chiqgan. Hozirgi dunyo mamlakatlarida keng rivojlangan. Oʻzbekistonda 1996-yil 1-oktabrdan respublikaning oʻzida ishlab chikarilgan va uning hududiga chetdan keltirilgan tamaki mahsulotlari hamda spirtli ichimliklarni sotishda maxsus Aksiz markalari joriy etilgan.
2021 yilgi soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarida QQS (15%), foyda solig‘i (15%, alohida toifalar uchun 20%), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (12%), yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i (2%), qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i (0,95%), ijtimoiy soliq (xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar - 12% va byudjet tashkilotlari - 25%), aylanmadan olinadigan soliq (bazaviy stavka 4%) stavkalarini saqlab qolinishi nazarda tutiladi.

Download 19,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish