Mafkurasi ruhida tarbiyalash



Download 88,5 Kb.
bet1/5
Sana10.06.2022
Hajmi88,5 Kb.
#651347
  1   2   3   4   5
Bog'liq
YOSH AVLODNI MILLIY ISTIQLOL G‘OYASI VA


YOSH AVLODNI MILLIY ISTIQLOL G‘OYASI VA
MAFKURASI RUHIDA TARBIYALASH

1. Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalashning nazariy asoslari


2. Boshlang`ich ta`lim jarayonida milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash omillari
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Barkamol avlodni o`stirishda ta`lim – tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni, tashkiliy yo`nalishlari, tuzilmalarning o`zaro uygun faoliyatini uzviy ravishda amalgam oshirish muhim mahamiyatga ega.


Ayniqsa o`sib kelayotgan yosh avlodni milliy g`oyamiz asosida o`z yurtini ulug`laydigan tinchligi, Vataniga sodiq xalqi farovonligi uchun xizmat qiladigan e`tiqodli farzadlar qilib tarbiyalashimiz lozim. Prezidentimiz o`zining “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida ta`kidlaganidek: “Tabiiyki, milliy g`oyamiz shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning niyatlarini, hayotiy mafaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi dgan yuksak tushunchalarni o`z ichiga oladi”.1
Mamlakatimizning doimiy taraqqiy etib borishi uchun avvalambor yosh avlodni barkamol, teran fikrlaydigan, bilimli, ishbilarmon, o`z vataniga mehrli qilib tarbiyalash masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
Jamiyatda yuksak ma`naviy fazilatni shakllantirish, yoshlarni boy madaniy – ma`naviy merosimiz, tarixiy an`analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash respublikamizda amalgam oshirilayotgan barcha islohotlarning muhim omili hisoblanadi. Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan jahon ta`lim standartlariga to`laqonli ravishda javob bera oladigan va ular bilan raqobatga kirisha oluvchi uzluksiz ta`lim dasturi ishlab chiqildi. 1997 yil 29 avgustda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 34 – moddadan iborat “Ta`lim to`g`risida” qonun va uch bosqichdan iborat “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilinib, asosiy maqsad – ta`lim islohotlarini chuqurlashtirish va yuksaltirishga qaratilgan.
Mustaqillikning kelajakdagi istiqboli, islohotlarning taqdiri ko`p jihatdan mamlakatimizning ertangi kuni va taraqqiyotini o`z zimmasiga olishga qodir bo`lgan sog`lom va uyg`un kamol topgan avlodni tarbiyalash bilan bog`liq. Endigina o`sib va unib kelayotgan yigit va qizlarimizni har tomonlama kamol topgan shaxslar etib shakllantirmasdan turib O`zbekistonning kelajagini tasavvur qilib bo`lmaydi.
Yurtboshimizning 2009 yilning 9 dekabrida “Barkamol avlod yili” Davlat dasturini ishlab chiqish va amalgam oshirish bo`yicha tashkiliy chora – tadbirlar to`g`risida”gi Qarorida O`zbekistonda sog`lom va uyg`un kamol topgan avlodni tarbiyalash uchun zarur imkoniyatlar va shart – sharoitlarni yaratish, ХХI asr – intellektual qadriyatlar ustuvorlik qilayotgan asr ekanligini e`tiborga olgan holda Vatanimiz yigit – qizlarini har tomonlama barkamol shaxslar etib shakllantirish borasidagi keng ko`lamli chora – tadbirlar kompleksini amalgam oshirish maqsadida va 2010 yil O`zbekiston Respublikasida “Barkamol avlod yili” deb e`lon qilinishi munosabati bilan har tomonlama uyg`un kamol topgan shaxsni shakllantirish to`g`risidagi Davlat dasturini ishlab chiqish va uni izchillik bilan kundalik hayotga qo`llash davr taqozosiga aylanayotganligi alohida ta`kidlanadi.
Respublikamizda olib borilayotgan siyosatning va Prezidentimiz da`vatlarining mohiyatini ham ma`naviyati teran, boshqalar fikriga ergashmaydigan, iymon – e`tiqodi sof avlodni yetishtirish masalasi tashkil etadi. Zero, e`tiqodsizlik, turli yot oqim va mafkuralarga ergashish holati jamiyatni inqiroz sari yetaklaydi. Shu bois I.A.Karimov deyarli barcha asarlarida yoshlar tarbiyasiga jiddiy yondashish va ularni yot g`oyalardan muhofaza qilish lozimligini ta`kidlaydilar: “Takror aytishga to`g`ri keladi – ota – onalar, ustoz murabbiylar bu masalada hushyorlikni yo`qotmasligimiz, yoshlar tarbiyasida aslo beparvo bo`lmasligimiz zarur”.
Tadqiqot muammosini o`rganish hozirgi sharoitda barkamol shaxs qiyofasida aqliy, ma`naviy, axloqiy, jismoniy, badiiy – estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik madaniyat hamda kasbiy malaka, sog`lom turmush tarsi ko`nikmalariga ega bo`lishni ifodalovchi sifatlar aks etadi.
Mustaqil O`zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” xalqimiz ming yillar davomida yaratgan, asrab – avaylab kelayotgan bilim xazinalariga, boy qadimiy merosimizga asoslanadi. Chunki ota – bobolarimiz hayot tajribalari natijasida yaratgan o`git va pandnomalarida, dunyoviy bilimlarida mardlik, jasurlik, ona – Vatanga muhabbat, uni asrab – avaylash, dushmanga qarshi kurashish kabi insonparvarlik g`oyalari mavjudki, ular nafaqat bugungi kundagi balki kelajak avlodlar uchun ham ahamiyatli va qadrlidir.
Hurmatli Prezidentimiz I.A.Karimov «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir» nomli asarida bu haqda shunday deb yozgan edi: «Bilimdon, professional jihatdan savodli hamda g`ayrat-shijoatli shaxslarni, o`z mamlakatimizning chinakam vatanparvarlarini tarbiyalay oladigan, ularni buyuk milliy madaniyatning ulkan ma`naviy merosi bilan boyita oladigan, jahon fani va madaniyati durdonalaridan bahramand eta oladigan mamlakatgina, millatgina buyuk kelajakka erishishi mumkin».2
Ushbu maqsadga erishish uchun mamlakatimiz mustaqilligi yillarida yosh avlodni komil insonli kadrlar etib tarbiyalashda asrlarga teng yutuqlarga erishildi. Ayniqsa umumiy o`rta ta`lim tizimida o`quvchilarga dars-ta`lim berish, ularning qiziqishini tobora oshirish, bilim sohasini kengaytirish, fikrlash, mulohaza qilish qobiliyatini chuqurlashtirish borasida amalda bajarish uchun qo`llaniladigan uslubiyati xozirgi davrda muhim ahamiyatga ega bo`lgan muammolardan biridir. Undan kutiladigan asosiy maqsad kelajakda barkamol, vatanga sodiq avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishda, ularda ijtimoiy – siyosiy, ma`naviy – mafkuraviy masala – muammolarni keng va atroflicha chuqurroq o`rganish faoliyatini, bilimli, ilmli va muloxazali bo`lishga qiziqish qobiliyatini shakillantirishdan iboratdir.
Shuning uchun ham dars o`tishda milliy istiqlol g`oyasini yoshlar onggiga singdirib borish va shu asosda ta`lim-tarbiya berish, yoshlarni porloq kelajagimiz ruhiga mos vatanparvar, insonparvar kadrlar qilib tayyorlashda muhim rol o`ynaydi.
Shu jihatdan qaraganda biz tanlagan “Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash” nomli bitiruv malakaviy ish mavzusi shu kunning dolzarb mavzusi hisoblanadi. milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalashning yo`llari belgilab berilsa, uni o`rganishga keng yo`l ochilsa va u har tomonlama rivojlantirilsa;

  • milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalashning mohiyatini anglashga erishilsa;

  • milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, davr taqozo etayotgan talablar doirasida ma`naviy barkamol, vatanga e`tiqodli yoshlarni tarbiyalashga erishiladi.

1. Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash yo`llari nazariy asoslandi, uning omillari ko`rsatildi.
2. Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalashning mazmuni ilmiy tahlil etildi.
3. Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalashning o`ziga xos xususiyatlari va uni tanlash omillari, ta`lim jarayonida milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalashning yo`llari belgilab berildi.
4. Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalashni amaliyotga tadbiq etish jarayonida o`quvchilarning bilim tafakkurini, ongli faoliyatini tezlatadigan, samarali natija beradigan imkoniyatlari ishlab chiqildi.
Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash imkoniyatlari tahlillar asosida aniqlashtirildi, milliy istiqlol g`oyasi asosida o`quvchilarda vatanga e`tiqodni tarbiyalashning mazmunini tanlash, uni tadbiq etish ta`lim standartlariga muvofiqlashtirildi.
Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalashning yo`llari belgilab berildi, boshlang`ich ta`lim jarayonida milliy istiqlol g`oyasi asosida o`quvchilarda vatanga e`tiqodni tarbiyalash ko`rsatildi, ta`lim jarayonida vatanga e`tiqodni tarbiyalash bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Bitiruv malakaviy ish natijalari va uni amalga oshirishga oid tavsiyalar ta`lim maqsadlarining aniq belgilanishi, yakuniy natijaning kafolatlanishi, milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalashning yo`llari bilan ta`minlash va amalga oshirishga yordam berishi bilan xarakterlanadi.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”, ”Oliy ta`lim konsepsiyasi”, “Pedagogik ta`lim konsepsiyasi”, “Umumiy ta`lim konsepsiyasi”, Sharq mutafakkirlarining o`qituvchi faoliyati haqidagi yondashuvlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning shaxs kamoloti, yoshlarni axloqli – odobli qilib tarbiyalash, ta`lim tizimi, shu jumladan, boshlang`ich ta`limni rivojlantirish haqidagi nazariy qarashlari, yondashuvlari, tarixiy – ma`naviy meros namunalari, shuningdek, mavzuga oid ilmiy – pedagogik, metodik manbalar.
Аnketa, kuzatish, suhbat intervyu, eksperiment – tadqiqot ishlari metodlaridan foydalanildi.

Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish