Ma`naviyat — arab tilidagi "ma`no" yoki "ma`naviyatun", "ma`noi g`oya" so`zlaridan olingan bo`lib, "ruhiy holat" degan ma`noni anglatadi.
G`oya-insonlarning ezgu niyatlar, fikri asosidagi amalga oshirilayotgan jarayonlar, ishlar, istiqbol rejalari, tamoyillaridan iborat.
Milliy g`oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o`tib, asrlar davomida e`zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma`naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta`bir joiz bo`lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini o`zimizga tasavvur qiladigan bo`lsak, o`ylaymanki, bunday keng ma`noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo`lamiz.3
Milliy istiqlol g`oyasi asosida yoshlarda vatanga e`tiqodni tarbiyalash milliy istiqlol mafkurasining maqsad va vazifalarini chuqur o`rganish bilan bevosita bog`liq, shuning uchun mafkura maqsadlarini bilish muommoli masalalardan biridir.
Chunki, har qanday mafkura o`z oldiga muayyan maqsadlarni qo`yadi. Bu maqsadlar pirovard natijaga erishishning yo`llari, vosita va usullarini belgilaydi. Mafkuraning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
odamlarni muayyan g`oyaga ishontirish;
shu g`oya atrofida uyushtirish;
g`oyani amalga oshirish uchun safarbar etish;
kishilarni ma`naviy-ruhiy jihatdan rag`batlantirish;
g`oyaviy tarbiyalash;
g`oyaviy immunitetni shakllantirish;
harakat dasturi bo`lish.
Quyida biz milliy istiqlol g`oyasi nuqtai nazaridan mafkuraning ana shu xususiyatlarining mohiyati va mazmuni bilan qisqacha tanishamiz:
Odamlarni muayyan g`oyaga ishontirish. Mafkura g`oyalar tizimi sifatida biron bir g`oyani targ`ib etish, kishilarni shu g`oyaning to`g`ri, hayotiy va ilg`or ekanligiga ishontirishni o`z oldiga maqsad qilib kuyadi.
Demokratik jamiyatda amal qiladigan plyuralizm (fikrlar, qarashlar rang-barangligi) kishilarga o`z hayotiy manfaatlari, maqsad va intilishlarini aks ettiradigan ilg`or g`oyani tanlash, himoya qilish va rivojlantirish imkonini beradi.
Milliy istiqlol g`oyasining shakllanishini tahlil qilish jamiyatda biron bir g`oyaning to`g`ri, ilmiy va hayotiyligiga ishonch xosil qilish o`z-o`zidan ro`y bermasligini ko`rsatadi. Mafkuraga ishonch uyg`otish, unda aks etgan g`oyalar ta`sirida odamlarni safarbar etish funksiyasi muayyan shaxslarning faoliyati orqali ruyobga chiqadi. Chunki, ishontirmoq – kishilarning ruhi, kayfiyati, hissiy kechinmalari, qalbi va shuuriga ta`sir qilmoqdir. Bu vazifani amalga oshiruvchi kishilardan yuksak insoniy fazilatlar, shu g`oya yo`lida fidoyilik, bilim, malaka, nutq mahorati va boshqalar talab etiladi.
Keng xalq ommasini biron bir g`oyaning ilg`or va insonparvar ekanligiga ishontirmoq uchun, avvalo, mazkur g`oya xalq hayotiga yaqin, bevosita daxldor bo`lishi, ikkinchidan, uni odamlar ongiga yetkazishning eng kulay vosita va usullarini aniqlab olish kerak bo`ladi.
Bunda davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlari, maqsad va vazifalarini mafkuraviy jihatdan asoslash, ayniqsa, muhimdir.
Zamon ruhi, xalq psixologiyasi, extiyoj va talablari mafkuramizda har tomonlama aks etishi, bugungi hayotning eng dolzarb muammolari, uning strategik maqsadlari bilan uzviy boglanishi zarur. Ana shundagina porloq kelajakka intilish va qat`iy ishonch muqarrar ravishda katta ijtimoiy yuksalishga turtki beradi. Fan va texnika taraqqiyoti borasida erishilgan yutuqlar bilan birga mafkuramizning jonli, ehtirosli va jozibador g`oyasi insonlar qalbini larzaga keltiradi, ularni faol harakatga undaydi, yaxshi va saodatli kunlarga ishonch hissini uyg`otadi.
Insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk davlat arboblari, harbiy sarkardalar keng ommani ishontirish, yuksak marralar sari ragbatlantirish qobiliyatiga ega bo`lgan mohir notik bo`lganlar. Ular g`oyaning ishonchli va hayotiy bo`lishi uchun u, avvalo, ilmiy-nazariy asosga ega bo`lishi, hayotiy dalillarga tayanishi lozim ekanligini yaxshi bilganlar. Mafkuraviy kurash – jamiyatning ongli va faol qatlamining biron bir g`oyani himoya qilish, qaror toptirish yo`lidagi kurashi ekanini anglab yetganlar. Ana shunday kishilar yetakchilik qiladigan insonparvar va demokratik jamiyat g`oyaga qarshi g`oya bilan, jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashadi. Bu kurash oxir-oqibatda ezgulikning razolat ustidan, yaxshilikning yomonlik ustidan qozonajak g`alabasi bilan intiho topadi.
Mustaqillik g`oyasining o`zagi bo`lgan–tanlagan taraqqiyot yo`limizning to`g`ri, adolatli va haqqoniy ekanligiga, u mana shu zaminda istiqomat qiladigan har bir insonning hayotiy manfaatlariga mos tushishiga keng ommani ishontirish, kishilarni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo`lidagi bunyodkorlik ishlariga safarbar etish milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsadlaridan biridir.
Odamlarga mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni hayotiy faktlar orqali sodda va lo`nda qilib tushuntirish, istibdod asoratlarini tarixiy dalillar asosida fosh etish milliy istiqlol g`oyasini kishilar ongiga singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu g`oyaning asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz, Ayniqsa, yoshlar o`rtasida keng targ`ib etish birinchi navbatda rahbar kadrlar, ziyolilar, ommaviy axborot vositalari xodimlarining muhim vazifasi, fuqarolik burchidir. Milliy istiqlol g`oyasiga sadoqat, kasbiy mahorat, keng ommani ishontirish va safarbar etish qobiliyati – kadrlar tanlash va joy-joyiga qo`yishda asosiy mezon bo`lmog`i lozim. Milliy mafkura masalalariga loqaydlik ayrim rahbar kadrlar o`rtasida umummilliy manfaatlarimizga butunlay yot g`oyalarning, korrupsiya, qarindosh-urug`chilik singari illatlarning kuchayishiga olib keldi.
Mafkuraviy targ`ibot ishlarining muvaffaqqiyatini belgilay-digan shunday hayotiy qonuniyat bor: boshqalarni bir g`oyaga ishontirmoq uchun, avvalo, unga o`zing yurakdan ishonishing, boshqalarni yondirmoq uchun o`zing yonishing, boshqalarni g`aflat uyqusidan uyg`otmoq uchun o`zing uyg`oq va bedor bo`lishing shart! Milliy g`oyaning xalqparvar, taraqqiyparvar ekanligiga bo`lgan ishonch kundalik hayot sinovlaridan o`tsagina, so`z va ish birligiga erishilsagina bu g`oya mustahkam e`tiqodga aylanadi. E`tiqod ustuvor yerda chinakam insoniy hayot bo`ladi; e`tiqod uchun, ilg`or g`oya tantanasi uchun kurash jarayonida inson shaxsi shakllanadi; u bunyodkor kuchga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |