1-MAVZU. LEAN ISHLAB CHIQARISH TARIXI VA
METODOLOGIYASI. TEJAMKOR ISHLAB CHIQARISH USULLARI.
Reja:
1.1. Lean nima.
1.2. Lean ishlab chiqarish tarixi.
1.3. Tejamkor ishlab chiqarish vositalari.
1.4. Tejamkor ishlab chiqarish usullari.
Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan
islohotlar asosida ishlab
chiqarishni kengaytirish, samarali yo`nalishlarini aniqlash va raqobatbardosh
mahsulotlar ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega.
Zamonaviy ishlab
chiqarishning bozor munosabatlari bilan uzviyligini tahminlashdan ko`zlangan
asosiy maqsad – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatli bo`lishi, bozor
talablariga javob berishi va bozor munosabatlari sharoitida raqobatlasha olishidan
iboratdir.
Hozirgi kunda zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etishning asosi bo`lib
hizmat qilayotgan “Lean production” yahni “Tejamkor ishlab chiqarish” boshqaruv
tizimi Respublikamizning barcha ishlab chiqarish korxonalarida
tadbiq qilinilib
kelinmoqda.
Lean inglizcha so`z bo`lib “ixcham” degan ma’noni anglatadi. Lean maqsadi
ko`p mahsulot ishlab chiqarish emas, aksincha kam mahsulot yahni kerakli mahsulot
ishlab chiqarish. Bunda ozgina mahsulot aniqrog’i kerakli mahsulot ishlab chiqarib,
istehmolchi talabidan ortiqcha mahsulot ishlab chiqarmaslik.
Tejamkor ishlab chiqarish mahsulotni ishlab chiqarishni boshqarishda,
operatsiyada, tahminlovchi va mijozlarni o`rtasidagi o`zaro munosabatlarida,
istehmolchi talabi bilan mahsulotni aniq vaqtda tayyorlashda
va kam miqdorda
nuqsonli mahsulotlarni to`g’lashda, ommaviy ishlab chiqarish texnologiyasida
tayyorlanadigan korxona tizimidir. Bu bilan mehnat sarfi, maydon, mablag’ va
vaqtni kamaytiradi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Toyota kompaniyasi Tejamkor
ishlab chiqarish tizimiga asos solgan. Lean production
termini Massachusets
texnologiya instituti ilmiy xodimi Djon Krafchik tomonidan kiritilgan.
Lean production, lean manufacturing — ingliz tilida lean — ozg’in,
xushbichim, yog’siz; keyinchalik «tejamkor» deb tarjima qilindi, oldingi variantda
«kelishgan», «yumshoq», «tejamkor, tirishqoq, g’amxo`r» so`zlarini uchratgansiz,
hozirgi variantlarda ham «lin» uchrab turadi.
Toyota tomonidan ishlab chiqilgan
bo`lib, asosiy maqsadi yo`qotishlarni xamma turini uzluksiz bartaraf qilish – ya’ni
menejment kontseptsiyasidir.
Qisqacha tarixi:Bizga mahlumki dastlabki
mashina ishlab chiqarish
jarayonlari hozirgidan deyarli butkul farq qiladi.
Misol uchun umumiy holda gapiradigan bo`lsak sifat tushunchasi deyarli
bo`lmagan ammo yillar o`tib insoniyat yo`li bilan yaratilgan avto mashinalar olamni
larzaga soldi bir so`z bilan aytganda barcha e’tibor sifat nazoratiga yo`naltirildi.
Ko`p o`tmay lean manufacturing tushunchasi 1990- yillarda kirib keldi, uni
birinchi bo`lib Tayota kompaniyasi amalda qo`lladi.
Tayota korporatsiyasi o`z oldiga qo`ygan maqsadlariga to`la qonli erishdi va
jahon bozorini Tayota rusimli har-hil turdagi mashinalar bilan egalladi buning asosiy
negizida uning oldiga qo`ygan maqsadi bo`ldi.
Tejamkor bajarish to`g’ri narsani to`g’ri paytda o`z joyida tez va samarali
bajarishdan iborat hamda ular ushbu so`zni o`zlariga shior qilib oldi.
Tejamkor ishlab chiqarish ishdagi mukammallikni egallash,
chiqimlarni
kamaytirish, rangbaranglik bilan hamnafas bo`lish, o`zgarishlarni ochiq ko`ngil
bilan kutib olishdan iborat.
Tayota kompaniyasi injinerlari shunga ishonganki agar ular ushbu
tamoyillarni jarayonga olib kelsa ko`zlangan maqsadlarga erishiladi.
Mahsulot sifatli va barqaror bo`lishi uchun ushbu sanab o`tilganlardan aynan
o`zgaruvchanlik va rangbaranglik alohida o`rin tutadi.
1999-yilda muhandislar Spear va Bowen Tayota DNA kompaniyasini 4 ta
harakteristik qoidalarni aniqladi.
1. Qoida mukammal jarayon vaqt va daromad uchun barcha ish yuqori
darajada takomillashtiriladi.
2. Har-bir haridorni jalb etadigan aloqalar to`g’ridan-to`g’ri
amalga
oshirilishi kerak.
3. Mahsulot yoki servis hizmatlari oynasi oddiy va to`g’ri bo`lishi kerak.
4. Har qanaqangibajariladigan ishlar ilmiy metod bo`yicha bajarilishi kerak,
yo`l boshlovchi murabbiy qo`l ostida iloji bo`lsa yuqori tekshiruvlar ostida.
Mahsulot bozorda o`z o`rnini topishi uchun undagi “longevity ” ya’ni uzoq
muddat yaroqlilik muhim o`rin tutadi.
Korhonadagi ishchihodimlarni kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladi shu bois ushbu
ikki tamoyil ham hamisha ustuvor bo`lmog’i darkor.
Tejamkor ishlab chiqarish mehnat sarfini kamaytirishga,
yangi
mahsulotlarga ishlov berish muddatini qisqartirishga,
mahsulot tayyorlash
muddatini qisqartirishga, ishlab chiqarish va saqlaydigan maydonni qisqartirishga,
buyurtmachiga mahsulotni yetkazib berishni kafolatlashga hamda eng arzon narhda
yuqori sifatga yordam beradi.
Tejamkor ishlab chiqarishni asosiy tahrifiga biznes-strategiya, yo`qotishni
oldini olishga intilish, hizmat ko`rsatish hamda mijozni buyurtmasi orasidagi vaqtni
kamaytirish, odamlarga iltifot ko`rsatish printsiplarini qo`llanishi, avtonomizatsiya
va “aniq vaqtda” bundan tashqari biznes jarayonlar, inson resurslar soniga kamroq
talab, asosiy mablag’ (biror ishga sarf qilingan pul), ishlab chiqarish uchun joy,
xamma bosqichlarga vaqt va materiallar kiradi.
Tejamkor ishlab chiqarishning asosiy printsiplariga quyidagilar kiradi:
Aniq bir mahsulotni qiymatini belgilash. (Qiymat-
bu buyurtmachi
tulaydigan xizmat yoki mahsulot)
Mahsulot qiymatini belgilash oqimini tuzish.
Mahsulot qadr-qimmatini yaratishni uzluksiz oqimini tahminlash.
Iste’molchiga mahsulotni cho`zishga (uzatishga) imkon berish.
Barkamollikka intilish.
Juda yaxshi sifat (birinchi ko`rsatish bilan topshirish, nuqsonsiz tizim,
muammoni boshlanish sabablarini aniqlash va xal qilish);