Bolalarni qo’shimcha ovqatlantirish - Qo'shimcha ovqat berish deb - emizikli bolalarga ovqat maxsulotlari va suyuqliklarni ko'krak sutiga qo’shimcha ravishda berishga aytiladi. Qo’shimcha ovqat maxsulotlari bolaga 6 oyligidan boshlab beriladi.
Qo'shimcha ovqat 2 turga bo'linadi: - Oraliq davridagi ovqat - bu maxsus qo'shimcha ovqat bo'lib, emizikli bolani fiziologik va spesifik ovqatga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun qaratilgan.
- Oila dasturxonidan ovqat yoki uy ovqati - bu erta yoshdagi bolalarning qo'shimcha ovqat uchun ishlatiladigan maxsulotlari bo'lib, boshqa oila a'zolari qabul qiladigan mahsulotlar bilan o'xshash bo´ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |