Lantanoidlar va aktinoidlar Latanoidlar



Download 18,04 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi18,04 Kb.
#341149
Bog'liq
lantanoidlar va aktinoidlar


Lantanoidlar va aktinoidlar
Latanoidlar oilasiga 14 ta f element kirib, ular lantandan keyin keladigan elementlardir. Bu elementlar yadro zaryadining ortishi bilan  oxirgi elektron  tashqaridan uchinchi qavatning  f-pog’onachasiga joylashadi,   tashqi va tashqaridan ikkinchi qavat o’zgarishsiz qoladi. Ularning tashqi qavatida ikkitadan elektroni bor. Shuning uchun ham latanoidlar kimyoviy xossalari jihatidan bir-biriga o’xshash xossalarga ega.

Lantanoidlarning xossalari La va Y ga oxshab ketadi. Ularning oksidlanish darajasi +3. La, Gd va Lu  o’zgaruvchan valentlikka ega. Ce bo’lsa uch va to’rt valenlikni namoyon etadi. Ba’zi lantanoidlar ikki valentlikli holatga ham ega.

Lanatanoidlarda yadro zaryadi ortgani bilan Ce dan Lu ga qarab ion radiusi kamayib(lantanoidlar siqilishi) borishi kuzatiladi.

Fizik xossalari. Ular odatdagi sharoitda oq kumush rang metallardir.

Kimyoviy xossalari. Faolligi jihatidan  lantanoidlar ishqoriy yer metallariga yaqin turadi. Ular kislotalarda eriydi. Suv bilan ta’sirlashadi. Odatdagi sharoitda oson oksidlar hosil qiladi.

Ular yuqori haroratda galogenlar bilan ta’sirlashadi. Lantanoidlarning oksidlari, ftoridlari, sulfidlari suvda qiyin eriydigan va qiyin suyuqlanadigan birikmalardir.

Bu metallar xossalari bir-biriga juda yaqin bo’lgani uchun ularni toza holda ajratib olish  ancha mushkul.

Ishlatilishi. Bu metallar rangli metallar olishda, elektron asboblar yaratishda, po’lat ishlab chiqarish va akkumulyatorlar tayyorlashda qo’llanilishi ma’lum. Alyuminiy va magniyga  lantanoidlar qo’shilishi ularni yuqori haroratda chidamli bo’lishiga olib keladi.

Aktinoidlar. Bu elementlar aktiniydan keyin keladigan o’n to’rtta  f elementlardir. Bu elementlarda ham  tashqaridan uchunchi elektron qobiq’ini elektronlarga to’lishi kuzatiladi(5f). Bu elementlar kimyoviy xossalardagi oxshashlik ularning tashqi qavatidagi elektron tuzilish bir xilligidan kelib chiqadi. Aktinoidlar lantanoidlardan oksidlanish darajasi har xilligi bilan farq qiladi.

Aktinoidlarning  barchalari +3 oksidlanish darajasiga ega. Bu jihatdan ular lantanoidlarga o’xshab ketadi.Th, Pa, U, Np (III) holatda ancha kuchli qaytaruvchilardir. Ular eritmada oson oksidlanadi.

Aktonoidlarning(III) gidroksodlari asoslik xossaga ega, lekin suvda kam eriydi. Ular kislotalar bilan oson ta’sir etadi.

          Aktinoidlar uchun (IY) birikmalar ham k’op uchraydi. Th, Pu, Pa, U, Np, Am va  Cm(Kuriy) uchun ana shunday birikmalar ko’p. Bu elementlarning oksidlari qiyin suyuqlanuvchan va suvda erimaydigan  moddalardir. Ular hatto kislotalar bilan ham ta’sirlashmaydi. Ishqorlarning suyuqlanmalarida ham erimaydi. Me(OH)4 birikmalari kuchsiz asosli xossalarga ega. Aktinoidlar tuzlari tarkibida 4-12 molekula suv ushlaydi. MeF4 suvda qiyin eriydigan qiyin suyuqlanuvchi birikmalarga kiradi.ThCl4, UCl4, PaCl4, NpCl4 birikmalar olingan. UBr4 va UI4 ham ma’lum.

Aktinoidlar ichida +5 birikmalar Pa, Np va Pu da uchraydi. Bu birikmalarda asoslik xossalar kuchli.

U, Np, Pu va Am da +6 birikmalar uchrab, bunday birikmalar xrom hosilalariga o’xshab ketadi. UO22+ uranil, NpO22+-neptunil, PaO22+ prataktanil deyiladi. Masalan, UO2(NO2)2*6H2O, uranil nitrat uranning eng k’op tarqalgan birikmasidir. Na2UO4 uranat va Na2U2O7 diuranat tuzlari ma’lum. Bu tuzlardan rangli shisha olishda foydalaniladi.

+6 birikmalar uchun UO2(OH)2 ga o’xshash asos turdagi birikmalar ma’lum. Bunday birikmalar kislotalar bilan ta’sirlashadi. Masalan, UO2Cl2- uranil xlorid.

U-Np-Pu-Am qatorida +6 birikmalarning barqarorligi kamayadi. Uranning barqaror oksidi UO3 olingan. UF6 dan UCl6 barqaror hisoblanadi.



Np, Pu va Am da oksidlanish darajasi +7 birikmalari ham uchraydi. Me3NpO5  va   Me3PuO5  birikmalari ma’lum bo’lib, NpO2(OH)3 – qora qo’ngir gidroksid olingan.
Download 18,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish