Laboratoriya ishi. Termik tahlil. Ikki komponentli qattiq sistemalarning holat diagrammasini tuzish



Download 166,91 Kb.
bet1/3
Sana03.06.2023
Hajmi166,91 Kb.
#948553
  1   2   3
Bog'liq
Laboratoriya ishi Termik tahlil Ikki komponentli qattiq sistem


4 - LABORATORIYA ISHI.
TERMIK TAHLIL. IKKI KOMPONENTLI QATTIQ SISTEMALARNING HOLAT DIAGRAMMASINI TUZISH
Ishdan maksad: Ikki komponentli inkonguriyent qattiq sistemaning suyuqlanish temperaturasini tarkibga bog‘liqligini о‘rganib, holat diagrammasini Tc = f(C) tuzish va aralashmaning evtetik tarkibini aniqlashni о‘rganish.
Ish bajarish tartibi: Termik analiz usuli asosida sistemaning sovitish yoki isitish vaqtida temperaturaning о‘zgarish tezligini о‘rganish yotadi. Agar sovish vaqtida sistemada hech qanday fazoviy о‘zgarishlar sodir bо‘lmasa, uning temperaturasi bir tekisda pasayadi, agarda biror fazoviy о‘zgarishlar sodir bо‘lsa, sovish chizig‘ida modda temperaturasining pasayishi sekinlashib yoki tо‘xtab qolganligi kuzatiladi va chiziqda kesma paydo bо‘ladi. Fazoviy о‘zgarishlar tugamaguncha temperatura deyarli о‘zgarmaydi. Undan keyin yana bir tekisda sovish boshlanadi. Vaqt - temperatura koordinatalarida berilgan moddani yoki aralashmani sovish chizig‘ini chizib, undagi kesmaning joylashishidan kristallanish jarayoni boshlanish temperaturasi (a) aniqlanadi, temperaturaning doimiyligi tugagan nuqta (b) kristallanish tugaganini kо‘rsatadi. Toza moddalar va ularning turli tarkibidagi aralashmalarining suyuqlanish temperaturalarini aniqlab, sistemaning suyuqlanish diagrammasini chizish mumkin.



7 ta probirka olib, ikkitasiga 8-10 g atrofida texnik tarozida tortilgan toza moddalar olinadi, qolgan beshtasiga о‘qituvchi aytgan tarkibidagi tayyorlangan aralashmalar olinadi. 300-500 ml li stakanda suv yoki glitserin (moddaning suyuqlanish temperaturasiga qarab) isitilib, probirkalardan biri u yerga solinadi. Modda suyuqlanib bо‘lgandan keyin probirkani termometrli probka bilan yopiladi. Termometrning uchi probirka devoriga tegmasdan turib, suyuqlanmaning о‘rtasida bо‘lishi kerak. Sо‘ng suyuqlanmali probirkani havo kuylagi vazifasini bajaruvchi kengroq probirkaga joylashtirib, sovish egrisi olinadi. Uning uchun sekundomer ishga tushirilib, modda tо‘liq kristallanib bо‘lguncha har 0,5 minutda termometr kо‘rsatkichlari yozib turiladi.
Sо‘ng probirkani issiq suvli (yoki glitserinli) stakanga solib, aralashma suyuqlantirilib termometr bо‘shatiladi va chiqarib olinadi. Shunday tajribalar qolgan probirkalar bilan takrorlanadi. Olingan natijalar asosida (sof komponentlar, aralashmalar uchun) sovish egrilari chiziladi. Egrilardagi kesmalardan kristallanishning boshlanishi va tugash temperaturalari topiladi va olingan ma’lumotlarni 4-jadvalga yoziladi.
4-jadval



Tajriba


Aralashma
tarkibi

Kristallanish boshlanish temperaturasi, °C

Kristallanish tugash
temperaturasi, °C

A

B

1













2













3













4













5













6













7













8















Ishning hisoboti: Yuqoridagi “vaqt – temperatura” sovish egrilari va jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib, sistemaning suyuqlanish yoki qotish diagrammasi chiziladi. Buning uchun ordinatalar о‘qiga kristallanishning boshlanish va tugash temperaturalari, abssissalar о‘qiga esa aralashmalar tarkibi qо‘yiladi.
Suyuqlanish diagrammasi quyidagicha tuziladi (7-rasm). Abssissa о‘qiga tarkib, ordinata о‘qiga shu tarkibga mos bо‘lgan kristallanish harorati qо‘yiladi. Bu diagrammada tA0, tB0 – toza A va B moddalarning kristallanish harorati. tA0, E, tB0 chizig‘i A va B moddalarning kristallanish haroratining eritma tarkibi bilan о‘zgarishi. tA0, E, tB0 chizig‘i suyuqlanish (likvidius) chizig‘i deb ataladi. Bu chiziqdan yuqoridagi soha gomogen bо‘lib suyuqlikdan iborat.


7-rasm
E nuqtasi evtetik nuqta deyiladi. Bu nuqtaga mos kelgan tarkib Se evtetik tarkib deyiladi. Bu eritmaning eng pastki nuqtasi kristallanish (qotish) haroratidir.
Komponentlar turi о‘qituvchi tomonidan beriladi va quyidagicha bо‘lishi mumkin:

  1. Naftalin-difenilamin.

  2. Azobenzol-naftalin.

  3. Benzoy kislotasi-naftalin.

  4. Naftalin-nitrotoluol.

  5. Fenol-metilamin.

Moddaning suyuqlanish temperaturasiga qarab, suvli hammom о‘rniga moyli yoki glitserinli hammom ishlatiladi.
Joriy nazorat savollari:

  1. Ikki qattiq moddalardan iborat sistemani qizdirilganda yoki ularni suyuq qotishmasi sovitilganda sodir bо‘ladigan holat diagrammasini tushuntiring.

  2. Oddiy diagramma (suyuqlanish diagramma) ni izohlang.

  3. Fizik kimyoviy tahlil usullari haqida nimalarni bilasiz?

  4. N. S. Kurnakovning uzluksizlik va mos kelishlik tamoyillarini izohlang.

  5. Sovush egrilari qanday vujudga keladi? Ular asosida qanday qilib holat diagrammalarini chizish mumkin?

  6. Evtetikali sistema holat diagrammasini izohlang. Evtetika nuqtasiga mos keladigan aralashma qanday xususiyatlarga ega.

  7. Biror bir tarkibli suyuqlanmani kristallanish yо‘lini chizmada izohlang.

  8. Likvidius va solidius chiziqlarini chizmada kо‘rsatib, izohlang.

  9. Kongruent suyuqlanadigan sistema holat diagrammasini keltiring va izohlang.

  10. Inkongruent suyuqlanadigan sistema holat diagrammasini izohlang.




Download 166,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish