Laboratoriya ishi N°1
Mavzu: Interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish.
Ishning maqsadi: Elektron hukumat my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini bilan tanishish.
Ishning vazifalari:
Internetda interaktiv davlat xizmatlari va ulardan foydalanish.
Respublikamizda elektron hukumatni qanday turlari mavjud.
My.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmati portalidan ro'yxatdan o'tish.
Nazariy qism:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mobil ilovasi va Face ID prototipi taqdimotini o‘tkazdi
Bugun, 21-yanvar kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasi va Face ID prototipi taqdimoti o‘tkazildi.
Ta’kidlanishicha, mamlakatimiz aholisining 80 foizi mobil internetdan foydalanadi va shu jihatdan olib qaraganda, MyGov mobil ilovasining ishga tushirilishi interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishda tashlangan muhim qadamdir.
Matbuot anjumanida My.gov.uz mobil ilovasining imkoniyatlari namoyish etildi va mobil ilovada faqatgina to‘liq avtomatlashtirilgan elektron xizmatlar, ya’ni davlat organlari xodimlari ishtirokisiz ko‘rsatiladigan xizmatlar joriy etilganligi aytib o‘tildi. Mazkur ilovalar orasidan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik yuzasidan jarimalar, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varag‘i holati haqida ma’lumot olish, STIRni aniqlash, ish haqi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar va boshqalar joy olgan.
Misol uchun, boshqa hech qayerda jarimalar bo‘yicha ma’lumot olish imkoniyati mavjud to‘laqonli xizmat ko‘rsatilmaydi. Faqatgina Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida YHQ buzilgani uchun belgilangan jarimalar bo‘yicha ma’lumotni bepul olish mumkin. Bunda mazkur xizmatdan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, jarimalar yozilgan taqdirda ular to‘g‘risidagi malumotlar avtomatik tarzda taqdim etiladi.
Mobil ilova ishlash jarayonida unda ko‘rsatib boriladigan elektron xizmatlar soni oshirib boriladi.
O‘tgan 2019-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi va Yagona integrator UZINFOCOM hamkorlikda My.gov.uz portalida 49 ta elektron davlat xizmatini joriy etgan. Ulardan 5 tasi to‘liq avtomatlashtirilgan (pensiya to‘g‘risida ma’lumot, oylik maosh to‘g‘risida ma’lumot, jarimalar va hokazolar).
Ma’lum qilinishicha, hozirda o‘z ichiga tug‘ilishni ro‘yxatga olish, farzand tug‘ilganda bir martalik nafaqa to‘lanishi, bolani maktabgacha ta’lim muassasasiga ro‘yxatga qo‘yish kabi xizmatlarni olgan kompozit xizmatni joriy etish ustida ishlar olib borilyapti. Bunday xizmatlarni yo‘lga qo‘yishdan maqsad davlat organlariga qayta-qayta borish va navbatlar kutish amaliyotini yo‘q qilishga qaratilgan, deyilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |