Davlat muassalalariga telefon orqali murojaat qilish yanada soddalashtirildi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali “Call-center” xizmatining amaldagi (8-800-200-1818) telefon raqamiga qo'shimcha ravishda yangi “1060” qisqa raqam ishga tushurildi.
Mamlakatimiz poytaxti va barcha viloyatlarida yashovchi fuqarolar, o'zlarining shahar yoki mobil telefonlaridan ushbu qisqa raqamga qo'ng'iroq qilishlari mumkin. Xizmat ko'rsatish bepul - qo'ng'iroq uchun faqatgina shaxar ichidagi chiqish qo'ng'iroqi ta'rifi bo'yicha haq to'lanadi.
Shuni eslatib o'tamizki, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali “Call-center” xizmatiga qo'ng'iroq qilish yo’li bilan, murojaat etuvchi o'zining ariza, shikoyat yoki takliflarini davlat muassasalariga yo’llashlari mumkin.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqini ishga tushdi va my2.gov.uz havolasida test rejimida ishlamoqda. Yagona portalning yangi talqini to‘liq elektron davlat xizmatlarini joriy qilish uchun fuqarolar va tadbirkorlar shaxsiy kabinetiga ajratgan holda elektron davlat xizmatlari uchun onlayn to‘lov imkoniyati yaratildi. Yagona portalning mukammal talqini dizayn va interfeysdan foydalanishda sezilarli qulayliklarga ega, hamda unda foydalanuvchilarning ma’lumotlar havfsizligi va ishonchliligini ta’minlash kuchaytirilgan. Jismoniy va yuridik shaxslarning ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilingan, Portalda foydalanuvchilar yagona identifikatsiyasi qilish tizimi (One ID – id.gov.uz) orqali bir martalik ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng xar hil turdagi foydalanuchilar uchun moslashtirilgan xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bugungi kunda, fuqaro o‘z shaxsiy kabinetiga kirgach, soliq bo‘yicha qarzdorlik, kommunal xizmatlar, yo‘l harakati qoidalari jarimasi, shaxsiy nafaqa va sug‘urta jamg‘armasi va boshqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni onlayn rejimda olishi mumkin. Bundan tashqari, fuqarolar turli davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza topshirishlari mumkin. Xizmat ko‘rsatish natijasida Yagona portal elektron hujjat repozitoriysida saqlanadigan elektron hujjatni (ma’lumotnoma, guvohnoma, ko‘chirma va boshqalar) shakllantiradi. Har xil davlat idoralariga hujjatning qog‘oz shaklini olish uchun tashrif buyurishning hojati yuq. Uydan chiqmagan holda elektron hujjatga ega bo‘lish sizning vaqtingizni va pulingizni tejaydi.
Tadbirkorning shaxsiy kabinetida soliq va uning to‘lovi haqida ma’lumot, tekshiruvlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish, qo‘lga kiritilgan litsenziyani muddatini nazorat qilish va uni uzaytirish kabi imkoniyatlar mavjud. Tadbirkorlik sub’ektlari davlat xizmatlaridan foydalanishda bojxona, litsenziyalash, soliq to‘lash, TJKX va boshqa bo‘limlariga elektron ariza topshirish imkoniyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |