Laboratoriya ishi №10
III GURUH KATIONLARINING ANALITIK REAKSIYALARI ( Sr2+)
III analitik guruh kationlarining guruh reaktivi 1mol/dm3 sulfat kislota yoki uning suvda eruvchan sulfatlari Sr2+ kationlari bilan suyultirilgan kislota va ishqorlarda erimaydigan, suvda kam eriydigan oq cho‘kmani hosil qiladi. Sulfatlarning eruvchanligi BaSO4 SrSO4 CaSO4 gacha ortib boradi. Shuning uchun kalsiy sulfati to‘liq cho‘kmaga tushmaydi, u qisman eritmada qoladi. Kalsiy sulfatni to‘liq cho‘kmaga cho‘ktirish uchun suvli eritmaga etanol qo‘shiladi, bunda kalsiy sulfatni eruvchanligi kamayadi. Kalsiy, stronsiy, bariy xloridlari va nitratlari suvda eriydi. Fosfatlari suvda kam, mineral kislotalarda esa yaxshi eriydi. III guruh kationlarining karbonatlari sirka kislotasida oson eriydi va I-IV analitik guruh kationlarining tizimli tahlilida shu xossalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |