STRONSIY KATIONINING SIFAT REAKSIYALARI
1. Sulfat kislota yoki gipsli suv bilan reaksiyasi. 1–2 ml. stronsiy tuzi eritmasidan olamiz va bir necha tomchi (NH4)2SO4 yoki H2SO4 solsak oq cho‘kma hosil bo‘ladi:
SrCl2 + (NH4)2SO4 = SrSO4 ↓+ 2NH4Cl.
Sitronsiy sulfat gipsli suvda cho‘kmaga tushishi mumkin. Vodorod ionlarining konsentratsiyasini katta chegarada o‘zgartirish mumkin. Faqatgina shuni e’tiborga olish kerakki, kuchli kislotali eritmalarda cho‘kma erib ketishi mumkin.
2. Alangani bo‘yash reaksiyasi. Stronsiyning uchuvchan tuzlari rangsiz alangada to‘q qizil rang hosil qiladi.
3. Natriy gidrofosfat bilan reaksiyasi. Natriy gidrofosfat stronsiy ioni bilan oq cho‘kma hosil qiladi:
SrCl2+Na2HPO4= SrHPO4 ↓+ 2NaCl.
Do'stlaringiz bilan baham: |