Кўриш ва эшитиш анализаторларининг фаолияти, уларни бузилишини олдини олиш. Мавзу режаси



Download 244,73 Kb.
bet1/13
Sana26.06.2022
Hajmi244,73 Kb.
#706378
TuriАнализ
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tibbiy bilim 9 mavzu


Кўриш ва эшитиш анализаторларининг фаолияти, уларни бузилишини олдини олиш.
Мавзу режаси:

  1. Анализаторлар ҳақида тушунча.

  2. Кўриш анализатори.

  3. Эшитиш анализатори.

АНАЛИЗАТОРЛАР (физиологияда) — юксак даражадаги ҳайвонлар ва одам нерв тузилмаларининг мураккаб системаси. Анализаторлар ташқи муҳит ва организмдаги таъсиротларни идрок этиб, таҳлил (анализ) қилади. Анализаторлар тушунчасини И. П. Павлов киритган (1909). Келадиган ахборот рецепторлар — сезувчан (афферент) нервлар охирларида кабул қилинади. Рецепторлар қўзғатувчи таъсирот энергиясини нерв импульсларига ўтказади, сўнгра булар нерв системасининг ўтказувчи йўллари орқали Анализаторларнинг олий (марказий) бўлимларига — бош мия пўстлоғи қисмларига ўтади. Анализаторлар ахборотнинг асосий қисмини атроф муҳитдан олади. Буэкстерорецептив Анализаторлар дейилади. Буларга эшитув, кўрув, ҳид, таъм билиш, туйгу аъзолари киради. Бошқа Анализаторлар организмнинг ички муҳити ҳолатини таҳлил қилади (интерорецептив А). Вестибуляр ва таянч ҳаракат аппарати, қон босимининг даражаси улар назорати остида бўлади.
Анализаторлар мураккаб тузилишга эга бўлиб, мияни организмдан ташкаридаги, шунингдек унинг ичидаги ҳодисалар тўғрисида батафсил ахборот билан таъминлайди. Анализаторларнинг вазифаси шуки, уларнинг ёрдамида ҳайвон ташқи ҳамда ички муҳитдаги фойдали ва зарарли таъсирларни ажратиб, ҳаёт шароитига яхшироқ мослашади. Бирорта Анализаторлар бузилганда (шикастланиш, касаллик туфайли) машқ жараёнида бошқа Анализаторларнинг имкониятлари кенгаяди. Mac, кўзи ожиз кишиларда эшитиш, туйғу, босим ва т-рани сезиш қобилияти ривожланган бўлади. Одам онги борлигидан унда Анализаторларнинг аҳамияти янада катта.

  1. Sezgi a'zolarining ahamiyati


1. Ma'lumki, tevarak-atrof muhiti xilma-xil hamda undagi tovushlar va hidlar, haroratga ko'ra juda rang-barang bo'ladi. Atrof muhit bilan odam organizmi muttasil bir-biriga bog'liq. Bu bog'lanish sezgi a'zolari orqali ta'minlanadi, ya'ni tashqi muhitning barcha omillari sezgi a'zolariga ta'sir etadi va ularning bosh miyadagi markazlariga qabul qilinadi.
Bosh miya po'stlog'ining turli qismlarida maxsus nerv hujayralari to'plami joylashgan bo'lib, ularni I. P. Pavlov analizatorlar (sezgi a'zolarining markazlari) deb atagan. Har bir analizator uch qismdan tashkil topgan:
1. Analizatorning periferik qismi, ya'ni retseptor. Bu maxsus nerv tuzilmasi bo'lib, tananing turli qismlarida (teri, pay, ko'z, quloq, burun, til, ichki a'zolar va qon tomir devorlarida) joylashgan. Retseptorlarning soni juda ko'p, masalan, terining I sm' sathida 200-400 tagacha,butun sathida esa 8 mln ga yaqin retseptor bor. 


Barcha ichki a'zolarda taxminan I mlrd ga yaqin retseptor bor. Tashqi va ichki muhitning barcha o'zgarishlari retseptorlar orqali qabul qilinadi.
Retseptorlar joylashuviga ko'ra ikki xil bo'ladi:
a) tashqi retseptorlar - bular tashqi muhit ta'sirini (o'zgarishlarini) qabul qiladi. Bularga ko'rish, eshitish, muvozanat, teridagi og'riqni, issiq-sovuqni, siypalashni sezuvchi, til va og'iz shilliq qavatidagi ta'm bilish, burun shilliq qavatidagi hid bilish retseptorlari kiradi;
b) ichki retseptorlar - bular odam tanasining ichki qismidagi o'zgarishlarni qabul qiladi. Bularga me'da-ichak va boshqa ichki a'zolarda, qon tomir devorlarida, tan a muskullarida, pay va bo'g'imlarda joylashgan retseptorlar kiradi.
2. Analizatorning 0 'tkazuvchi qismi - bu sezuvchi nerv tolasidan iborat bo'lib, u retseptordan ta'sirni qabul qiladi va uni analizatorning markaziy qismiga o'tkazadi.
3. Analizatorning markaziy qismi bosh miya po'stlog'ining turli sohalarida joylashgan sezuvchi nerv markazlaridan iborat. Bu markazlarda muayyan sezgi a'zolaridagi retseptorlardan kelgan ta'sir analiz va sintez qilinib, ularning mazmuniga ko'ra javob reaksiyasi hosil bo'ladi (1-rasm).









Download 244,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish