Kredit axboroti almashinuvi to'G'risida



Download 29 Kb.
Sana12.02.2017
Hajmi29 Kb.
"KREDIT AXBOROTI ALMASHINUVI TO'G'RISIDA"GI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGAOSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA

 "Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek kredit axboroti almashinuvi tizimini yanada takomillashtirish, moliyaviy intizomni mustahkamlash, kredit bitimlari bo'yicha tavakkalchiliklarni kamaytirish, tijorat banklari va bank bo'lmagan kredit tashkilotlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar tezkorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

 1. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O'zbekiston Banklar uyushmasi va tijorat banklarining Banklararo kredit byurosi negizida "Kredit-axborot tahliliy markazi" kredit byurosi" mas'uliyati cheklangan jamiyatni tashkil etish, uning tarkibiga ilovaga* muvofiq muassislarni jalb etish to'g'risidagi taklifiga rozilik berilsin.

 2. Quyidagilar "Kredit-axborot tahliliy markazi" kredit byurosi" mas'uliyati cheklangan jamiyat faoliyatining asosiy yo'nalishlari hisoblanishi ma'lumot uchun qabul qilinsin:

kredit axborotlari sub'ektlari bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslarning kredit tarixlarini shakllantirish uchun zarur bo'lgan ular to'g'risidagi ma'lumotlar bazasini shakllantirish va axborotni tahlil qilish;

kredit axboroti sub'ektlarining moliyaviy faoliyatini tahlil qilish va ularning reytingini baholash tizimini shakllantirish;

kredit axborotidan foydalanuvchilarga, shuningdek kredit axborotlari sub'ektlarining o'ziga ularning so'rovlari bo'yicha kredit axborotlari sub'ektlarining kredit tarixi to'g'risidagi ma'lumotlarni berish bo'yicha shartnoma asosida xizmatlar ko'rsatish;

kredit axboroti sub'ektlarining to'lovga qodirligini, kreditga layoqatini va to'lov intizomini baholashda kredit axborotidan foydalanuvchilarga ko'maklashish maqsadida ularga maslahat xizmatlari va boshqa xizmatlar ko'rsatish.

 3. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kredit axboroti milliy institutiga:

kredit axboroti sub'ektlarining kredit bitimlari to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash va tegishli ma'lumotlar bazasini shakllantirish;

kredit axborotining davlat reestrini yuritish;

kredit byurolarining O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriladigan kredit axboroti ma'lumotlar bazasini jamlash;

kredit axborotining ma'lumotlar bazasini yangidan tashkil etilgan kredit byurolariga berish yuklansin.

 4. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga bir oy muddatda:

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kredit byurolari hamda kredit byurosiga kredit axboroti beruvchi organlar va tashkilotlar o'rtasida axborotning aylanishi va berilishi tartibini, shuningdek kredit byurolari va kredit axborotidan foydalanuvchilar o'rtasida kredit axboroti almashinuvi tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash;

"Kredit-axborot tahliliy markazi" kredit byurosi" mas'uliyati cheklangan jamiyatning davlat ro'yxatidan o'tkazilishini va unga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziya berilishini, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit axboroti milliy institutining kredit axboroti ma'lumotlar bazasi berilishini ta'minlash;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kredit byurosiga kredit axboroti beruvchi organlar va tashkilotlarning mutaxassislari uchun seminarlar va treninglar tashkil etish va o'tkazish ishlarini amalga oshirish tavsiya qilinsin.

 5. O'zbekiston Milliy axborot agentligi, O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari O'zbekiston Respublikasining "Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida" 2011 yil 4 oktyabrdagi O'RQ-301-son Qonuni normalari keng yoritilishini ta'minlasinlar.

 6. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori (O'zbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga quyidagi mazmundagi 12-band qo'shilsin:

"12. Kredit byurolari O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi uchun - eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida".

 7. Vazirlar Mahkamasining "Qarz oluvchilarning kredit tarixi to'g'risidagi axborotni hisobga olish tizimini shakllantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2004 yil 23 apreldagi 197-son qarori o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.

 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari R.S. Azimov va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.



 

 

O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                                                                                               Sh. Mirziyoev
Katalog: sites -> default -> files -> uploaded -> postkm -> uzb
uploaded -> Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'G'risida
uploaded -> O'zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'risida
uploaded -> «bankrotlik to'G'risida»gi o'zbekiston respublikasi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida
uzb -> O'zbekiston respublikasining 1992 yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomi obligatsiyalarini qabul qilish va to'lashni tashkil etish chora-tadbirlari to'G'risida
uzb -> Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida
uzb -> Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar berayotgan tijorat banklari tomonidan daromad (foyda) solig'i bo'yicha imtiyozlarni qo'llash tartibi to'G'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”
uzb -> O'zbekiston respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'G'risida
uzb -> Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi dasturini samarali amalga oshirishni ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'G'risida
uzb -> Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013 y., 34-son, 456-modda) «Raqobat to'g'risida»
uzb -> Monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish tartibi to'G'risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida

Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti