Mavzu: “Pedagogik diagnostika va korreksiya”faninig nazariy asoslari. Reja: 1. “Pedagogik diagnostika va korreksiya”ning o’quv fani sifatida shakillanishi hamda rivojlanishi. 2. “Pedagogik diagnostika” tushunchasining mohiyati. 3. “Pedagogik diagnostika va korreksiya”o’quv fanining mazmuni. 4. “Pedagogik diagnostika va korreksiya”o’quv fanining asosiy tushunchalari 1. “Pedagogik diagnostika va korreksiya”.ning o’quv fani sifatida rivojlanishi. Zamonaviy sharoitda “Pedagogika” fani har tomonlama rivojlangan, komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish masalasini hal qilishga yonaltirilgan. Asrlar davomida shakillangan ta’lim-tarbiya tizimi yuksak ong,tafakkur, dunyoqarash, axloqiy fazilatlar va hayotiy tajribaga ega shaxsni tarbiyalashga doir boy an’analarni o’zida aks ettiradi. Garchi diagnostika va korreksiyalash masalalari juda qadimdan o’rganilgan bo’lsa-da “Pedagogik diagnostika va korreksiya”nisbatan yangi o’quv fani hisoblandi. Jahon ta’limi amaliyotida o’zining mustaqil o’rniga ega bo’lganiga hali unchalik ko’p vaqt bo’lmaganiga qaramay, ushbu fan ta’lim jarayonining ishtirokchilarining ehtiyojlarini qondirish borasida muayyan tajribaga ega bo’ldi. 2. “Pedagogik diagnostika” tushunchasining mohiyati. Karlxayns Ingenkamp 1968 yilda ta’lim sohasida “Pedagogik diagnostika” tushunchasini qo’llash taklifini ilgari surgan. “Diagnostika”(tashxislash) tushunchasi yunon tilidan tarjima qilinganida lug’aviy jihatdan “Bilish”, “Aniqlash”, nazariy jihatdan esa “aniqlashga qodirlik”, “aniqlashga imkon berish” ma’nolarini anglatadi. K. Ingenkampning nuqtai nazariga ko’ra, pedagogik tashxislash zarur o’lcham (ko’rsatkich)lardan foydalanish asosida hodisalar mohiyatini anglash va ularning muayyan vaziyatlardagi holatiga baho berish jarayonidir. Yanada aniqroq qilib aytganda, pedagogik diagnostika-aniq maqsaddan kelib chiqqan holda muayyan holat (fazilat, bilimlarni o’zlashtirish) bo’yicha o’rganiluvchi shaxs faoliyatini kuzatish, tekshirish va baholash ga oid satistik ma’lumotlarni yig’ish ularni tahlil qilish, dinamik rivojlanishni aniqlashga qaratilgan nazorat yoki monitoring tarkibiy qismi, ta’lim oluvchilar, pedagog yoki ta’lim muassasi rahbarining faoliyat darajasida jarayon yoki hodisani bir vaqtning o’zida tezkor o’rganish, baholash, yo’naltirish va to’g’rilash demakdir. O’z mohiyatiga ko’ra jarayon, hodisa yoki ob;ekt bo’yicha pedagogik tashxis qo’yishga qaratilgan fsoliyat esa pedagogik tashxislash sanaladi. Chunki tashxislash negzida shaxs yoki avtomatik qurilma tomonidan amalga oshiriladigan real harakat yotadi. 3. “Pedagogik diagnostika va korreksiya”o’quv fanining mazmuni. Har bir fan yoki o’quv fani kabi “Pedagogik diagnostika va koreksiya” o’z oldiga muayyan maqsadni qo’yadi, ushbu maqsadga erishish yo’lida ma’lum vazifalarni belgilaydi. “Pedagogik diagnostika va korreksiya ” o’quv faninig maqsadi-pedagogik ahamiyatga ega ma’lumotlarni aniqlash va ulardan foydalanish asosida o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, tarbiyalsh, o’quv hamda kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan samarali tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o’quv fani sifatida quyidagi ikki turdagi vazifalarni hal qiladi - Ta’lim (bilim) olish uchun
- zarur muhitni yaratish
- Ta’lim (bilim olish) muhitini
- qayta o‘zgartirish
- O‘quvchilarning bilim,
- tarbiyalanganlik, rivojlanish,
- shuningdek, ta’lim olish va kasbiy
- faoliyatni tashkil etishga psixologik
- jihatdan tayyorlik darajasini aniqlash; o‘quv va tarbiya jarayoni, bu
- jarayonlarning muhim tarkibiy elementlarining natijadorligi va samaradorligini belgilash; pedagogik diagnostika yordamida aniqlangan ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash orqali maqsadli pedagogik ta’sirlar (hamkorlik choralari)ni belgilash
- O‘quvchilarga ta’lim berish,
- tarbiyalash, rivojlantirish,
- shuningdek, ta’lim olish va kasbiy
- faoliyatga psixologik jihatdan tayyorlash jarayonining samaradorligini oshirish;
- o‘quv va tarbiya jarayoni, bu jarayonlarning muhim tarkibiy elementlarining natijadorligini ta’minlash; pedagogik diagnostika yordamida
- aniqlangan ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash orqali maqsadli pedagogik
- ta’sirlar (hamkorlik choralari)ni belgilash samaradorligini kuchaytirish
Nazorat savollari: - 1. “Pedagogik diagnostika” tushunchasi ilk marta kim tomonidan qo’llanilagan?
- 2. Pedagogik diagnostika va korreksiya o’quv fanining rivojlanishiga kimlar hissa qo’shgan?
- 3. “Diagnostika” va “pedagogik diagnostika”tushunchalari qanday ma’nolarni anglatadi?
- 4. Pedagogik diagnostika va korreksiya o’quv fani qanday maqsadlarni ko’zlaydi?
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. - Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
- 1. I.A.Karimov. Milliy istiqlol g’oyasi:asosiy:asosiy tushuncha va tamoyillar. –Toshkent:”O’zbekiston” 1992.
- 2.M. Qoshg’ariy “Devonu lug’oti-turk”-Toshkent.Fan, 1972
- 3. Sh. Usanov. “Pedagogika tarixi” fanidan ma’ruzalar mashg’ulotlar ishlanmasi. – Samarqand 2015.
- 4 R. Musurmonova. “Avesto va uning tarbiyaviy ahamiyati”. – Samarqand 2015
E’tiboringiz uchun tashakkur! - E’tiboringiz uchun tashakkur!
Do'stlaringiz bilan baham: |