Kiris I. Bob. Qushlar sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi



Download 0,53 Mb.
bet1/10
Sana05.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#742812
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kiris I. Bob. Qushlar sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi



QUSHLARNI TAVSIFI EKOLOGIYASI KOʻPAYISHI VA RIVOJLANISHI

MUNDARIJA



KIRIS……………………………………………………………….….3


I.BOB. QUSHLAR SINFINING UMUMIY TAVSIFI VA
SISTEMATIKASI
1.1 Qushlarning tuzilish xususiyati va klassifikatsiyasi…...…8
1.2 Qushlarning sistеmatikasi………………………….……..9
1.3 Qushlarning ekologiyasi…………………………………12


II.BOB. QUSHLARNING TERI QOPLAMI VA UNING HOSILALARINING TAVSIFI FUNKSTIONAL AHAMIYATI
2.1. Teri tuzilishi, xossalari………………………………………..….16
2.2. Dum bezi haqida ma’lumotlar……………………………………19
2.3. Pat. Tuzilishi va rivojlanishi, rangi……………………………….21


XULOSA……………………………………………………………..32


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………...33


Kirish
Uzoq vaqt davomida organik olamni tabiatshunoslar ikkita, ya’ni o’simliklar va hayvonot olamiga ajratganlar. Keyinchalik biologiya fanining jadal rivojlanishi natijasida organik olamning tuzilishiga boshqacha nuqtai nazardan qarashga, uni qaytadan ko’rib chiqish lozimligini ko’rsatdi. Shu bois hozirgi vaqtda organik olamda ikkita olam emas, balki beshta olam ajratilgan: prokariotlar (yadrosizlar yoki monyerlar), eukariotlar (bir hujayralilar yoki protistlar), o’simliklar (ko’p hujayrali suvo’tlar, yo’sinlar, tomirli o’simliklar), zamburug`lar (ko’p hujayralilar) va hayvonlar (ko’p hujayralilar). Ikkala tuban olamda organizmlarning hayot faoliyati uch usulda ta’minlanadi, ya’ni fotosintez, organik ozuqani qayta o’zlashtirilishi va o’lik organik materiyani parchalanishi orqali hayot faoliyati amalga oshadi.
Zoologiya yyerdagi hayvonot olamini har tomonlama batafsil o’rganadi: (bunda “hayvon” tipidagi metabolizmga ega bir hujayralilar ham qamrab olingan) hayvonlarning kelib chiqishi, rivojlanishi, hozirgi holati va odamlar uchun ahamiyati. Bu fan tadqiqot ob’ektlari, usullari va vazifalariga qarab bir qancha fanlarga bo’linadi. Chunonchi, sistematika fani hayvonlar turlarini tavsiflaydi, hozirgi hayvonot olamidagi xilma-xilligini, ularning o’zaro qonqarindoshlik aloqadorligini va shunga asoslanib turlarni avlodlarga, avlodlarni oilalarga, ularni esa turkumlarga, sinflarga va tiplarga birlashtiradi.
Filogenetika hayvonot olamining evolyustiyasi yo’llarini va uni belgilovchi omillarni o’rganadi. Zoogeografiya hayvonlarning yyer yuzasi bo’ylab tarqalishini, taqsimlanishini va turli rayonlarda faunaning shakllanishini tarixiy qonuniyatlarini aniqlaydi, tadqiq qiladi. Paleontologiya qirilib bitgan hayvonlarni va yo’qolib ketgan faunani, florani o’rganadi.
Zoologiyada hayvonlarni turli guruhlarini o’rganuvchi bo’limlar ham ajratiladi: teriologiya sut emizuvchilarni, ornitologiya – qushlarni, gyerpetologiya esa amfibiyalar va reptiliyalarni, ixtiologiya – baliqlar va to’garak og`izlilarni o’rganadi.
Zoologiya bir qator umumbiologik fanlarning ma’lumotlaridan, dalillaridan foydalanadi. Masalan, hayvonlarning tana tuzilishi, ichki va tashqi tuzilishiga doir makroskopik va mikroskopik tavsiflarni tayyorlashda morfologiya, anatomiya va gistologiya dalillarini, ularning funkstional xossalarini o’rganishda fiziologiya va biokimyo ma’lumotlarini individual rivlojlanish qonuniyatlarni rivojlanishni ichki va tashqi faktorlarini bilishda embriologiyadan irsiyat va o’zgaruvchanlik, uni tabiiy tanlash jarayonida qayta hosil bo’lish xususiyatlariga doir populyastion genetikaga tegishli jihatlarni genetikadan olib foydalaniladi. Xuddi shunday turning hayot kechish tarzi uning anorganik muhit bilan va boshqa hayvonlar, o’simliklar, mikroorganizmlarning turlari bilan bo’lgan aloqani xulq atvor sohasidagi hatti-harakatlarni ekologiya va etologiyadan oladi. “Zoologiya” kursining vazifasi hayvonot olami bilan, uning rivojlanishi, asosiy xususiyatlari va odam uchun bo’lgan ahamiyati bilan tanishishdir. Bu fan barcha nazariy, amaliy sohada faoliyat olib boruvchi barcha biologlar uchun zarurdir.
Hayvonlar tiplarini, sinflarini tabiiy sistemaga mos holda o’rganish, ya’ni oddiydan murakkabga tomon faqat ularning xilma-xilligi va guruhlarning tuzilishidagi xususiylik haqida tasavvur byerib qolmaydi, balki ularning paydo bo’lishini sinchiklab kuzatishni, qon-qarindoshlik aloqalarini aniqlashni va bunda evolyustiya omillarini rolini ham ko’rsatadi. Alohida ayrim guruhlarning tavsifini byerganda faqat ularni tuzilish xususiyatlarini (vakillarning anatomiyasini) byerish bilan kifoyalanmay balki bunda tuzilishning funkstional xossalarini ham byerilishi maqsadga muvofiq. Ana shunday yo’l tutilsa bu fanni o’qitish, o’qish, o’zlashtirish kishida materialistik evolyustion-biologik dunyoqarashni shakllantirishni ta’minlaydi va boshqa biologik fanlarni o’zlashtirishni osonlashtiradi.
Albatta hayvonot olami hajmi, xilma-xilligi nihoyatda keng va katta.
Ularni o’rganish usullarida ham bir xil emas. Ana shu jihatlarni e’tiborga olgan holda zoologiyani ikkita katta bo’limga: umurtqalilar zoologiyasi (faqat bir tip-xordali hayvonlarni birlashtirgan) va umurtqasizlar zoologiyasiga
(qolgan barcha ayvonlar olamidagi tiplarni qamrab oladi) bo’lib o’rganiladi, o’qitiladi. Bu sistema o’rta va oliy maktab tizimida hozir ham saqlangan. Ikki bo’limda ham o’qitilish jarayonida, ilmiy tadqiqotlar olib borganda tabiatdagi biologik resurslardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor byeriladi. Ayniqsa hozirgi davrda hayvonlar ham biosfyeraning tarkibiy qismi deb baholanmoqda va bioxilma-xillikni asrash muammolari, masalalarida alohida mavqega ega. Bunday e’tibor O’zbekiston Respublikasining asosiy qonuni bo’lgan O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasida, bir qator qonunlarda va ko’plab hukumat qarorlarida o’z aksini topgan.
Shunday qilib zamonaviy Zoologiya fani, shu jumladan umurtqalilar
Zoologiyasi hal etishi zarur bo’lgan muammolar ko’p va xilma-xil bo’lib, ular katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Hayvonlar haqidagi ma’lumotlarni to’plash, o’rganish fan tarixida qadimgi tabiatshunos, donishmand, yunon olimi Aristotel davridan buyon, ya’ni bizning yeramizgacha bo’lgan 384-332 yillardan buyon davom etib kelmoqda. Hayvonotni tadqiq qilish butun Yer shari bo’ylab olib borilmoqda. Hozirgacha aniqlangan hayvon turlarining soni nihoyatda ko’p – 2 milliondan ziyod (1-jadval)

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish