Kichik guruhlarning klassifikatsiyasi. Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar



Download 27,38 Kb.
bet1/6
Sana30.04.2022
Hajmi27,38 Kb.
#600500
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kichik guruhlarning klassifikatsiyasi


Kichik guruhlarning klassifikatsiyasi.
Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar.
Konformizm va nonkonformizm xodisalarining mohiyati.
Bobning qisqacha mazmuni:
Kichik guruhlarning o‘ziga xos belgilari va psixologiyasi. Kichik guruhlarga xos qonuniyatlar. Kichik guruhlarda kuzatiladigan ijtimoiy fassilitatsiya va ingibitsiya hodisalari va ularning mohiyati. Kichik guruhlarning R.Nemov bo‘yicha klassifikatsiyasi: shartli, real; tabiiy, laboratoriya tipli; rasmiy, norasmiy; kuchsiz rivojlangan, kuchli rivojlangan; korporatsiya, jamoalar; referent, noreferent. Har bir kichik guruh turining o‘ziga xos xususiyatlari va jixatlari. Ch.Kuli tasnifiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi guruhlar psixologiyasi. Agregatsiya va uning psixologik tabiati. Guruhlarning inson hayotidagi vazifalari: ijtimoiylashtiruvchi, instrumental, ekspressiv, qo‘llab-quvvatlash.

Kichik guruhlarda kuzatiladigan dinamik jarayonlar: uning shakllanishi, liderlik, qarorlarni qabul qilish, konformizm, tashqi va ichki konformizm, negativizm, avtonomlik darajasi.
Kichik guruhlar psixologiyasi
Kichik guruhlar muammosi ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilgan ob’ektlardandir. Bu muammoni tadqiq etishda olimlar o‘z oldiga shunday masalani qo‘yganlar, ya’ni, individ yakka holda yaxshi ishlaydimn yoki guruhda yaxshiroq samara beradimi, boshqa odamlarning yonida bo‘lishi uning faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday sharoitlarda individlarning o‘zaro hamkorligi emas, balki ularning bir vaqtda bir yerda birga bo‘lganligi faktining ta’siri o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo‘lgan individ faoliyatining tezligi oshadi. lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlandi. Bunday ma’lumotlar amerikalik N. Triplett, nemis olimi A. Mayer, rus olimi V.M. Bexterev, yana bir nemis olimi V. Myode va boshqalarning tadqiqotlarida ham qayd etildi. Bu psixologik hodisa ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy fassilitatsiya nomini oldi, uning mohiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat mahsullariga uning yonida bo‘lgan boshqa individlarning bevosita ta’siri bo‘lib bu ta’sir avvalo sensor kuchayishlar hamda ish-harakatlarning, fikrlashlarning tezligida namoyon bo‘ladi Lekin ayrim eksperimentlarda teskari effekt ham kuzatildi, ya’ni boshqalar ta’sirida individ reaksiyalaridagi tormozlanish faoliyatining susayishi holatlari; bu narsa fanda ingibitsiya deb ataladi.

Download 27,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish