1. J.M.Keynsning iqtisodiy ta’limoti 2. Samarali talab 3. Insonning psixologik moyilligi 4. Jamg’armalarning investitsiyalarga aylanishi muammosi va investitsiyalarga ta’sir etuvchi boshqa omillar 5. Multiplikator 6. Likvidlik ustunligi, pul massasi va foiz stavkasi nazariyalari 7. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning chora-tadbirlari 8. Yangi keynschilik
«Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi»(1936)
Birinchi Jahon urushi davrida va urushdan keyingi yillarda u pul muomalasi muammosiga alohida e’tiborni qaratdi va oltin standartni tartiblanadigan valyuta bilan almashtirish g’oyasini ilgari surdi. Bunday tadbirning amalga oshirilishi davlatning makroiqtisodiy jarayonga ta’sir ko’rsatish dastagiga ega bo’lish imkonini beradi. J.M.Keyns pul birligini mustahkamlashning ashaddiy tarafdori bo’lgan.
Buyuk turg’unlik va iqtisodiyot fanining rivojlanishi. Sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni larzaga solgan 1929–1933 yillardagi buyuk turg’unlik davri iqtisodiyot fanining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. 1929 yildan 1933 yilgacha AQShda ishsizlik darajasi 3 foizdan 25 foizgacha oshdi. 1941 yilga qadar u 14,3 foizdan (1937 yil) pastga tushmadi. 1937–1938 yillarda yangi iqtisodiy pasayish kuzatildi va u II Jahon urushiga kelib to’xtatildi. Faqat 1942 yili ishsizlik darajasi 5 foizdan pastga tushdi. Bunday holatni dunyo hali ko’rgan emas.
J.Keynsning asosiy asari
«Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi»
Undagi bosh g‘oyalar
bozor iqtisodiyoti munosabatlari takomillashgan va o‘zini o‘zi tartiblab turuvchi tizim hisoblanmaydi;
faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ish bilan bandlikni eng yuqori darajada oshirishi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashi mumkin;
davlatning roli, eng avvalo, shundan iboratki, u krizis davrida yalpi talabni oshirishi va shu bilan ishlab chiqarishni va investitsiyani faollashtirishi, ishsizlikni esa kamaytirishi lozim.
Yalpi taklif va yalpi talab kesishgan nuqta narx darajasining muvozanatlashganligini, milliy ishlab chiqarishning real hajmining muvozanatlashganini bildiradi, shuningdek, bandlik darajasini tavsiflab beradi. J.M.Keyns uni samarali talab nuqtasi deb atadi. Samarali talab bu – bandlik darajasini ifodalovchi yalpi to’lovga qodir talab.
Yalpi taklif va yalpi talab kesishgan nuqta narx darajasining muvozanatlashganligini, milliy ishlab chiqarishning real hajmining muvozanatlashganini bildiradi, shuningdek, bandlik darajasini tavsiflab beradi. J.M.Keyns uni samarali talab nuqtasi deb atadi. Samarali talab bu – bandlik darajasini ifodalovchi yalpi to’lovga qodir talab.
Samarali talab nazariyasining asosiy qoidalari:
aholining ish bilan bandlik darajasi samarali talabga bog‘liq, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi;
a) iste’molga bo‘lgan talabni;
b) investitsiyaga bo‘lgan talabni;
XX asrning 30-yillari ko‘pchilik mamlakatlarda yalpi talabning (iste’mol talabi ham, investitsiya talabi ham) samarali bo‘lmaganligi asoslab beriladi:
a) iste’molga bo‘lgan talabning yetarli darajada samarali bo‘lmasligiga asosiy sabab, ish haqi oshganda kishilar iste’molining oshib borishi pul daromadining o‘sish sur’atidan doimo orqada qoladi, bu holat «asosiy psixologik qonun»ning amal qilishi bilan bog‘lab tushuntiriladi, bu qonunga ko‘ra, inson daromadlari oshib borganda oldingiga qaraganda daromadlarning ko‘proq qismi jamg‘arib boriladi;
b) Investitsiyaga bo‘lgan talab ikkita sababga ko‘ra samarali bo‘lmagan:
-o‘sha «asosiy psixologik qonun»ning amal qilishi tufayli iste’molchining sarflagan investitsiyasiga foyda ololmay qolishdan qo‘rqishi;
J.Keyns yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish uchun davlat va hukumatning quyidagi faoliyat yo‘nalishlarini taklif qiladi:
- davlat uncha yuqori bo‘lmagan iste’mol talabini davlat xarajatlarini va iste’molini ko‘paytirish orqali kompensatsiyalashi kerak;
- hukumat ssuda foizini ilmiy asosda tartiblash yo‘li bilan xususiy investitsiyani rag‘batlantirish siyosatini yurgizishi kerak;
- bozordagi vaziyatga qarab, ayrim hollarda, aholi jamg‘armasining haddan tashqari ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, aholidan olinadigan soliqlarni ko‘paytirish zarur; shu maqsadda vaqti-vaqti bilan ish haqi darajasini muzlatib qo‘yish o‘rinli hisoblanadi;
- makroiqtisodiy darajada qaror qabul qilishda «multiplikator»dan foydalanish zarur.
Multiplikator nazariyasi
Multiplikator investitsiya o‘sishi bilan daromad (milliy daromad) o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi, multiplikatsiyaning «ishlash» holati quyidagi sxema ko‘rinishida bo‘ladi:
Investitsiya xarajatlari Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishning kengayishi Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish sohasida bandlikning oshishi Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish sohasida ish haqining o‘sishi (birlamchi daromad)
Iste’mol tovarlari realizatsiyasining ko‘payishi Iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish sohasida bandlikning oshishi Iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish sohasida ish haqining o‘sishi (ikkilamchi daromad)
Noishlab chiqarish sohasida xizmatlar realizatsiyasining ko‘payishi Noishlab chiqarish sohasida bandlikning oshishi Noishlab chiqarish sohasida ish haqining o‘sishi (uchlamchi daromad).
Kishilarning o’z uylarida naqd pul zaxiralarini ushlab turishi, J.M.Keyns bo’yicha, quyidagi sabablarga bog’liq:
Kishilarning o’z uylarida naqd pul zaxiralarini ushlab turishi, J.M.Keyns bo’yicha, quyidagi sabablarga bog’liq:
– xarid qilish zarurligi (transaktsion motiv);
– kutilmagan vaziyat uchun (ehtiyot shartdan);
– chayqovchilik sababi (motivi).
www.arxiv.uz
Foiz stavkasi past bo’lganda qimmatli qog’ozlar kursi yuqori bo’ladi. Foiz stavkasi ko’tarilishi bilan obligatsiyalar kursi pasaydi. Demak, chayqovchilik funktsiyasi likvidligi foiz me’yoriga bog’liq. Foiz me’yori qancha past bo’lsa, chayqovchilik motivi bo’yicha naqd mablag’larga talab shuncha yuqori bo’ladi. Foiz me’yori qancha yuqori bo’lsa, naqd pulga talab shuncha past bo’ladi (yuqorida ko’rsatilgan sababga ko’ra).
Foiz stavkasi past bo’lganda qimmatli qog’ozlar kursi yuqori bo’ladi. Foiz stavkasi ko’tarilishi bilan obligatsiyalar kursi pasaydi. Demak, chayqovchilik funktsiyasi likvidligi foiz me’yoriga bog’liq. Foiz me’yori qancha past bo’lsa, chayqovchilik motivi bo’yicha naqd mablag’larga talab shuncha yuqori bo’ladi. Foiz me’yori qancha yuqori bo’lsa, naqd pulga talab shuncha past bo’ladi (yuqorida ko’rsatilgan sababga ko’ra).
www.arxiv.uz
pulga bo’lgan yalpi talab ikki qismdan tashkil topadi: a) oldi-sotdi (sdelka) uchun talab (milliy daromad darajasidan kelib chiqadigan funktsiya), b) chayqovchilik uchun talab (foiz stavkasi funktsiyasi):
pulga bo’lgan yalpi talab ikki qismdan tashkil topadi: a) oldi-sotdi (sdelka) uchun talab (milliy daromad darajasidan kelib chiqadigan funktsiya), b) chayqovchilik uchun talab (foiz stavkasi funktsiyasi):
Dm = f (Y,R)
Ehtiyotkorlik ham likvidlik ustunligini keltirib chiqaruvchi sabablardan biri hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlar – jamg’arma to’plashning xatarli shaklidir. Shuning uchun odamlarga aktivlari bexatar hisoblangan naqd ko’rinishdagi o’ziga xos sug’urta fondi zarur.
www.arxiv.uz
www.arxiv.uz
Foiz stavkasi ikkita sababga ko’ra o’zgarishi mumkin: yo o’z aktivlarining bir qismini pul shaklida ushlab turgan kishilarning psixologik kayfiyatidagi o’zgarishlar oqibatida (pulga bo’lgan talab egri chizig’ining siljishi), yoki pul massasining o’zgarishi natijasida (pul taklifi egri chizig’ining siljishi). Agar foiz stavkasi R1 darajada o’rnatilgan bo’lsa, unda uning R2 darajaga pasayishi faqat pulga bo’lgan talab egri chizig’i chapga (D2) siljigandagina yoki pul taklifi egri chizig’ining o’ngga (S2) siljishi natijasida sodir bo’ladi.