KAFEDRA: JAMOAT SALOMATLIGI, SOG'LIQNI
SAQLASHNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH
Fan: Jamoat salomatligi va sog'liqni sa
q
lashni
bosh
q
arish
MAVZU: NISBIY MIQDORLAR VA
ULARNING TIBBIYoTDA
QO'LLANILIShI
• Statistik materiallarni jadvallarga jamlash orqali
mutloq sonlar olinadi. Mutloq sonlar o'rganilayotgan
voqealarning umumiy sonini, ularning dinamikada
o'zgarishini ko'rsatadi. Masalan: viloyat aholisi, vrachlar
o'rta tibbiyot xodimlarining paydo bo'lishi, ularning
ko'paygan yoki i kamayganligini tasdiqlash uchun ham
mutloq sonlardan
• foydalanish mumkin (masalan: bezgak, bo'g'ma,
qoqshol, qaytalama tif va hokazo).
• Ammo ko'pgina hollarda mutloq sonlardan foydalanib
xulosa chiqarish mumkin emas.
• Ayniqsa o'rganilayotgan hodisalar va voqealarning
kattaligini, o'zgarishini, sifatiy xususiyatlari va ayrim
qonuniyatlarini vaqt va muhit oralig'ida (ayrim
kollektivlarda) bir - biri bilan solishtirish va
taqqoslashda mutloq sonlardan nisbiy qiymatlar
keltirib chiqarish lozim.
• Nisbiy qiymatlar to'rt turli bo'ladi :
• Intensiv ko'rsatkich
• Ekstensiv ko'rsatkich
• Aloqadorlik ko'rsatkichi
• Yaqqollik ko'rsatkichi.
• Intensiv ko'rsatkich – ma'lum muhitdan kelib
chiqqan hodisani shu muhitda tarqalishini,
ya'ni qancha marta uchrashini ko'rsatadi.
Intensiv ko'rsatkich quyidagi formula bo'yicha
hisoblanadi:
•
hodisa · asos
• Intensiv ko'rsatkich = ――――――
• muhit
• Hodisa deb, shu muhitdan kelib chiqqan voqea,
jarayon tushuniladi. Masalan: aholi (muhit)
orasidagi tug'ilish va o'lim hollari (hodisa) va
hokazo. Asos qilib odatda 100, 1000, 10000 va
hokazo sonlar olinadi. Agar intensiv ko'rsatgich
100 ga hisoblansa, olingan kattalik % ( foizlarda),
1000 ga xissoblansa - ‰ ( promilli), 10000 ga
hisoblansa – ‰0 (prodetsimilli), 100000 ga
hisoblansa – ‰00 (prosantimillilarda)
ifodalanadi.
• Vaqtincha mehnat qobiliyatini yo'qotganligi haqidagi
ko'rsatkich 100 ta ishchiga, muqim shifoxonalarda
o'lgan bemorlar o'lim ko'rsatgichi – 100 ta shifoxonada
davolangan bemorlar soniga, umumiy kasallanish,
umumiy o'lim, tug'ilish kabi ko'rsatkichlar 1000
aholiga hisoblanadi.
• Intensiv ko'rsatgichlar aholini sanitariya holatiga baho
berishda keng qo'llaniladi. Aholi sanitariya holatini
ko'rsatuvchi intensiv ko'rsatgichlarga tug'ilish, o'lim,
kasallanish, shikastlanish, nogironlik kabi ko'rsatgichlar
misol bo'la oladi.
• Ekstensiv ko'rsatkich. Ekstensiv ko'rsatkichlar –
qismning butunga nisbatini, yoki butunning qismlarga
taqsimlanishini ko'rsatadi. Odatda ekstensiv
ko'rsatichlar % larda, ya'ni foizlarda hisoblanadi.
Ekstensiv ko'rsatkichlarni hisoblash uchun butun 100
deb olinib, uning qismlari esa X deb, qabul qilinadi
• Ekstensiv ko'rsatkichlarga leykotsitar formula, aholining
yoshi, jinsi, ijtimoiy guruhlar bo'yicha taqsimlanishi,
o'lim, kasallanishlar strukturasi va hokazolar misol
bo'ladi. Ekstensiv ko'rsatkichlar statistik majmuaning
strukturasini aniqlash va uni tashkil etgan ayrim
bo'laklarini taqqoslash uchun ishlatiladi.
• Aloqadorlik ko'rsatkichi. Aloqadorlik
ko'rsatkichi hodisaning u bilan bevosita bog'liq
bo'lmagan muhit orasida tarqalish darajasini
ko'rsatadi. Mazmunan bir - biridan farq
qilsada, hisoblash usuli bo'yicha aloqadorlik
ko'rsatkichi intensiv ko'rsatkichga o'xshash
.
hodisa · 100 (1000, 10000)
• Aloqadorlik ko'rsatkichi = ――――――――――――――――――
• hodisa kelib chiqishida bevosita bog'liq
• bo'lmagan muhit
• Yaqqollik ko'rsatkichlari – har xil territoriyada
yoki muddatdagi bir jinsli ko'rsatkichlarni bir
– biriga nisbatini ko'rsatadi. Bunda
ko'rsatkichlardan biri 100 deb qabul qilinadi,
qolganlari esa, shu ko'rsatgichga nisbatan
hissoblanadi. Bir - biriga taqqoslanayotgan
qiymatlar mutloq sonlardan, nisbiy, o'rtacha
qiymatlarda berilgan bo'lishi mumkin.
E'TIBORINGIZ UChUN RAXMAT !
Do'stlaringiz bilan baham: |