Ism: Er-xotinning shaxsiy-nomulkiy huquq va majburiyatlari Er-xotin o‘rtasidagi munosabat qanchalik barqaror bo‘lsa, oila ham shunchalik mustahkam bo‘ladi, bolalarni tarbiyalash ishi to‘g‘ri olib boriladi. Binobarin, mamlakatimizda insonparvar, demokratik huquqiy davlat qurishda hamda nikoh munosabatlarini tartibga solishda huquqiy normalarning ahamiyati yuqoridir. Qonunda belgilangan qoidalarga binoan tuzilgan nikoh er va xotin uchun huquq va majburiyatlarni keltirib chiqaradi, boshqacha qilib aytganda er-xotin munosabatlari vujudga keladi. Nikoh qayd etilgan paytdan boshlab shaxsiy huquqlar er va xotindan har birining subyektiv oila huquqini tashkil etadi hamda faqat oilaviy-huquqiy munosabatda namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |