OhZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OhRTAMAXSUS TAhLIM VAZIRLIGI
FARGhONA DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA- PSIXOLOGIYA FAKULTETI
PSIXOLOGIYA YOhNALISHI
15.12 -guruh talabasi Raxmonberdieva SHahlo Ravshan qizining
KONSULTATIV PSIXOLOGIYA VA PSIXOKORREKSIYA
fanidan
“Inson psixologiyasida oilaviy tasavvurlarni shakllantirishda psixolog konsultantning roli”
mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Dotsent M.Xalimova
Farghona- 2019
MUNDARIJA
KIRISH ..................................................................
I bob. Inson psixologiyasida oilaviy tasavvurlarni shakllantirishda psixolog konsultantning rolini metodologik muammolari
1.1. Oila va oilaviy turmush tarzining olimlar tomonidan ohrganilishi…………………………………………
1.2. Oilaviy munosabatlar haqida islomiy qarashlar ………
I bob yuzasidan xulosalar ....................................................
II bob. Inson psixologiyasida oilaviy tasavvurlarni shakllantirishda psixolog konsultantning rolini tadqiq etish
2.1. Yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari va ularning oilaviy hayotga ijtimoiy-psixologik etukligi………..
Oilaviy hayotni baxtli qilish va psixologik iqlimini mohtadil saqlash qoidalari…………………………………
II bob yuzasidan xulosalar ................................................
Xulosa ..............................................
Amaliy tavsiyalar .......................................................
Adabiyotlar rohyxati........................................
Ilovalar ...................................................
KIRISH
Jamiyatning mahnaviy qiyofasi oilalarning qandayligiga boliqligi azaliy haqiqat. CHunki oila jamiyatning ijtimoiy-mahnaviy bo’ini, kichik bir vakili bo’lib, aynan oila zaminida xalqimizning bugungi kuni va kelajagi bunyod etiladi. Olim va faylasuf A.Fitrat o’zining «Oila» risolasida « Qaerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam bohladi» deb tahkidlaydi.
Respublikamizda «Soghlom avlod», «Onalar va bolalar» yillari belgilanib, maxsus dasturlar amalga oshirildi, 2010 -yilning «Barkamol avlod» yili deb nomlanishining mazmunida esa o’z vatanining fidoiy farzandlari mahnaviy, ruhiy va jismoniy barkamol bo’lishligi ko’zda tutilgan. CHunki, mustaqil davlatimizning taraqqiyoti kelajagimiz egalari bo’lgan yoshlarga, ularning dunyoqarashiga, oilaviy muhitning solomligiga, mustahkamligiga uzviy boliqdir. Oilaning jamiyat mahnaviyatining poklanishidagi axamiyati buyuk bulib, u asosiy tarbiya uchoklaridan xisoblanadi. Zero, davlatimiz rahbari Islom Karimov aytganlaridek «Oila solom ekan jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan- mamlakat barqarordir»1.
SHaxs mahnaviyati, uning dunyoqarashi, insonning tasavvuri va ehtiqodiga aloqador ko’nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. SHu mahnoda, oila - xaqiqiy mahnaviyat o’choi, tarbiya omili, muhitidir. Binobarin, milliy mafkuramizga xos ilk tushunchalar inson qalbi va ongiga avvalo oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o’giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshiriladi.
Oila, uning asrlar mobaynida saqlanib kelayotgan muqaddas anhanalari orqali yoshlarda Vatanga muhabbat, iymon, ehtiqod, mahsuliyat, vatanparvarlik, insonparvarlik, ilmga ishtiyoq va madaniyat ko’nikmalari shakllanadi. YOshlar ongida oilaning jamiyatdagi o’rni va vazifasi haqidagi bilimlarni shakllantirish, ularni mukammal inson bo’lib etishida muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bois O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o’n to’rtinchi bobi to’liq oilaga baishlangani bejiz emas. Unda, jumladan, oila davlat tomonidan muhofaza etilishi, ota-onalar va bolalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar mazmun-mohiyati, voyaga etmaganlar davlat va jamiyat himoyasida ekanligi tahkidlanadi. Ushbu konstitutsiyaviy mehyorlar 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan Oila Kodeksida har tomonlama aks ettirilgan va xuquqiy jihatdan mustahkamlangan.
Mustaqil mamlakatimizda yosh oila manfaatlarini ijtimoiy jihatdan muxofaza qilish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Buning yorqin isboti 2007 yilning «Ijtimoiy himoya yili» deb ehlon qilinganligi, Ushbu yilda qabul qilingan davlat dasturida yosh oila manfaatini himoya qilish alohida banda aks etganligi va nihoyat, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 18 may kuni imzolagan «YOsh oilalarni moddiy va mahnaviy qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora –tadbirlar to’risida»gi Farmonidir. Farmonning ijtimoiy hamda tarixiy ahamiyati shundaki, unda yosh oila mustahkam va unda tarbiyalanayotgan farzandlarning so-salomat ulayishlariga oid barcha eng muhim vazifalar belgilab berilgan. Xususan ko’p bo’inli va ko’p farzandli oilalar soni nisbatan ko’p bo’lgan bizning sharoitimizda Prezident Farmoni bo’yicha yosh oilalarning maishiy turmush sharoitini yaxshilash, kam tahminlangan oila farzandlarining nikohdan o’tishi va to’y marosimlarini o’tkazishda qo’shimcha moddiy yordam ko’rsatish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik Bilan shuullanishni xohlaganla uchun, uy-joy qurilishi, tahmirlash va sotib olish uchun, uy xo’jaligini yo’lga qo’yish, mebel va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan hayotiy zarur tovarlar uchun ipoteka, sitehmol kreditlarining imtiyozli tarzda berilish kabi tadbirlar oila mustahkam va baxtli hayot kechirishini kafolatlovchi muhim masalalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |