“Zukkolar guldastasi” usuli.
Dastlab o‘quvchilar ikki guruhga ajratiladi. O‘qituvchining stoli ustiga turli gullar tasviri tushirilgan qog‘ozlar qo‘yiladi. Har bir guruhdan bittadan o‘quvchi chiqib tanlagan gulining orqasiga uning nomini to‘g‘ri yozishi kerak. Agar o‘quvchi gulning nomini bexato yozsa, uni o‘z guruhiga mo`jallangan guldonga solib qo`yadi. Nomi noto‘g‘ri yozilgan gul guldonga solinmaydi. Masalan: 1-guruh vakili binafsha rasmi tushirilgan gul rasmini tanlab, uning nomini to‘g‘ri yozdi va gulni guldonga solib qo‘ydi. 2-guruhdan chiqqan o‘quvchi esa chuchmoma gulining nomini noto‘g‘ri yozib, gulini guldonga sololmadi. O‘yin shu tariqa davom etib, har bir guruhning guldastasi shaklanib boradi. Qaysi guruhning guldonga solgan gullarining soni ko‘p bo‘lsa, o‘sha guruh g‘olib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |