O’zbekiston Respublikasi axborot texnalogiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalari unversiteti” Televizion texnalogiyalari fakulteti Audiovizual texnalogiyalari kafedrasi 512-19 guruh talabasi Mirsharipov Mirfazilning bajargan
INDIVIDUAL LOYIHA ISHI
Mavzu: Adobe Illustrator dasturida “Elektron do’kon” veb saytining mobil dizaynini tayorlash
TOSHKENT-2022
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………...3
I BOB. VEB DIZAYN ASOSLARI VA TEXNALOGIYALARI HAMDA ULARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
I.I Dizayn asoslari.Veb dizayn……………………………………..………………5
I.II Adobe Illustrator dasturining maqsad va vazifalari…………………………....8
I.III Birinchi bob xulosasi…………………………………...……………………16
II BOB. ADOBE ILLUSTRATOR DASTURIDA AMALIY ISHLASH, LOYIHANI BAJARISH JARAYONI BILAN YAQINDAN TANISHUV
II.I Adobe Illustrator dasturining strukturasi va uskunalardan foydalanish
qoidalari. Elektron do’kon loyihasining amaliy bajarilish jarayoni …...………....10
II.II Loyiha davomida olingan umumiy xulosa…………………………………...29
II.III Foydalanilgan adabyotlari ro’yhati……………………………………….....30
KIRISH
Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va kundalik hayotga izchil joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. So‘ngi yillarda mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirish asosiy dastur sifatida qabul qilingan. Bunga binoan talaba, o‘quvchi va yoshlarni tez qulay kasblarni egallashlari nazarda tutilgan. Ana shunday kasblardan biri bo’lgan web dizaynerlik sohasi ham hozirgi kunda keng rivojlanib borayotgan sohalardan biridir. Ushbu sohada yaratiladigan ishlar ham davlatimizda iqtisodiyotning yuqorilashi, kompyuterlashtirishni ommalashtirish, yoshlarni ish bilan taminlash, frilanserlikni rivojlantirish kabi bir qancha ijobiy yutuqlarga erishishda muhim ro’l o’ynaydi.
Qolaversa hozirgi kunda butun jahon miqyosida texnika, oziq ovqat, qurilsh mollari, xullas umumiy qilib aytganda sotuvdagi barcha mahsulotlarni sifatli va tezkor yetkazib berish, xizmat ko’rsatish sohasi juda tez rivojlanib bormoqda. Albatta bularning asosida avtomatlashtirilgan dasturlar muhim ro’l o’ynaydi. Ana shunday dasturlarning foydalanuvchilarga qulaylik va chiroyli ko’rinishini esa web dizaynerlar ta’minlab berishadi.
Web dizaynerlar tomonidan ishlab chiqilgan elektron do’konlar ham shu kabi ishlarga misol bo’la oladi.
Elektron do’konlarning yaratilinishi albatta yurtimizda insonlarnig vaqtlarini tejashga, istemolchilarning va sotuvchilarning ortiqcha mablag’larini sarfalshini kamaytirishga hamda keng qamrovli tanlovni tatbiq etish uchun juda muhim va ahamiyatli dastur bo’lib xizmat qiladi. Ushbu loyiha ishida ham huddi shunday elektron do’konning Adobe Illustrator dasturida 0 dan boshlab tugallangan holatigacha bo’lgan mobil dizaynini tayyorlab chiqamiz. Ushbu ishni boshlashdan avval esa shu kasb egalari web dizaynerlar kim ekanligi bilan tanishib chiqamiz.
Web-dizayner bu, web-sahifa dizaynini yaratadigan va ularni veb-saytlarga birlashtiradigan, internet texnologiyalarini tushunadigan, badiiy did va bilimga ega bo'lgan shaxs. Web- dizaynerning asosiy vazifasi, Internet-loyihaga imkon qadar ko'proq foydalanuvchilarni qiziqtirishdir.
Web-dizaynerning ikkinchi asosiy vazifasi, internetning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, loyihaning uslubiy dizaynini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo'lishdir. Boshqacha qilib aytganda, loyihani amalga oshirish uchun u, tarmoq tomonidan belgilangan standart talablarga javob berishi kerak, masalan: grafik elementlar (logotiplar, bannerlar, chizmalar va boshqalar) optimallashtirilishi kerak, rang va shriftni tanlashda, foydalanuvchi, loyihaning grafik ko'rinishini qog'ozda emas, balki monitorda ko'rishini inobatga olishi kerak.
Agar grafik-dizayner faqatgina rasmlar va videolar bilan ishlaydigan mutaxassis bo’lsa, web-dizaynerning ishi keng qamrovli bo’ladi. Bularga:
Sayt dizayni Server rejasini ishlab chiqish Server rejasini bajarish uslubini yaratish Hujjatlarni yuklash vaqtini, ma'lumotlar uzatish kanalining tarmoqli kengligini, hujjatning grafik fayllari hajmini, rang palitrasi sifatini hisobga olgan holda, monitor ekranida web- hujjatlarni qabul qilishni ta'minlash Web-sahifalarni tartibga solish qoidalarini aniqlash, formatni, fonni, dizayn elementlarining soni va sifatini tanlash Web-hujjatlarning uslubiy namunalarini yaratish Internet tugun bilan ishlash Dastur va sahifa kodini yozish Gipermatnli hujjatlarni boshqarish World Wide web (WWW) da firmaning axborot siyosatini olib borish) Web-sahifalarni tayyorlash va tekshirish vositalarini o'rnatishlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |