Ilm fandagi halollik



Download 38,2 Kb.
bet1/3
Sana09.07.2022
Hajmi38,2 Kb.
#765396
  1   2   3
Bog'liq
mohina — копия[1]


ILM FANDAGI HALOLLIK.
Reja:
I.Kirish: Halollik o’zi nima?
II. Asosiy qism:

  1. Toza ilm berish deganda nimani tushunasiz?

  2. Halollik vaksinasini qanday yaratamiz?

  3. Ilm olishning afzalliklari.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar:


Halollik o’zi nima?
Ota-bobolarimiz qadimda ham kesakni tosh demagan (poydevorga kesak termagan), esi yo‘q kallani bosh demagan (qog‘ozga o‘rab boshliqliqqa qo‘ymagan), nomardning ulushini osh demagan, nohalol luqmani yemagan. Darhaqiqat, yetti iqlimga dars bergan ulug‘larimiz tomonidan aytilgan hikmatlar bejizga yuzaga kelmagan. Afsuski, bugun yoshlarning qalbiga, ruhiyatiga ibrat hamda toza ilm borishni uddalay olmayapmiz va yoshlarni “quloqsiz”likda ayblashdan qolmayapmiz. Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan hikmati o‘zimizni qanchalik aldamaylik, hozircha bizga o‘z haroratini bermayapti. Bu uchun bizda shaffof qalb va oshkora muhit kerak. Chunki bugun bashariyat va uning tafakkur dunyosi nafaqat shakl bilan, balki mazmun bilan ham boyib bormoqda. Har qanday millatning intellektual-ma’naviy qiyofasi milliy hamda global pedagogik yorqin muhitda, to‘g‘riligu tenglikda shakllanadi. Hozirda mamlakatimizda ta’lim tizimi ham mazmun-mohiyati, ham shaklan mantiqiy yangilanayotgani xalqimizning qalbida kelajakka umid uyg‘otmoqda. Hozirgi taraqqiyot bosqichida xalqaro standartlar darajasiga mos keladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj va talab borgan sari oshib bormoqda. Chunki zamon globallashuv jarayonlari ta’sirida bo‘lgan hamda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish pallasiga kirgan mamlakatlarning ijtimoiy salohiyati va taraqqiyot imkoniyatlari ko‘p jihatdan fan va texnologiyaning rivojlanganlik darajasi, ilmiy-amaliy innovatsiyalarni jamiyatning turli infrastrukturalarida samarali tatbiq qilinayotganligi bilan belgilanishi oydinlashmoqda. Shuning uchun ham jahon hamjamiyatiga tobora moslashib borayotgan O‘zbekistonda ham ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, ilm-fanni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich ta’limni tubdan isloh qilish hamda bu sohalarning mazmunini xalqaro miqyosda boyitish uchun jiddiy kirishilmoqda. Bu yo‘lda zamonaviy va mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, bilimli hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini ta’minlash talab etilmoqda.
Ammo bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi shuni yaxshi anglab turibdiki, ta’lim tizimida o‘qitishni tashkil etish jarayoni, ta’lim berayotgan professor-o‘qituvchilar tomonidan fan mazmunini yetkazish va ta’lim olayotgan talabalarni o‘zlashtirishi hamda ularning bilimini to‘g‘ri baholash tizimi talab darajasida emas. Shuningdek, o‘quv jarayonini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish borasida ta’lim dasturlari mazmuni va ularni yangilab borish sur’atlarining bugungi kunda izchil rivojlanayotgani iqtisodiyot tarmoqlari va mehnat bozorining o‘zgaruvchan talablariga to‘laqonli javob bermaydi. Aslida masala yanada chuqurroq: oliy ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari innovatsion va texnologik g‘oyalar bilan fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmagan. Tegishli sohalarda mavjud muammo va kamchiliklarning tizimli o‘rganilmaganligi sohada ilm-fan yo‘nalishlarining rivojlanmasligiga olib keldi. Endi nafaqat respublika doirasida raqobatbardosh, balki xalqaro miqyosda o‘z o‘rniga ega kadrlar tayyorlamas ekanmiz, jahon ilm-fani hamda ta’lim-tarbiyasida tomoshabin bo‘lib qolaveramiz.
Buning uchun bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining global jarayondagi burch va vazifalari texnologiyasini qayta ko‘rib chiqish shart. Mamlakat taqdirini, Vatan kelajagini xalqaro talablarga javob beradigan yosh kadrlar hal etadi. Rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularda jamiyat hayotini o‘zgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo ta’lim tizimidan, bog‘cha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini ko‘ramiz. Chunki maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori - bu maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o‘qituvchilardir. Masalan, bu borada Singapur tajribasi haqida davlatning sobiq bosh vaziri Li Kuanning so‘zlari eslanadi: «Ko‘pchilik mendan Singapurning rivojlangani haqida so‘rab, shunday savol berishadi: «Qanday qilib ulkan davlatdan ajralib chiqib, mittigina hudud bilan rivojlangan davlatga aylandinglar? Bu «mo‘’jiza»ni qanday amalga oshirdingiz?». Ularga javoban shunday deyman: «Men Singapurda mo‘’jiza yaratmadim. Men faqat Vatanim oldidagi burchimni bajardim, xolos. Davlat byudjetini ta’limga yo‘naltirdim. Muallimni eng quyi tabaqadan Singapurdagi eng yuqori martabaga ko‘tardim. Davlatdagi «mo‘’jiza»larni amalga oshirgan insonlar — muallimlardir. Ular ilm, axloq, mehnat va haqiqatni sevadigan, kamtar avlodni yetishtirib chiqardilar. Buning uchun ulardan minnatdormiz».
Xo‘sh, XXI asr o‘zbek o‘qituvchisining burchi va vazifasi nimadan iborat? Qachon uni fikr qaramligi, tafakkur qulligi tark etadi? Bo‘lajak o‘qituvchining maqsadi-chi? Uning zimmasida qanday mas’uliyat bor? Milliy tarbiya sohasining zukko olimlaridan biri, professor M.Quronov bu borada shunday mulohaza bildiradi: “Millat dardiga darmonni boshqalar emas, uning farzandlari izlaydi, topadi. 150 yildan ortiq bizga, ya’ni mening va Sizning ajdodlaringizga yetkazilgan ma’naviy jarohatlarni milliy mafkura bilan shifolamoq - burchimiz”. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Samarqand davlat universiteti Ulug‘bek madrasasiga vorislikka umid qilyapti. Bu bilan qanday yukni o‘z yelkasiga olayotganligini teran his etayapti. Zotan, ushbu ilm dargohi talabalari uchta xalqaro tilda yakuniy imtihonni topshirgan, yettida halqaro fanlardan faqat a’loga amaliy bilim o‘zlashtirgan, “tanka”si dekan yoki prorektor emas, balki obro‘yi, tafakkuri tiniq el bo‘lgan, bitiruvchilarga dunyodagi yuztalikka kiruvchi eng nufuzli madrasalar mudarrislikka olish uchun oldindan talashgan. Demak, biz SamDU o‘quvxonalariga Ulug‘bekning kamida 1018 ta yulduzlariday ravshan shamlarini yoqishimiz, olam ahliga madrasaning bilimini bera oladigan zukko olimlarimiz tafakkuri bilan boqishimiz shart.
Halollik vaksinasi”, uni qayerdan olamiz, qanday yaratamiz?
Insonning insoniyligi uning halloligi va pokligi bilan o‘lchanadi. Shuning uchun ota-bobolarimiz hamisha pok va halol bo‘lishga da’vat etib kelgan, halol bilan haromni farqlash to‘g‘risida nasihat qilishgan. Bugungi kunda ham halollik va poklik masalasiga hayotimizning yaxshilanishi va insoniyligimizning mezoni sifatida qaralmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev bu boradagi ishlar samaradorligini ta’minlashda, turli illatlardan xoli, farovon, odil jamiyatni qurishda eng muhim “richag” - har birimiz o‘zimizni “halollik vaksinasi” bilan emlashimiz kerakligini ta’kidladi. Darhaqiqat, aynan halollik shu vaqtga qadar millatga azob berib kelayotgan dardlarga malhamdir. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda bot-bot tarqatilayotgan xabarlarga e’tibor bersak, aynan boshqaruvdagi halollik masalasini dolzarbligi namoyon bo‘ladi. Boshqaruvda halollik degani bu adolatli boshqaruvni anglatadi. Prezidentimizning “halollik vaksina”si bilan emlash deganda aynan boshqaruv jarayoniga e’tibor qaratgani bejiz emas, albatta. Yuragi, qalbi pok va toza, halol luqma yegan va shu yo‘ldan yurgan insonlar hamisha xotirjam bo‘ladi, ko‘ngli ravshan, doimo sihat-salomat yuradi. Xorazmlik qomusiy olim, alloma Mahmud Zamaxshariy bu haqda shunday deb nasihat qiladi: “Halol va va pokiza kishi doimo xotirjamu tinchlikdadir, birovga xiyonatu yomonlik qiladigan kishi esa halokatga giriftordir”.
Prezidentimiz biroz hazil, ozroq armon bilan "... lekin o‘sha "halollik vaksinasi"ni qaydan olamiz?" degan fikrni bildirib o‘tdi. Darhaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurashda adolatni bosh mezon qilib olish aytishga oson. Ilgarigi tuzumlardan ma’lumki, qaysi tashkilotga korrupsiya bilan kurashish vakolati yuklatilsa, bu illatning barcha rishtalari o‘sha tashkilotga borib ulanaverardi. Bunday tashkilot, korrupsiyaga qarshi kurash emas, balki uni boshqarish va tartibga solish bilan mushg‘ul bo‘lib ketardi. Hech qanday jazo, hech qanday xavf buning oldini ololmagan. Buning yagona yo‘li – "halollik vaksinasi". Halollik insonning ongu shuurida bo‘lishi lozim. Uni esa paydo qilish kerak. Millatning yuzlab yillar davomida yiqqan bilimi, tajribasi, ma’naviy qadriyatlari, albatta, "halollik vaksinasi"ni paydo qilish uchun yetarli bo‘ladi. Shuning uchun doimo imon, poklik va halollik yo‘lida hushyor turishimiz kerak. Bu ayniqsa, hozirgi kunda yangi O‘zbekiston g‘oyasini izchil amalga oshirishda va bozor munosabatlariga keng yo‘l ochib berilgan davrda nihoyatda zarur. Korrupsiyaga qarshi kurashishda avvalo, jamoatchilikda ong va taffakkur isloh qilinmas ekan, har qanday qatʼiy choralar ham, kuchli va barqaror nazorat tizimi ham yetarlicha samara bermaydi. Bu boradagi isloh esa har kimning oʻzidan boshlanadi va u pirovardida butun jamiyatni yagona maqsad – korrupsiyaga nisbatan murosasizlik yoʻlida birlashtiradi. Yangi Oʻzbekistonning bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ana shunday muhim harakatlantiruvchi kuch – “halollik vaksinasi” har tomonlama zarur. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida boʻlib oʻtgan “Halollik vaksinasitaraqqiyot garovi” nomli konferensiyada ham ayni shu jihatlarga alohida urgʻu berildi. Mazkur tadbir korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar, dolzarb vazifalar va kelgusidagi maqsadlar muhokamasi uchun yana bir muloqot maydoni boʻldi. Unda qator vazirlik va idoralar vakillari, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimlari sohaga oid konseptual normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan maʼmuriy islohotlar va ularning samarasi yuzasidan oʻzaro fikr almashishdi.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining bugungi kundagi ijrosi, erishilgan yutuqlar va kutilayotgan yangi natijalar oʻzaro muloqotlarning asosiy mavzusi boʻldi.
Konferensiya ishi “Korrupsiya – yoshlar nigohida” kitobining taqdimotiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbir bilan davom etdi. Qayd etilishicha, ushbu kitob mamlakat Prezidentining Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida ilgari surilgan gʻoyalar asosida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining huquqiy bilimini oshirish, korrupsiya haqida tasavvur va tafafakkurini kengaytirish, ushbu illatga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan “Korrupsiya – yoshlar tasavvurida” nomli insholar tanlovining oʻziga xos mahsulidir. Tanlovda 8642 ta umumtaʼlim maktabidan 445 mingdan ortiq oʻquvchi korrupsiya va unga qarshi kurashish haqida oʻz fikr-mulohazalari aks etgan insholar bilan ishtirok etdi. Ular orasidan 84 nafar oʻquvchining ijodiy ishlari saralab olindi hamda “Korrupsiya – yoshlar nigohida” kitobida jamlandi. Bir soʻz bilan aytganda, mazkur kitob buguni va ertasini korrupsiyadan xoli koʻrish istagidagi yoshlarning ushbu ijtimoiy illatga nisbatan qarashlari, taklif va maqsadlari bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Konferensiya yakunida korrupsion holatlarga barham berish borasida oʻzaro hamkorlikda faoliyat olib borish, korrupsiyaga qarshi kurashda aholining ijtimoiy faolligi, huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot tadbirlarini hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish boʻyicha kelgusidagi maqsad-vazifalar belgilab olindi. Allohga beadad shukrlar, cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin, yurtimizni istiqlol ne'matidan bahramand aylab, beqiyos erkinliklar yo‘lini ochib qo‘ydi. Endi xalqimiz o‘zi va tevarak atrofdagi xalqlar bosib o‘tgan yo‘lni, ortda qolgan tarixni tanqidiy o‘rganib, kerakli qadamni qo‘rqmasdan tashlay oladi. Buyog‘iga endi shunchaki: “Boshqalar bilan nima ishim bor, ertaga nima bo‘lsa bo‘lavermaydimi, bugungi kunim g‘animat!” deb yashash yaramaydi. Chunki “Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotadi Rasuli akramning (sollallohu alayhi va sallam): “Ilmni talab qilinglar, garchi u Xitoyda bo‘lsa ham” mazmunli tavsiyalariga amal qilish bugungi kunimizda juda zarur. Bu muborak tavsiyaga amal qilmaganlar og‘zidagi oshini oldirib qo‘yadi. Hurmatli Prezidentimizning: “Biz hech kimdan kam bo‘lmaganmiz, kam bo‘lmaymiz ham”, degan shiori asosida ishonch bilan harakat qilib, harom qayerda, halol qayerda ekanini oyday, kunday ravshanlashtirib olish, bilganlarimizga amal qilish uchun kechayu kunduz intilmog‘imiz kerak. Haloliga hisob, haromiga azob bor ekanini unutmasligimiz lozim. Demak, bundan harom yoki gunoh ishni qilishdan saqlanish zarurligi, faqat halol yo‘ldan yurgan taqdirdagina mutlaq yaxshilik, huzur halovatga yetish mumkinligi haqidagi bilim kelib chiqadi. Anglashilyaptiki, harom va gunoh odamning qalbini, demakki, vujudini doim qorong‘i qilib, ich-ichdan ezilib yurishiga sabab bo‘ladi. Halollik va to‘g‘rilik esa, odamning qalb xotirjamligiga asosdir. O‘g‘ri o‘zining qilayotgan o‘g‘irligidan qalban xotirjam emas, “Ishlarim yurishib ketsa edi, umuman o‘g‘irlik qilmasdim”, deb qayta-qayta o‘z-o‘ziga so‘z beradi. Agarchi uning boyligi ko‘payib ketsa ham, to shu gunohini tark etmaguncha halovat topmaydi. Shuning uchun u ba'zan qiyinchilikda qolgan qandaydir insonlarga yordam bergisi kelib, qalb rohatiga yetishishni xohlab qoladi. Hatto, shunday qiladi ham. U astoydil kirishsa, o‘g‘riligini tashlab ham ketadi. Biroq hamon o‘g‘irligini tark etmayotgan ekan, u o‘zining qalbida g‘alayon qilayotgan o‘sha ikki o‘t orasida kuyib yuraveradi. Odam o‘ldirishdan toymaydigan jallodlar ham o‘zlarining bu ishlari uchun kuniga necha martalab afsuslar chekadi, meni ham bir kuni o‘ldirishlari mumkin-ku, degan qo‘rquv uni hech qachon tinch qo‘ymaydi. Ammo manfur ishini davom ettiraveradi, qalbi esa battar qorayib boraveradi. Ba'zan esa kimgadir rahm qilib, uning qandaydir biror tashvishini yengillashtirib ham beradi. Bu bilan u shuncha rohatlanadiki, sababini o‘zi ham bilmaydi. U o‘zining qilgan xunrezliklaridan astoydil tavba qilishni, yaxshi odamlar safiga kirib, oddiy hayot kechirishni doimiy ravishda orzu qilib yuradi. Jamiyat orasida salmoq jihatidan qanchadir foizni tashkil qiladigan ashaddiy tovlamachi, yolg‘onchi kimsalar hamisha bo‘ladi. Ular ham o‘zlarining bu qilmishlaridan obro‘lari kunma-kun, soatma-soat tushib borayotganini sezishadi. Qur'oni karimda bunday marhamat qilingan:
“Rabbingiz Odam o‘g‘illarining bellaridan (pushti kamarlaridan) zurriyotlarini (ruhlarini) chiqarib olib, ularni o‘zlariga guvoh qilib: “Men Rabbingiz emasmanmi?” (dedi). (Ular): “Rabbimizsan, iqrormiz” – dedilar” (A'rof, 172). Ya'ni, Odamning (alayhissalom) sulbidan to oxir zamongacha bu dunyoga keladigan insonlarning ruhlari chiqarilib jam qilinganida, hammalari Alloh taoloning Xojaligiga, o‘zlari Uning qullari ekaniga tillari va dillari bilan iqror bo‘lishgan. Ya'ni, har bir inson Parvardigorning buyurganlarini qilishga, qaytarganlaridan qaytishga va'da bergan. Shu tufayli noto‘g‘ri ish qilganlar va'dasiga xilof amallar sodir etganlari uchun xotirjamligini yo‘qotishadi, to‘g‘ri ish qilganlar va'dasiga vafo qilganlari uchun shodmon bo‘lishadi. Shu o‘rinda insonga qalbiy xotirjamlik va halovatning naqadar zarurligiga yana bir necha misol keltirmoqchimiz. Musulmonlar, bilibmi-bilmaymi, biror gunoh sodir etishsa, bu ishlaridan afsus nadomatlar chekib, Tavvobu Rohim bo‘lgan Rabbisiga istig‘forlar aytishib, tavba qilishadi va amallaridan qaytishadi. Ana shundan keyingina qalb sokinligiga va xotirjamlikka erishadilar. Fir'avnga (alayhil la'na) Alloh taolo cheksiz boylik berib, ko‘ngliga kelganini muhayyo qilib qo‘ydi, na bir kasallik, na bir muammoga duch kelmadi. Fir'avn haddidan oshib, o‘zini “xudo” deb e'lon qildi. Lekin u ham o‘zining ojiz bir banda ekanini, bir kun kelib, unga ham o‘lim yetishini bilar edi. Shuning uchun qalbining tub tubida doimo bir qo‘rquv, dilqorong‘ilik saqlanib yurar, halovati yo‘q edi. Bu gaplarning tasdig‘i Qur'oni karimda turibdi. “Musoning (alayhissalom) ortidan ta'qib qilib, dengizga g‘arq bo‘lishi aniq bo‘lib qolgach, u imon keltirdi” (Yunus surasi, 90, 91, 92 oyatlar). Xalqimizda saqlanib kelayotgan bir maqolda yuqoridagi mavzuga aloqador fikr ta'kidlanadi: “Yarimta nonim – rohati jonim”. Maqolning sirtqi va birlamchi ma'nosi ozgina bo‘lsa ham, halol rizq topgan odam qalb halovatini sezishi haqida. Buni boshqacha tomondan ta'riflash ham mumkin: qanchalik boyib ketsang-da, qalbingga g‘ubor tushiradigan ishni qilishdan saqlan, shunda oldingdagi halol rizqingni rohatlanib, maza qilib yeysan.
“Alloh mo‘minlardan jonlarini va mollarini jannat evaziga “sotib oldi...” (Tavba, 111). Avvaldan to oxir bu dunyo hayotida yashab, qandaydir ishlar va faoliyatlar bilan shug‘ullangan inson zoti borki, har bir bosgan qadami, qasd qilgan o‘yi mukammal yozib turiladi. Bu dunyoda qilgan amallari evaziga yo jannatni, yo do‘zaxni sotib oladi. Payg‘ambar (sollallohu alayhi va sallam) bir hadisi shariflarida: “Baraka o‘n qismdir, shundan to‘qqiztasi savdoda”, deydilar. Biz ushbu kitobda “savdo” so‘zining nafaqat tijorat ma'nosini, balki undan katta va keng ma'nolarni, ba'zan esa majoziy ma'nolarni ham istifoda qilmoqchimiz. Maqsad – qisqa bo‘lsa ham, gapni tugal aytish. Tavfiq Allohdan. Umuman olsak, savdo insonning hayot kechirish, naslini davom ettirish, haloldir, haromdir – rizq izlash uchun boshqa insonlar bilan kerakli har turli moliy, lafziy, jismoniy muomalalarga kirishuvini bildiradi. Tilimizda umr savdosi, mol-mulk savdosi, nasiya savdo, naqd savdo, rost savdo, yolg‘on savdo, halol savdo, harom savdo, lafz savdosi (ahdlashuv, sulh), tana savdosi, g‘irrom savdo, qul savdosi, odam savdosi kabi iboralar iste'mol qilinadi. Ba'zilari tez-tez, ba'zilari ahyon-ahyonda ishlatiladi. Biz ham o‘rni bilan ularning ayrimlari haqida to‘xtalishga harakat qilamiz. Alhamdulilloh, musulmonmiz. Shuning uchun savdo xususida so‘z yuritishda savdo va uning har xil turlarini shartli ravishda ikkiga bo‘lamiz: Alloh rozi bo‘lgan savdo, Allohning qahru g‘azabiga sabab bo‘ladigan savdo. Masalaga ana shu mezon asosida yondashsak, inshaalloh, to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘lamiz. Baqara surasining 275 oyatida oldi-sotdi – halol, ribo – harom ekanligi aytiladi. Alloh taolo oldi sotdi – halol deyaptimi, demak bu bir vaqtning o‘zida ham savdo qilishga ruxsatni, ham savdoni halol olib borishga buyruqni bildirib kelyapti. Noto‘g‘ri qadam qo‘yilsa, noshar'iy amal qilinsa, savdo halol bo‘lmaydi. Shu sababdan qaysi savdo Alloh rizosiga, qalb xotirjamligiga olib boradi-yu, qaysilari, aksincha, jazoga sabab bo‘ladi, bularni ochiqlashga ehtiyoj bor. Rasuli akramdan (sollallohu alayhi va sallam) rivoyat qilingan bir hadisi sharifda: “Rostgo‘y, omonatli tojir nabiylar, siddiqlar va shahidlar bilan birgadir”, deb marhamat qilingan (Imom Termiziy). O‘shandoq ulug‘ zotlar bilan bir safda bo‘lish qanchalar ham oliy baxt! Buni har bir mo‘min-musulmon orzu qilishi aniq. Jannat benihoya qimmat joy, unga yetib borish unchalik ham oson bo‘lmasligi tabiiy. “Mehnatning tagi rohat”. Do‘zax esa doimiy qiyinchilik joyi. Unga borish, unga yetishish juda ham oson, arzon. Ehtimol, shuning uchun do‘zax yo‘li ko‘plarni ohanrabosi, “jilvayu nozlari” bilan o‘ziga rom qilar?! Lekin dunyo tamaddunida o‘ziga xos salmoqqa ega bo‘lgan donishmand xalqimizning maqoli bor: “Arzonning sho‘rvasi tatimas”, Do‘zax, jahannam juda yomon joy. Alloh panoh bersin! Halol odamda hatto eng kichik harakatlar ham halollik bilan boshqariladi. O'zgarish bilan sotuvchiga bizning foydamizga xato qilganini xabar qiling, keksa odamga tushgan vekselni sezdirmasdan qaytaring, hech kim bizni mukofotlamagan taqdirda ham majburiyatlarimizni bajaring, so'zlarimizni kuzatib boring Bular uchinchi shaxslarga zarar etkazishi yoki ta'sir qilishi, unga nima kafolat berishi kerakligi to'g'risida mulohaza yuritishi, moliyaviy va shaxsiy resurslarimizni boshqarishda ehtiyotkor bo'lishi, xatolarimiz uchun javobgarlikni o'z zimmamizga oladigan, kerak bo'lganda tuzatadigan va tuzatadigan, sodiq va shaffof bo'ladigan darajada. boshqalar bilan bo'lgan munosabatlarimiz; Bularning barchasi o'zimizning halolligimizni faol ravishda ifoda etishimiz mumkin bo'lgan uzoq harakatlar katalogining qisqacha ro'yxati. Halollik a axloqiy qadriyat ishonch, samimiylik va o'zaro hurmatga asoslangan shaxslararo munosabatlarni o'rnatish uchun asosiy shuningdek qiymatla va axloqiy qadriyatlar bilan harakat qiladigan kishi halollik U har doim haqiqat va adolat kabi qadriyatlar tomonidan qo'llab-quvvatlanadi va o'z ehtiyojlari yoki manfaatlarini bundan ustun qo'ymaydi. Shu ma'noda, u to'g'rilik, ehtimollik va halollik bilan ajralib turadigan axloq qoidalariga biriktirilgan shaxsdir. Halollik Haqiqat inson hayotining barcha jabhalarini qamrab oladi: u o'zini ijtimoiy jihatdan namoyon qiladi, shuningdek, shaxsning yaqin muhitida va uning ichki hayotida ham namoyon bo'ladi. Bu shuni anglatadiki halollik ham tashqi, ham ichki narsadir, bu nuqtai nazardan, bu shaxsning harakatlari u o'ylaydigan, aytadigan va voizlik qiladigan narsalarga mos keladigan izchil xatti-harakatlar bo'lishi kerak. Barcha ezguliklarning, xayr­li ishlarning boshi halollikdir, desak, yanglishmasak kerak. Halollikning o‘zi kabi do‘stlari ko‘p: yaxshilik, baraka, xotirjamlik, osoyishtalik"¦ Ehtimol, dunyoni go‘zallikdan ham oldin halollik qutqarar"¦ Ibrat ko‘zi bilan boqsangiz, halol insonning dili, yo‘li to‘g‘ri, darajasi ulug‘. «Halol bo‘lsang, yashay olmaysan» esa og‘ziga kuchi yetmagan, bo‘yni mehnatga yor bermaydigan mahmadonalarning chala xulosasi ekanini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Halol luqma tomog‘ingizga tiqilmaydi, jig‘ildonni qaynatmaydi, uyqungizni qochirmaydi. Har narsaning haloli bo‘lsin, deb bejizga aytishmaydi-da.«Turishingni qara, cho‘pga o‘xshab qolibsan-ku. Katta-katta yesang-chi. Og‘zingga kelganini qaytarma. Davringni surib qolmaysanmi?» Tanishimga shunday deb maslahat berayotgan bu «akaxon» haqida yon-atrofdagilardan eshitdim-u negadir uning bolalariga achindim. Qing‘ir ishi ko‘p ekan. Farzandlariga ham shunday «nasihat» qilsa kerak. Uning oldida mung‘ayib­gina turgan boyagi «cho‘pday» tanishim o‘sha paytda ko‘zimga juda chiroyli ko‘rinib ketdi"¦. Tan olish kerak, ko‘pchilikda halol bo‘lish juda qiyin, degan tushuncha bor. Shuning uchunmi, yashashning oson yo‘llarini qidiramiz. Yayrab qolgimiz keladi. «Boshqalar ham shunday yashayapti-ku» deya o‘zimizni ovutganday bo‘lamiz. Nega halollikdan bu qadar qo‘rqamiz? Nahotki, halol yashash shuncha qiyin bo‘lsa? O'qish va o‘rganishdek sharafli va lazzatli narsa yo‘q. Ilk «O'qi» amri bilan boshlangan Qur'on, bilguvchilar va bilmaydiganlarni bir emasliklarini ta'kidlash bilan birga ilm egalarining darajalarini yuksalishining xabarini berishadi.Inson bilimi bilan qadrlanadi. Hazrati Odam alayhissalomni farishtalardan ham yuksak maqomga ko‘targan sir ilm edi. Qur'onda o‘qish yozish quroli bo‘lgan qalam ulug‘lanadi, aynan unga va u yozgan satrlarga qasam ichiladi. Allohning qalam bilan qasam ichishi, qalamning inson hayotidagi o‘rni va qadri juda kuchli shaklda ifodalaydi.Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam bir kuni yonlaridagi Hilol ismli kishidan: «Qalaming bormi?» - deb so‘radilar. Yo‘q javobini eshitgach: «Qalamsiz yurma, ey Hilol. Chunki, ezgulik undadir. Qiyomatgacha unga sodiq bo‘lganlar chiqadi. Insonlar qalam ila yuksaladilar. Olim qo‘lidagI qalamning siyohi shahidning qoni bilan tengdir». Yana Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam ifodalariga ko‘ra, ilm egalari o‘liklar orasida yurgan tiriklar bilan tengdir. Zubayr Kuduzalp: «Bilimli inson quyoshga o‘xshaydi, kirgan joyini yoritadi», deydi. Ha, ilm qorong‘uliklarni yorituvchi mash'aladir. Qorong‘ulikda qolgan har bir kishi unga muhtoj. Yuksak pog‘onalarga ilm narvoni bilan chiqiladi. Taraqqiy etishni va kamolot topishni istasangiz ilmning etagini mahkam ushlang. Hazrati Ali ilm xususida: «Ilm pastda turganlarni yuqori darajaga ko‘taradi. Bilimsizlik esa tepada turganlarni pastga tushiradi. Ilm mol-davlatdan ustundir, chunki boylikni sen asraysan. Ilm esa seni asraydi», deganlar. Bu buyuk insonni Rasululloh sallolohu alayhi vasallam Ilm eshigi, deb ulug‘laganlar. Biz Allohning taqsimotiga rozimiz. Bizga ilmni, dushmanlarimizga dunyo molini berdi. Chunki, mol-davlat yo‘q bulguvchidir. Ilm esa abadiydir. Foydali ilm o‘rgangan kishini o‘limidan keyin ham insonlar hurmat bilan eslashadi. Ilm abadiy tiriklikdir. Johil kishi tirikligidayoq o‘lik hisoblanadi. Bilimli inson Hayotdan ko‘z yumganidan keyin ham tirikdir! Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun gʻoyat oliy va muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga oʻz ahvolimizni, harakotimizni oyina kabi koʻrsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi oʻtkur qilur. Savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur, toʻgʻri yoʻlga rahnamolik qilub, dunyo va oxiratda masʼud boʻlishimizga sabab boʻlur. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur. Chunki ilmsiz kishilar ota-onasiga, qarindosh-urugʻiga, yor-doʻstiga, din va millatiga foyda yetkurmak bir tarafda tursun oʻz ustiga lozim boʻlgan ibodat va toatni ham loyiqicha qila olmas. Ilmning foydasi u qadar koʻpdurki, taʼrif qilgʻon birla ado qilmak mumkin emasdur. Bizlarni jaholat qorongʻuligʻidan qutqarur, madaniyat, insoniyat, maʼrifat dunyosiga chiqarur, yomon feʼllardan, buzugʻ ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va adab sohibi qilur, Alloh taologa muhabbat va eʼtiqodimizni ortdurur, janobi Haqning azamat va qudratini bildirur. Alhosil, butun hayotimiz, salomatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, gʻayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilma bogʻlidur. Paygʻambarimiz: “Ilmga amal qilguchilardan boʻlingiz, naql va rivoyat qilguchilardan boʻlmangiz”, – demishlar.
Ilm bir daryo ichi toʻlmish dur-u gavhar bilon,

Download 38,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish