II-QISM: ELEKTROMAGNETIZMDAN LABORATORIYA ISHLARI TO’PLAMI.
2.1. Fizikaviy kattaliklarni o’lchash usullari. Fizika fani bizni o`rab olgan moddiy dunyodagi hodisalar haqidagi ma'lumotlarni tajriba orqali yig’adi. Laboratoriya sharoitida muayyan hodisa u yoki bu faktorning ta'sirini o`rganish maqsadida fizikaviy tajriba o`tkaziladi.
Fizikaviy kattalik – biror sifatni miqdoriy xarakterlovchi kattalikdir. Fizikaviy kattaliklar yordamida har qanday jarayonni matematik ifodalash mumkin. Fizikaviy kattalikni o`lchash uni etalon qilib qabul qilingan bir jinsli miqdor bilan o`zaro solishtirish jarayonidan iboratdir. O`lchashlarni ikkiga bo`lish mumkin.
1) bevosita o`lchash. 2) bilvosita o`lchash. Agar o`lchash asboblari yordamida aniqlash lozim bo`lgan o`lchamga erishsak, bunday o`lchash usuliga bevosita yoki to`gridan - to`gri o`lchash deyiladi. Masalan: vaqtni, uzunlikni, tok kuchini va shunga o’xshashlar. Bevosita o`lchangan kattaliklar ustidan biror matematik operatsiya (ko`paytirish, bo`lish, ildiz chiqarish, logarifmlash va h.k.) bajarib aniqlanishi lozim bo`lgan natijaga erishilsa, bilvosita (vositali) o`lchash deyiladi.
Masalan: matematik mayatnik tebranish davri T2 hisoblash qonunida erkin tushish tezlanishi g42 orqali «g» ni hisoblash mumkin. Bu yerda va T lar bevosita o`lchanadigan kattaliklar bo’lib g esa bilvosita o`lchanadigan kattaliklar.
Har qanday fizik kattaliklarni o`lchaganda turli sabablarga ko`ra xatoliklarga yo`l qo`yiladi. O`lchash usuli yoki asboblarni mukammallashmaganligi tufayli vujudga keladigan xatoga sistematik xato deyiladi. Bunday xatolik boshqa usul bilan o`lchab ko`rib amalga oshiriladi.
Har xil sabablarga ko’ra vujudga keladigan xato tasodifiy xatolik deyiladi. Masalan: tashqi sharoitni keskin o`zgarishi va shunga o’xshashlar. Tasodifiy xatolikni kamaytirish faqat tajribani ko`p marta takrorlash natijasida hisobga olinishi mumkin.
Eksperimentatorlarni e'tiborsizligi tufayli vujudga keladigan xatoliklar qo`pol xatoliklar deyiladi.
Masalan, o`lchov asboblarning shkalasidan noto`gri yozib olish yoki, noto`gri bajarish kabilar. Yuqoridagi sabablarga ko`ra tajriba asosida o`lchangan kattalik haqiqiy qiymatdan ma'lum darajada xatolik bilan aniqlanadi. Xatolik absolyut yoki nisbiy bo`lishi mumkin.
O`rtacha arifmetik qiymat va a0 orasidagi ayirma 0 absolyut xatolik deyiladi. Nisbiy xatolik yoki foyizlarda ifodalasak, bo`ladi. Bu yerda: -absolyut kattalikni o`rtacha qiymati.