Ibrat hayotidan ibrat olaylik



Download 26,12 Kb.
Sana01.11.2022
Hajmi26,12 Kb.
#859140
Bog'liq
NABIYEV Мардон


IBRAT HAYOTIDAN IBRAT OLAYLIK
Mardon Nabiyev,
NamDU, Tarix yo’nalishi 3- bosqich talabasi

O’qingiz, ilmi hikmat sizga, bu ish katta ibratdur,


Agar ilm o’rganursiz barcha ishda sizga nusratdur.
Agar ilm o’lmasa, nodon umri barcha kulfatdur,
Bu ashyoi jadidi mubaddini asli hikmatdur,
Ajib bir foyizi arzoqi insoniy vagon keldi.
Ishoqxon Ibrat.
Namangan – ko‘plab buyuk allomalarga qanot bo‘lgan qadimiy zamin. Bu ko‘hna yurtda Maxdumi A’zam Kosoniy, Boborahim Mashrab, Fazliy, Nodim Namangoniy, Muhammadsharif So‘fizoda, Ishoqxon Ibrat, Usmon Nosir, Zafar Diyor singari ma’rifatparvarlar yashab ijod qilgan. Shunday ma’rifatparvarlardan shoir, zabardast tilshunos, tarixchi olim, ilk o’zbek matbaachilaridan biri Ishoqxon Ibratdir.
Ishoqxon Junaydullaxo‘ja o‘g‘li Ibrat 1862-yilda Namangan yaqinidagi To’raqo’rg’on qishlog’ida tug’ilgan. Asl ismi Is‘hoqxon bo’lgan adib o’ziga “Ibrat” adabiy taxallusini bejiz tanlamagan. Ma‘rifatparvar shoir zamondoshlarini ilm-fan, madaniyat va ta‘lim-tarbiya borasida erishilgan so’nggi yutuqlardan ibrat olishga, ularni o’rganishga chaqirdi. O’zi ham izlanishdan, o’qib-o’rganishdan charchamadi, bu borada boshqalarga ibrat ko’rsatdi. Uning ota-onalari Junaydullaxo’ja va Huribibi o’z davrining o’qimishli kishilaridan bo’lgan.
Is‘hoqxon dastlabki ta’limni hijo usuliga asoslangan qishloq maktabida chiqaradi, ammo savodni onasining qo’lida oladi. Bu haqda o’zi shunday yozadi: “Avvalgi vaqtdagi mahalla maktabida 5 yilda 3 adad muallimda o’qub, oxiri savodim chiqmay, keyin qizlar maktabida, o’z uyimizda volidai marhumamdan o’qub savod chiqardim. Ikki sana qiblagohimdan husnixat mashq etdim”1.
Adibning onasi Huribibi maktabdor bo’lib, o’z maktabida faqat quruq yodlash bilangina cheklanmay, qizlarga yozishni, husnixatni ham o’rgatar edi. O’zi ancha savodxon bo’lib, husnixatdan xabardor edi. Shuning uchun ham Is‘hoqxon onasini ko’p o’rinlarda ustozi sifatida hurmat bilan tilga oladi. Ilm u-ma’rifatga muhabbat qo’ygan Is‘hoqxon o’qishini davom ettirish uchun Qo’qonga keladi. U XIX asr boshlarida barpo etilgan Muhammad Siddiq Tunqator madrasasiga 1878- yili o’qishga kirib, u yerda 8 yillik taxsil olgan. Madrasa Is‘hoqxon Ibrat dunyoqarashi, shaxs sifatida shakllanishida alohida o’rin tutgan2. U Qo’qon adabiy muhitining yirik namoyandalari Muqimiy, Furqat, Muhyi, Zavqiy, Nodim, Haziniylar bilan yaqin aloqada bo’lgan, adabiy mushoiralarda ishtirok etgan.
Is‘hoqxon Ibrat madrasada beriladigan ilmlar bilangina cheklanibgina qolmasdan o’qish davomida buyuk sharq olimlari asarlarini mustaqil tarzda qunt bilan mutolaa qildi, arab, fors va rus tillarini chuqur o’rgandi. O’z faoliyatini ilg’or maorifchi sifatida ma‘rifat tarqatish bilan boshlaydi, o’z qishlog’ida maktab ochadi. Uning maktabi “usuli qadim” (“usuli tahajji”), ya‘ni hijo metodiga asoslangan maktablardan o’quv-tarbiya jarayoniga ko’ra tubdan farq qilar edi. Is’hoqxon o’z maktabiga nisbatan ilg’or bo’lgan tovush (savtiya) usulini tatbiq qildi va “usuli savtiya”ni eski metod tarafdorlaridan himoya qildi. Biroq bu maktabida uzoq vaqt ishlay olmadi. Ayrim johil mutaassiblar uning maktabini “kofirlar maktabi” deb e‘lon qilib, xalq bolalarini bu maktabdan qaytarishga harakat qildilar. Hatto general-gubernatorlik amaldorlari yordamida yoptirishga muvaffaq bo’ldilar.
Ibrat keyinroq sharq mamlakatlari bo’ylab sayohatga chiqib, Istanbul, Sofiya, Afina, Rim kabi Yevropaning markaziy shaharlarida bo’ldi. Ancha vaqt Afg’onistonning Kobul, Arabistonning Jidda kabi katta shaharlarida ma’lum vaqt davomida yashab ilm o’rgandi. 1892 – 1896- yillarda Hindistonning eng katta port shaharlari bo’lmish Mumbay va Kal’kuttada hayot kechirdi. U bu yerda ko’p ishlatiladigan arab, fors, hind-urdu va ingliz tillarini mukammal o’rgandi. Chet ellarda u Sharq va G’arb xalqlari hayoti, madaniyati va san‘atini muqoyasa etish imkoniga ega bo’ldi. Yevropaning ilgor ilm-fanini yaqindan organdi, ilmiy asarlari uchun qimmatli ma’lumotlarni to’plagan. U Sharq xalqlari tillari bilan bir qatorda G’arb xalqlari tillarini ham bilish zarur deb hisoblagan. Arabistonda fransuz tilini, Hindistonda ingliz tilini, shu bilan birga, eng qadimiy finikiya, yahudiy, suriya, yunon, sanskrit yozuvlarini o’rgandi. Bu haqda zamondoshi Ibrohim Davron shunday yozadi: “...Fazoili insoniyadin maoda qozi to’ra janoblari turkcha, forscha, hindicha, ruscha lison bilib, yana ruscha, fransuzcha, armanicha va boshqa xatlar yozmoqqa mohirdurlar”3.
Ibrat 1898-yili olti tilni o’z ichiga olgan “Lug’ati sitta alsina” (“Olti tilli lug’at”) nomli lug‘at kitobini yozib tugatadi. Biroq ayrim sabablar tufayli lug’atni 1901-yildagina nashr ettira oladi, xolos. Ibrat o’z davrining yirik muarrixi sifatida “Tarixi Fargo’na” (1916), “Tarixi madaniyat” (1925) va “Mеzon-us-zamon” (1926) kabi bir qancha asarlar yaratdi.
1908-yilda Ibrat orenburglik Gaufman degan matbaachidan kreditga litografik mashina sotib oladi va o’zi qurdirgan hammom o’rnida – “Matbaai Is’hoqiya” bosmaxonasini tashkil etadi.
O’z zamondoshlarini, ayniqsa, yosh avlodni rus va Yevropa tillarini o’rganishga da‘vat etish Ibratning – “Jome‘ ul-xutut” asarida mazmunini tashkil etadi. “Jome‘ ul-xutut” dunyoda mashhur bolgan 41 xil yozuv tizimi haqida, shu jumladan, arab xatining suls, tavqe‘, rayhon, zulf, humoyun, turra kabi shakllari haqida ma'lumot beradi va shu bilan birga, unda husnixat san'atiga oid fikrlar bildiriladi4.
Ibratning xalqni ma’rifatli qilish uchun olib borayotgan faoliyatiga chek qo’yish maqsadida 1937-yil boshlarida uni – sovetlarga qarshi targ’ibotda ayblab qamoqqa olishadi. Tergov davomida o’tkazilgan kuchli ruhiy, ma‘naviy va jismoniy azoblar Is‘hoqxon Ibratni 1937-yil aprel oyida hayotdan ko’z yumishiga olib keldi.
Afsuski, haligacha Ibratning qayerga dafn etilgani aniq emas. Mustaqillik yillarida adib hayoti va ijodini o’rganish borasida katta ishlar amalga oshirildi. 2005-yilda taniqli adabiyotshunos olimlar Ulug’bek Dolimov hamda Nurboy Jabborov Is‘hoqxon To’ra Ibratning – tanlangan asarlarini nashr ettirdilar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 2-noyabr kuni Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda “………..milliy uyg’onish davrining yetuk namoyondalaridan biri Vatan va xalq istiqloli uchun jonini fido qilgan ulug’ bobomiz Is‘hoqxon Ibrat haqida to’xtalib o’tishni o’rinli deb bilaman”5 – deya ta’kidlagan edi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi “Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumanida atoqli ma'rifatparparvar Is‘hoqxon Ibrat yodgorlik majmuasini tashkil etish to’g’risida”gi 208-sonli Qarori qabul qilindi. Qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan 2.2 gektar yerda adib muzeyi, Ibrat haykali, favvora, bog’, 160 o’quvchi o’rniga ega tillar markazi, yodgorlik majmuasi – Ibrat maktabini tashkil etildi. Majmua markazida bobomiz Ibrat haykali qad rostladi. Chet tillarini o’qitishga ixtisoslashgan “Ibrat” maktabida o’quvchi-yoshlar xorijiy tillarni o’rganadilar. Amalga oshirilgan barcha ezgu ishlar allomaning xalqimiz uchun ko’rsatgan ma’naviy jasorati, buyuk xizmatlarini qadrlash, merosini o’qib-o’rganish va amaliyotga keng targ’ib qilishda muhim o’rin tutadi, albatta.
Ishoqxon Ibrat ilmiy faoliyatini o’raganish jarayonida quyidagi taklifni ilgari surmoqchiman:
– Ishoqxon Ibrat ilmiy merosini chuqur va keng qamrovli o’rganish maqsadida ko’ngillilardan iborat “Ibrat izdoshlari” guruhini tashkil etish kerak;
– yoshlar orasida xorijiy tillarni o’rganishni rag’batlantirish, qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash uchun 6 va undan ortiq xorijiy tillarni o’rgangan iste’dod sohiblarini “Ibrat” ko’krak nishoni bilan taqdirlash lozim.

1 Yo’lchiyev Q. Is‘hoqxon To’ra Ibrat. O’quv-metodik ko’rsatma. – Farg’ona, 2018. – B. 8.

2 O’zbekiston Milliy Ensiklapediyasi. – №3. – T.: “Davlat ilmiy nashriyoti”, 2004. – B. 69.

3 Yo’lchiyev Q. Is‘hoqxon To’ra Ibrat. O’quv-metodik ko’rsatma….– B. 10.

4 Hoshimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi (II qism). – T.: “O’zbekiston Milliy kutubxonasi”, 2005. – B. 205.

5Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimz bilan birga quramiz. – T.: “O’zbekiston”, 2017. – B. 74.

Download 26,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish