Mavzu: Fanning predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari
Reja:
1. “Fan” tushunchasi, uning mohiyati, rivojlanish qonuniyatlari va tamoyillari.
2. Fanning shakllanishi, tarkibi va tuzilishi. Fanning tasnifi.
3. Hozirgi zamon fanining о‘ziga xos xususiyatlari.
4. Mustaqil О‘zbekistonda fanning rivojlanishi.
Ilm-fan tushunchasi
Hozirgi zamon tarixini va fan negizini tushunish uchun yirik bazaviy mutaxassislik tajribasiga ega bо‘lgan soha egalarini tayyorlashga bog‘liqdir. Prezidentimiz I. Karimov aytganlaridek, «Ilm-fan – jamiyatni olg‘a yurituvchi kuch» bо‘lib hisoblanadi. «Ilm-fan» о‘zi nima? «Ilm-fan» - bu kо‘p qirrali, shu bilan birga, bir butun ma’lumotki, uning tarkibi alohida-alohida gumanitar va aniq fanlarning о‘zaro jipsligidan iboratdir.
Fanimizning maqsadini quyidagi kо‘rinishga ega ekanligini anglashimiz zarur:
fan rivojini tarixiy xarakterini va ilmiy bilimlar majmuasini kо‘rsatish;
ilmiy tadqiqotlarni о‘zgarishi va dunyoning rivojlanishini о‘rganishda ilmiy inqiloblarning ahamiyatini kо‘rsatish;
zamonaviy, dunyoviy va Vatan tarixiga oid fanlar rivojini kо‘rsatish.
Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi sohadir.
«Fan» - tadqiqot faoliyati sohasi bо‘lib, tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi yangi bilimlar hosil qilishga qaratilgandir.
Fan - ijtimoiy mehnat taqsimotining natijasidir.
Ilm-fan - bu insoniyat madaniyatidagi eng qadimgi komponentlardandir. Bu kо‘p qirrali boy inson bilimlari dunyosi bо‘lib, insonga yashashga va dunyoning barcha ma’naviy va moddiy boyliklaridan foydalanishga imkon beradi.
Fan tushunchasi – talabalarga fan tushunchasi mohiyatini yetkazish ancha mushkul. Fan kо‘p tarmoqli tabiiy va gumanitar fanlarga bо‘lib о‘rganiladi. Har ikkala tarmoq о‘zaro uzviy holda ilmiy – texnika inqilobi jarayonida ishtirok etadi.
Fan – dunyo haqidagi obyektiv bilimlar sistemasi: ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Tarixiy taraqqiyot jarayonida, ayniqsa ilmiy texnika inqilobi davrida fan jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga aylana boradi. Fan – tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi yangi bilimlar xosil qilishdan to ularni tadbiq qilishgacha bо‘lgan faoliyatni о‘z ichiga oladi.
Insoniyat – atrof muhit, olam sirlarini va rivojlanish mexanizmlarini о‘rganib, ulardan jamiyatning ravnaqi uchun foydalanish ilm-fanni maqsadini tashkil etadi. Fan keng ma’noda voqelikni nazariy jIXatdan yorituvchi ilmiy mexanizmdir.
Fan bilan san’at, din, axloq о‘rtasida muayyan munosabat mavjud. Fan obyektiv voqelikni о‘rganadi va baholaydi, mushohada qiladi. San’at bilan axloq “fan”ga ijobiy yondoshuvchi tarmoqdir.
Fanshunoslik fanlarning о‘sishi. Tuzilishi va dinamikasi, jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotini о‘rganadigan fandir. Fan rivojlanishining ba’zi sohalari olimlar diqqatini о‘ziga tortgan.
Ilm-fan rivojiga ta’sir kо‘rsatuvchi ijtimoiy, ruhiy va boshqa faktorlarni birinchi bо‘lib, shveytsar botanigi Dekandol о‘zining «Fan tarixi va ikki asr olimlari» kitobida 1873 yilda tahlil qilib berishga harakat qilgan.
Fan tarixi asosiy fan sifatida ijtimoiy fanlardan 1892 yil ajralib chiqdi, Fransiyada birinchi bо‘lib, “Fan tarixi” degan kafedra ochildi. Fan tarixini kompleks о‘rganish XX asrning birinchi yarmida ilmiy – texnik rivojlanish jarayoni bilan boshlandi.
“Fan” – ijtimoiy institut sifatida Yevropada XVII-XVIII asrlarda dastlabki ilmiy jurnallar joriy etilishi bilan shakllana borgan edi.
“Fanning sinfiy bо‘linishi” – fanlarni ma’lum tadqiqot prinsplari asosida о‘zaro bog‘liqliklarini aniqlashtirish:
Bu jarayon uch bosqichdan iborat;
qadimda va ilk о‘rta asrlarda falsafiy bilim rivoji;
XV-XVIII asrlarda ilmiy bilimlarning tarmoqlari va differensiyasi;
Ilm- fan integratsiyalashuvi jarayoni XIX-XX asrlar.
Fanning asosiy maqsadi - о‘zi ochayotgan, yaratayotgan qonunlar asosida hayotiylikni voqea va hodisalarni tushuntirib berish, oldindan aytib berishga qaratilgan.
FAN — dunyo haqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bog‘liq, faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli — olamning ilmiy manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham о‘z ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. Fanning bevosita maqsadi о‘zining о‘rganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini ta’riflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir.
Fanning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo bо‘lishi bilan bog‘liq holda maydonga kelgan. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega bо‘lgan.
Tafakkur - sistemasining kurtaklari mifologiya sifatida qad. Sharq va Yunonistonda paydo bо‘la boshlagan.
Izoh-(tafakkur-bu inson aqliy faoliyatining yuksak shakli,obyektiv vokelikning ongida aks etish jarayoni).
Mifologiya fanga о‘tish bо‘sag‘asida malum bosqich vazifani bajargan.
Izoh (yun.- mifos, afsona, rivoyat, asotir. Qadimgi odamning borliq olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui bо‘lib,koinotning yaratilishi, inson,о‘simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo bо‘lishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar,ma’budalar va ilohlar tо‘g‘risidagi e’tiqodiy qarashlarni о‘z ichiga olgan).
Rivojlanish davom etishi bilan mifologiya о‘rninini naturfalsafa egalladi. Avestodamifologiya va fan unsurlari ham о‘z aksini topgan.
Izox-(naturfalsafa-ya’ni tabiatfalsafasi, tabiatni bir butun tizim sifatida, asosan, jonli mushohada negizida yoki tabiatshunoslikdan о‘zlashtirilgan bilimlar orqali talqin etish va tushuntirish, uning umumiy manzarasini tasvirlash
borasidagi falsafiy о‘rinishlar majmuasi. Mas.Yunon faylasuflaridan Fales, Anaksimandr, Anaksimen, appoloniyalik Diogen, Geraklik naturfalsafaning asoschilari bо‘lganlar).
Zenon, Demokrit, Aristotel va boshqa qadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda, goho ayrim ayrim ravishda bayon etishga о‘rina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo bо‘ldi.
Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo bо‘ldi. Ellinizm davrida Yevklid, ArXImed, Ptolemey tomonidan geometriya, mexanika, astronomiya sohasida dastlabki nazariy sistemalar yaratildi.
Izoh-(Ellinizm-bu Makedoniya, Yunoniston, О‘rta dengizning sharqiy sohillari G‘arbiy Osiyo, Qora dengiz atrofidagi mamlakatlar tarixining Aleksandr istilosi mil.av.334-323y dan mil .av. 30 y.dan Misr Rim qо‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilgan paytgacha о‘tgan davr.
Ellinizm atamasi ilmda daslab nemis olimi I.G.Droyzenning 1836-43 y.da chop etilgan 2 jildli «Ellinizm tarixi» asarida qо‘llangan va ushbu atama orqali ellinlarning Sharq mamlakatlaridagi hukmronligiga va ular madaniyatining Sharq xalqlari madaniyati bilan uyg‘unlashib hosil qilgan Yangi madaniyat tushunilgan.
Izox- (G‘arbiy Osiyo-Old Osiyo-Osiyo qit’asining g‘arbiy va Jan-g‘arb qismida joylashgan hududlarning shartli nomi. G‘arbiy Osiyoga tabiiy jihatdan Kichik Osiyo, Arabiston,Sinay yarim orollari va ularga yondosh orol va hududlar-Kipr,Kavkaz bо‘yni,Sharqiy Tavr toqlari va Eron tog‘ligining kattaqismi, Mesopatamiya pasttekisligi hamda О‘rta dengizning sharqiy sohilidagi hududlari)
Dastlab fan rivoji bilan texnika taraqqiyoti о‘rtasidagi yaqinlashuv XV-XVIII asrlarda manufaktura ishlab chiqarish bilan bog‘liq holda sodir bо‘ldi. Bungacha moddiy ishlab chiqarish empirik tajribalar, hunarmandlik asosida shakllangan. Teologiya va sxolastika ta’siridagi tabiat haqidagi ilmiy nazariy bilimlar ham ishlab chiqarishga hech qanday salbiy ta’sir qilmasdan sekinlik bilan rivojlangan. Ilmiy va texnikaviy taraqqiyot inson faoliyatining 2 ta nisbatan mustaqil yо‘nalishi sifatida yuksala borgan.
XVI asrda savdo-sotiq va yirik manufakturadagi tub о‘zgarishlar bir qancha aniq vazifalarni nazariy va eksperimental hal qilishni talab qildi. Bu davrda fan Uyg‘onish davri g‘oyalari ta’sirida sxolastika an’analarini parchalab, amaliyotga murojaat qildi. Kompas, porox va kitob nashr qilish ilmiy-texnikaviy faoliyatga asos solgan 3 ta yirik kashfiyot bо‘ldi. Suv tegirmonlarining rivojlanayotgan manufaktura ishlab chiqarishida qо‘llanilishi ba’zi mexanik jarayonlarni nazariy tadqiq etishni talab qildi. Natijada charx-palak g‘ildiragi, charxpalak harakati nazariyasi, qarshilik va ishqalanish ta’limotlari yaratildi. Fan bilan texnika yaqinlashuvining 2-bosqichi mashina ishlab chiqarishning XVIII asr oxiridan boshlab taraqqiy etishi bilan bog‘liq bо‘lib, bunda fan bilan texnika bir-birining jadal rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatdi. Bu davrda ishlab chiqarish faoliyatida nazariy masalalarni hayotga tatbiq qilishga da’vat etuvchi fanning maxsus bо‘g‘inlari paydo bо‘ldi: amaliy tadqiqotlar, ishlab chiqarish tadqiqotlari, amaliy konstruktiv ishlanmalar va h.k.
Fan texnika taraqqiyotining 3-bosqichi fan-texnika inqilobi bilan bog‘liq. Uning ta’sirida texnika taraqqiyotiga qaratilgan ilmiy sohalar kengayadi. Texnik masalalarni hal qilishda biologlar, fiziologlar, psIXologlar, mantiqshunoslar ishtirok etadi. Fan texnika taraqqiyoti shuningdek, ijtimoiy fanlar yо‘nalishlari, iqtisod va ishlab chiqarishni tashkil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy boshqarish, aniq ijtimoiy tadqiqotlar kabilarga bilvosita ta’sir qiladi. Fanning texnikaga nisbatan yetakchilik mavqei yanada yorqin namoyon bо‘ladi, fan texnikani uzluksiz inqiloblashtiruvchi kuchga aylanadi. О‘z navbatida, texnika ham fan taraqqiyotiga ijobiy ta’sir kо‘rsatib, uning oldiga yangi talab va vazifalar qо‘yadi. Hozirgi zamon fan-texnika inqilobining xarakterli xususiyati uning sanoat bilan birga ijtimoiy hayotning turli sohalari: qishloq xо‘jaligi, transport, aloqa, tibbiyot, ta’lim, maishiy Xizmat kabilarni qamrab olganligidadir.
О‘rta asrlarda Fan rivojiga arab, Sharq va О‘rta Osiyo olimlari ulkan hissa qо‘shdilar. Ular qadimgi Fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saqlash, tarjima qilish va ularni tarqatish masalasiga katta e’tibor berdilar. Shuningdek, ular fanni yangi yutuqlar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar.
О‘rta Osiyonnng buyuk olimlari ilm-fanning eng yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonun-qoidalarni kashf etdilar.
Muhammad al-Xorazmiy tenglamalar haqidagi fan sifatida algebra va tо‘ng‘ich algoritmlarni kashf etdi.
Ahmad Farg‘oniy astronomiyaga sistema tarzini berdi.
Ahmad Marvaziy trigonometriyani boyitdi (IX-asr).
Abu Nasr Forobiy falsafiy fikrni yuksaltirdi, muzikaning matematik nazariyasini yaratdi.
Xamid Xujandiy kub tenglamalar nazariyasini chuqurlashtirdi (X-asr).
Mahmud Qoshg‘oriy о‘z davrining qomusi bо‘lgan «Devonu lug‘otit turkni yaratdi.
Abu Rayxon Beruniy geodeziya, mineralogiya, farmakognoziyani yaratuvchilardan biri bо‘ldi.
Abu Ali Ibn Sino meditsinaning ilmiy zaminini qо‘ydi (X1-asr).
Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi sonlar nazariyasiga muhim hissa qо‘shdilar va kuzatish astronomiyasini yuqori pog‘onaga kо‘tardilar (XV-asr).
Lekin Ulug‘bek qora guruhlar tomonidan vahshiylarcha о‘ldirildi, observatoriya hamda kutubxonalar vayron qilindi, ilm ahllari tarqatib yuborildi. Ulug‘bekning ilmiy g‘oyalari boshqa mamlakatlar (Mas., Turkiya, Hindiston)da qisman davom ettirildi. Yevropada Uygonish davri ilm-fanga ijobiy ta’sir kо‘rsatdi.
Kutubxona (Eng yirik kutubxona mil. av. 1300 yilda Misrning qadimiy poytaxti Fivning yaqinida bunyod etilgan. Tarixchilarning fikriga qaraganda, u fir’avn Ramses II ga qarashli bо‘lgan. Bu kutubxonaning о‘ziga xos fazilatlari kо‘p. Uning peshtoqida Qalb da’vati (Qalb darmonxonasi») deb yozib qо‘yilgan. Muhtasham eshikda xudo Tot va ma’buda Seshatnnng tasviri tushirilgan bо‘lib, ularni «kitoblar-ning ulug xukmronlarn» deb atalgan. Kutubxonaning ichida yana ikki xudoning — Xu «Sо‘z» hamda Sia “Bilim” xudolarining tasviri bor edi)
Fanning klassifikatsiyasi.
Bugungi kunda fan klassifikatsiyalashtirilgan. Fanning klassifikatsiyasi yо‘nalishi tarix, falsafa va alohida fanlarning о‘zaro munosabatlari asosida ajralib chiqishidir. Bu jarayon uch bosqichga bо‘linadi:
Bu qadimgi ajralmagan falsafa va о‘rta asr falsafasi dastlabki qismidir.
XV-XVI asr – differensiatsiyasi, ya’ni ilm-fanning bir–biridan ajralishi va alohida sohalarga bо‘linishi.
Fanning alohida sohalari va sintetik fanlarning yuzaga kelishi.
Bugungi kunda fan va bilim ishlab chiqaruvchi kuch sohasidir. Bu soha katta moddiy bazaga va aloqa tizimiga ega.
Zamonaviy fan bizning hayotimizga tobora chuqur kirib kelmoqda. Faqatgina ijtimoiy institutlarga emas, qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishga va sanoatga shu qatori siyosat, harbiy soha va har qanday davlatning ijtimoiy – iqtisodiy kuchini faktori bо‘lib, juda katta mablag‘ sarf qilishni talab etadi. Aniq va texnik fanlar qatorida zamonaviy jamiyatda jamiyatshunoslik, ijtimoiy yо‘nalishlarni belgilashda va insonni har tomonlama о‘rganishda katta ahamiyatga egadir.
О‘zining kelajagini о‘ylayotgan jamiyat fan taraqqiyoti uchun ajratiladigan mablag‘ning о‘sishi haqida qayg‘uradi.
XII asrning boshlaridan Xorazmiy, Ibn Sino, Al-Kindiy, Ibn Rushud va boshqalarning asarlari latin tiliga tarjima qilina boshladi. Leonardo da Vinchi, R. Bekon, T. Gobbs, N. Kopernik, J. Bruno, G. Galiley, I. Kepler, R. Dekart kabi olimlar tabiat haqidagi bilimlarni rivojlantirdilar. Astrologiya о‘rnini astronomiya, alkimyo о‘rnini Kimyo egalladi.
О‘rta asrlardan boshlab Yevropada universitetlar Fanni rivojlantirishda muhim rol о‘ynadi. О‘rta Osiyoda vujudga kelgan madrasalarda asosan diniy bilimlar о‘qitilgan bо‘lsa-da, ba’zan ilg‘or mudarrislar tomonidan dunyoviy Fanlar, chunonchi, matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot elementlarid xam ta’lim berilgan.
Akademiya tarzidagi muassasa va jamiyatlar Sharq, mamlakatlarida VIII-IX asrlarda tarkib topa boshlagan. Yevropada bunday jamiyatlar XV-XVI asrlardan boshlab tashkil qilingan Yangi davrda Fanning ijtimoiy roli yanada oshdi. U madaniyatning muhim tarmog‘i va texnikaning nazariy asosiga aylana boshladi. XV-XVII-asrlarda klassik fizikaning poydevori qurildi. Fanning nazariya darajasiga kо‘tarilganligi fikrnnng (tafakkur) induktiv va deduktiv rivojlansh ga yо‘l ochib berdi.
Izox ( Induktiv-uyg‘onish, deduktiv- mantiq, mantiqan).
Mavjud ilmiy faktlar I. Nyuton tomonidan dinamikaning asosiy qonuni sifatida ta’riflandi. Bu umumlashtirilgan qonundan XVII-XIX asrlarda xususiy qonuniyatlar kashf etildi. Lagranj, Eyler ,Gauss va boshqalar ijodi mexanikani moddiy nuqtalar sistemasi tarzida shakllanishga olib keldi. Olamning mexanistik surati ilmiy tus ola boshlashi bilan yangi ilmiy dalillar olamga dialektik qarashni taqozo qildi.
I Kant, P. Laplas va b. tabiat tug‘risidagi dialektik g‘oyalarni bayon qildilar. M. V. Lomonosov moddaning saqlanish qonunini kashf etdi.
XIX-asrda tabiat qonunlaridan biri — energiyaning saqlanishi va shaklining о‘zgarishi haqidagi qonun kashf etilishi (R.Mayer, J. Joul, G. Gelmgolts) boshqa va kimyoning barcha sohalarini umumiy asosga keltirishga sabab bо‘ldi.
Hujayra nazariyasining bunyodga kelishi (T. Shvann, M. Shleyden) barcha jonli organizmlarning strukturasi bir Xil ekanligini kursatdi.
CH. Darvinning biologiyadagi evolyutson ta’limoti jonli tabiatga rivojlanish g‘oyasini olib kirdi.
Geometriya sohasida revolyusion ta’limot yaratildi: asrlar davomida hukm surib kelayotgan Yevklid geomotriyasi yagona emasligi, balki noevklid geometriyalar ham borligi N. Lobachevskiy tomonidan bayon etildi va u keyinchalik isbotlandi. D. I. Mendeleeyening davriy sistemasi har Xil kimyoviy elementlar orasidagi ichki dialektik bog‘lanishni ifodaladi.
Matematika va fizikada XX-asrda hal katta yutuqlar qо‘lga kiritildi, texnika Fanlarida radiotexnika, elektronika kabi sohalar paydo bо‘ldi.
Fan va texnikaning yanada rivojlanishiga ta’siri borgan sari ortib borayotgan kibernetika vujudga keldi. Fizika va kimyo Fanlaridagi muvaffaqiyatlar xujayralardagi biologik jarayonlarni yanada chuqurroq, о‘rganishga imkon berdi, bu hol qishloq xо‘jaligi va tibbiyot fanlarining rivojlanishiga olib keldi. Fanning ishlab chiqish bilan yaqin hamkorligi yuz berib uning ijtimoiy hayot bilan aloqlari mustahkam„ ana boshladi. Hozirgi Fanlar fan-texnika inqilobning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Fanlar tizimi umuman qо‘yidagi katta guruxlarga bо‘linadi:
1.Tabiiy fanlar,
2.Gumanitar fanlar,
3.Texnika fanlar
4.Ijtimoiy fanlar
Bu guruhlarning har qaysisidan juda kо‘p mustaqil fan sohalari ajraladi. Mustaqil fanlar bir-biriga bog‘liq sohalarda ilmiy izlanishning yirik va istiqbolli muammolarini yechishga tо‘g‘ri keladi, bu hol hozirgi paytda fanlararo va kompleks tadqiqotlarni keng avj oldirishni taqozo etadi. Tabiatni muxofaza qilish muammosi bunga yaqqol misol bо‘la oladi. Bu muammo texnika fanlari, yer tugrisidagi fanlar, biologiya,, matematik. tibbiyot, iqtisodiyot va boshqalar b-n qо‘shilib ketgan. Bu Xildagi ilmiy va ilmiy-texnik muammolarni xal qilish uchun xozirgi (fanlarda tadqiqotlarni dasturiy-maqsadli tashkil etish metodi kent qullaniladi.
Ilmiy tadqiqotlarni 2 ga:
1. Fundamental va 2 amaliy tadqiqotlarga ajratish qabul qilingan. Tabiat, jamiyat, tafakkurga xos qonunlarni bilib olish fundamental tadqiqotlarning, bu tadqiqotlar natijalarini bilim orttirish va ijtimoiy-amaliy muammolarni xal qilish uchun qо‘llash amaliy tadqiqotarning vazifasidir.
Fundamental tadqiqotlar, odatda, amaliy tadqiqotlardan oldinda boradi va ular uchun nazariy asos yaratadi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar о‘rtasidagi о‘zaro bog‘liklikni mustahkamlash, ilmiy yutuqlar natijalarini amaliyotga tezroq joriy etish — hozirgi davr Fani uchun muhum vazifalardan biridir.
Xozirgi davrda fan jamiyat tarakkiyotink olga siljituvchi kuch va vosita bulib kolayotganligini kuzatish mumkin. Xalq va millat dunyoqarashini shakllantirish, ta’lim-tarbiyaviy, axloq. normalarini vujudga keltirish, ma’naviy barkamol ishunni tarbiyalashda fan aloxida о‘rin tutmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |