Tabiatshunoslik o’qitish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirish r e j a



Download 23,05 Kb.
bet1/2
Sana29.04.2022
Hajmi23,05 Kb.
#591907
  1   2
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot


Tabiatshunoslik o’qitish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirish
R E J A :

  1. Tabiatshunoslik o’qitish jarayonida o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash.

  2. Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarning moddiy dunyoqarashini shakllantirish.

  3. Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarni vatanparvarlik va baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash.

  4. Ta‘lim jarayonida o’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash.

Tayanch tushunchalar: «bilish», «kuzatuvchanlik», «vatanparvarlik»,
«baynalmilalchilik», «mantiqiy tafakkur», «ijodiy faoliyat», «moddiy dunyoqarash», «amaliy faoliyat», «ekologik tarbiya», axloqiy tarbiya», «estetik tarbiya».


Sinov savollari:

  1. Tabiatshunoslik fanining ta‘lim-tarbiyaviy vazifalari nimalardan iborat?

  2. O’quvchilarda moddiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish qanday ahamiyatga ega?

  3. Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash qanday o’rin tutadi?

  4. Ta‘lim jarayonida estetik tarbiya berishning mohiyati nimada?

  5. O’quvchilarga ekologik tarbiya berishning xususiyatlari nimadan iborat?

  6. Tabitashunoslik darslarida axloqiy tarbiya qanday o’rin tutadi?

  7. O’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlashda tabiatshunoslik darslarining ahamiyati qanday?


1. Bolalarning atrofimizdagi olamni muntazam o’rganib borishlariga asoslanib, kichik yoshdagi o’quvchilarda tabiat to’g’risida, o’z joyi va barcha mamlakatning tabiiy boyliklari to’g’risida bir butun tasavvur shakllantirish kerak. O’quvchilar Vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar o’zlarining mehnat faoliyatlarida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga odamlar mehnati atrof tabiat bilan chambarchas bog’liq ekanligini ko’rsatish g’oyat muhimdir.
Shu talablarga ko’ra kichik yoshdagi o’quvchilarga:
-jonli va jonsiz tabiat to’g’risida aniq bilimlar berish, ularning o’zaro bog’liqligini ochib berish;
-odam organizmi va uning salomatligini saqlash to’g’risida ma‘lumotlar berish;

-tabiatda kuzatishlar o’tkazish o’quvi va ko’nikmalari bilan qurollantirish;

-tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyligini ko’paytirishga qaratilgan insonning mehnat faoliyati bilan tanishtirish;

-jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash.


Umumta‘lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo’nalishlariga muvofiq tabiatshunoslik dasturiga kiritilgan o’zgarishlar ko’rsatilgan vazifalar bilan bir qatorda tabiatshunoslik kursida o’quvchilarning ekologiya, mehnat va gigiena tarbiyasiga e‘tiborni yanada kuchaytirishni, «har bir o’quvchi gigiena va meditsina sohalarida minimum bilimni egallash, yoshligidan o’z organizmini bilishi, uni tartibli saqlay olishi» uchun sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.


Tabiatshunoslikni o’qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini shakllantirish uchun tabiatga insonparvarlik munosabatini, vatanparvarlikni va go’zallikni tushunishni tarbiyalash kerak.

2. Moddiy dunyoqarashni shakllantirish. Tabiatshunoslik tushunchalarining shakllanishi murakkab fikrlash jarayonining natijasidir. Bu jarayonni boshqara turib, o’qituvchi yorqin misollarda tabiat sirlarini ochib beradi, moddiy dunyoqarash asoslarini o’quvchilarga singdiradi.
Rejali ravishda asta-sekin tabiat bilan tanishtirib borish bu ish uchun poydevor yaratadi. Moddaning (qum va loyning, foydali qazilmalarning, suvning) xususiyatlari bilan tanishtira borib, amaliy mashg’ulotlar o’tkazish bilan o’qituvchi o’quvchilar tomonidan insonning tabiatni o’zgartirishga qaratilgan faoliyatini tushunib olinishiga yordam beradi.
Bolalarni atrof tabiat va odamlar hayoti bilan tanishtira borib, o’qituvchi anih misollarda tabiat hodisalarining sabablarini tushuntirib berishi kerak va o’quvchilarning bu hodisalar o’rtasidagi oddiy bog’lanishlarni tushunib olishlariga erishishi kerak. Natijada o’quvchilar tabiat—bir butunlik, unda jism va hodisalar biribiri bilan uzviy aloqada, biri-biriga bog’liq ekanligini tushunib olishga imkon beradigan bilimlarni to’playdilar.
Tabiatshunoslik darslarida moddiy dunyoqarash asoslari o’qituvchi tomonidan rejali ravishda uzoq vaqt davomida olib boriladigan ishlar jarayonida shakllanadi.
Tabiatshunoslikni o’rgana boshlashdanoq o’quvchilarda o’simlik va hayvonot dunyosi to’g’risida moddiy tushunchalarni shakllantirib borish, amaliy ishlarni bajarish, tajribalar, kuzatishlar, ekskursiyalar o’tkazish jarayonida esa olingan tushunchalar ilmiy nuqtai nazaridan tasdig’ini berishi kerak

3. Bolalarda tabiatdagi mehnatga ijodiy munosabatni (maysazorlar, xiyobonlar, istirohat bog’larini shakllantirish) tarbiyalash kerak. Jonli tabiat burchagi, o’quvtajriba uchastkasidagi ishlar, uy vazifasi va yozgi topshiriqlarni rasmiylashtirish, sinfdan tashqari ishlar (sinfdan tashqari o’qish uchun kitoblar tanlash, ko’rgazma, ertaliklar tashkil qilish va h. q) shunga xizmat qilishi mumkin. Biroq barcha e‘tibor faqat tabiat ob‘ektlari bilan zavqlanishga qaratilsa, estetik tarbiya ta‘sirli bo’lmaydi. Estetik tarbiyaning vazifasi:



  • tabiatda go’zallikni ko’rishgina emas, balki uni idrok etishga, ya‘ni estetik qabul qilishni idrok etish bilan bog’lashga;

  • tabiatda go’zallikni bunyodga keltirish va uni muhofaza qilishga, ya‘ni estetika bilan mehnat madaniyatini bog’lashga;

— tabiatda hamda jamiyatda xulq-atvor hamda muomala madaniyati qoidalariga rioya qilishga, ya‘ni estetika bilan etikani bog’lashga o’rgatishdir.
Tabiatshunoslikni o’qitish jarayonida estetik tarbiya har tomonlama, rejali ravishda, o’quvchilarning tabiat bilan muloqotda bo’lishlarining barcha shakllarini hisobga olgan holda olib borilmog’i lozim.

Download 23,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish