2
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………….3
I BOB XII-XV ASRLARDA SHARQ MAMLAKATLARIDA GEOGRAFIYA
RIVOJLANISHI…………………………………………………………………5
1.1.XII-XV asrlarda sharq mamlakatlarida geografiya rivoji……………………5
1.2. XII-XV asrlarda g’arb mamlakatlarida geografiya rivoji…………………16
II BOB XII-XV ASRLARDA KARTOGRAFIYA RIVOJI…………………....35
2.1. Kartografiya fan sifatida shakllanishi……………………………………...35
2.2. XII-XV asrlarda kartografiyaning rivojlanishi ……………………………38
Xulosa…………………………………………………………………………..41
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….……..42
3
Kirish
Inson dunyoga kelishi bilanoq sayohat qilishga oshiqadi va butun umri davomida
shunga intilib yashaydi. Agar endigina atak-chechak qilib yura boshlagan
gudakka nazar solsak, u doimo uydan tashqariga chiqishga intiladi. Chunki
dunyoqarashi hali shakllanib ulgurmagan bola nazdida uydan ko`chaga chiqish
ham bir sayohat-da!
Kamolga yetgani sayin insonda sayohat qilishga bo`lgan intilish ham kuchayib
boradi. U o`z sayohatlari davomida olgan taassurotlarini yaqinlari bilan
o`rtoqlashadi, ba’zilar esa ko`rgan kechirganlarini qog`ozga tushirib, keng omma
bilan baham ko`radi. Sayohat davomida olingan taassurotlar esa kishining
xotirasida bir umrga muhrlanib qolishi shubhasiz. Hatto, insonning kelgusi hayoti
mazmunini belgilashda ham muhim rol uynaydi. Bunga insoniyat tarixida amalga
oshirilgan geografik kashfiyotlar misolida ko`plab dalillar keltirish mumkin.
Darhaqiqat, dunyo tarixida amalga oshirilgan sayohatlar va ular natijasida yuzaga
kelgan asarlar insoniyat rivojining turli davrlardagi yo`nalishlarini belgilab
bergan desak, xato bo`lmaydi. Chunki O`rta asrlarga kelib astronomiya,
matematika, geografiya, geodeziya, kartografiya, biologiya va boshqa qator
fanlarning rivojla- nishi, dengizchilikning taraqqiy etishi dunyoning Osiyo va
Yevropadan boshqa qismlarining kashf qilinishiga zamin yaratdi.
Tarixdan ma’lumki, XV asrning o`rtalariga qadar amalga oshirilgan aksariyat
sayohatlar savdo karvonlari yordamida Yevropa va Osiyo hududlari doirasida
amalga oshirilgan. Bunda qadimiy «Buyuk ipak yo`li» muhim rol o`ynaganini
ta’kidlash joiz. Dengizda esa Yevropa, xususan, Italiya savdogarlari birmuncha
oddiy kemalarda uncha uzoq; masofalarga suzmasdan, Faqat Shimoliy va U rta
dengiz oralig`ida o`z savdo ishlarini yuritishgan.
Yevropada dengiz kemachiligidagi sezilarli rivojlanish dunyoning boshqa
qismlarini uzlashtirishga bo`lgan urinishlarni kuchaytirgani, shubhasiz. Buning
natijasi ularoq amalga oshiriladigan qit`alararo sayohatlarning maqsad va
4
mohiyati ham tubdan o`zgardi. Miloddan keyingi dastlabki 15 asr davomida
amalga oshirilgan sayohatlarning asosiy maqsadi savdo-sotiq uchun yangi
bozorlarni qidirib topish va ushbu o`zaro savdo aloqalarni rivojlantirishga
yo`naltirilgan edi. Ammo XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab amalga
oshirilgan sayohatlar turli hududlardagi resurslarning o`zlashtirilishi va savdo-
sotiqning o`sishi bilan bir qatorda mustamlakachilikning rivojlanishiga, boylik
orttirish maqsadida yangi kashf etilgan yerlarning ayovsiz talanishiga,
qulchilikning rivojlanishiga ham yo`l ochib bergan.