I bob XII-XV asrlarda sharq mamlakatlarida geografiya


 XII-XV asrlarda g’arb mamlakatlarida  geografiya rivoji



Download 1,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana31.12.2021
Hajmi1,84 Mb.
#235573
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Durdonaxonga iqtisodiyga

1.2. XII-XV asrlarda g’arb mamlakatlarida  geografiya rivoji

 

 

Har bir chet ellik sayyohga katta shubha bilan qaralgan XII-XIII asrlarda 



Yevropadan  Osiyoga  kelib  savdo  ishlarini  ustalik  bilan  yuritish  va  hatto,  o`zga 

yurt  xoqoni  xizmatiga  kirib,  maslahatchi  darajasiga  erishish  katta  jasorat  va 

zukkolikni talab etadi. 1254-yilning 15-sentyabrida venetsiyalik savdogar oilasida 

dunyoga  kelgan  Marko  Polo  o`rta  asrlardagi  Osiyo  davlatlarining  hayoti  bilan 

yevropaliklarni tanishtirishga muyassar bo`lgan jasur sayyoh edi. 



17 

 

XIII  asrga  kelib  yangi  bozorlarning  ochilishidan  manfaatdor  bo`lgan 



venetsiyalik  va  genuyalik  savdogarlar  yevropalik  ko`plab  sayyohlarning 

Markaziy Osiyo, Hindiston va Xitoyga qilayotgan safarlariga befarq qaray olmas 

edilar. Marko Poloning otasi Nikkolo Polo, amakisi Maffeolar dunyoning yangi 

ochilgan qismlarida zargarlik buyumlari va Sharqona shirinliklar bilan oldi-sotdi 

qiluvchi  mohir  savdogarlar  bo`lishgan.  Yevropada  ishlab  chiqarilgan 

mahsulotlarni  sotishning  yangi  bozorlarini  o`zlashtirish  maqsadida  Marko 

Poloning  otasi va amakisi XIII asrning  ikkinchi  yarmida Sharqiy Osiyoga safar 

qilishga qaror qilishgan. 

Venetsiyalik  bu  ikki  savdogar  1260-yilda  Qrimga  yo`l  olishdi.  Ular  o`z 

sayohatida  flandriyalik  sayyoh  Villem  Rubruk  yo`nalishi  bo`ylab  harakatlanib, 

Qrimdan  Kavkazga,  so`ng  Kaspiy  dengizining  shimoli  orqali  Buxoro  tomonga 

burildilar. O`sha vaqtlarda ushbu mintaqada Botuxonning ukasi Berkaxon urush 

harakatlarini  olib  borishi  tufayli  aka-uka  savdogarlar  ortga  qayta  olmay, 

Buxoroda uch yil qolib ketishdi. So`ng Xonbaliq (hozirgi Xitoy poytaxti Pekin) 

tomon  ketayotgan  eronliklar  karvoniga  qo`shilib,  1266-yilda  Pekin  shahriga  - 

Xubilayxon saroyiga  yetib borishgan.  Tez orada saroyda qabul qilingan Marko 

Poloning otasi hamda amakisi xondan ortga behavotir qaytish huquqini beruvchi 



18 

 

oltin yorliqni olishga muyassar bo`lishdi va evaziga Xubilayxonning xatini Rim 



Papasiga yetkazish majburiyatini olishdi. 

Marko  Polo  1271-yilda  Sharqiy  Osiyoga  qilgan  ikkinchi  sayohatiga  o`zi 

bilan  o`n  yetti  yashar  o`g`li  Markoni  ham  olib  ketdi.  Marko  Polo  qatnashgan 

ekspeditsiya Venetsiyadan Layatssoga (hozirgi Turkiyaning Jayxon shahri) yo`l 

oldi  va  Arzirum  orqali  Iroqqa  yetgach,  Frot  daryosining  quyilish  qismidan 

kemada  Fors  ko`rfazidagi  Ho`rmuz  (hozirgi  Bandar-Abbos)  bandargohiga 

jo`nadi. 

Marko Polo hamrohlari bilan Ho`rmuzdan tuya va otlarda Osiyo qit`asining 

ichkarisiga  yo`l  olib,  Xuroson  o`lkasi  va  Pomir  tog`lari  orqali  Sharqiy 

Turkistondagi  (hozirgi  Xitoyning  Shinjon-Uyg`ur  avtonom  rayoni)  Qashqar 

shahriga  yetib  keladi.  Yo`lning  keyingi  qismi  birmuncha  qiyin  kechib, 

sayyohlarning Tak-la-Makon cho`lini kesib o`tib, Gobi sahrosining chekkasidan 

yurishiga  to`g`ri  kelgan.  So`ng  Xuanxe  daryosi  bo`ylab  Pekin  shahriga  yetib 

kelishgan. 

Aqlli  Marko  Polo  Pekinga  yetib  kelishi  bilanoq,  o`zini  Xubilayxonga 

tanishtirgan  va  xayrixohligini  sezgach,  unga  o`z  xizmatini  taklif  etgan. 

Xubilayxon  Yevropa  bilan  aloqalarni  rivojlantirish  lozimligini  inobatga  olib, 

Marko  Poloning  taklifini  qabul  qildi  va  shu  yo`sinda  venetsiyalik  yosh  sayyoh 

Xubilayxonning  maslahatchisiga  aylandi.  Bu  esa  Markoga  Xitoy  bo`ylab  turli 

sayohatlar uyushtirish va uning yerlarini kengroq o`rganish imkonini bergan. 

Marko  Poloning  yozishicha,  xon  unga  turli  topshiriqlarni  berar, 

yalinishlariga qaramasdan Venetsiyaga qaytishga ruxsat bermas va hatto, uch yil 

davomida Yanchjou shahrining xokimi etib tayinlagan edi. Shunday qilib, Marko 

Polo Xitoyda 1275-yildan 1291-yilgacha, jami 16 yildan ortiq vaqt qolib ketgan.  

1291-yilda  Yevropaga  qaytishga  xondan  ruxsat  olishga  erishgach,  Marko  Polo 

Zaysun  (hozirgi  Xitoyning  Futszyan  provinsiyasidagi  Syamin)  bandargohidan 

yo`lga chiqib, Malakka yarimorolini aylanib o`tib, Sumatra oroli, Bangal qo`ltig`i 

va Hindiston yarimoroli bo`ylab suzib, Eronning Ho`rmuz portiga yetib kelgan. 

Bu yerdan quruqlik orqali Hamadon va Tabrizdan o`tib, Turkiyaning Qora dengiz 



19 

 

bo`yidagi  Trabzon  shahriga  yetib  olgan.  Marko  Polo  Trabzondan  hech  qanday 



to`siqlarsiz Konstantinopol (hozirgi Istanbul) shahriga va so`ng O`rtayer dengizi 

orqali Venetsiyaga qaytib kelgan. Sharqiy Osiyoga qilingan sayohati Marko Polo 

oilasiga shon-shuhratdan tashqari katta boylik ham keltirdi. 

Marko  Poloning  Xitoydan  Yevropaga  qaytganidan  keyingi  hayoti 

to`g`risida ma’lumotlar uncha ko`p emas. 1298-yilda u o`zining kichikroq shaxsiy 

kemasida  uncha  uzoq  bo`lmagan  sayohatga  chiqqan.  O`sha  vaqtlarda 

genuyaliklar  va  venetsiyaliklar  o`rtasida  bo`layotgan  urush  sababli  Marko  Polo 

genuyaliklar  tomonidan  asirga  olingan.  Marko  Poloning  shuhrati  tufayli 

genuyaliklar unga nisbatan birmuncha yumshoq muomalada bo`lishgan. 

 Qamoqdaligida Marko Polo Italiyaning Piza shahri fuqarosi Rustikanoga 

amalga oshirgan sayohatlari taassurotlarini aytib yozdirgan va keyinchalik ushbu 

qo`lyozma «Dunyoning rang-barangligi haqida kitob» nomi bilan chop etilgan. 

Genuyaliklar  tutqunidan  ozod  bo`lgach,  Venetsiyaga  qaytib  keldi  va  umrining 

oxiriga  qadar  uzoq  muddatli  sayohatlarga  chiqmadi.  Sayyoh  1324-yilning  24- 

yanvarida Venetsiyada 70 yoshida vafot etgan. 

«Dunyoning  rang-barangligi  haqida  kitob»da  hozirgi  O`zbekiston 

hududidagi  ba’zi  shaharlar  haqida  ham  qiziqarli  ma’lumotlar  bor.  Marko  Polo 

Buxoroni  o`sha  paytlardagi  yirik  savdo  markazi  ekani,  atrofiga  baland  devorlar 

qurilgani  va  shahardagi  binolarning  Quyoshda  yarqiraydigan  gumbazlarining 

ajoyibligi to`g`risida yozgan. Sayyoh: «...shaharning savdo rastalari ipak, chinni, 

fil suyagi va ustalik bilan ishlangan metall buyumlar bilan to`lib ketgan edi», deya 

ma’lumot  keltiradi  o`z  asarida.  Samarqandni  esa  sayyoh  «buyuk  va  ulug`vor 

shahar»  deya  tasvirlab,  juda  ko`p  bog`lari  borligini  aytgan.  Sayyoh 

Samarqanddan  aholisi  san’at  va  hunarmandchilikda  tajribali  bo`lgan  Qarqon 

shahriga  yo`l  olgan.  Mutaxassislarning  fikricha,  sayyoh  Qarqon,  deb  bunda 

Qo`qon yoki Farg`ona shahrini nazarda tutgan bo`lishi mumkin. 

Marko Polo Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyoga ilk bor sayohat qilgan va 

bu  yerdagi  mamlakatlarni  tasvirlab  bergan  dastlabki  yevropalik  sayyoh 

hisoblanadi.  Uning  yozib  qoldirgan  asarlari,  jumladan,  «Dunyoning  rang-



20 

 

barangligi haqida kitob»i bir qancha noaniqliklarga ega bo`lishiga qaramay, O`rta 



asrlardagi Osiyo mamlakatlari - Eron, Xitoy, Mo`g`uliston, Hindiston, Indoneziya 

hamda Markaziy Osiyodagi davlatlarning geografiyasi, etnografiyasi va tarixiga 

oid  juda  qimmatli  tarixiy  manbadir.  Bu  asar  haqiqatan  ham,  Yevropadagi  eng 

ommabop tarixiy manba bo`lib, u bo`yicha turli Yevropa tillarida 2300 dan ortiq 

ilmiy ishlar qilingan. 

«Dunyoning  rang-barangligi  haqida  kitob»  asari  XIV-XV  asrlarda 

yashagan dengizchi-sayyohlar, kartograflar va yozuvchilar faoliyatiga ham katta 

ta’sir ko`rsatgan. Ma’lumotlarga ko`ra, asl maqsadi Hindistonga dengiz  yo`lini 

topish  bo`lgan,  ammo  Amerikani  kashf  qilgan  Xristofor  Kolumbning 

ekspeditsiyasi  davomida  Marko  Poloning  ushbu  kitobi  mashhur  sayyohning 

kemasida bo`lgan ekan. 

Geografik kashfiyotlar tarixida katta iz qoldirgan shaxs. Mashhur sayyohlar 

orasida hayotining turli qirralarini yorituvchi asarlar soni bo`yicha ham Xristofor 

Kolumbga  teng  keladigani  kam  topiladi.  Chunki  1451-yilning  ko`zida  Italiya 

shimolidagi Genuya shahrida tug`ilgan sayyoh hayoti sir-sinoatlarga boyligi bilan 

haligacha turli sohalardagi tadqiqotchilar e’tiborini o`ziga tortib kelmoqda. 

Mutaxassislarning  fikricha,  jasur  sayyoh  X.Kolumb  55  yillik  umrining 

to`rtdan  uch  qismini  dengiz  sayohatlarida  o`tkazgan.  Jumladan,  u  1465-yilda 

dastlab  Genuya  flotiga  yollangan  bo`lsa,  1470-yildan  1485-yilga  qadar 

Portugaliya  flotida  xizmat  qildi.  U,  asosan,  savdo  kemalariga  yollanib,  bosh 

vaqtlarida  xaritalar  tuzish,  tabiiy  fanlarga  oid  bilimini  oshirish  bilan  mashg`ul 

bo`lardi. 

X.Kolumbda  Yevropadan  Hindistonga  boradigan  dengiz  yo`lini  topish 

haqidagi  g`oyaning  qachon  va  qayerda  paydo  bo`lgani  to`g`risida  aniq 

ma’lumotlar  mavjud  emas.  Ammo  sayyohning  yozishicha,  uning  bu  loyihasi 

Yerning  shar  shaklida  ekanligi  haqidagi  qadimgi  zamon  olimlari  qoldirgan 

ma’lumotlar  va  XV  asrda  Yevropada  yashagan  olimlarning  Yer  o`lchamlariga 

doir uncha aniq bo`lmagan hisob-kitoblariga asoslangan edi. 




21 

 

Dengiz orqali Hindistonga borish yo`lini topish loyihasini amalga oshirish 



uchun  taqdim  etgan  so`roviga  portugal  qirolidan   rad  javobini  olgan  X.Kolumb 

1485-yilda Ispaniyaning Kastiliya provinsiyasiga ko`chib o`tdi. Xuddi shu yerda 

andalusiyalik  savdogar  va  bankirlar  yordamida  o`zining  birinchi  dengiz 

ekspeditsiyasini tashkil etishga muvaffaq bo`lgan. 

X.Kolumbning  birinchi  ekspeditsiyasi  1492-1493-yillar  davomida  90 

kishidan  iborat  ekipaj  bilan  uchta  -  «Santa-Mariya»,  «Pinta»  va  «Ninya» 

kemalarida  amalga  oshirilgan.  1492-yilning  avgust  oyida  ekspeditsiya  Kanar 

orollaridan g`arbga tomon suzib, Atlantika okeanini kesib o`tdi. X.Kolumb yo`l-

yo`lakay  Sargass  dengizini  kashf  etib,  1492-yilning  12-oktyabrida  Bagam 

arxipelagiga  yetib  kelgan  va   unga  San-Salvador,  deb  nom  bergan.  Ushbu  sana 

hozirda Amerika kashf etilgan kun sifatida rasman tan olingan. 

Jasur  sayyoh  1492-yilning  oktyabrida  yana  bir  nechta  boshqa  Bagam 

orollariga tomon suzib, O`sha yilning dekabri boshlarida Kuba qirg`oqlarini kashf 

etgan  va  Gaiti  oroligacha  yetib  borgan.  1493-yilning  mart  oyida  esa  «Ninya» 

kemasida  Ispaniyaga  eson-omon  qaytib  keldi.  Uning  birinchi  ekspeditsiyasi 

natijalari Yevropada katta siyosiy shov-shuvlarga sabab bo`lgan. 

X.Kolumbning  ikkinchi  ekspeditsiyasi  1493-1496-yillarda  tashkil  etilib, 

unda 2,5 mingdan ortiq ekipaj bilan 17 ta kema ishtirok etgan. Admiral unvoni va 

yangi ochilgan yerlarning vitse-qiroli sifatida sayyoh 1493-yilning noyabr oyida 

Dominika,  Gvadelupa  va  20  dan  ortiq  Antil  orollarini  kashf  etib,  Puerto-

Rikogacha yetib borgan. Kolumb 1494-yilning bahorida oltin topish ilinjida Gaiti 

orolining  ichki  qismlarini  o`rgangan  va  O`sha  yili  yozda  Kubaning  janubiy 

qirg`oqlari,  Xuventud  va  Yamayka  orollarini  kashf  etgan.  1496-yilning  yozida 

Kolumb  yangi  ochilgan  orollar  to`g`risida  juda  boy  ma’lumotlar  bilan  yana 

Ispaniyaga qaytgan. 

X.Kolumbning 

1498-1500-yillarda 

amalga 


oshirilgan 

uchinchi 

ekspeditsiyasi 6 ta kemadan iborat bo`lib, ulardan uchtasini bevosita sayyohning 

o`zi  boshlab  borgan.  1498-yilning  iyul  oyi  oxirida  ekspeditsiya  Trinidad  oroli 

yonidan  o`tib,  Pariya  qo`ltig`iga  kirib  borgan  va  Orinoko  daryosining  quyilish 



22 

 

joyi  hamda  Pariya  yarimorolini  kashf  etgan.  Janubiy  Amerika  qirg`oqlari 



yaqinidagi  yana  boshqa  orollarni  ham  kashf  etgach,  Gaiti  oroliga  qaytib 

kelishgan.  1500-yilda  esa  X.  Kolumb  Hindistonga  borish  yo`lini  topa 

olmaganlikda ayblanib, hibsga olindi va Ispaniyaga jo`natildi. Ammo kashf etgan 

yerlarning  oltinga  boyligi  kabi  holatlarni  hisobga  olgan  ispan  hukumati 

keyinchalik uni ozod qilgan. 

Hindistonga boradigan dengiz yo`lini topish uchun yana ispan hukumatidan 

ruxsat  olishga  erishgan  X.Kolumb  1502-1504-yillar  davomida  4  ta  kemada 

o`zining  to`rtinchi  ekspeditsiyasini  amalga  oshirdi.  1502-yilning  yozida 

Martinika  oroli  va  Gonduras  qo`ltiqlarini  kashf  etdi.  Xuddi  shu  yerda  birinchi 

bo`lib  qadimgi  mayya  sivilizatsiyasi  vakillariga  duch  kelgan.  1502-yilning 

avgustidan  1503-yilning  may  oyiga  qadar  Markaziy  Amerikadagi  Karib 

dengizining  2000  km.dan  ortiq  masofadagi  qirg`oqlarini  tekshirib  chiqqan. 

G`arbga  o`tish  yo`lini  topmagach,  sayyoh  shimol  tomonga  suzdi.  Ammo  1503-

yilning iyun oyida Yamayka oroli yaqinida halokatga uchragan. Yordam esa faqat 




23 

 

bir yildan so`nggina yetib kelib, X.Kolumb 1504-yilning noyabr oyida og`ir kasal 



holida Ispaniyaga qaytgan. 

X.Kolumb Amerigo Vespuchchi tomonidan Amerikani yangi qit`a sifatida 

kashf etganiga qadar Hindistonga borganiga ishonar edi. Shuning uchun ham o`zi 

kashf  etgan  yerlardagi  tub  aholini  Hindular  deb  atagan.  Hindular  iborasining 

hozirgi kunda ham ishlatilishidan xabardorsiz, albatta. 

Amerikani  kashf  etgan  sayyoh  sifatida  baribir  X.Kolumb  tan  olinsa-da, 

Shimoliy  Amerikaga  birinchi  bo`lib  borgan  yevropalik  hisoblanmaydi.  Chunki 

undan  bir  necha  yuz  yil  muqaddam  Grenlandiyada  yashagan  vikinglar  ushbu 

materikning shimoliy qirg`oqlarigacha yetib borishgan. Ammo faqat 

X.Kolumbning sayohatigina jahon tarixida olamshumul burilish yasaganini 

ta’kidlash joiz. 

Zamondoshlarining  yozishicha,  X.Kolumb  o`rta  bo`yli,  baquvvat  va 

hamsuhbatlarini o`z fikriga ishontira olish iqtidoriga ega, dono kishi bo`lgan ekan. 

Sayyohning  geografik  kashfiyotlar  tarixida  qoldirgan  merosiga  ehtirom  ramzi 

sifatida dunyodagi ko`pgina tabiiy va ijtimoiy ob’ektlarga uning nomi berilgan. 

Jumladan,  Janubiy  Amerikadagi  davlat,  Kanadadagi  provinsiya,  AQShdagi 

federal  okrug va daryo, Shri-Lanka poytaxti, shuningdek, turli mamlakatlardagi 

ko`plab daryo, tog` tizmalari, ko`llar, sharsharalar, shaharlar, parklar va ko`priklar 

uning nomi bilan ataladi. Shimoliy va Janubiy Amerikadagi ko`plab shaharlarda 

haykallari  mavjud.  Shuningdek,  Isnaniyaning  Barselona  shahridagi  markaziy 

xiyobonlaridan biriga, Germaniyaning Bremer-xaven shahrida buyuk dengizchi-

sayyohning haykallari o`rnatilgan. 

  

Turli manbalarda fransuz sayyoh, deb tilga olinadigan  (asli ismi - Giyom 



de  Rubruk)  1215-yilda  hozirgi  Belgiyaning  Flandriya  o`lkasida  tug`ilgan. 

Manbalarga  ko`ra,  sayyoh  fransuz  qiroli  Lyudovik  IX  ning  xizmatida  bo`lib, 

yettinchi  salib  yurishi  davrida  uni  kuzatib  borgan  va  o`sha  davrdagi  barcha 

vokealarni qog`ozga tushirgan. 




24 

 

XIII  asrda  mo`g`ullarning  Yevropaga  solgan  tahdidi  natijasida  Fransiya 



qiroli Lyudovik IX Mo`g`uliston bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatish harakatiga 

tushgan.  Fransuzlar  o`sha  paytdagi  Mo`g`ul  imperiyasida  yashaydigan 

nasroniylarni  qidirib  topish  va  ular  orqali  Mo`g`uliston  bilan  hamkorlik 

o`rnatishga umid qilishardi. Fransuzlarning bunday yo`l tutishlarining o`ziga xos 

sababi bor. Chunki o`sha vaqtlarda Yevropa mamlakatlarida «Osiyoning ichkari 

qismlarida qudratli nasroniylar davlati - Ioann Resviter mamlakati borligi» haqida 

turli rivoyatlar tarqalgan edi. Ammo o`sha paytdagi geografik manbalarda ushbu 

afsonaviy  mamlakatning  aniq  geografik  o`rni  haqida  biror  tayinli  ma’lumot 

bermay, birida uni Hindiston shimolida deyilsa, boshqasida Markaziy Osiyoning 

ichkari qismida, deya ta’kidlanardi. 

 Shu maqsadda 1253-yili fransuz qiroli 

Lyudovik  IX  eski  qadrdoni,  salib  yurishidan 

keyin 

Suriyadagi 



ibodatxona 

rohibiga 

aylangan  Villem  Rubrukni  Mo`gulistonga 

elchi qilib jo`natgan. Uning sayohati O`rtayer 

dengizida  suzish  bilan  boshlanib,  Qora 

dengizga  o`tgan  va  quruqlikda  Qrim  orqali 

davom  etdi.  Sayyoh  Qrimdan  Sharqiy 

Yevropa  tekisligida  o`sha  vaqtlarda  yashagan  ko`chmanchi  qichoqlarning 

yerlariga, undan Volgabo`yi va Janubiy Ural orqali mo`g`ullarning yerlariga yetib 



25 

 

borgan ham. Rubruk bu yerlarda nasroniylarni uchratishga umid qilgandi. Ammo 



deyarli  hamma  yerda  urug`-qabila  munosabatlari  ustun  bo`lgan  mo`g`ullar, 

aniqrog`i, qipchoqlar yashashiga guvoh bo`lgan. 

XIII asrning  yarmiga kelib mo`g`ullar ham atrofdagi, jumladan, Yevropa 

mamlakatlaridagi  davlatlar  bilan  aloqalar  o`rnatishni  istab  qolgandi.  Shu  bois, 

Rubruk  sayohatining  norasmiy  harakterga  ega  ekanini  qayta  va  qayta 

ta’kidlashiga qaramasdan, Mo`g`ulistonda uni fransuz qirolining mo`g`ullar bilan 

tinchlik  shartnomasini  tuzishga  kelgan  elchisi  sifatida  qabul  qilishgan.  Bu  esa 

sayyohning  mo`g`ul  yerlari  bo`ylab  turli  safarlar  uyushtirishi  uchun  qulay 

imkoniyat yaratdi. 

Jumladan,  Rubruk  Botuxonning  ko`chma  chodirida  bo`lgan  va  u  yerdan 

o`sha vaqtlardagi Mo`g`ulistonning yangi poytaxti Qora`urum shahriga yo`l oldi. 

Sayyoh  o`z  safari  davomida  Mo`g`ulistondagi  turli  tabaqa  vakillari,  hatto, 

mo`g`ul  xoni  Xulaguxon  bilan  suhbatda  bo`lgan.  U  o`zi  bo`lgan  shahar  va 

qishloqlardagi aholining hayoti, bu joylarning tabiati, geografiyasi va aholisining 

urf-odatlari bilan qiziqdi. Villem Rubruk yevropaliklardan birinchi bo`lib Kaspiy 

dengizining  mustaqil  yopik  suv  havza  ekani,  uning  O`rtayer  dengizi  va  boshqa 

shimoliy dengizlar bilan bog`lanmaganligi haqida yozgan. 

V.Rubruk mo`g`ullar va qipchoqlarning etnografik xususiyatlari, turmush 

tarzi,  mo`g`ullar  hukmronlik  qilgan  hududlaridagi  aholining  urf-odatlari,  diniy 

marosimlari  haqida  qator  qiziqarli  ma’lumotlarni  yozib  qoldirgan.  Yevropalik 

geograflarning  Xitoyda  yashaydigan  «serlar»  va  «qataylar»  ikki  qabila,  degan 

fikrlari noto`g`riligini ko`rsatib, ularning aslida Xitoy xonligining asosiy aholisi 

bo`lgan bitta halk ekanini isbotlab bergan. 

V.Rubruk Osiyoning ichkarisidagi nasroniylar davlati haqidagi afsonaning 

asossiz  ekanini  isbot  qilishga  urindi.  Ammo  mazkur  cho`pchakka  ishonish 

sayyoh,  yashagan  davrdan  keyin  ham  bir  qancha  vaqt  yevropaliklar  o`rtasida 

saqlanib  qolgan.  Sayyoh  ikki  yilcha  Mo`g`ulistonda  yashagach,  1255-yilda 

Volgabo`yi, so`ng hozirgi Ozarbayjon va Eron orqali Suriyaga, o`zi xizmat qilgan 

ibodatxonaga qaytib keldi. 



26 

 

Sayyoh  Suriyada biroz  bo`lgach,  ikkinchi  sayohatiga  chiqish  taraddudiga 



tushib qoldi. Ammo ibodatxona bosh rohibi Rubrukka buni man qilib, qirol uchun 

ikki  yillik  sayohatining  batafsil  hisobotini  tayyorlashni  buyurgan.  Buning 

natijasida  yevropaliklar  o`sha  vaqtda  Osiyoning  katta  qismini  egallagan 

mo`g`ullar  hukmronlik  qilgan  hududlardagi  yerlarning  geografik  tasviri, 

aholisining  turmush  tarzi,  urf-odat  va  an’analariga  oid  qiziqarli  ma’lumotlarga 

ega bo`lishgan. 

Manbalarda  yozilishicha,  keyinchalik  V.Rubruk  o`rta  asrlarning  buyuk 

olimi Rojer Bekon bilan bir necha bor suhbatda bo`lib, undan o`zining Osiyoga 

safari  bo`yicha  yozgan  asariga  oid  qimmatli  maslahatlar  olgan.  O`z  navbatida 

Rojer Bekon ham o`z asarlarida bir necha bor V.Rubrukning sayohatiga murojaat 

qilgan. 

Rubrukdan  keyin  Osiyoga  borgan  yevropalik  sayyohlar  o`z  sayohatlarini 

flandriyalik rohib yo`nalishi bo`ylab tashkil etishgan. Jumladan, Marko Poloning 

Sharqiy Osiyoga sayohat qilgan otasi va amakisi ham Villem Rubruk yo`nalishi 

bo`ylab  harakatlanib,  Qrimdan  Kavkazga,  so`ng  Kaspiy  dengizining  shimoli 

orqali Buxoro tomonga yo`l olishgan. 

Villem  Rubruk  Osiyoning  ichkari  qismlariga  sayohat  qilgan  birinchi 

yevropalik  sayyoh  hisoblanadi.  Uning  qoldirgan  safar  hisoboti  o`sha  davrdagi 

Sharqiy  Yevropa,  Janubiy  Ural,  O`rta  Osiyo  va  Xitoyning  ba’zi  hududlari 

geografiyasi, tarixi va etnografiyasiga oid qimmatli manbadir. 

Belgiyaliklar,  ayniqsa,  Flandriya  o`lkasi  aholisi  o`zlarining  sayyoh 

hamyurtlariga  katta  ehtirom  bilan  qarashadi.  Mazkur  mamlakatda  har  yili  bir 

marta  o`tkaziladigan  «Tarixiy  kecha»  dasturi  doirasida  mamlakatning  ko`plab 

shahar  va  qishloqlarida  V.Rubruk  xotirasiga,  uning  hayoti,  jumladan,  Osiyo 

sayohatiga bag`ishlangan tadbirlar o`tkazish odat tusiga kirgan. 

Sohibqiron Amir Temur hukmronlik qilgan XV asrdagi Movarounnahr va 

uning ba’zi shaharlari haqida yozilgan tarixiy-geografik manbalar ichida mashhur 

ispan sayyohi Rui Gonsales de Klavixoning Samarqandga qilgan safari kundaligi 

muhim  o`rin  tutadi.  1403-yilda  Kastiliya  qiroli  Enrike  III  ning  Amir  Temur 



27 

 

saroyidagi elchisi etib tayinlangan Klavixo Samarqand va uning atrofida qiziqarli 



kuzatishlarni olib borgan va ularni «Samarqandga - Temur saroyiga 1403-1406-

yillardagi  sayohat  kundaligi»  nomi  bilan  chop  etilgan  o`z  esdaliklarida  aks 

ettirgan.  Klavixoning  «Kundalik»lari  uning  1403-1404-yillari  Turkiya,  Eron  va 

Movarounnahrda, xususan, Amir Temur saroyida ko`rgan bilganlarini o`z ichiga 

olgan muhim asardir. 

Klavixoning  tug`ilgan  yili  noma’lum.  Ammo  shunisi  ma’lumki,  u  boy 

oilada 

tavallud 

topgan 

va 


yoshligida  turli  fanlardan  yaxshi 

ta’lim  olgan.  Otasi  va  o`zi  ham 

Kastiliya  qiroli  Enrike  III  ning  sa-

royida  amaldor  lavozimida  xizmat 

qilishardi.  Qirol  Klavixoni  Amir 

Temur 


saroyiga 

elchi 


etib 

tayinlagan.  Tarixiy  manbalarda 

keltirilgan 

ma’lumotlarga 

qaraganda,  XIV  asrning  80-90-

yillarida  Amir  Temur  davlatining 

shon-shuxrati 

Yevropa 


mamlakatlarigacha  borib  yetgan. 

Britaniya,  Fransiya,  Ispaniya,  Genuya  va  Vizantiya  singari  davlatlarning 

hukmdorlari  Amir  Temur  bilan  siyosiy  va  savdo-iqtisodiy  munosabatlar 

o`rnatishga  intilib,  Samarqandga  muntazam  ravishda  o`z  elchilarini  yuborib 

turganlar. 

Kastiliyadan 1403-yilning 22-mayida yo`lga chiqqan ispan elchisi Klavixo 

15 oydan keyin Samarqandga yetib kelgan. Klavixoning Samarqandga bu safari 

Amir  Temurning  1402-yilda  Ispaniyaga  Xo`ja  Muhammad  qozi  boshchiligida 

yuborgan elchiligiga qilingan javob edi. 

Klavixoning Samarqandga safari juda uzoq, xavf-xatar va mashaqqatlarga 

to`la  bo`lgan.  Klavixo  va  uning  hamrohlari  Ispaniyaning  janubi-sharqida 



28 

 

joylashgan  Kadis  shahridan  kemada  O`rtayer  dengizi  bo`ylab  suzib,  so`ngra 



Turkiyaning Istanbul, Trabzon, Arzirum, Eronning Tabriz, Tehron, Mashhad va 

Xurosonning Marv va Balx shaharlari orqali quruqlikda uzoq yo`l bosishgan. 

Klavixo  va  uning  sheriklari  Termiz  shahri  yonida  Amudaryodan  kechib 

o`tishgan.  Amudaryo  to`g`risida  Klavixo  o`zining  «Kundalik»  larida  shunday 

yozgan: «21-avgust payshanba kuni katta bir daryoga yetib keldik. Bu boshqa bir 

daryo bo`lib, Parapamisdan boshlanadi. U tekislikdan oqadi, ammo uning oqimi 

hayron qolarli darajada tez va suvi loyqa. Qishda uning suvi kamayadi, chunki bu 

vaqtda  tog`da  sovuq  bo`ladi  va  qor  erimaydi,  aprel  kelishi  bilan  esa  uning  suvi 

ko`payadi  va  bu  hol  to`rt  oy  davom  etadi.  Daryo  Boku  dengiziga  quyiladi  va 

Samarqand  xonligi  yerlarini  Xuroson  yerlaridan  ajratib  turadi...  Shu  payshanba 

kuni elchilar daryoni kechib o`tib, Termiz deb nomlangan katta bir shaharga yetib 

keldilar...»  Klavixo  shu  yerda  daryoning  ikki  tomonidagi  aholi  ikki  tilda 

gapirishini, ammo ular bir-birini yaxshi tushunishi haqida yozib o`tgan. 

1404-yilning  28-avgustida  Klavixo  boshchiligidagi  ispan  elchilari  O`sha 

vaqtlardagi  yana  bir  katta  shahar  Keshga  (Shahrisabz)  yetib  kelgan.  Bu  shahar 

haqida Klavixo shunday yozadi:  «Shahar har tomondan kichik daryolar, ariq va 

kanallar bilan kesilgan tekislikda joylashgan. Shaharni har tomondan qishloqlar 

va  bog`lar  o`rab  olgan,  atrof  hududaarda  esa  juda  ko`p  aholi  yashaydigan 

qishloqlar, kanallar va o`tloqlari bo`lgan tekislik yastanib yotadi. Shunga ko`ra, 

bu yer yozda juda chiroyli bo`lsa kerak. Sug`oriladigan yerlarda bug`doy, uzum, 

paxta, kovun va boshqa mevali daraxtlar o`stiriladi. Shahar atrofi chuqur qazilgan 

tuprok  qo`rg`on  bilan  o`ralgan  va  uning  darvozalari  oldida  ko`tarma  ko`priklar 

bor.  Temurbek  janoblari  ana  shu  Kesh  shahrida  tu`ilgan,  uning  otasi  ham  shu 

yerdan...»  Keshda  ikki  kun  turgan  elchilar  karvoni  1404-yilning  31-avgustida 

Samarqand  atrofidagi  qishloqlardan  biri  Misrga  yetib  kelgan.  Klavixo 

Samarqandda  olti  oycha  turib,  ushbu  shahar  va  uning  atrofidagi  yerlar  haqida 

batafsil ma’lumotlarni to`plagan. Klavixo yozgan «Kundalik»da o`sha vaqtlarda 

Amir Temur saltanatidagi shaharlarning umumiy ahvoli, aholining turmush tarzi, 

Temur  tashabbusi  bilan  barpo  etilgan  binolar:  qasrlar,  masjidlar,  madrasalar, 



29 

 

xonaqohlar,  savdo  rastalari,  do`konlar,  ustaxonalar,  Temur  davlatining  Xitoy, 



Hindiston,  Oltin  O`rda,  Mo`g`uliston  va  boshqa  mamlakatlar  bilan  bo`lgan 

siyosiy va savdo aloqalari haqida e’tiborga molik ma’lumotlar keltirilgan. Elchi 

sifatida  Klavixo  o`z  esdaliklarida  Amir  Temur  saroyida  o`rnatilgan  tartib 

qoidalar,  turli  mamlakatlarning  elchilarini  qabul  qilish  marosimlari  va 

uyushtiriladigan  ziyofatlar  haqida  batafsil  yozgan.  Bu  esa  Movarounnahrda 

davlatni  boshqarish  tizimi  Amir  Temur  davrida  atrofdagi  boshqa  davlatlarga 

nisbatan  ancha  kuchli  bo`lganligidan  dalolat  beradi.  Klavixoning  bu  qimmatli 

ma’lumotlari  O`rta  Osiyoning  o`sha  vaqtlardagi  ijtimoiy-siyosiy  tarixini, 

aholining  turmush  tarzini  o`rganishda  muhim  tarixiy  manbalardan  biri 

hisoblaiadi.  Jumladan,  Klavixo  Samarqand  va  uning  atrofidagi  aholining 

mashg`uloti  va  savdo  mollarining  narxi  haqida  shunday  yozadi:  «Bu  yurt  don-

dun, may, meva-cheva, parranda go`shti, boshqa har xil go`sht, qo`yingki, hamma 

narsaga boydir... bir juft semiz ko`yning narxi dukat» (dukat  - Ispaniyada o`sha 

vaqtda  amalda  bo`lgan  bir  oltin  tanga).  Samarqand  shahrida  har  yili  Xitoy, 

Hindiston,  Tatariston  va  boshqa  mamlakatlardan,  shuningdek,  benihoyat  boy 

Samarqand  saltanatining  o`zidan  keltirilgan  mollar  sotiladi...».  Samarqandning 

mahalliy  aholisini  Klavixo  chig`atoylar,  deb  atagan  va  ularning  turmush  tarzi 

haqida  qiziqarli  ma’lumotlarni  yozib  qoldirgan.  Sayyohning  fikricha,  mahalliy 

aholi  «...mehnatsevar,  mohir  chavandoz,  kamon  otuvchi  mergan...  issik  va 

sovuqqa,  ochlik  va  tashnalikka  chidamlilikda  jahondagi  boshqa  ellardan 

sabotliroq va chidamliroq xalq». 1405-yilning fevral oyida Amir Temur vafotidan 

keyin  Klavixoning  elchiligi  ahamiyatini  birmuncha  yo`qotgan  va  sayyoh  1406-

yilning  mart  oyida  vatani,  ya’ni  Kastiliyaga  qaytib  kelgan.  U  yerda  o`zining 

Samarqand safari taassurotlarini tartibga solib, ushbu sayohat davomida ko`rgan-

kechirganlarini xronologik tarzda kunma-kun ifoda etgan. 

Klavixoning  ushbu  asari  birinchi  marta  1582-yilda,  ya’ni  sayyoh  o`z 

kundaliklarini  tartibga  solib,  yozib  tugallagandan  175  yil  keyin  Ispaniyaning 

Sevilya shahrida «Buyuk Temurning hayoti va faoliyati» nomi bilan chop etilgan. 

Oradan 200 yil o`tib, 1782-yilda asar Madridda xuddi shu nomda ikkinchi marta 



30 

 

nashr etilgan. Uning uchinchi nashri ham Madridda 1949- yilda ispan tilida chop 



etilgan.  Asarning  rus  tilidagi  tarjimasi  I.  Sreznevskiy  tomonidan  1881-yili 

Peterburgda chop etilgan. Taniqli o`zbek adabiyotshunos olimi, professor Ochil 

Tog`ayev Klavixoning «Kundaligi»ni o`zbek tiliga o`girib, chop ettirgan. 

Klavixoning «Kundaligi» nafaqat XV asr boshlaridagi Movarounnahrning 

hayotiga  bag`ishlangan  muhim  asar,  balki  Amir  Temur  davlatining  Ispaniya 

qirolligi hamda boshqa qator mamlakatlar bilan o`rnatgan do`stona diplomatik va 

savdo-iqtisodiy  aloqalaridan  darak  beruvchi  muhim  siyosiy-tarixiy  ahamiyatga 

ega manba ham hisoblanadi. 

Rossiyaning Tver shahridan bo`lgan Afanasiy Nikitin Ozarbayjon va Eron 

orqali Hindistonga sayohat qilgan taniqli rus sayyohi, savdogari va yozuvchisidir. 

Hindiston  safaridan  qaytayotib  Afrikaning  Efiopiya  va  Somali  qirg`oqlarida, 

Ummon va Turkiyada bo`lgan. Ushbu sayohatining natijasi sifatida «Uch dengiz 

osha  sayohat»  (Kaspiy,  Arabiston  va  Qora  dengiz)  nomli  tarixiy-geografik  va 

adabiy qimmatga ega bo`lgan yo`l qaydnomasini yozgan. 

Afanasiy  Nikitin  Rossiyaning  Tver  shahrida  dehdon  oilasida  dunyoga 

kelgan. Uning aniq tugilgan yili haqida aniq bir ma’lumot yuk Shu bois ko`pgina 

manbalarda  uning  tugilgan  yili  noma’lum,  deya  keltiriladi.  Ammo  uning 

zamondoshlari yozib qoldirgan, ba’zi manbalarda uning tug`ilgan yili 1433-yil, 

deb ko`rsatilgan. 

Xuddi  tavallud  topgan  sanasi  kabi  Afanasiy  Nikitin  hayotining  dastlabki 

yillari  haqida  deyarli  ma’lumotlar  yo`q.  Dehqon  oilasida  tug`ilganiga 

qaramasdan,  Afanasiy  tadbirkorligi  tufayli  mohir  savdogar  bo`lib  yetishdi. 

Manbalarda  yozilishicha,  u  turli  mamlakatlardagi  savdo  uylari  bilan  hamkorlik 

qilishga  harakat  qilgan.  XIII-XIV  asrlarda  yevropalik  sayyohlarning  Osiyo 

mamlakatlariga  qilgan  safarlari,  Hindiston  to`g`risidagi  qiziqarli  ma’lumotlar, 

o`lkaning turli noyob mollarga, ziravorlarga boyligi haqidagi hikoyalari sayyohni 

bu mamlakatga sayohat uyushtirishga undagan. 

XV  asrda  Volga  daryosi  Rossiyaning  savdo  kemalari  qatnaydigan  asosiy 

yo`l  bo`lgan.  1468-yilning  bahorida  Afanasiy  Nikitin  ikkita  savdo  kemasini 



31 

 

qimmat mollar, asosan turli hayvonlarning mo`ynalari bilan to`ldirib, ularni Quyi 



Volga  va  Shimoliy  Kavkazda  sotish  niyatida  yo`lga  chiqdi.  Nijniy  Novgorod 

shahrida  Afanasiy  Nikitinning  savdo  karvoni  rus  knyazi  Ivan  Shning  qabulidan 

qaytayotgan shirvonlik elchilarga qo`shildi. Volga daryosi quyilish joyiga bexatar 

yetib  kelgan  savdo  karvoni  Astraxan  xoni  Qosimxon  bilan  kelisha  olmagan. 

Natijada  kemalar  turli  qaroqchilar  tomonidan  talandi.  Nikitin  orqaga  qayta 

olmasdi, chunki sotishga olib ketayotgan mollarining asosiy qismini qarzga olgan 

edi. Shuning uchun manbalarda yozilishicha, turkiy va fors tilini tuzukkina bilgan 

Afanasiy  Nikitin  omon  qolgan  mollarini  chet  mamlakatlarda  katta  foyda  bilan 

sotish ilinjida Darbantga (hozirgi Rossiyaning Dog`iston Respublikasi hududida) 

jo`nadi.  Mazkur  shaharda  sayyoh  bir  yilcha  qolib  ketgan  va  Shirvon  shohi 

yordamida  Astraxanda  asir  olingan  ba’zi  hamrohlarini  qutqarishga  muvaffaq 

bo`lldi. Ammo mollarini qaytarib ololmagan. 

Afanasiy Nikitin Darbantdan Bokuga va undan esa Eronning Mozandaron 

shahriga jo`nagan. Bu yerda mayda savdogarlik bilan shug`ullana turib, fors tili 

bo`yicha  malakasini  oshirdi.  Sayyoh,  shu  quyi  Eronda  ikki  yilcha  qolib  ketdi. 



32 

 

Ayniqsa, Junnarqal’asida Nikitin uzoqroq vaqt qolishga majbur bo`lgan. Chunki 



bu yerning xoni uning nasroniyligini eshitib, oti va mollarini tortib olgan. Ammo 

Nikitinning  yozishicha,  xurosonlik  Muhammad  ismli  kimsa  xondan  Afanasiyni 

afv etishini so`ragan va sayyoh uzoq vaqt tutqun bo`lishdan qutulib qoldi. 

1471-yilning  bahorida  Nikitin  Fors  kulgigini  Arabiston  dengizi  bilan 

tutashtirib  turuvchi  Ho`urmuz  bo`g`izida  joylashgan  yirik  bandargoh  Ho`rmuz 

(hozirgi  Eronning  Bandar-Abbos)  shahriga  keldi.  Ushbu  bandargoh  Hindiston, 

Kichik Osiyo, Misr va Xitoy o`rtasidagi asosiy savdo yo`llari kesishadigan nuqta 

edi. Sayyoh Ho`rmuz shahri haqida o`zining safar qaydnomasida shunday yozadi: 

«Ho`rmuzda Quyosh tafti juda kuchli bo`lib, kishini yondiray deydi. Ho`rmuzda 

bir oy bo`lgach, ot sotib  olib Pasxa bayrami arafasida kemaga o`tirib  Hind  yeri 

sari  yo`l  oldim».  Savdogar  yaxshi  daromad  olish  uchun  tavakkal  qilishdan 

qo`rqmaslik  kerakligini  yaxshi  bilgan  va  Hindistonda  chopqir  otlar  qimmat 

ekanini  eshitib,  yaxshi  bir  arab  otini  sotib  olgan.  Uni  Hindistonda  foyda  bilan 

sotishni mo`ljallagan edi. 

Sayyohning dengiz orqali Ho`rmuz bandargohidan Hindistonning Chovul 

shahriga  yetib  olishi  uchun  olti  xafta  vaqt  ketgan.  Otini  darhol  sota  olmagan 

Nikitin,  Hindistonning  turli  shaharlari  bo`ylab  sayohatga  otlandi.  Sayyoh 

ko`rgan-kechirganlarini  safar  qaydnomasiga  batafsil  tushirib  borardi.  Afanasiy 

mahalliy  aholining  turmush  tarzi-yu,  uning  mashg`ulotiga  qadar  keng  qamrovli 

ma’lumotlarni qog`ozga tushirgan. Jumladan, Nikitin Hindlarning qanday ovqat 

tayyorlashi, otlar va uy hayvonlarini qanday boqishi, qanday kiyinishi va savdo 

qilishi kabi ma’lumotlarni qiziqarli tarzda ifodalagan. 

Faqatgina  Baxmoniylar  davlati  poytaxti  Bidar  (hozirgi  Hindistonning 

Karnataka  shtati,  Bidar  okrugi  markazi)  shahrida  sayyoh  otini  o`zi  xohlagan 

narxda  sotishga  muvaffaq  bo`lgan.  Bidar  shahri  XV  asrda  yirik  shahar  bo`lib, 

uning shuhrati ko`pgina mamlakatlarga yoyilgan edi. 1472-yilning yanvar oyida 

Nikitin  muqaddas  Parvat  shahriga  keldi  va  shu  yerda  bir  yarim  yil  yashadi. 

Hindistonning olmos provinniyasi hisoblangan Raychurning boshqa bir shahri - 

Diuda sayyoh olti oy yashagan. 



33 

 

Tverlik savdogar Hindiston bo`ylab uch yilcha sayohat qilgan, ammo safar 



natijalari uni qoniqtirmagan. Sayyoh bu haqda shunday yozib qoldirgan: «bizning 

yerimiz  uchun  foydali  hech  narsa  yo`q...  faqatgina  bo`yoq  va  qalampir  arzon... 

Ammo  bu  mollarni  bojsiz  olib  kelishga  yo`l  bermaydilar.  Bojlar  juda  ko`p  va 

dengizda qaroqchilar ham...». 

Afanasiy Nikitinning Hindiston safari haqida yozganlari bu mamlakatning 

1471-1473-yillardagi ijtimoiy hayoti va sodir bo`lgan tarixiy voqealari haqidagi 

muhim  manbadir.  Nikitin  O`sha  vaqtlardagi  Hind  sultonlari  va  dehkonlarining 

turmush  darajasi  o`rtasidagi  farqni,  turli  tabaqa  va  din  vakillarining  bir-birlari 

bilan  o`zaro  munosabatlarini  ham  nazardan  chetda  qoldirmagan.  Afanasiy 

Nikitinning  mazkur  safar  kundaligi  O`rta  asrlardagi  Hindiston  hayoti  bilan 

nafaqat Rossiyani, balki butun Yevropani tanishtirdi ham. 

1473-yilning  boshida  Afanasiy  Nikitin  Hindistonning  Dabxol  (Dabul) 

shahridan kemada vataniga qaytishga qaror qildi. Kema yo`l-yo`lakay Afrikaning 

Efiopiya  va  Somali  qirg`oqlarida  va  Ummonning  Maskat  shahrida  bo`lib,  uch 

oylik  suzishdan  so`ng  Hormuz  bandargohiga  yetib  kelgan.  Nikitin  Xurmuzdan 

shimol tomon yo`l olib, 1474-yilning ko`zida Sheroz, Isfaxon, Kashan, Tabriz va 

Erzinjon  orqali  sayyoh,  Turkiyaning  Qora  dengiz  bo`yidagi  bandargoh  shahri 

Trabzonga  yetib  olgan.  Ammo  mahalliy  amaldorlar  bu  yerda  uning  barcha 

mollarini tortib olib, faqat safar kundaligini qoldirishdi. Sayyoh rus savdogarlarini 

uchratish va ular yordamida uyiga yetib olish ilinjida Kafe (hozirgi Ukrainaning 

Feodosiya) shahriga qarab yo`l oldi. 

1474-yilning 5-noyabrida Nikitin Feodosiyaga yetib kelib, shu yerda qishni 

o`tkazgan. Mutaxassislarning fikricha, sayyoh xuddi shu shaharda o`zining safar 

davomida yozgan kundaligidagi yozuvlarni tartibga keltirgan va o`z kuzatishlarini 

qo`shimcha  ravishda  qog`ozga  tushirgan.  1475-yilning  bahorida  sayyoh  Dnepr 

daryosi bo`ylab shimol tomon  yo`l  oldi. Ammo Nikitinga  o`z shahri Tvergacha 

yetib  borish  nasib  etmadi.  U  1475-yilning  bahorida  Smolensk  yaqinida  vafot 

etgan. Uning safar kundaligini esa boshqa savdogarlar Moskvaga yetkazishgan va 

bu qimmatli yozuvlar Rus davlati yilnomasiga kiritilgan. 



34 

 

Yilnomaga  kiritilgan  Afanasiy  Nikitinning  «Uch  dengiz  osha  sayohat» 



safar kundaligi XV-XVI asrlarda bir necha bor qayta ko`chirilgan va hozirgacha 

uning oltita nusxasi ma’lum. Ulardan birinchisi XIX asrda arxivlardan topilgan 

va tarixchi-geograflar uchun qimmatli tadqiqot manbai bo`lib kelmoqda. 

Nikitin  O`rta  asrlardagi  Hindiston  hayotini  oddiy  va  haqqoniy  qilib 

tasvirlagan  birinchi  yevropalik  sayyoh  hisoblanadi.  Sayyohning  qoldirgan  safar 

kundaligi  irqiy  yondashuvdan  holi  bo`lib,  boshqa  din  vakillariga  nisbatan 

bag`rikengligi bilan ajralib turadi. Nikitin o`zining bu sayohati bilan, XV asrning 

ikkinchi yarmida, ya’ni portugal sayyohi Vasko da Gama tomonidan Yevropadan 

Hindistonga dengiz yo`lining ochilishidan 35 yil oldin, bu yurtga o`z maqsadi sari 

olga intiluvchi har qanday kishi sayohat qila olishi mumkinligini isbot qilgan. 

 Afanasiy Nikitinning «Uch dengiz osha sayohat», deb nomlangan bittagina 

qo`lyozma  qoldirganiga  qaramasdan,  uning  nomi  geografik  kashfiyotlar 

tarixidagi  buyuk  sayyohlar  qatorida  tilga  olinadi.  Sayyohning  nomi  bilan  tog` 

cho`qqisi  va  Hind  okeanining  ekvator  yaqinidagi  uzunligi  275  kilometrdan 

oshuvchi  suvosti  tog`ligi  atalgan.  Rossiyaning  Tver  va  Ukrainaning  Feodosiya 

shaharlarida sayyoh sharafiga haykal o`rnatilgan. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


35 

 


Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish