I bob XII-XV asrlarda sharq mamlakatlarida geografiya


I BOB XII-XV ASRLARDA SHARQ MAMLAKATLARIDA



Download 1,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana31.12.2021
Hajmi1,84 Mb.
#235573
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Durdonaxonga iqtisodiyga

I BOB XII-XV ASRLARDA SHARQ MAMLAKATLARIDA 

GEOGRAFIYA 

1.1.XII-XV asrlarda sharq mamlakatlarida geografiya rivoji

 

Buyuk mutafakkir va tafsirchi olim deya tan olingan Abdulqosim Mahmud 

ibn  Umar  az-Zamaxshariy  1075  yilning  19  martida  Xorazmning  Zamaxshar 

qishlog‘ida tug‘ilgan.Az-Zamaxshariyning  yozishicha,  yoshligida  otdan  yiqilib, 

bir  oyog‘i  mayib  bo‘lgach,  otasi  uning  tikuvchilik  kasbini  egallashini  istagan 

ekan.  Dastlab  otasi  qo‘lida  savod  chiqargan  va  juda  chiroyli  husnixatga  ega 

bo‘lgan Az-Zamaxshariy shaharga, ya’ni Ko‘hna Urganch (Jurjon) madrasasida 

ta’lim olishga qaror qildi. Keyinchalik Buxoro va Xuroson ilm dargohlarida bilim 

darajasini yanada oshirgan. 

Az-Zamaxshariy  hayoti  davomida  tinmay  sayohat  qilgan.  Sayyoh-olim 

Sharq, xususan, musulmon mamlakatlarini 1100-1122 va 1127-1139 yillarda ikki 

marta  kezib  chiqqan.  Olim  Xuroson,  Eron,  Arabiston,  Iroq,  Yaman,  Shom 

(Suriya)ning  Marv,  Nishopur,  Isfaxon,  Bag‘dod,  Hijoz,  Damashq  va  Makka 

shaharlarida bo‘lib, asarlari uchun boy manba to‘plagan. 

1109  yilda  Az-Zamaxshariy  Bag‘dodga  yo‘l  oldi.  U  yerda  turli 

adabiyotlarni  o‘rgangan  va  mudarrislik  qilgan.  Bag‘dodda  yashagan  vaqtida 

islom olamining taniqli olimlari bilan hamsuhbat bo‘ldi. Bu uning keyingi ijodiga 

o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Bag‘dodda bir fursat yashagach, olim Makkaga yo‘l oldi 

va  Shom  (Suriya),  Arabistonning  qator  shaharlarida  va  Yamanda  bo‘lgan. 

Manbalarda  yozilishicha,  olim  o‘zining  ko‘plab  asarlarini  Makkada  yozgan  va 

xuddi shu yerda buyuk olim deb tan olingan. 

Jumladan,  dunyo  fani  rivojiga  qo‘shgan  hissasiga  ehtirom  sifatida  Az-

Zamaxshariy  “Jorulloh”,  ya’ni  “Allohning  qo‘shnisi”,  “Ustaz  ud-dunya”  — 

“Butun olam ustozi”, “Faxru Xvarezm” — “Xorazm faxri” degan faxrli nomlarga 

sazovor bo‘lgan. 

1139  yilda  olim  vatani  Xorazmga  qaytib,  umrining  oxirigacha  shu  yerda 

yashagan.  Az-Zamaxshariy  Ko‘hna  Urganchda  dafn  etilgan  bo‘lib,  XIV  asrda 



 

yashab  o‘tgan  taniqli  arab  sayyohi  Ibn  Batuta  o‘zining  esdaliklarida  Az-



Zamaxshariyning  gumbaz  tomli  maqbarasini  o‘z  ko‘zi  bilan  ko‘rgani  haqida 

yozgan. 


Az-Zamaxshariy sermahsul olim bo‘lib, fanning turli sohalariga oid ellikka 

yaqin  asar  yozgan.  Shulardan  yigirma  beshtasi  bizgacha  saqlanib  qolgan. 

Tilshunoslikka  oid  “Asos  al-balog‘a”  (“So‘zga  ustalik  asoslari”,  “Chechanlik 

poydevori”), islom olamida uning 1134 yilda Qur’oni karimga yozgan sharhlarini 

(tafsir) o‘z ichiga olgan “Al-Kashshof” asarlari juda mashhur. “Al-kashshof” asari 

Qur’on  tafsiriga  oid  asarlar  o‘rtasida  eng  mukammal  ekanligi  sharqshunos  va 

arabshunos olimlar tomonidan tan olingan. Shu bois mazkur asardan dunyoning 

turli  mamlakatlari  dorilfununlarida  darslik  sifatida  haligacha  qo‘llanib 

kelinmoqda. 

Mutaxassislarning  fikricha,  Az-Zamaxshariy  tilshunoslik,  adabiyot, 

geografiya,  tarix  va  boshqa  qator  fanlarni  chuqur  o‘zlashtirgan  qomusiy  olim 

bo‘lgan. Fanning mazkur yo‘nalishlarida maktab yaratgan olimning 200 dan ortiq 

shogirdi  bo‘lgan.  Asarlarini  bevosita  o‘rganib,  ilmu  fanning  sirlarini  egallagan 

100  dan  ortiq  olimlar  o‘zlarini  g‘oyibdan  Az-Zamaxshariyning  shogirdi  deb 

hisoblashgan. 

Til  va  adabiyot,  tafsirga  oid  asarlar  bilan  bir  qatorda  Az-Zamaxshariy 

“Asmou  al-adviya  val  jibol”  (“Vodiy  va  tog‘  ismlari”)  deb  atalgan  mashhur 

geografik asar ham yozgan. Kitobning ikkinchi nomi “Kitob al-amkina va al-jibol 

va  al-miyah”  (“Joylar,  tog‘lar  va  suvlar  haqidagi  kitob”)  bo‘lib,  olim  uni  o‘zi 

bevosita  tashrif  buyurgan  shaharlarda  olib  borgan  kuzatishlariga  asoslanib 

yozgan.  Asar  arab  tilida  yozilgan  bo‘lib,  ilk  bor  1855  yilda  Niderlandiyaning 

Leyden shahrida nashr etilgan. 

Az-Zamaxshariyning  mazkur  kitobi  Arabiston  yarim  orolidagi  shaharlar, 

qishloqlar, maqbaralar, machitlar, ziyoratgohlar, tog‘lar, vodiylar, suv havzalari 

nomlarining  izohi  berilgan  muhim  toponimik  qomus  desak,  xato  bo‘lmaydi. 

Asarning e’tiborli tomoni shundaki, muallif geografik nomlarni alifbo tartibida 

bergan, ularning ma’nosi, joylarga nega shunday nomlar qo‘yilganligi va shunga 



 

bog‘liq qator qiziqarli hikoyalarni keltiradi. Kitobda Falastin, Suriya, Iroq va Misr 



kabi  mamlakatlarning  nomi  tilga  olinib,  ulardagi  shaharlarga  oid  ma’lumotlar 

kiritilgan.  Unda  O‘rta  Osiyodagi  ba’zi  joy  nomlari  uchrasa-da,  lekin  ularning 

izohi yo‘q. Shuning uchun mutaxassislar Az-Zamaxshariyning ushbu geografik 

asari tugallanmagan yoki oxirigacha tahrir qilinmagan deb hisoblaydilar. 

Hozirgacha  saqlanib  qolgan  asarlarining  umumiy  soni  va  ularning 

ahamiyatiga tayangan holda Az-Zamaxshariyni nafaqat islomshunos olim, balki 

Sharq  geografiyasining  rivojiga  o‘zining  ulkan  hissasini  qo‘shgan  geograf  va 

sayyoh-olim deb aytish mumkin. 

Yer sharining birinchi ming  yillik boshlaridagi holati, undagi asosiy  geo-

grafik  ob’ektlar  tasvirlangan  xaritalarni  bir  qator  olimlar  tuzishga  muvaffaq 

bo`lgan.  Ammo  ular  orasida  o`zi  sayohat  qilib,  ko`rgan-kechirganlarini  matnga 

va  xaritaga  tushirgan  sayyoh-olimlar  esa  sanoqli.  Ana  shunday  olimlardan  biri 

1100-1165 yillarda yashab ijod qilgan arab geografi Al-Idrisiydir. 

Al-Idrisiy (to`liq nomi - Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh ibn Idris 

al-Hammudiy  al-Hasaniy)  Marokashning  Seut  shahrida  tavallud  topgan. 

Kordovada  (Ispaniya)  turli  fanlardan,  ayniqsa,  Yer  haqidagi  tabiiy  fanlardan 

chuqur  bilim  olgan.  Sayohat  qilishga  ishtiyoki  kuchli  bo`lib,  16  yoshidayoq 

Kichik Osiyoga safar qilgan. 

Mutaxassislarning  fikricha,  Al-Idrisiy  Yevropa  bo`ylab  sayohat  qilib,  bu 

qit`adagi  ba’zi  mamlakatlarning  XI-XII  asrlardagi  hayoti  to`g`risida  qimmatli 

ma’lumotlar qoldirgan dastlabki arab olimlaridan sanaladi. Marokashning Janubi-

Yearbiy  Yevropaga  geografik  jihatdan  yaqinligi  bois  sayyoh  1120-yillar 

davomida  Portugaliya,  Fransiya,  Angliya,  Shotlandiya,  Irlandiya  va  G`arbiy 

Germaniyaga  bir  necha  bor  sayohat  qilgan.  Shuningdek,  sayyoh  Polsha, 

Bolgariya,  Vizantiya,  Bolqon  yarimoroli,  Shimoliy  Afrika  va  Sharqiy 

Yevropadagi boshqa ba’zi davlatlar haqida boy geografik ma’lumotlar to`pladi. 

1138-yilda  turli  mamlakatlarga  sayohat  qiluvchi  olimlarni  qo`llab-

quvvatlovchi va ularning safar taassurotlarini umumlashtirib, kitob tarzida chop 

ettirishga yaqindan ko`mak beruvchi Sitsiliya qiroli Rojer II ning taklifiga binoan 



 

Al-Idrisiy  Palermo  shahridagi  qirol  saroyiga  keldi.  Rojer  II  nafaqat  turli 



mamlakatlarda  bo`lgan  sayyohlar  bilan  suhbat  qurishni  xush  ko`rar,  balki 

atrofdagi  qator  davlatlarga  o`z  sayyohlarini  yuborib,  ularga  yaqin  hududlardagi 

hayot  va  ayniqsa,  xo`jalik  hamda  harbiy  salohiyat  to`g`risida  ma’lumotlar 

to`plashni topshirar edi. 

Al-Idrisiyning  yozishicha,  Sitsiliya  qiroli  bir  guruh  olimlarga  Yerning 

mukammal tasviri tushirilgan xaritasini kumushdan yasash va shu asosda qog`oz 

xaritalar chop etishga farmon bergan. Rojer II shuningdek, Al-Idrisiyga grek va 

arab  geograflarining  Yer  haqidagi  tasavvurlarini  umumlashtiruvchi  ilmiy  asar 

yaratishni  buyuradi.  Shu  tariqa  Al-Idrisiy  «Nuzxat  al-mushtaq  fixtiraq  al-afaq» 

yoki  boshqacha  qilib  aytganda  «Kitab  ar-Rujariy»,  ya’ni  «Rojer  kitobi»,  deb 

nomlangan  mashhur  asarini  1154-yilning  boshida  yozib  tugatdi.  Al-Idrisiy 

boshchiligida  yaratilgan  Yerning  tasviri  tushirilgan  xarita  mazkur  kitobga  ilova 

qilinadi. 

«Rojer  kitobi»  Al-Idrisiyning  shaxsiy  sayohatlari  natijalari,  ko`plab 

savdogarlar, sayyohlar va ma’lumot to`plash uchun Sitsiliya qiroli tomonidan turli 

mamlakatlarga yuborilgan kishilarning taassurotlarini o`z ichiga olgan. Kitobning 

kirish qismida Al-Idrisiy foydalangan asosiy manbalar sifatida Ptolomey, Oroziy, 

Al-Yakubiy,  Al-Maksudiy  va  Al-Jayxoniy  kabi  qator  mualliflar  nomini  eslatib 

o`tadi. Asarda G`arbiy Afrikadan to Xitoygacha bo`lgan hududlar to`g`risida keng 

ma`lumotlar  keltirilgan.  Ayniqsa,  sayyohning  Shimoliy  va  Markaziy  Afrika, 

Pireney  yarimoroli,  Sitsiliya,  Italiya,  Fransiya,  Shotlandiya,  Irlandiya,  Ger-

maniya,  Polsha,  Bolgariya  va  Kichik  Osiyo  to`g`risidagi  ma’lumotlari  juda 

qimmatlidir.  Al-Idrisiy  ushbu  hududlarning  bir-biridan  uzoqligi,  gidrografiyasi, 

savdo  va  madaniy  markazlari,  u  yerda  yashayotgan  aholining  urf-odatlari, 

taomlari,  kiyinishi  va  asosiy  mashg`ulotlari  haqida  qiziqarli  xotiralarni  yozib 

qoldirgan. 

Al-Idrisiy  o`zining  mashhur  asarida  Yer  sharini  yettita  iqlimga  (zonaga) 

bo`ladi va ulardan har biri g`arbdan Sharqqa qarab yana 10 ta zonaga ega. Shunisi 

qiziqarliki,  «Rojer  kitobi»ga  kirgan  70  ta  bo`limdagi  matnga  70  ta  xarita  ilova 



 

qilingan.  Nemis  geografi  K.Millerning  hisoblab  chiqishicha,  Al-Idrisiyning 



asaridagi  matnda  6000  dan  ziyod,  ilova  qilingan  xaritalarda  esa  2500  dan  ortiq 

geografik ob’ektlar nomi zikr etilgan. 

Mutaxassislarning  fikricha,  xaritalarda  kenglik  va  uzoqlik  tushunchalari 

unchalik  hisobga  olinmagan.  Shu  bois,  arab  kartografiyasining  xaritalarda 

geografik  koordinatalar  bo`lmagan  so`nggi  uchinchi  bosqichi  Al-Idrisiy  nomi 

bilan bog`liq, deb aytish mumkin. Al-Idrisiyning bizgacha yetib kelgan asarining 

eng  qadimgi  qo`lyozmasi,  shuningdek,  Yer  xaritasining  nusxasi  1300  yilda 

ko`chirilgan bo`lib, Parij kutubxonasida saqlanmoqda. 

Yaratgan  asarining  o`sha  davrda  katta  ilmiy  qimmatga  ega  bo`lganiga 

qaramasdan, arab geografining ishlari XII—XIII asrlarda lotin tilida ijod qilgan 

yevropalik  mualliflar  uchun  noma’lumligicha  qolgan.  XVI  asrga  kelib  «Rojer 

kitobi»ning  Yevropa  mamlakatlarida  chop  etilishi  tufayligina  Al-Idrisiy  eng 

taniqli arab geograflaridan biriga aylangan. Uning mashhur asari 1592-yil Rimda 

arab tilida chop etilgan va xuddi shu nashr 1619-yilda lotin tiliga tarjima qilingan. 

1836-1840-yillarda  esa  «Rojer  kitobi»  fransuz  tilida  nashrdan  chiqdi.  Olim 

asarining  to`la  nashri  faqatgina  XX  asrda  kitobxonlar  va  ilmiy  jamoatchilik 

hukmiga havola etilgan. 

 Marokashliklar  ilk  o`rta  asrlar  geografiyasining  rivojiga  katta  hissa 

qo`shgan  Al-Idrisiydek  yurtdoshlari  borligi  bilan  faxrlanishadi.  Shuning  uchun 

ham Marokashdagi Al-Xusaym shahridagi aeroport mashhur sayyoh va geograf 

nomi bilan atalgan. 

O`rta 


asrlarda 

Sharq 


mamlakatlarida 

yaratilgan 

ilmiy-geografik 

adabiyotlar  o`rtasida safar janrida, ya’ni sayyohlarning o`z ko`zlari bilan ko`rib, 

olgan  taassurotlari  asosida  turli  mamlakatlarni  tasvirlagan  asarlar  muhim  o`rin 

tutadi.  Ushbu  janrda  mahorat  bilan  bitilgan  dastlabki  asarlardan  biri  «Ibn 

Fadlonning  Volgaga  sayohati»  922-yilda  Bag`dodda  chop  etilgan.  Ammo 

mutaxassislarning fikricha, buyuk arab sayyohi  Ibn Battutaning dunyoning turli 

mamlakatlariga  qilgan  sayohatlari  natijalarini  o`z  ichiga  olgan  «Mushohada 

qiluvchilarga  qiziqarli  shaharlar  va  turli  yurtlarning  mo`jizalari  haqida  sovg`a» 




10 

 

yoki inglizcha nashrida «Ibn Battutaning sayohati» asari mazkur janrda yaratilgan 



geografik asarlarning eng mashhuri sanaladi. 

Ibn  Battuta  (to`liq  nomi  -  Abu  Abdulloh  Muhammad  ibn  Abdulloh  al-

Lavatiy  at-Tanjiy)  1304-yilning  24-fevralida  Marokashning  Tanja  (hozirgi 

ko`pchilik  manbalarda  Tanjer)  shahrida  faqih  (islom  huquqshunosi),  shayx 

Abdulloh  al-Lavatiy  oilasida  tavallud  topgan.  Ibn  Battutaning  avlodlari 

barbarlarning  lavat qabilasidan bo`lgani bois, ularning ismi sharifiga al-Lavatiy 

nisbasi qo`shib ishlatiladi. 

Ibn  Battutaning  bolalik  yillari  haqida  juda  kam  ma’lumotlar  saqlanib 

qolgan.  Ammo  o`ziga  birmuncha  to`q  oiladan  bo`lgan  Ibn  Battuta  yoshligida 

madrasada  turli  fanlardan  chuqur  bilim  olgan.  Otasi  uning  o`ziga  merosxo`r 

bo`lishi,  ya’ni  faqixlik  lavozimini  egallashi  tarafdori  edi.  Ammo  dunyo 

mamlakatlarini kezish, ular haqida turli ma’lumotlarni to`plash bo`lajak sayyoh-

olimning butun fikru xayolini band etgandi. 

Ibn Battuta 21 yoshga to`lgach, ya’ni 1325-yilda Makkaga haj safari qilish 

niyatida yo`lga chiqqan. Haj safari davomida dunyodagi eng yirik cho`l - Sahroi 

Kabirni piyoda kesib o`tish vaqtida boshidan kechirgan mashaqqatlarga qaramay, 

Ibn Battuta o`z sayohatini davom ettirishga qaror qildi. 

Ushbu sayohati davomida  Ibn  Battuta Misr hududini kesib  o`tib, kemada 

Jiddaga  borishni  rejalashtirgandi.  Ammo  o`sha  paytlardagi  arab  qabilalari 

o`rtasidagi  nizolar  sayyohni  Qohiraga  qaytishga  majbur  qilgan.  Shundan  so`ng 

Ibn  Battuta  Yaqin  va  O`rta  Sharqning  o`sha  vaqtlardagi  eng  gullab-yashnagan 

shaharlari Quddus, Damashq, Makka, Basra, Bag`dod va Tabrizda bo`ldi. So`ng 

Makkaga qaytib kelib, otasining orzusini amalga oshirgan va bir necha yil faqih 

lavozimida ish olib borgan. 

Bundan  tashqari,  sayohati  davomida  olgan  bilimlari  tufayli  sayyoh, 

madrasada dars berish huquqiga ega bo`lib, Makkadagi ilm dargohlarida mashhur 

yurtdoshimiz  Imom  al-Buxoriyning  «Al-Jomiy  as-Sahih»  deb  nomlangan 

mashhur  hadislar  to`plami  bo`yicha  ma’ruzalar  o`qigan.  Ammo  olimning  o`z 

sayohatlarini yana davom ettirish rejasidan sira-sira voz kechgisi kelmasdi. 



11 

 

Xullas, 1330-yilda Makkadan yo`lga chiqqan sayyoh Qizil dengizni kesib 



o`tib,  Yamanning  Adan  portiga  keldi.  O`sha  vaqtlarda  Yamanda  faqat  ikkita 

shahar - Sano (Yamanning hozirgi poytaxti) va Zabid (hozirda Yamandagi kichik 

port  shahar)  birmuncha  ko`zga  ko`ringan  savdo  markazlari  edi.  Adandan 

kichikrok kema yollagan Ibn Battuta dastlab Somalida, so`ng o`sha paytda Afrika 

sharqidagi eng boy shaharlar sanalgan Mombas va Kilvada bo`lgan. Sayyohning 

yozishicha, ushbu shaharlarda uning e’tiborini tortgan narsa - yerli aholining qora 

tanli  ekanligi  edi.  Afrika  sharqi  bo`ylab  sayohatdan  qaytish  uchun  sayyoh 

Arabiston  yarimorolining  janubi  bo`ylab  suzib,  Fors  ko`rfaziga  kelgan.  So`ng 

Arabiston yarimorolini piyoda kesib o`tib, Makkaga qaytib keldi. 

Sayyohning  Rumga  (arablar  Kichik  Osiyoni  shunday  atashgan)  safari 

1332-yilning  kishida  Alaya  portidan  boshlanib,  so`ng  hozirgi  Turkiyaning 

Antaliya, Ladik, Kunya, Kayseri va Sivas shaharlari bo`ylab davom etgan. 1333-

yilning oxirida sayyoh Qora dengizning Sinop portida bo`ldi. 

Sharq  mamlakatlariga  sayohat  qilish  ishtiyoqida  bo`lgan  tinib-tinchimas 

Ibn Battuta yunonlar kemasida Qrimning Kafe (hozirgi Ukrainaning Feodosiya) 

shahriga,  so`ng  Azov  dengiziga  va  u  orqali  nihoyat,  Shimoliy  Kavkazga  yetib 

kelgan. 

Kavkazning  Pyatigorsk  shahrida  Ibn  Battuta  1334-yilning  mayida  Oltin 

O`rda xoni O`zbekxon tomonidan katta hurmat bilan qabul qilingan. Tarixchilar 

o`rtasida Ibn Battutaning Volga Bulgoriyasiga qilgan safari borasida birmuncha 

munozarali fikrlar mavjud. Ba’zi olimlar (I.Xrbek, S. Yanichek) Ibn Battuta Vol-

ga Bulgoriyasida bo`lmagan, chunki XIV asr sharoitida atigi 20 kun ichida ushbu 

hududga  sayohat  qilishga  jismonan  ulgurmagan  bo`lar  edi,  deb  hisoblashadi. 

Mazkur  olimlarning  fikricha,  Ibn  Battuta  Volga  Bulgoriyasiga  safari  haqidagi 

ma’lumotlarni uning o`zi yoki asarlarini ko`chirgan kotibi Ibn Juzay tomonidan 

Abul Jubayr va Abul Fid kabi boshqa arab sayyohlari asarlaridan olingan bo`lishi 

mumkin. 

Nima  bo`lganda  ham,  sayyoh  Oltin  O`rda  xoni  xizmatkorlari  bilan  birga 

Xoji-Tarxonga  (hozirgi  Rossiyaning  Astraxan  shahri)  sayohat  qilib,  u  yerdan 



12 

 

O`zbekxonning  rafiqasi,  Vizantiya  imperatori  Andronik  III  ning  qizi  Boyalun-



xotinni o`z otasi huzuriga kuzatib borish sharafiga muyassar bo`lgan. Vizantiya 

poytaxtida  bir  oycha  bo`lib,  1334-yilning  noyabr  oyi  o`rtalarida  sayyoh  yana 

Volgaga, Oltin O`rda xonligi poytaxti Saroy-Berkaga qaytib kelgan. 

1334-yilning oxirida sayyoh Oltin O`rdani tark etib, xorazmlik savdogarlar 

karvoni  bilan  birga  O`rta  Osiyo  tomon  yo`l  oldi.  Ibn  Battutaning  yozishicha,  u 

qo`shilgan savdo karvoni Oltin O`rdadan Xorazmgacha o`ttiz kun yo`l yo`rgan. 

Karvon  kuniga  ikki  marta  –  Quyosh  tig`i  qizdirganda  va  qorongi  tushganda 

to`xtagan. Karvonning dam olish uchun to`xtash vaqti esa dukkaklilardan (nuxat, 

mosh, loviya) sho`rva tayyorlashga qancha vaqt talab etilsa, shuncha edi. Ibn Bat-

tuta savdogarlar karvonida doim quritilgan go`sht bo`lishi va uni sho`rvaga solib, 

qatiq qo`shib ichilgani haqida yozgan. Ko`zlangan manzilga tezroq yetib borish 

maqsadida  har  bir  sayyoh  ovqatlanish  va  hatto,  uxlayotgan  vaqtida  ham 

aravalarda harakatlanishda davom etgan. Ibn Battutaning 1334-1349-yillarda 15 

yil davom etgan eng uzoq sayohatining asosiy qismi shu tariqa boshlangan. 

O`rta  Osiyoda  Ibn  Battuta  yirik  savdo  markazlari  hisoblangan  O`rganch, 

Buxoro,  Naxshab  (Qarshi)  va  Samarqand  shaharlariga  sayohat  qilib,  ularning 

O`rta  asrlardagi  hayoti  to`g`risida  qimmatli  ma’lumotlar  to`plashga  muvaffaq 

bo`ldi.  O`rganchda  sayyoh  Oltin  O`rda  xonligining  qudratli  no`yoni  Qutlug` 

Temur  tomonidan  katta  hurmat  bilan  qabul  qilingan.  Sayyoh  Xorazmda 

birmuncha uzoqroq  vaqt  bo`lib,  bu  yerdagi  aholining  turmush  tarzi,  xonlarning 

hayoti va ziyoratgoh joylari haqida qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Ibn 

Battuta Xorazm xalqi haqida o`z esdaliklarida shunday yozadi: «...butun dunyoda 

xorazmliklardan xushfe’lroq, xorijliklarga nisbatan oliyhimmat va mehmondo`st 

kishilarni men hali uchratganim yo`q...». 

Ibn  Battuta  Amudaryo  to`g`risida  ham  qimmatli  ma’lumotlarni  yozib 

qoldirgan:  «...Xorazm  ortidan  jannatdan  boshlanuvchi  to`rtta  daryoning  biri 

Jayhun  (hozirgi  Amudaryo)  oqadi.  Bu  daryo  xuddi  Itil  (hozirgi  Volga  daryosi) 

daryosiga o`xshash - qishda muzlaydi va shunda odamlar uning ustidan yurishlari 

mumkin. Daryo besh oycha muz bilan qoplangan bo`ladi. Muzning erish vaqtida 



13 

 

uning  ustidan  yo`rgan  odamlarning  ba’zilari  cho`kib  ketib,  halok  bo`ladi.  Yoz 



kunlarida daryo bo`ylab kemalarda  Termizgacha suzib borib, u yerdan bug`doy 

va arpa olib kelinadi. Buning uchun o`n kun vaqt kerak bo`ladi...». 

Sayyoh  Xorazm  qovunlarining  butun  dunyoga  taralgan  dongi  haqida 

shunday  yozadi:  «Dunyoning  (musulmon  dunyosi  nazarda  tutilgan)  Sharqida 

ham,  g`arbida  ham  Buxoro  qovunlaridan  tashqari  Xorazm  qovunlariga  teng 

keladigani yo`q... Uning po`sti yashil, mag`zi qizil, juda shirin va shu bilan birga 

qattiq.  Shunisi  qiziqarliki,  uni  bo`laklarga  bo`lib,  xuddi  bizda  quritilgan  anjirni 

tayyorlaganlari kabi Quyoshda quritib, savatlarga solib, Xorazmdan Hindiston va 

Xitoyning uzoq shaharlariga olib boradilar. Barcha quritilgan mevalar ichida unga 

teng keladigani yo`q..». 

Ibn  Battuta  Xorazm  tuprog`ida  yashab  o`tgan  mashhur  mutasavvuf 

sufiylarning  ziyoratgohlari  haqida  hurmat  bilan  yozgan.  Sayyohning  xabar 

berishicha: «...Xorazmga kiraverishda islom olamida mashhur tabarruk zotlardan 

biri  shayx  Najmiddin  al-Kubro  kabri  yonida  barpo  etilgan  zaviya  (Muqaddas 

joylarda  darveshlar  va  ziyoratchilar  uchun  ko`rilgan  maxsus  bino,  xonako) 

mavjud... Shahardan tashqarida mashhur olim, imom Abul Qosim Maxmud ibn 

Umar  az-  Zamaxshariyning  dahmasi  joylashgan  bo`lib,  uning  ustiga  maqbara 

ko`rilgan...». 

Xorazmdan 18 kun yo`l yo`rgan Ibn Battuta Buxoroga keldi. Uning Buxoro 

haqida qoldirgan ma’lumotlari haqida olimlar o`rtasida turli munozaralar mavjud. 

Chunki sayyoh bu shahar haqidagi ma’lumotlarni birmuncha buzib tasvirlagan, 

degan  fikrlar  bor.  Buxorodan  keyin  sayyoh  Naxshab  (hozirgi  Qarshi)  shahriga 

yo`l olib, uning sultoni Tarmashirin haqida qator ma’lumotlarni yozib qoldirgan. 

   Ibn  Battuta  Naxshabdan keyin  Samarqandga  qilgan  safari  taassurotlari  haqida 

ham to`lqinlanib yozgan. Uning yozishicha: «...men Samarqandga yo`l oldim. Bu 

eng yirik va go`zal shaharlardan biridir. U Vodiy al-Kassarin (Zarafshon daryosi) 

qirg`og`ida  joylashgan  bo`lib,  ushbu  daryodan  charxpalaklar  yordamida 

bog`larga suv olinadi. Shahar aholisi kechki namozdan keyin ushbu daryo bo`yiga 

sayr va o`yin-kulgi qilish uchun yig`ilishadi. Bu yerda o`tirish uchun taxtasupalar 



14 

 

hamda  meva  va  boshqa  yeguliklar  sotish  uchun  rastalar  bunyod  etilgan...». 



Samarqandda  bunyod  etilgan  turli  me’moriy  obidalarni  sayyoh  shunday 

ta’riflagan:  «...  Daryo  (Zarafshon)  qirg`og`ida  o`lkan  saroy  va  binolar  qad 

ko`targan  va  ular  Samarqand  ahlining  naqadar  usta  me’morligidan  dalolat 

beradi... Bu yerda shahar devori yoki darvozalari yo`q. Shahar ichida bog`lar juda 

ko`p.  Samarqand  ahli  xorijliklarga  nisbatan  fe’li  keng  va  mehmondo`st 

kishilardir...». 

Ibn  Battuta  Samarqanddan  keyin  Termizda  Amudaryoni  kechib  o`tib, 

Xurosonning  Balx  shahriga  keldi.  1333-yilning  yozini  Ibn  Battuta  shimoli-

sharqiy Eron va Afg`oniston bo`ylab sayohat qilish bilan o`tkazgan va Nishopur, 

Mashhad,  Jom,  Bistom  va  Kobul  shaharlarida  bo`lgan.  Hindikush  tog`laridan 

oshib o`tgan sayyoh savdo karvoni bilan G`azna orqali Hindistonga yo`l olgan va 

nihoyat, 1333- yilning sentyabr oyida u Hind daryosini kechib o`tib, bir umr orzu 

qilgan mamlakati Hindiston tuprog`iga yetib kelgan. 

Dehli  sultonligida  Ibn  Battuta  sulton  Muhammad  Tug`loq  xizmatiga 

kirgan.  Sayyoh  Hindistonda  sakkiz  yil  yashab,  dastlab  qozi,  so`ng  faqix 

lavozimlarida faoliyat olib borgan. 

1342-yilning  yozida  Ibn  Battuta  Hind  sultoni  elchisi  sifatida  Xitoyga 

sayohat  qildi.  Ibn  Battutaning  Xitoy  to`g`risida  yozib  qoldirgan  ma’lumotlari 

uncha aniq bo`lmagani bois, ba’zi mutaxassislar sayyohning ushbu mamlakatga 

sayohatiga birmuncha shubha bilan qarashadi. Xitoyda bir qator sarguzashtlarni 

boshdan kechir- gach, Ibn Battuta Sharqiy Osiyodagi Kanton bandargohiga yetib 

kelgan.  U  yerdan  sayyoh  Malayziya  va  Bengaliya  orqali  Hindistonga,  so`ng 

dengiz  yo`li  bilan  Tunis  va  Italiyaning  Sardiniya  oroli  orqali  1349-yilda 

Marokashga qaytib keldi. 

Hindiston  va  Xitoydagi  elchilik  tajribasining  natijasi  ularoq,  Ibn  Battuta 

1350-1351-yillarda 

Marokash 

sultoni 


tomonidan 

Granadaga 

(hozirgi 

Ispaniyaning  Andalusiya  provinsiyasi  hududidagi  shahar)  diplomatik  missiya 

bilan  tashrif  buyur-  gan.  Ushbu  sayohati  davomida  sayyoh  o`sha  vaqtlardagi 



15 

 

Granada  va  Andalusiyaning  hayoti  to`g`risida  qimmatli  ma’lumotlarni  yozib 



qoldirgan. 

1352-yilda  tinib-tinchimas  sayyoh  yana  yo`lga  otlanib,  bu  safar  Afrikani 

o`rganishni  o`z  oldiga  maqsad  qilib  qo`ydi.  Sayohatni  qamroviga  ko`ra  Ibn 

Battutaning eng yirik ekspeditsiyalaridan biri, deyish mumkin. Mali mamlakatiga 

yo`l olgan sayyoh Sahroi Kabirni piyoda kesib o`tgan. Sahrodagi taassurotlaridan 

eng  yorqini  sifatida  sayyoh  ushbu  hududda  yashaydigan  aholining  tuz  va  tuya 

terilaridan  qurilgan  uylari  haqida  yozgan  edi.  Yo`l  birmuncha  mashaqqatli  va 

xatarli  bo`lishiga  qaramasdan,  Ibn  Battuta  Sahroi  Kabirni  muvaffaqiyatli  kesib 

o`tib,  Afrikaning  Mali  davlatiga  yetib  kelgan.  Ushbu  mamlakatning  eng  boy 

shaharlaridan  biri  Timbuktuda  bo`lgan  sayyoh,  bu  yerda  mahalliy  xoqon 

Sulaymon tomonidan katta ehtirom bilan qabul qilingan. 

1354-yilning  boshida  Ibn  Battuta  Afrika  safaridan  Marokashga  qaytib 

kelgan  va  marinidlar  sultoni  Ibn  Inonning  buyrug`iga  binoan  o`zining  barcha 

sayohatlari  haqidagi  taassurotlarini  granadalik  olim  shayx  Ibn  Juzayga  so`zlab 

berdi.  1355-  yilning  dekabrida  Ibn  Juzay  Ibn  Battutaning  esdaliklarini 

umumlashtirishni  tugallagan.  Bu  bilan  Ibn  Juzay  Marko  Poloning  Sharq 

mamlakatlariga  sayohatiga  oid  esdaliklarini  yozib  olgan  Rustikano  kabi  tarixda 

yorqin iz qoldirgan. 

«Ibn Battutaning sayohati» kitobi sayohat janrida bitilgan mumtoz asardir. 

Sayyohning  Mali,  Markaziy  va  Shimoliy  Afrika,  Saudiya  Arabistoni,  Suriya, 

Livan, Falastin, Qrim, Kavkaz, Oltin O`rda, O`rta Osiyo, Afg`oniston, Xitoy va 

Hindiston  haqidagi  esdaliklari  ushbu  hududlarning  O`rta  asrlardagi  hayoti 

to`g`risidagi qimmatli tarixiy manba hisoblanadi. 

Hisob-kitoblarga ko`ra, o`zining 28 yillik sayohatlari davomida Ibn Battuta 

dunyoning uch qit`asidagi bir necha yuz shaharlarda bo`lib, 120 ming kilometrdan 

ortiq masofani bosib o`tgan. Bunday masofani esa hozirgi vaqtda bosib o`tishga 

har  qanday  tadqiqotchi  hatto,  zamonaviy  texnika  vositalaridan  foydalangan 

taqdirda ham qodir bo`lavermaydi. 




16 

 

Sayyoh  o`zi  borgan  yerlarning  o`sha  davrdagi  hayotini  iloji  boricha 



to`laqonli va haqqoniy tarzda yoritishga harakat qilgan. Shuning uchun ham uning 

esdaliklari juda ommabop bo`lib, 1818-yilda lotin, 1829-yilda ingliz, keyinchalik 

esa dunyoning boshqa ko`pgina tillariga tarjima qilingan. 

Olim  1377-yilda  74  yoshida  vafot  etgan.  O`rta  asrlardagi  hayotini  tadqiq 

etish borasidagi cheksiz xizmatlari bois, Ibn Battuta bilan nafaqat marokashliklar, 

balki butun musulmon mamlakatlari ahli faxrlanadi. Shu bois, buyuk sayyohning 

nomi  turli  ob’ektlarda  abadiylashtirilgan.  Jumladan,  Birlashgan  Arab 

Amirliklarining Dubay shahridagi eng yirik savdo markazlaridan biriga Ibn Bat-

tuta nomi berilgan. Savdo markazi bir vaqtlar sayyoh borgan yerlar: Andalusiya, 

Shimoliy  Afrika,  Eron,  Xitoy  va  Hindiston  nomlari  bilan  atalgan.  Savdo 

markaziga  kiraverishda  esa  Ibn  Battutaning  katta  portreti  o`rnatilgan  bo`lib, 

tagida arab va ingliz tillarida sayyoh to`g`risida ma’lumotlar yozilgan. 

Qur’oni  Karimni  rus  tiliga  tarjima  qilgan  rus  arabshunos  olimi 

I.Krachkovskiy sayyohning geografik bilimlarni rivojlantirishdagi hissasi haqida 

shunday yozgan: «Mashhur Ibn Battuta barcha musulmon mamlakatlarini aylanib 

chiqqan  oxirgi  buyuk  sayyoh  va  universal  geograf-amaliyotchi  edi.  Uning 

sayohati... hali ham ehtirom bilan tilga olinadi... O`rta asrlardagi Oltin O`rda va 

O`rta  Osiyo  haqidagi  biror-bir  ilmiy  ishni  Ibn  Battutaga  murojaat  qilmasdan 

bajarishning iloji  yo`q...».  Taniqli  nemis  geografi R.Xennigning fikricha,  «XIV 

asrda  yashagan  marokashlik  Ibn  Battuta  qadimgi  dunyo  va  o`rta  asrlar  bilgan 

sayyohlarning eng buyugi sifatida tan olinishi lozim». 

 


Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish