I bob. O'Rta osiyo tekisliklari



Download 181,53 Kb.
bet1/6
Sana26.06.2022
Hajmi181,53 Kb.
#705874
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'RTA OSIYO TEKISLIKLARI, SUV HAVZALARI VA TOG\' HUDUDLARDA YASHOVCHI UMRTQALI HAYVONLAR



O'RTA OSIYO TEKISLIKLARI, SUV HAVZALARI VA TOG' HUDUDLARDA YASHOVCHI UMRTQALI HAYVONLAR
MUNDARIJA
K I R I SH………………………………………………………………………….3
I.BOB.O'RTA OSIYO TEKISLIKLARI
1.1. Suv havzalari va tog' hududlari haqida…………………………………….5
1.2.Oʻrta Osiyoning tabiati, xoʻjaligi, shaharlari va geografigi……………...10
II.BOB.O’RTA OSIYO TOG’ HUDUDIDA YASHOVCHI UMIRTQALI HAYVONLAR.
2.1 Hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi……………………………….22
2.2. Markaziy Osiyo o’lkasining hayvonot dunyosi……….……….………….31
XULOSA…………………………………………………………………………33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………34


K I R I SH
O’rta Osiyo Yevrosiyoning tarkibiy qismidir. Juda uzoq tarixiy geologik rivojlanish davomida takrorlanmas tabiiy – hududiy hosila tarzida shakllangan O’rta Osiyo tabiiy geografik o’lkasi Yevrosiyo materigining o’rtasida ga’rbda Kaspiy dengizidan, sharqda to Savr tog’larigacha, shimolda Bandi Turkiston, Turkman-Xuroson, Nishopur, Elburs tog’ tizmalari suvayirg’ichlari orasidagi berk havzada joylashgan. O’lka O’rta dengiz bo’yidagi iliq mo’tadil va subtropik tabiatli mamlakatlar kengliklarida yotadi. O’rta osiyoning g’arbiy chegarasi Elbrus tog’ining 54o151 sharqiy uzunlik qismidan boshlanib, Kaspiy dengizining sharqiy qirg’oqlari orqali Mang’ishloq qo’ltig’iga qadar davom etadi. So’ngra chegara shimol tomon yo’nalib, Ustyurtning shimoli- g’arbiy chinki bilan Do’ng’iztov, Chog’ray platosi, Cho’chqa va mug’ojar tog’lari orqali Ural daryosiga tutashib Magnitogorsk shahriga (geotizim tamoyiliga ko’ra Ural-To’rg’ay daryolari suva yirg’ichidagi Ozyorniy qishlog’iga) qadar boradi. G’arbiy chegaraning umumiy uzunligi 2600 km (geotizim tamoyiliga ko’ra 2350 km), shundan 900 km Kaspiy dengizi qirg’oqlariga to’g’ri keladi. Lekin chegaraning shimoli-g’arbiy qismini ayrim adabiyotlarda goh Ural, goh Emba daryolari orqali o’tkazilganini ham ta’kidlash lozim.
O’rta Osiyoning shimoliy chegarasi haqida 3 xil mulohaza mavjud. Birinchi mulohazaga ko’ra, O’rta Osiyoning shimoliy chegarasi Qozog’iston past tog’larining janubiy etaklari orqali o’tadi. Ikkinchi mulohazaga ko’ra, Qozog’iston past tog’laridagi Orol havzasi bilan Ob daryosi suvayirg’ichiga mos keladi. Uchinchi fikrga binoan, chegara Qozog’iston past tog’larining shimoliy etaklari orqali o’tadi.
Agar geotizim tamoyili asosida yondashilsa, O’rta Osiyoning shimoliy chegarasi Shimoliy muz okeani havzasi bilan Orol, Balxash havzasi orasidagi suvayirg’ich chizig’idan o’tkazilishi kerak. Bu chegara Markaziy Qozog’iston yassi tog’ligidagi suvayirg’ichga to’g’ri keladi. Ikkinchi tomondan paleogeografik tahlil qilinsa, uni yaxlit holda O’rta Osiyo o’lkasi tarkibiga kiritish lozim bo’ladi. U holda O‘rta Osiyoning shimoliy chegarasi G’arbiy Sibir tabiiy-geografik o’lkasining janubiy chegarasiga to’g’ri keladi va 200 m li gorizontal bo’ylab o’tadi. Lekin tabiiy geografik jihatdan, ayniqsa tuproq va o’simlik zonalarining chegaralari, yillik yog’in miqdori (250 mm) va uning yilning issiq faslida ko’p yog’ishi (200mm), iqlim ayirg’ich-“Voyeykov o’qi” kabi omillarni hisobga olsak, Qozog’iston past tog’ligining Shimoliy yonbag’ri (yarmi) ko’proq O’rta Osiyo tabiatiga emas, balki G’arbiy Sibirga xosdir.
O’rta Osiyo tabiiy geografik o’lkasining shimoliy chegarasini Orol-Irtish suvayirgichidan o’tkazilsa to’g’ri keladi. Bu geotizim tamoyili nuqtai nazaridan to’g’ri yondashuv bo’lib, munozaraga barham beradi. Bu chegara g’arbda Ozyorniy qishlog’idan (510 shim. kenglik, 610 sharqiy uzunlik) sharqda Torbo’g’atoy tizmasining sharqiy qismidagi Joir tog’iga (470 shim. Kenglik, 85sharqiy uzunlik) borib taqaladi. Chegaraning uzunligi 1900 km.
O’rta Osiyo tabiiy geografik o’lkasining sharqiy chegarasi Pomir, Tyanshan, Jung’oriya Olatovi va Torbo’g’atoy tizmalari suvayirg’ichlari orqali o’tadi. Bu chegara Kaspiy-Orol- Balxash berk havzasi chegarasiga to’g’ri keladi. Lekin hozirgi vaqtda O’rta Osiyoning sharqiy va g’arbiy chegaralari O’rta Osiyo respublikalari ma’muriy chegaralari doirasidagina ko’rilmoqda.

Download 181,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish