I bob. Huquq normаlаrini shаrhlаshning nаzаriy-huquqiy tаvsifi



Download 88,71 Kb.
bet1/11
Sana31.12.2021
Hajmi88,71 Kb.
#263750
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BMI


I BOB. HUQUQ NORMАLАRINI SHАRHLАSHNING NАZАRIY-HUQUQIY TАVSIFI

1.1. Huquqni sharhlash tushunchasi, usullari va uning yuridik tabiati

Hozirgi kunda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda va muvofiqlashtirishda huquq normalarining o`rni beqiyos. Huquq normalarini tatbiq etishda ularning mazmunini tushunib olish muhim ahamiyatga ega. Zero, huquq normalarini noto`g`ri tushunish uning noto`g`ri qo`llanishiga olib keladi. Bu esa o`z navbatida turli xil huquqbuzarliklar sodir bo`lishiga sabab bo`ladi. Huquq normalarini mazmunini aniq tushunib olish, to`g`ri talqin etish hamda huquqbuzarliklarni oldini olish uchun albatta ularni sharhlash lozim. Sharhlash orqali huquq normalarining o`ziga xos xususiyatlari, jihatlari aniqlanadi.

Huquqni sharhlash – yuridik fanning an’anaviy mavzularidan biri. Huquq hodisasi bilan har qancha «muloqot» qilish, uni amalga oshirish, ayniqsa, qo‘llash masalalari bilan «to‘qnashuzv» har safar huquqiy imperativlar, talablarning ma’no-mazmunini aniqlab, oydinlashtirib olish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Huquqiy vaziyatni va unga nisbatan qo‘llanadigan huquqiy me’yorlar mazmunini mukammal anglab, to‘la tushunib ish tutish uning mahsuldor va samarali bo‘lishini kafo­latlaydi. Qo‘llaniladigan huquqiy normaning mazmunini teran tushunib olishga sharhlash instituti ko‘maklashadi. «Huquqiy normani sharhlash» kategoriyasini tahlil etish doirasida avvalo «sharhlash» iborasining etimologiyasini bilib olish muhimdir. Sharhlash so`zi arabchadan olingan bo`lib, izohlash, tushuntirish degan ma`nolarni anglatadi. Alekseev fikricha, sharhlash lotincha “interpretation” so`zining manosini anglatib, insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va nomoddiy buyumlarni izohlashni bildiradi. Yozma manbalar matnini talqin etish hamda san`at asarlarini sharhlash bunga misol bo`la oladi. Yozma manbalar matnini sharhlash iborasi huquqni sharhlash sifatida foydalaniladi.1

Italiyalik huquqshunos va olim Emilio Betti o`z asarlarida sharhlash tushunchasiga to`xtalib, sharhlash izohlanadigan obyektning tashqi ko'rinishini (belgilari, imo-ishoralari, tovushlari va boshqalarni) o'rganish orqali uning ichki mazmunini tushunishga qaratilgan ilmiy bilish usuli hisoblanib, sharhlash bu uchta tomon ishtirok etadigan jarayon: muallifning subyektivligi, sharhlovchining subyektivligi hamda muallif va sharhlovchining o`zaro bog`liqligi ekanligini qayd etib o`tgan.2 Yuqoridagi olimlarning fikridan kelib chiqqan hollda biz shuni ayta olamizki, sharhlash bir holat yoki vaziyatni o’zining o’quvchisiga qulay va tushinarli yetkazishdir.

Endi bevosita huquqni sharhlash tushunchasiga to’xtaladigan bo’lsak, biz uning asosiy qiralarini ko’rsatib beruvchi qismlarini yoritishga harakat qilamiz. Huquqni sharhlash tushunchasi adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Ba’zi bir mualliflar, huquqni sharhlash deganda – faqat huquq normasi mazmunini aniqlab olishni tushunsalar, boshqalar esa, huquqiy norma mazmunini tushuntirishni sharhlash deb hisoblaydilar. Misol uchun ba’zi mutaxasislarning fikrlarini keltirib o’tamiz: Prof. S.S. Alekseevning fikricha,qonun chiqaruvchi idora normativ ko‘rsatmalarni shakllantirar ekan, kelajakka, ijtimoiy hayotda vujudga kelishi ehtimol tutiladigan o‘zgarishlarni nazarda tutadi.3

Bundan tashqari, Ruminiyalik huquqiy fanlar tadqiqotchisi Kameliya Ignatesku fikricha, huquq normalarini sharhlash ikki xil ma'noga ega. Tor ma'noda sharhlash sudyalar tomonidan ishlarni ko'rib chiqish jarayonida voqelikni konkretlashtirish uchun ishlab chiqilgan qoidalarni o'z ichiga oladi. Keng ma'noda sharhlash jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga tatbiq qilinadigan huquq normalarining ma`nosini barchaga tushunarli yetkazib berish vositasi, normativ-huquqiy hujjatning yuridik kuchini to`g`ri anglashga qaratilgan faoliyatdir.4Albatta, bu ta’riflarda huquq normalarni sharhlash tushunchasini to’laqonli ochib bermaydi, chunki huquqni sharhlash tushunchasi murakkab tushuncha hisoblanadi hamda bu tushunchaga aniq ta’rif ham ko’rsatish qiyin.

Hamma normalar ham sharhlashga muhtojmi yoki faqat noaniq «jumboq normalar»gina sharhlanishni talab qiladimi? Bu fan uchun ham an’anaviy savoldir. Bu savolga javobni Rossiya yuristi N.A.Gredeskulning fikri orqali berishga harakat qilamiz. U «Sharhlash qonunlar mavhumligi yoxud noaniqligiga to‘la mutanosibdir: u mavhumlik boshlanadigan joyda boshlanadi va mavhumlik kuchayishi bilan sharhlash murakkabligi ham ortib boradi»5 deb alohidda e’tibor berish kerak ekanligini aytib o’tgan. Ammo uning fikriga o’sha davrda yashab o’tgan huquqshunos olim A.M.Gulaev qo’shilmasdan, balki uni rad etib shunday deydi: Faqat noaniqlarigina emas, balki har qanday qonun sharhlanishi kerak.6

Professor Sh.Saydullayev fikricha, huquq normalarini sharhlash bu huquq normalarining maqsadi, mazmun va mohiyatini aniqlash hamda tushuntirishga yo‘naltirilgan faoliyat hisoblanadi.7 Huquqni sharhlash tushunchasini izohlash uchun, uni ahamiyatiga ham urg`u berish lozim. Rossiyalik olim V.V.Kojevnikov ham huquqni sharhlashning ahamiyati haqida o`z qarashlarini bildirgan. Unga ko`ra, huquq normalari yozma matn shaklida ifodalangan so'zlar va jumlalardan iborat bo'lib, ular har doim ham aniq ma'noga ega emas, shu sababdan qonun ustuvorligini ta`minlash uchun sharhlash aniq hayotiy vaziyatlarda qo'llanilishi kerak. Shu bilan birgalikda, normativ-huquqiy hujjatlarda maxsus atamalar tez-tez ishlatiladi va ularni aniqlashtirish zarurati tug'iladi. Bu esa huquq normalarini sharhlashni talab qiladi.8

Yuqoridagi fikrlarga qo`shimcha qilib shuni aytishimiz mumkinki, har bir qonun sharhlanish o’rniga, oddiy xalq uchun tushunishi qiyin bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlar sharhlanishi kerak, chunki bu- ish samaradorligini hamda qonunlarga ko’proq e’tibor berishning eng yaxshi usullaridan biridir. Bundan tashqari, qonunlar sharhlanayotganda, huquqshunos o’z pozitsiyasida qonunlarni yoritishdan ko’ra, belgilangan qonun-hujjatlariga mos tarzda , ya’ni qanday ma’no kasb e’tgan bo’lsa shunday tartibda yoritib berish kerak.

Huquq normalarini sharhlash predmeti sifatida, normativ-huquqiy hujjat chiqaruvchi organning huquq normalarida o`z aksini topgan irodasini ta`kidlasak maqsadga muvofiq bo`ladi. Sharhlovchi subyekt barcha ma`suliyatni his qilgan holda tushunishda muammo bo`layotgan tomonga yuridik va lingvistik bilimlarni uyg`unlashtirgan holda normativ-huquqiy hujjatni sharhlashi maqsadga muvofiqdir. Sharhlashning jamiyatdagi o'rni davlatning qonuniylik tamoyili asosida faoliyat yuritishi bilan belgilanadi. Totalitar tuzum sharoitida davlat sharhlash faoliyatidan o`zining maqsadlari yo`lidan foydalanadi ya`ni qonunlarning o`ziga moslab talqin qiladi.9

Huquq normalarini sharhlash jarayoni quyidagi uchta muhim masalani o‘z ichiga oladi:

1) tatbiq etiladigan huquq normalarini sharhlovchi subyektlarni aniqlash (bular: davlat organlari – davlat hokimiyatining oliy va mahalliy vakillik organlari; ijro etuvchi organlar – Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlari, turli vazirliklar va davlat qo‘mitalari; huquqni muhofaza qiluvchi organlar – sud, prokuratura, adliya, ichki ishlar idoralari va boshqalar, shuningdek jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar).

2) tatbiq qilinadigan huquq normalarining mazmunini aniqlash uchun mantiqiy, grammatik, tarixiy va tizimli usullar qo‘llaniladi;

3) tatbiq etilayotgan normalarning hajmi bo‘yicha va yuridik kuchiga qarab sharhlanadi.10

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda xulosa qilib shuni ayta olamizki, sharhlash faoliyatidan ko`zlangan maqsad jamiyatda qonuniylikni va shaffoflikni ta`minlash hisoblanadi va bu huquq normalarida uni chiqargan subyektlarning irodasi hamda normativ xususiyatlarini mazmunini anglash va tushuntirib berishga qaratilgan murakkab, serqirra va tahliliy jarayondir.

Huquqni sharhlashda uning o`ziga xos sharhlash usullari mavjud. Huquq normalarini manosini aniqlash va tushuntirish uchun sharhlashning usullari qo`llaniladi. Sharhlovchi subyekt biror bir huquq normasini sharhlayotgan paytda albatta uni har tomonlama mukammal hamda puxta izohlashi lozim. Turli xil normativ-huquqiy hujjalar ma`nosini to`liq yetkazish uchun sharhlovchidan faqatgina yuridik bilimlar emas, undan tashqari tarix, mantiq. lingistik va boshqa sohalarga oid bilimlarni talab qiladi. Bu esa albatta sharhlovchi zimmasiga o`zgacha yondashuv bilan fikrlash ma`suliyatini yuklaydi. Professor Mark Grinberg fikricha, huquq normalarini sharhlash usullari bu huquq normalarni tahlil qilish, ularning ma'nosi va mazmunini aniqlashni amalga oshirish maqsadida qo`llaniladigan vositalarning to`plamidir.11

A.Saidov va U.Tojixonovning fikricha, huquqni sharhlash usuli – subyekt tomonidan huquqiy ko`rsatmalarga binoan aniqlikka erishish maqsadida ongga yoki hissiyotga asoslangan ravishda huquq normalarining mazmunini bilishning maxsus yo`llaridir Mazkur olimlar davlat va huquq nazariyasida “sharhlash usullari” va “sharhlash yo`llari” tushunchalari o`zaro farq qilishini ta`kidlaydilar. Unga kora, “ sharhlash usuli” – bilishning maxsus texnik usuli va yo`llarini qamrab oluvchi keng tushunchadir12.

Huquqni sharhlash usullari asosiy huquqiy faoliyat sohalari, ya’ni huquqning mavjudlik doiralari bilan belgilangan bo‘ladi. Sharhlashning aniq usulini tanlash va undan foydalanish bilish kerak bo‘lgan huquqiy faoliyatning o‘ziga xos xususiyatiga hamda sharhlovchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga bog‘liq bo‘ladi. Yuridik adabiyotlarda sharhlashga ikki xilda: statik va dinamik yondashuv farqlanadi: statik yondashuvda sharhlovchi subyekt huquqning barqarorligini saqlashga harakat qiladi; dinamik yondashuvda sharhlovchi huquqning mazmunini yoritishda uni ko‘proq hayotiy voqelikka yaqinlashtirishga intiladi. Shunga mutanosib ravishda tizimli, filologik (grammatik), tarixiy-siyosiy, mantiqiy usullar huquqni sharhlashning asosiy usullari hisoblanadi.13




Download 88,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish