I bob. Huquq normаlаrini shаrhlаshning nаzаriy-huquqiy tаvsifi



Download 88,71 Kb.
bet3/11
Sana31.12.2021
Hajmi88,71 Kb.
#263750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BMI

Mantiqiy sharhlash – tafakkur jarayoni bo‘lib, huquqni talqin etayot­gan shaxs sharhlashning boshqa usullariga murojaat etmasdan faqat mantiq usullari yordamida huquq normasini izohlash usulidir. Bunday yondashuv grammatika bilan mantiqni birdek teng ko‘rish bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan P.S.Elkind quyidagicha ta’kidlaydi: «Grammatika bilan mantiq o‘rtasidagi mavjud uzviy umumiylikka qaramay, ular har qalay bilimning ikki tarmog‘ini tashkil etadi va tabiiyki, ularga asoslangan sharhlash usullari rostmana mustaqil ahamiyatga ega»19. Huquqiy qoida hayotiy holatga yaqinlashtiriladi, shuningdek, o‘xshash va qarama-qarshi jihatlar o‘rganib chiqiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi: «Qasddan odam o‘ldirish... jazolanadi...», deb ta’riflaydi. Bunda qonun chiqaruvchi qotillikning o‘zini emas, balki uni sodir etgan shaxsni nazarda tutgani aniq. Shuning uchun mazkur moddaning fikran o‘zgartirilgan matni quyidagicha bo‘ladi: «Qasddan qotillikni sodir etgan shaxs... jazolanadi». 20. Jinoyat kodeksining maxsus qismining ko‘pchilik moddalari shu prinsip asosida ishlab chiqilgan. Shuning uchun Jinoyat kodeksi normalarini sharhlovchi shaxs hamisha fikran mantiqiy o‘zgartirishlarga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.

Normativ-huquqiy hujjatlarni teleologik (maqsadli) sharhlash ularni chiqarishdan ko‘zlangan bevosita, yaqin kelajakdagi, pirovarddagi maqsadlarni belgilashga qaratilgan bo‘ladi.

Teleologiya, ya’ni maqsadga muvofiqlik va hayotdagi maqsadlar to‘g‘risidagi ta’limotga muvofiq, huquq va uning ayrim tarkibiy qismlari tizimli hodisa sifatida aniq maqsadga yo‘naltirilgandir. Teleologik sharhlash qonun qanday maqsadni ko‘zlaganligi bilan bog‘liq holda uning ma’nosini aniqlashdir. Norma va uni amalga oshirishning obyektiv oqibatlari bilan aloqasi teleologik sharhlashni mustaqil usul sifatida ajratib ko‘rsatish uchun asos bo‘ladi. Mazkur usulda bilish vositasi sifatida mantiq qonunlaridan, tizimli obyektlar to‘g‘risidagi fan qonunlaridan, maxsus yuridik bilimdan, tarix va shu kabilardan foydalaniladi.


Download 88,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish