e-qaror.gov.uz
12.06.2022
1
2022 - yil 31 -
yanvar
21-4-61-Q/22
Kasbi tuman hokimligi
Qashqadaryo viloyat hokimining 2022- yil 22- yanvardagi “O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni
rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish
masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” PQ-31-son qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi 24-4-0-
Q/22-sonli qarori to‘g‘risida
Qashqadaryo viloyat hokimining 2022- yil 22- yanvardagi “O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada
tadbirkorlikni
rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari
bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
PQ-31-son qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi 24-4-0-Q/22-sonli qarori ijrosini
ta’minlash
maqsadida, “Mahalliy
davlat
hokimiyati
to‘g‘risida”gi
Qonunning
6,
25-moddalariga
asosan
QAROR QILAMAN:
1.Qashqadaryo viloyat hokimining 2022- yil 22- yanvardagi “O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni
rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari
bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
PQ-31-son qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi 24-4-0-Q/22-sonli qarori ma’lumot
va ijro uchun qabul qilinsin.
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan Mahallabay
ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, uning Qoraqalpog‘iston
e-qaror.gov.uz
12.06.2022
2
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari hamda
mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari (keyingi o‘rinlarda –
Markazlar deb yuritiladi) Respublika komissiyasi va respublika vakillaring ishchi
organlari etib belgilanganligi inobatga olinsin.
3.Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (M.Jo‘rayev), tuman hokimining
o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, tuman moliya bo‘limi
(A.Tursunov), tuan tijorat banklari (N.Yusupov, A.Ishboyev),
aholi bandligiga
ko‘maklashish markazi (B.Maxmaraximov), bir oy muddatda 2022- yilda aholini
tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘zini o‘zi band qilish va ish bilan
ta’minlash bo‘yicha ajratiladigan subsidiyalarni
har bir mahalla kesimida
mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati va xonadonlar sonidan kelib chiqib
taqsimlasin.
4.Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (M.Jo‘rayev) bir oy muddatda:
hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni,
Markazning ustavi va tuzilmasini taqsimlash chorasini ko‘rsin;
hokim yordamchilari va Markazni tegishli bino (xona), moddiy texnika va
zamonaviy axborot vositalari (mebel, kompyuter to‘plami, aloqa,
internet va
boshqalar) bilan ta’minlasin.
5.Tuman hokimi o‘rinbosari (M.Jo‘rayev), tuman hokimligi tashkiliykadrlar
guruhi (J.Yuldoshev), hokim yordamchilarini o‘qitish maqsadida o‘quv
seminarlariga iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi tashkilotlar va
boshqa tashkilotlarning yetarli malaka va tajribaga ega bo‘lgan rahbar hodimlarni
jalb qilgan holda o‘quv-seminarlarini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni
hal etsin.
6.Tuman hokimligi Axborot xizmati (G.Tugalova), “Sadoqat”
gazetasi
(Z.Xalilov) ommaviy axborot vositalarida mahalliy davlat hokimiyati organlari
tashkiliy tuzilmasini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha
yoritib borish tavsiya etilsin.
7.Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari
M.Jo‘rayev zimmasiga yuklatilsin.