O’zbekistonda ro‘y berayotgan migratsion jarayonlar va ularning aholi bandligiga ta’siri”



Download 26,27 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi26,27 Kb.
#403880
Bog'liq
o\'zbekiston migratsiyasi


"O’zbekistonda ro‘y berayotgan migratsion jarayonlar va ularning aholi bandligiga ta’siri”
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “... yangi ish o’rinlari tashkil etish va mamlakatimiz aholisi bandligini ta’minlash 2013 yil va undan keyingi yillarga mo’ljallangan maqsadli vazifalarni hal qilishning eng muhim ustivor yo’nalishi bo’lib qoladi” Ish o’rniga bo’lgan ehtiyoj mehnat bozorida ilk bor ishchi kuchini taklif qiladigan shaxslar (akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o’quv yurtlari va boshqa ta’lim muassasalari bitiruvchilari bo’lmish mehnatga layoqatli yoshlar), shuningdek, ishga joylashishga muhtoj band bo’lmagan aholi (ish joyi va daromad manbaiga ega bo’lmaganlar) hisobidan shakllantiriladi. Ish o’rniga bo’lgan ehtiyoj mehnat bozoridagi ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif balansi, demografik jarayonlar tahlili asosida aniqlanishi zarurdir. Bunda iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish va texnologik yangilash natijasida bo’shab qoladigan ishchi o’rinlar hisob-kitobiga alohida e’tibor qaratiladi. Postsovet hududi ichida migratsion jarayonlarda eng faol ishtirok etayotgan mamlakatlar qatoriga O’zbekiston ham kiradi. Mamlakatdagi ichki migratsion jarayonlarning markazi Toshkent shahri bo’lib qolayotgan bo’lsa, tashqi migratsion jarayonlarda asosan O’zbekiston bilan iqtisodiy–ijtimoiy munosabatlarda faol qatnashayotgan hamda o’zbekistonliklarning milliy mentaliteti va xarakteri mos tushadigan mamlakatlar o’rin egallamoqda. Bu mamlakatlar orasida birinchi o’rinda Rossiya, keyingi o’rinlarda: Qozog’iston, Janubiy Koreya Respublikasi, Boltiq bo’yi davlatlari va qisman Ukraina(maydan voqyealarigacha), Yevropa qit’asida esa, Turkiya, Germaniya, Angliya va Gresiya mamlakatlari turadi. Amerika qit’asida esa, AQSh va Kanadada o’zbek millatiga mansub bo’lgan yoki o’zbekistonlik fuqarolarning migratsion jarayonlardagi ishtirokini kuzatish mumkin. Yaqin sharq yoki Afrika qit’asida Misr Arab Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklarida ham o’zbekistonliklarning mehnat qilib yurganliklari to’g’risida jamoatchilik fikri ma’lumot beradi. Bundan tashqari, Malayziya va Hindistonda ham o’zbeklarning ma’lum darajadagi migratsion ishtiroki mavjud. Misol sifatida tahlillarga ko’ra, 2012 yilda Nurobod tumanidan xorij davlatlariga uzoq muddatli chiqib ketganlar soni 3 937 nafarni tashkil etgan. Ayrim statistik ma’lumotlarga qaraganda bugungi kunga kelib O’zbekistonliklarning 2 mln. 247 ming aholisi migratsiya jarayonlarida qatnashmoqda (2008-2009 yy.). O’zbekiston Respublikasi Mehnat va va aholini muhofaza qilish vazirligi tomonidan taqdim etilgan statistik ma’lumotlarga (2008 yilning 31 dekabriga) qaraganda O’zbekiston Respublikasidan ketgan va kelgan shaxslarning safar maqsadlari bo’yicha taqsimoti ma’lumotlariga ko’ra, jami 2 mln. 224 ming 747 kishi ishtirok etgan. Shu bilan birga, bir tomondan, ayrim o’zbekistonliklarning norasmiy migrantligi, Каримов И.А. Бош мақсадимиз-кенг қўламли ислоҳотлар ва модернизация йўлини қатъият билан давом эттириш. – Т.: “Ўзбекистон”, 2013. – 14 бет.
ikkinchi tomondan, aholining notartib migratsion mobilligi, ma’lum vaqtlarda, aniq statistik axborotni olish muammosini keltirib chiqardi. Ushbu aytilgan fikrlarning amaliy ko’rinishi o’zbekistonliklarning Koreya Respublikasiga mehnat migratsiyasida ko’zga tashlanadi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi respublikamizda rasmiy mehnat migratsiyasini tashkil qilish bilan shug’ullanadi. Jumladan, 2006 yilda Koreya Respublikasi Mehnat vazirligi imzolagan Memorandum asosida Koreya Respublikasi ish beruvchilari rasmiy mehnat shartnomasi asosida fuqarolarimizni u yerga ishlash uchun tashkiliy ravishda jo’natib kelmoqda. Buning uchun, avval, talabgorlar koreys tili bo’yicha test sinovlarini topshiradilar, so’ngra koreyali ish beruvchilari tomonidan mehnat shartnomasini olgan fuqarolar ketish oldidan moslashuv o’quv mashg’ulotlariga qatnashib, tibbiy ko’rikdan o’tadilar va rasmiy ravishda, o’z ish joylariga kuzatib qo’yiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, ishga ketuvchilarning 90%

ЎзР Меҳнат ва аҳолини муҳофаза қилиш вазирлигининг 2008 йил 31 декабргача бўлган маълумотлари


o’zbek va 10 % boshqa millatlarga mansub bo’lib, ular asoson qishloq joylarida istiqomat qilishadi. Koreya Respublikasiga ishga ketayotgan rasmiy migrantlar tarkibida ayollar soni boshqa (Rossiya, Qozog’iston va h.k.) davlatalarga ketayotgan nomuntazam migrantlar tarkibidagi ayollar soniga nisbatan kamchilikni tashkil qiladi. Bunga asosay sabab qilib, birinchi navbatda, Koreya Respublikasining uzoqligi, hayot tarzi va madaniyatlaridagi farqlar hamda ayollarning nibatan sanoat korxonalarida kam ishlashga qiziqishlarini ko’rsatish mumkin. Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshqa davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlayotganligini e’tiborga olgan holda va ishga borgan migrantlarning rasmiy maqomi va uning haq huquqlari himoyanlanganligi, shuningdek, u yerdagi sanoat korxonalarida malakali mutaxassis bo’lib, respublikamizga qaytganidan so’ng o’z yashash joylaridagi sanoat korxonalarini rivojlanishi uchun o’z hissasini qo’shishini nazarda tutib, bu yo’nalishda aniq ishlar qilish kerakligini ta’kidlash joiz. Jumladan, migrantlarning mehnat qobiliyatini hisobga olish, ish vaqti optimal reglamentlashtirilganligi va boshqa sharoitlar qulayligi migrantlarni ayni shu mamlakatda ishlashga moyilligini rag’batlantiruvchi omillar hisoblanadi. Bu jarayonning davlat tomonidan tashkillashtirilishi va nazorati O’zbekiston davlatida fuqarolarini ijtimoiy muhofazasini namoyon qiladi. Ya’ni, migrantlarga ish beruvchi mamlakatlarda qonunning huquqiy makonini yaratilishi, migrantlar manfaatlarini himoya qilishi davlatning tashqi funksiyasini tashkil qiladi. Dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlarga ketgan o’zbekistonliklarning katta qismi xorij tilllarini yaxshi o’zlashtirgan talabalar, malakali texnik va sanoat xodimlari, hamda yuqori salohiyatga ega bo’lgan professor–o’qituvchilardan tashkil topadi. Shuningdek, ushbu mamlakatlarning o’z yurtlariga xorijlik fuqarolarni jalb etishga qaratilgan loyiha, dasturlar (masalan, GREYeN CARD va shu kabilar) bo’yicha ham migratsiya rivojlanib bormoqda

АҚШ Иммиграция Департаменти Ҳисобот. www. greencardlottery.com

Hozirga kunda O’zbekistonda migratsion jarayonlarni gorizontal va vertikal yo’nalishlarda ijtimoiy-sosiologik tadqiq qilinib, ularni turkumlashtirishda muayyan ilmiy izlanish natijalari e’lon qilinmoqda. mazkur natijalarni umumlashtirib, O’zbekistondagi migratsion jarayonlarda inson omili rolini izohlashda tadqiqotchi K.Kalanovning tadqiqotlari muhim o’rin egallaydi K.Kalanovning tadqiqiotlarida izohlanishicha O’zbekiston fuqarolarining uzoq xorijiy mamlakatlarga tashqi migratsiyasi: rasmiy doimiy emigratsiya; rasmiy vaqtichalik emigratsiya; norasmiy emigratsiya; ekologik emigratsiya; intellektual migratsiya shaklida yuz bermoqda. O’zbekiston fuqarolarining MDH davlatlariga migratsiyasi (gastarbayter va yollanma ishchilar); doimiy rasmiy migratsiya (fuqarolikni olish); vaqtinchalik etnik migratsiya (etnik vatanga borib ishlash); ekologik migratsiya; intellektual migratsiya (tadqiqotchilar, olimlar, talabalar va shu kabilar).

Shu kabi O’zbekistonning o’z hududi ichidagi migratsiya: vaqtinchalik iqtisodiy migratsiya (mardikorlar); vaqtinchalik va doimiy majburiy ekologik migratsiya (favqulodda vaziyatli hududlardan aholini ko’chirish); uzoq qishloq tumanlaridan yirik shaharlarga yoshlarning vaqtinchalik va doimiy tartibsiz migratsiyasi; kichik shahar, shaharcha, uzoq tumanlardan yirik shaharlarga intellektual migratsiya (asosan Toshkentga) ham mavjuddir. Va nihoyat, xorijiy mamlakatlardan O’zbekistonga immigratsiya: tranzit immigratsiya (asosan Afg’oniston, Tojikiston va qisman Qirg’izistondan); shartnoma bo’yicha vaqtinchalik immigratsiya; norasmiy immigratsiya (asosan qo’shni davlatlarda istiqomat qiluvchi mahalliy o’zbeklar va qisman qardosh xalqlar).



Ushbu turkumlashtirish tamoyilini dastlabki metodologik asos sifatida qabul qilish mumkin. Lekin, har qanday ijtimoiy-sosiologik tadqiqot kabi, uni universal uslub tarzida qabul qilish mumkin emas. Chunki bunday ilmiy tadqiqot natijalari kompleks–sistemalikdan ancha yiroq. Ya’ni, migratsion jarayonlarga, asosan, faktorial yondoshish ustivor ahamiyat kasb etgan. Vaholanki, har qanday migratsiyaga mamlakatning urbanizasiyalashuv darajasini belgilaydigan: ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, demografik tarkibi, etnik tuzilishi, konfessional xarakteristikasi, aglomerasiya effektii va boshqa qator omillar, mental xususiyatlar (tarixiy shakllangan turmush tarzi, an’analar, oilaviy munosabatlar, oila boshlig’iga bo’ysunish psixologiyasi, oilada ko’p bolalik) juda katta ta’sir ko’rsatadi. Ulardan har birining migratsion jarayonlarga ta’siri alohida tadqiqot obekti bo’lishi mumkin. Biz ushbu jarayonlarni tahlil etishda migratsiya asosi va maqsadi bo’lgan “yollanma mehnat” kategoriyasining mazmunini aniqlashga harakt qildik. Ma’lumki, O’zbekiston hududida yollanma mehnat (oddiy aholi tilida bu mardikorlik deb ataladi) hamma vaqt bo’lgan Buning sababini mamlakatning katta iqtisodiy tarmog’i agrar sohaga yo’naltirilganligini asos qalib ko’rsatish ilmiy jamoatchilik o’rtasida ustivor mavqega ega.

Hozirgi kunda yollanma mehnatda aholining turli xil qatlamlari oshkora yoki vaziyat taqozosi tufayli ishtirok etmoqda. Biz yollanma mehnat tushunchasi orqali, kishilarning bir necha soatdan bir necha kungacha bo’lgan muddat ichida ish beruvchi bilan norasmiy, o’zaro kelishuvga asoslangan muzokaralar asosidagi mehnat faoliyatini nazarda tutmoqdamiz. Xususan, bolalar, ayollar, nafaqadagi kishilar, davlat xizmatida ishlayotgan ishga yaroqli aholi qatlamining ba’zi toifalari qo’shimcha daromad manbai sifatida yollanma mehnat tizimida faoliyat yuritaytganini kuzatish mumkin. Sobiq sho’rolar tuzumi davrida yollanma mehnat ishtirokchilari, asosan uzoq qishloqlardan o’qishga kelgan talabalar bo’lib, ular yotoqxonalarda turadiganlar orasida kuzatilgan. Bu davrda yollanma mehnat xususiy qurilish va qishloq xo’jaligi sohalarida bo’lib, davlat sektori hech qanday rol o’ynamagan. Agar davlat sektori o’z faoliyatida yollanma mehnatga jalb etilsa, uning tashkilotchilari jinoiy javobgarlikga tortilgan. Yollanma mehnatga, asosan aholi tomorqalari va xususiy uy–joy qurilishida ehtiyoj sezilgan. E’tirof etadigan tomoni shundaki, asosan bunday mehnat markaziy shaharlarda (ko’proq, poytaxt–Toshkent shahrida, eski poytaxt–Samarqand shahrida) amalga oshirilgan. Yollanma mehnat sovetlar davridan oldin ham mavjud bo’lgan. Xususan, Chor Rossiyasi hukumati birinchi jahon urushi davrida mahalliy xalqni mardikorlikka olganligi to’g’risida ko’plab tarixiy ma’lumotalar mavjud. demak, mardikorlik faqat jismoniy shaxs faoliyati bilan bog’liq bo’lmay, balki davlat tomonidan ham tashkillashtirlgan va undan turli sohalarda foydalanilgan. Sobiq tuzum parchalanib ketishi natijasida, uning o’rnida vujudga kelgan mustaqil davlatlarda yollanma mehnatda ishtirok etayotgan kishilar soni oshib ketdi. Malakaviy bitiruv ishini bajarish jarayonida bizning ijtimoiy-sosiologik tadqiqotlarimiz, uning sabablarini quyidagi omillar bilan bog’liqligini ko’rsatdi. Ya’ni: xususiy sektor rivojlanishiga keng yo’l ochib berilishi, tabiiy ravishda, arzon va sug’urtasiz mehnatga ehtiyojni oshirib yubordi; Chet el texnologiyalari va sarmoyalarining ko’p miqdorda kirib kelishi va ularni joylashtirshni reglamentlashtiruvchi qonunlar nochorligi tufayli qurilishda, biznesda, kommunal xizmat va boshqalarda arzon yollanma mehnat bozori vujudga keldi. Bozor iqtisodiyoti davrida xususiylashtirish va barcha narsalarga to’lov tizimining joriy etilishi odamlardan muayyan moliyaviy imkoniyatni talab eta boshladi va mazkur ehtiyojlarni qondirish zaruriyati mehnat bozorida yollanma mehnat taklifini kuchaytirdi; Shaharlarda ish joylarining isqarib ketishi, ekologik vaziyat keskinlashuvi qishloq xo’jalik mahsulotlari xarajatlarining tannarxini qoplamasligi mehnat bozorini to’ldirdi. L.P.Maksakovaning fikricha, migrant ishchilar xorijdagi korxonalarda ishni tashkil etishdan tashqari, uni boshqarish, bozor iqtisodiyoti ko’nikmalarini shakllantirish, zamonaviy bilimlarni o’rganib, texnologik tajriba va malakalarini boyitib qaytadi. Shuningdek, ishchi kuchini eksport qilish respublika valyuta tushumlarining sezilarli manbai bo’lib qoladi va natijada ushbu daromad hisobiga yangi ish joylari barpo etish imkoniyati ortmoqda.

Keyingi yillarda O’zbekistonda migratsiya jarayonida vujudga kelayotgan muammolar va ularning yechimiga doir muayyan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Mazkur tadqiqotlarda, ishchi kuchi migratsiyasini keltirib chiqaruvchi sabablar, ularning ahamiyati, afzalliklari yoritib berilishi bilan bir qatorda, bu oradagi ishlarni xalqaro tajriba asosida tashkil etishga yo’naltirilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Qator olimlar mamlakatimiz yoshlarining qishloqdan shaharga, shahardan uzoq xorijiy davlatlarga vaqtinchalik borib kelish tendensiyasi o’sayotganligini, avvolo, migrantlarning daromad topish istagi, bilim olish, ish o’rganish, tajriba almashish ehtiyoji va zaruriyati bilan bog’liq ekanligini sosiologik tadqiqotlar asosida izohlaydilar.

Migratsiya jarayonini global tarzda tahlil qiladigan bo’lsak, hozirgi O’zbekiston sharoitida yollanma mehnat asta–sekin rasmiy tus olib borayotgan bo’lsa ham to’liq ijobiy ahamiyatga ega emas. Chunki, bunda bozor munosabatlariga doir bilim va ko’nikmalar to’liq shakllanmagan yollanma mehnat kishisi mentalitetidagi an’anaviy xususiyatlar o’z inersiyasini saqlab qolmoqda. Bu xorijga borib ishlash uchun ketayotgan migrantlar psixologiyasida ham saqlanib qolmoqda. Shuning uchun xorijda ishlab kelish istagida bo’lgan migrantlarni tayyorlash jarayonida pedagogik va marketing–boshqaruv mahoratini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Chunki yollanma mehnat uchun xorijga borgan ishchilarning mehnat shartnomasi buzilishi, natijada esa, mamlakat va millat sha’niga jiddiy salbiy baho berishga sabab bo’lishi mumkin. Xuddi shuningdek, migratsiya jarayonlarining jahon tajribasini o’rganish asosida, uning O’zbekistondagi xususiyatini ijtimoiy-sosiologik baholash va prognozlashtirish mumkin;

Migratsiya natijasida boshqa mamlakatlarda o’zbeklarning diasporalari shakllanishini sosiologik tahlil qilish muhim ilmiy ahamiyatga ega; an’anaviy jamoaviy–oilaviy turmush tarzini kechiradigan o’zbeklarning migratsiya oqibatida individual–oilasiz hayotiga, mentaliteti va ruhiyatiga o’tkazadigan ta’sirini atroflicha o’rganish zarur; O’zbekistondagi ommaviy migratsion jarayonlar davomiyligini va uning ijtimoiy oqibatlarini bartaraf qilish lozim.

XX asrning so’ngida demografik tendensiyada migratsiyaning misli ko’rilmagan oqimi vujudga kelganligi kuzatilmoqda. Ya’ni, ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo’lgan mamlakatlarning fuqarolari ishchi kuchiga ehtiyoji oshib borayotgan rivojlangan Yevropa mamlakatlariga oqib kela boshladilar. Ushbu jarayon ba’zi davlatlarda demografik inqirozning oldini olayotgan bo’lsa, boshqalarida ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Inson omilining milliy iqtisodiyot rivojidagi roli ortib bormoqda. Jahon iqtisodiyotida davlatlarning demografik ahvoli, aholi tizimi va sifati juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tizimni aholi soni, yoshi, mehnatga layoqatli aholi soni, tug’ilish va o’sish koyeffisiyentlari, migratsiya effekti, savodsizlik darajasi kabi bir qator ko’rsatkichlar tashkil etadi. O’zbekiston fuqarolarining migratsiyada ishtirok etish sabablari tahlili natijasida quyidagi holatlar aniqlandi. Ya’ni migratsion jarayonlarning katta ulushi, o’zbeklar tili bilan aytganda, tirikchilik uchun moddiy mablag’ orttirish maqsadida mamlakat tashqarisiga chiqib ketayotgan bo’lsa, boshqalari bilim va malakalarini oshirishga, aksariyat holatlarda, rusiyzabon aholining katta qismi o’zlarining etnik vatanlariga yashash va mehnat qilish uchun ketmoqdalar. O’zbekistonliklarning tashqi migratsion jaryonlarda faol ishtirok etishini, tabiiyki, faqat mamlakatda hammani to’liq ish bilan ta’minlash imkoniyati yo’qligi bilan bog’lash noo’rin. Negaki, katta demografik muammolarni boshidan kechirayotgan Rossiya Federasiyasi va Qozog’iston hukumati Xitoy va Kavkaz xalqlardan ko’ra, islom diniga e’tiqod qilish bilan birga, mehnatsevar va tinchlikka moil, boriga qanoat qilib yashaydigan: o’zbek, qirg’iz, qoraqalpoq va tojiklarni o’z hududlarida orqada qolgan tarmoqlarida; qishloq xo’jaligi, turli xil og’ir mehnatlar va mamlakatning taraqqiy etmagan hududlaridagi turli jisimoniy mehnatga jalb qilishdan manfaatdor. Janubiy Koreya Respublikasi esa, O’zbekiston bilan uzoq muddatlik teng sherikchilik asosida olib borilayotgan davlat siyosatiga muvofiq ko’pchilik o’zbek yoshlarining ish bilan bandligini ta’minlab bermoqda. Shuningdek, O’zbekistonda koreys tili va madaniyatini o’rgatish markazlarida ta’lim olgan ko’plab talabalarning Janubiy Koreya universitetlarida ta’lim olishga bo’lgan intilishlari oshgan. Yuqorida keltirilgan migratsiya jarayonlarini tahlil qilishda ijtimoiy-sosiologik tadqiqotlarning o’rni haqida bildirilgan fikr–mulohazalarimizdan so’ng yakun sifatida quyidagilarni ta’kidlash kerak. O’zbekistondan mamlakat tashqarisiga mehnat migratsiyasining ilk yuqori bosqichi XX asrning 90–yillariga to’g’ri keladi va bu mustaqillikka erishish, bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakllanishi bilan bog’liq. O’zbekistonlik mehnat migrantlari, birnchi navbatda, janubiy Koreya Respublikasida, Rossiya Federasiyasida ishlashni afzal deb biladilar.

Global migratsiya jarayonida O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlari: o’zbekistonliklarning etnodemografik tarkibi, mentaliteti, xarakteri, uni boshqarishning siyosiy sosiologik mexanizmlarini o’rganishni tashkillashtirish rasional usullari va vositalarini tahlil qilishdan quyidagi umumiy yakunlar kelib chiqadi. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin ichki va tashqi migratsiyaning

xarakteri, shart–sharoitlari hamda imkoniyatlari o’zgardi. Davlatning bosh islohotchilik roli va milliy taraqqiyotning modeli migratsiya jarayonini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish institusional tizimi faoliyatida yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Migratsiya jarayonini boshqarishdagi jahon tajribalarini umumlashtirish va O’zbekiston Respublikasi bilan qiyosiy tahlil qilish, uning mamlakatimizdagi strategik yo’nalishlarini belgilab berishda xizmat qiladi. O’zbekiston aholisining ijtimoiy makon va sotsial mobilligi global migratsiya jarayonidagi ishtiroki bilan belgilanadi. Zero, xalqaro migratsiyada inson omili hal qiluvchi rol o’ynaydi. Mamalakatimizdagi ichki va tashqi migratsiya tarkibi va yo’nalishlarining tuzilmaviy–funksional tahlili global tendensiyalarga mosligini ko’rsatmoqda. Shunday qilib, aholining mexanik harakatchanligi-mamlakatga boshqa joylardan ko’chib kelish va mamlakatdan ko’chib ketishni bildiradi. 2012 yilda Markaziy Osiyoning 5 davlatidagi umumiy aholining soni 64,6 million kishini tashkil etib, undan shahar aholisi 30,7 million kishini, ya’ni umumiy aholining 47,4 foizini tashkil etgan. 2007-2012 yillarda Markaziy Osiyoda aholining o’rtacha yillik o’sishi 1,6 fozga teng bo’lgan prognozlarining kщrsatishicha, 2050 yilda Markaziy Osiyodagi umumiy aholi soni 82 million kishiga yetib, undan 55,2 foizi shaharlarda yashaydi. Oxirgi 20 yil ichida O’zbekistonda shahar aholisi 10,2 foizga, Qozog’istonda 5 foizga, Turkmanistonda 2 foizga o’sgan bo’lsa, Qirg’izistonda 2 foizga, Tojikistonda 9 foizga qisqargan. Buning asosiy sababi-Qirg’iziston, Tojikistonda deurbanizasiya jarayoni. ya’ni qishloq aholisining ko’payishi kuzatilgan bo’lib, shahar aholisi 38,2 foizdan 33,9 foizga qisqargan.

Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar natijasi bunga asosiy sabab bo’lib, bu davlatlarda sanoatning qisqarishi, agrar sektorning o’sishi ham bandlik bilan bog’liq muammolarining kelib chiqishiga sababchi bo’lmoqda. Hozirgi kunda dunyo miqyosida 600 ta yirik shaharlar mavjud bo’lib, unda sayyoramizdagi aholining 5 dan 1 qismi yashaydi, dunyo miqyosida ishlab chiqilgan YaIM ning 50 foizi shu shaharlar hissasiga to’g’ri keladi. Respublikamizdagi demografik vaziyatga nazar soladigan bo’lsak, davlatimiz nafaqat Markaziy Osiyoda, qolaversa, dunyoning boshqa davlatlari o’rtasida ham aholisining jadal o’sib borayotgani bilan ajralib turadi.Xullas, respublikamizda aholining tabiiy o’sish sur’atlari yuqori bo’lib, O’zbekiston, aholisining soni bo’yicha, MDH mamlakatlari ichida 3-o’rinni va markaziy Osiyo davlatlari ichida 1-o’rinda turadi. Migratsiya jarayonlarining jahon tajribasini o’rgangan holda, malakaviy bitiruv ishining bosh maqsadidan kelib chiqib, quyidagilarga e’tibor qaratildi va ayrim jihatlar aniqlandi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasiga oid qonunlarning o’zbekistonliklar mehnat qilayotgan mamlakatlarniki bilan mutanosibligi hamda farqlari migratsion jarayonlarga ta’sir ko’rsatadi; so’nggi yillarda O’zbekistonliklarning rasmiy va norasmiy migratsiyada ishtirokidagi davriy o’zgarishlar mehnat bozori konyukturasiga bog’liqdir; migratsiyada ishtirok etayotganlarning demografik holati: jinsi, oila tarkibi; yosh ko’rsatkichi; yashash



joyi; millati; mahalliy xususiyatlari migratsiya xarakterini belgilaydi.
Download 26,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish