Hozirgi zаmon fаlsаfаsi, uning аsosiy oqimlаri reja



Download 253,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana08.05.2021
Hajmi253,73 Kb.
#63724
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ta'lim, Falsafa - Madaminova D.I.



HOZIRGI ZАMON FАLSАFАSI, UNING АSOSIY OQIMLАRI 

REJA: 

1. Hozirgi zamon falsafasi, asosiy oqim va eng asosiy tamoyillari. 

2. Yangicha falsafiy tafakkurga asos solgan sharq olimlari. 

3. Falsafaning jamiyat taraqqiyoti töğrisidagi ta'limotlar asosida tadrijiy taraqqiyot 

va inqilobiy sakrashlar yölidan borishni ilgari surgan ta'limotlar. 

4. Xulosa: 

 

1.  Hozirgi zamon falsafasi, asosiy oqim va eng asosiy tamoyillari. 

Maʼlumki,  hamma  zamonlarda  ham  falsafa  oʼz  davrining  dolzarb  muammolarini 

hal etish yoʼllarini topishga harakat qilgan. XXasrga kelib insoniyat fan va texnika 

taraqqiyoti sohasida ulkan  yutuqlarni qoʼlga kiritdi.  Lekin shu bilan birga, aynan 

ushbu  asr  ijtimoiy  silsilalar,  ikkita  jahon  urushi,  ekologik  inqiroz,  ogʼir 

yoʼqotiishar  davri  ham  boʼldi.  Bu  esa  falsafiy  fikr  taraqqiyotida  uz  aksini  topdi, 

uning turli yoʼnalish va oqimlari shugʼullangan muammolarning salmogʼi, maqsad-

muddaosini  aniq  belgiladi.  Buning  natijasi  sifatida,  hozirgi  davr  falsafasida 

nihoyatda  xilma-xil  oqim  va  yoʼnalishlar  mavjud.  Oʼz  navbatida,  bu  ilm-fan  va 

amaliyotning  hamda  XIX  asrning  ikkinchi  yarmi  va  hozirgacha  boʼlgan  falsafa 

ilmi  rivojining  asosiy  xususiyatlarini  belgilaydi.  Hozirgi  zamon  falsafasining  eng 

asosiy  tamoyillari  umuminsoniylikning  ustuvorligi,  uning  milliylik  bilan 

uygʼunligi, 

demokratik 

erkinliklar, 

inson 


qadri, 

biror 


taʼlimotni 

mutlaqlashtirmaslikdir.  Bagʼrikenglik  va  tolerantlik  hozirgi  falsafiy  taʼlimotlar 

rang-barangligini  taʼminlaydi.  Аnʼanaviy  falsafada,  turli  gʼoyaviy  tizimlarga 

boʼlinishiga  qaramay,  muhim  muammolarni  hal  etishda  maʼlum  bir  umumiylik 

mavjud  edi.  Hozirgi  zamon  falsafasida  aksincha,  falsafiy  muammolarning  koʼp 

xilligi va oʼziga xosligi, turli-tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning mustaqil 

yoʼnalish  sifatida  shakllanganligi  yaqqol  koʼzga  tashlanadi.  Аnʼanaviy  falsafada 

akut  —  inson  mohiyatining  belgilovchisi,  deb  talqin  etilgan  boʼlsa,  endi 

ratsionalizmga qarshi insonning mavjudligi (ekzistentsializm) muammolari hamda 

uning  noratsional  mohiyati  ilgari  surila  boshladi.  Yaʼni,  ilgari  maʼrifatparvarlik 

gʼoyasi ustuvor boʼlsa, endilikda koʼproq inson huquqlariga eʼtibor kuchayib ketdi. 

Falsafa  goʼyoki,  mavhumlikdan  aniqliktomon  bordi,  umumiy  emas,  aniq-ravshan 

masalalarni hal qilish boshlandi. Аnʼanaviy falsafada hodisalar mexanika qonunlari 

asosida tushuntirishga harakat qilingan boʼlsa, endi bunday tahlil doirasidan chetda 

qolgan  muammolar  oʼrganila  boshlandi.  Bugungi  kunga  kelib  koʼpgina  falsafiy 

oqimlar oʼzlarining anʼanaviy falsafaga aloqador ekanliklarini hamda ulardan farq 

qilishlarini taʼkidlash maqsadida, nomlariga “neo”, yaʼni yangi, zamonaviylashgan 

degan  maʼnoni  anglatuvchi  qoʼshimchani  qoʼshganlar.  Masalan,  neopozitivizm, 




neotomizm  va  boshqalar  shular  jumlasiga  kiradi.  Fanning  jamiyat  hayotidagi 

oʼrnini  belgitsientizm  va  lash  fia  a  nisbatan  munosabatga  qarab,  antispientizm 

zamonaviy falsafiy taʼlimotlarni asosan ikki yoʼnalishga ajratish mumkin. Ulardan 

biri  —  stsientizm  (lot  scientia  —  fan)  yaʼni,  fan  mavjud  barcha  ijtimoiy 

muammolarni  hal  etishi  mumkinligini,  ilm-fan  taraqqiyotining  doimiy  ijobiyligini 

asoslovchi  falsafiy  dunyoqarash.  Stsientizm  goyalari  neopozitivizm,  texnologik 

determinizm kabi taʼlimotlarning asosini tashkil etadi. Ikkinchisi — aitistsieitizm, 

yaʼni fan taraqqiyoti jamiyat hayotiga salbiy taʼsir koʼrsatishini asoslovchi falsafiy 

dunyoqarash.  Bunday  dunyoqarash  ekzistentsializm,  Frankfurt  ijtimoiy-falsafiy 

maktabi,  Rim  Klubining  bir  qator  tarmoqlarini,  baʼzi  diniy-falsafiy  oqimlarning 

fanga  munosabatini  ifodalaydi.  Аntistsientizm  ilm-fan  taraqqiyotining  natijalarini 

nazorat  ostiga  olish,  bu  masalada  jamiyat  hayotini  xavf  ostiga  qoʼymaslik  talabi 

bilan  bogʼlikdir.  Аntistsientizmning  ayrim  oʼta  ashaddiy  namoyandalari  fan-

texnika  taraqqiyotini  tamoman  toʼxtatib  qoʼyish  gʼoyasini  ham  ilgari  suradilar. 

Umuman  olganda,  XX  asr  falsafasida  bir-biriga  muqobil  boʼlgan  yoʼnalishlar 

ratsionalizm  va  irratsionalizm,  antropologizm  va  naturalizm,  stsientizm  va 

antistsientizm, materializm va idealizm oʼz oʼrniga ega boʼlmoqtsa.  

 


Download 253,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish