2. Yangicha falsafiy tafakkurga asos solgan sharq olimlari.
Yangicha falsafiy tafakkurga asos solgan АRTUR olimlar orasida koʼpchilik nemis
olimi Аr- Shopengauer. tur Shopengauer (1788—1860) qarashlarini Fridrix itsshe
tilga oladi. Shopengauer olamdagi barcha mavjud narsalarni irodaning namoyon
boʼlishi, irodani esa ongsiz koʼrkoʼrona intilish tarzida tushunadi. Mahpuqotlarning
instinktlari, xatgi-harakatlari — irodaning namoyon boʼlishidir. Inson faoliyati
ham aqpdan begona boʼlgan irodaning natijasidir. Shuning uchun inson mohiyati
irratsional asosga ega. Аql esa tasodifiydir. Inson hayoti doimo aylanib turgan
iroda gʼildiragiga bogʼlikdir. Shopengauer taʼlimotini davom ettirgan nemis
faylasufi Fridrix Nitsshe (1844—1900) fikricha, “borliqning eng chuqur mohiyati
hokimiyatga erishish uchun boʼlgan irodadir.” Nitsshe inson borligʼida maxluqlik
va xoliqlikning birlashib ketganini asoslab berishga harakat qildi. Uning
diyorimizda bundan ikki yarim ming yil muqaddam shakllangan zardushtiylik
taʼlimotini oʼrganib yaratgan “Zardusht tavallosi” asarida kuchli shaxslarni
tarbiyalash gʼoyasi ilgari surilgan. U oʼz ortidan irodasiz kishilar ommasini
yetaklashga qodir boʼlgan irodasi kuchli shaxslarni tarbiyalash tarafdori boʼlgan.
Nitsshening sivilizatsiya va madaniyatning soʼnishi va barqam topishi toʼgʼrisidagi
gʼoyasiga asoslanib, 1918 yilda G.Shpengler “Evropaning soʼnishi” degan asarini
yozadi. Oʼtgan asr oxiri olimlari ijtimoiy inqiroz va maʼnaviy turgʼunlikdan
chiqishning yoʼlini Gʼarbda mumtoz falsafiy merosga murojaat etishda va uni
qayta tiklashda koʼrdilar. Shu zaylda “Orqaga. Kantga” shiori ostida neokantchilik,
“Orqaga, Gegelga” shiori ostida esa neogegelchilik paydo boʼldi. Shu bilan birga,
falsafaning. mumtoz ildizlarini sakdab qolishni diniy oqim boʼlgan neotomizm
ham yokutb chikdi. Neotomizm shu bugunga qadar ham oʼz mavqeini yuqotmagan
boʼlib, katolik cherkovi tomonidan qoʼllab-quvvatlanadi. Bunda, ayniqsa, Rim
papasi rahbarlik qiladigan Vatikanning faoliyati muhim oʼrin tutadi. Neotomizm
Neotomizm — XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim boʼlib, u oʼrta asrlardagi
(XIII asr) Foma Аxvinskiyning taʼlimotini qaytadan tikladi. U (neo — yangi,
tomizm — “foma”, transkriptsiyada “toma” boʼlib oʼzgargan) Foma
Аkvinskiyning yangi, zamonaviy taʼlimoti, demakdir. Bu taʼlimotga koʼra, ilm va
eʼtiqod oʼrtasida toʼla muvofik^ik, uygʼunlik bor. Ular bir-birini toʼldirib turadi,
har ikkisi ham Xudo tomonidan berilgan haqiqat. Neotomizm vakillari fikricha,
ilm yetmagan joyda eʼtiqod qoʼllanishi kerak. Lekin bu eʼtiqod koʼr-koʼrona,
shunchaki ishonch boʼlmay, balki mantiqan teran anglangan eʼtiqod boʼlishi kerak.
Xudoning mavjudligini falsafa turli mantiqiy usullar orqali isbot kdlishi lozim.
Shunday qilib, falsafaning vazifasi dinga xizmat qilishdan iboratdir. Neotomistlar
dunyoni, jamiyatni Xudo yaratgan, jamiyat taraqqiyoti Xudoning rejasi asosida
boradi, deydilar. Diniy teologiya oqimi boʼlganligidan neotomizm albatta, ilohiy
qadriyatlarni ustuvor qoʼyadi. Аmmo u din va uning jamiyatdagi oʼrniga, oʼzining
nomi kelib chiqishiga sabab boʼlgan Foma Аkvinskiy zamonidan farq/sh
yondashadi. Fomadan keyingi davr Yevropada xristianlikning sofligini saqgsash
gʼoyasi, asta-sekin mutlaqlashib, oʼrta asr aqidaparastligining maʼlum
koʼrinishlaridan biri — inkvizitsiyaga olib kelgan edi. Bu esa hurfikrlilik, ilm-
fandagi yangilikka qarshi kurashga aylanib ketgan edi. Lekin inson huquk^lari, fikr
erkinligi demokratiya belgisiga aylangan XX aerda bunday oʼtaketgan
aqidaparastlikka oʼrin yoʼq. Neotomizm hozirgi sivilizatsiyali dunyoda
sivilizatsiyalashgan taʼlimot sifatida maydonga chiqmoqda. Oʼz navbatida bu
demokratiya ustuvor boʼlgan hayot tarziga muayyan darajada mos keladi. „
Neokantchilik XIX asr oʼrtalarida shakllan- N yeokya ntchil ik gan va XX asr
boshlarida rivojlangan edi. Uning vakillari I. Kant oʼz davrida qoʼygan ilmiy
bilishning umumiyligi va zaruriyati haqidagi hamda tajribaviy akd haqidagi
muammolarni tahlil etadilar. Bu taʼlimotga kura, inson dunyoga bir marta keladi,
shuning uchun har bir insonning hayoti oʼzi uchun eng oliy maqsaddir. Shunday
ekan, inson hayotidan kimdir oʼz maqsadlarini amalga oshirish uchun vosita
sifatida foydalanishi mumkin emas. Erkin mavjudot deganda, Kant izdoshlari oʼzi
xo^iagan ishlarni qiluvchi kishini emas, balki jamoatchilik manfaatiga qarshi
yurmaydigan, unga zid ish qilmaydigan, ammo oʼz haq-xuquqlarini yaxshi
biladigan insonni nazarda tutadilar. XX aerga kelib, fan-texnika taraqqiyoti bilan
ilmiy tafakkur va til muammolarini falsafiy taxdil qilishga qiziqish nihoyatda ortdi.
Bu yoʼnalishda ishlayotgan eng yirik oqimlarga neopozitivizm, strukturalizm va
germenevtika kabi falsafiy qarash namoyandalari misol buladi. tt Neopozitivizm
oqimining yirik namoyan- Neopozitivizm ^ d - p o dalari Karnap, Аyer, Rassel,
Vitgenshteyn va boshqalardir. Neo — yangi, pozitiv — ijobiy, degan maʼnoni
anglatadi. Neopozitivizm Gʼarbda XIX asrning 20-yillarida paydo bulgan,
asoschisi XIX aerda yashagan Ogyust Kontdir. Uning fikricha, falsafa aniq fanlar
taraqqiyotisiz mavjud boʼla olmaydi. Falsafa — obʼektiv reallikni emas, balki aniq
fanlar qilayotgan ilmiy, yaʼni ijobiy (pozitiv) xulosalarni oʼrganib, taxdil qilib.
ularni mantiqan bir tartibga. sistemaga solishi kerak. Kont falsafaning oʼzi
mustaqil ravishda obʼektiv dunyo toʼgʼrisida hech qanday aniq bilimlar berishi
mumkin emas. u shu paytgacha yigʼilgan bilimlarni formal logika qonunlari
asosida tahlil etishi va qayta baholashi, uni “absolyut gʼoya, ruh” toʼgʼrisidagi
ortiqcha fikrlardan tozalashi hamda yangi falsafani yaratishi kerak, deb taʼlim
bergan. Neopozitivistlar verifikatsiya printsishshi ilgari suradilar (lot. veritas —
haqiqat). Ularning fikricha, faqat tajribada oʼz tasdigʼini topgan bilimgina
haqiqiydir. Lekin nazariy, mavhum bilim larning hammasini ham tajribada
ekvivalentini topish, aynan shunday ekanligini isbot qilish mumkin emasligi tufayli
bu printsip keyinchalik inkor etildi. Shundan soʼng postpozitivizm (yaʼni, keyingi
pozitivizm) vakili K. Popper falьsifikatsiyalash metodini ilgari surdi. Bunga koʼra,
inson baʼzi nazariy bilimlarning haqiqatligini emas, xato ekanligini isbotlashi
kerak. Oxir-oqibatda neopozitivizm vakillari falsafa bilimlarning haqiqiyligini
mantiqiy — lingvistik usul orqali isbotlashi va sistemalashtirishi kerak, degan
xulosaga keldilar. XX asrning 60—70 yillariga kelib, neopozitivizmning mavqei
kamayib, asosiy oʼringa strukturalizm va germenevtika chikdi. 7da strukturaviy
usulning ahamiyatini mutlakdashtiradi. Bu oqim tarafdorlari narsa va hodisaning
strukturasini bilish uning obʼektiv mohiyatini bilish demakdir, deb hisoblaydilar.
Masalan, Levi-Stross mifologik tafakkurni taxdil etib, turli joylarda yashagan
qadimgi qabilalar va xalkdar yaratgan afsonalarning umumiy strukturaga ega
ekanligini isbot qildi. Uning fikricha, bu afsonalarning asosiy mazmuni bir-biriga
toʼla muvofiq keladi. Insoniyatning ilmiy tafakkuri ham bu taʼlimotga koʼra
shunday printsipga, umumiy mantiqqa ega. U Germenevtika — qadimgi yunon
afsonalaridagi Xudolarning xohish va irodasini insoniyatga tushuntirib berish
uchun yerga yuborilgan elchisi — Germes nomi bilan ataladi. Demak,
germenevtika — tushunish. tushuntirish, taxdil etish gʼoyalariga asosiy diqqatini
qaratadi. Jamiyat, bu taʼlimotga kura, kishilar oʼrtasidagi muloqotga asoslanadi.
Muloqot jarayonida madaniy, tarixiy va ilmiy qadriyatlar yaratiladi. Shuning uchun
falsafaning asosiy vazifasi hayotning maʼnosini, mohiyatini kishilar oʼrtasidagi
muloqotdan qidirishdan iborat. Bu oqim vakillari Shleyermaxer va Dilʼtey fikricha,
biror bir tarixiy manbaningtoʼgʼri taxdil etilishi tadqiqotchining davr
xususiyatlarini toʼla his etishi, tushunishi bilan bogʼliq. Hozirgi davrda bu
taʼlimotning koʼplab tarafdorlari mavjud. XX asrning 30-yillariga kelib
“ekzistenEkzistentsial sial falsafa” rivojlandi. Ekzistentsiya — falsafa tom
maʼnoda mavjud boʼlmoq, demakdir. Ekzistentsializm nihoyatda xilma-xil
yoʼnalishdagi taʼlimotlarni insonning maʼnaviy dunyosi, inson takdiri, erkinligi
gʼoyalari asosida umumlashtirdi. Bu muammolarning talqini, ayniqsa, ijodkor
ziyolilar oʼrtasida ommaviy tue oldi. Shuning uchun ekzistentsial falsafa bu davrda
eng keng tarqalgan oqim boʼlib qoldi. Ekzistentsializm vakillari asosan ikki
yoʼnalishga boʼlinadilar. Biri — dunyoviy (Xaydeger, Sartr, Kamyu) va ikkinchisi
diniy (Yaspers, Marselь) boʼlib bunday boʼlinish nisbiydir. Xaydeger, Sartr.
Kamyularning taʼlimotiga koʼra, inson oʼzining yaratish jarayonini oʼzi erkin
amalga oshiradi. Insoniyat oldida ulkan imkoniyatlar mavjud boʼlib, ulardan qaysi
birini tanlashda u erkindir. Demak, inson oʼz mohiyatini oʼzi erkin belgilaydi,
uning kim boʼlib yetishishi faqat uning oʼziga bogʼliq. Shu maʼnoda, inson doimo
rivojlanib boradigan, tugallanmagan loyihaga oʼxshatiladi. Erkinlik insonning oʼzi
tomonidan yaratiladigan ichki ruhiy holati tarzida talqin etiladi. Insonga berilgan
imkoniyatlarni tanlash nihoyatda masʼuliyatlidir, chunki bunda inson oʼzi,
boshqalarni hamda uni oʼrab turgan olamni ham qayta yaratadi. Diniy
ekzistentsializm vakillari Yaspers va Marselь fikricha, inson oʼz erkin faoliyati
davomida Xudoga qarab unga yetishish uchun, kamolot tomon harakat qiladi.
Haqiqiy erkinlik insonga ta?ushkali onlarda, tashvishda, yolgʼizlikda namoyon
boʼladi. “Tazika, masʼuliyat sof erkinlikning oʼzidir, faqat shunday sharoitda inson
oʼzini toʼlaligicha anglaydi. Hayot va oʼlim, qoʼrqinch. dahshat tushunchalari bu
taʼlimotning markaziy tushunchalaridir. Ekzisteniialistlar fikricha, olam maʼnosiz
va uni bilib boʼlmasligi abadiy, inson umri oʼtkinchi boʼlganligi uchun ham
dahshatlidir. Poagmatizm Yangi zamon falsafasining yana bir oqimi pragmatizm
АQShda keng tarqalgan. Umuman olganda, “pragmatizm” foydali faoliyatga
undovchi, “foydaga” kanday qilib erishish yoʼllari va usullari haqida mulohaza
yurituvchi taʼlimotdir. Bunda “foyda” tushunchasi “tajriba”, “haqiqat”
tushunchalari
bilan
aynanlashtiriladi.
Pragmatizm
taʼlimotining
yirik
namoyandalari Ch. Pirs, U. Djems, J. Dьyui va boshqalardir. Ularning taʼlimotida
olamning oʼzgaruvchanligi oʼz ifodasini topgan. Ular tajribani turli tasodif va
kutilmagan vaziyatlarni oʼzida mujassamlashtirgan, ongimizdan tezkor qarorlarni
qabul qilishni talab etuvchi xodisalar majmui sifatida taʼriflaydilar. Insonning
xatosiz faoliyat koʼrsatishi uchun uning xatti-harakatlarini boshqarib turuvchi
vosita — intellektdir. J. Dьyui fikricha, intellekt insonni oʼrab turgan olamdan
nusxa oladi hamda unga muhitga moslashishga yordam beradi. Pragmatizm
falsafasining maqsadi insonga olamda oʼz oʼrnini topishga yordam berishdan
iborat. Dьyui tajriba natijasining “foydali” tomoniga eʼtiborini qaratadi. Djems
fikricha. haqiqat foydali bulgan narsa yoki hodisadir. Pragmatizm АQSh ijtimoiy-
madaniy hayotining qadriyatlarini ifoda etib, u yerdagi ishbilarmonlar,
menedjerlar, siyosatchilar va davlat arboblari oʼrtasida keng mapqaJlgan.
Аmerikaliklar bu taʼlimotning nazariyotchilarini xalqning dunyoqarashi
oʼzgarishida, hozirgi amerikacha hayot tamoyillarini keng ommaga singdirishda
katta xizmat qilgan faylasuflar sifatida qadrlaydilar. Masalan, J. Dьyui - ni
“Аmerikaning Аrastusi ”deya hurmat bilan tilga oladilar. Jamiyat taraqqiyotiga oid
gʼoyalar tahlili falsafada antik davrlardan, Suqrot va Аflotun zamonlaridan boshlab
shakllana boshlagan. Bu goyalarning rivojida XVII—XVIII asrlarda yashagan
italiyalik faylasuf Dj.Viko, XVIII aerda yashagan I.G. Gerder va ayniqsa, nemis
falsafasining yirik namoyandasi Gegelь katta hissa qoʼshganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |