O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
Respublika ta’lim markazi
Geografiya fanidan o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan mavzu yuzasidan ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida yozilgan dars ishlanma
( VI-sinf )
Tuzuvchi: E. Nazaraliyeva RTM tabiiy fanlar bo‘limi
geografiya fani bosh metodisti.
Toshkent 2011 yil
IV-chorak 62-dars
Geografiya
Mavzuning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi
Mavzu: Yevrosiyo hududining yirik tabiiy – geografik o`lkalarga bo`linishi.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad:
O`quvchilarda Yevrosiyo materigi haqidagi bilimlar va tushunchalarni berishda davom etish, Yevrosiyo materigining tabiatiga oid bo`lgan bilimlarni yodga olish, yozuvsiz xaritalar bilan ishlash ko`nikmalarini shakllantirishda davom etish va u orqali Yevrosiyo hududining yirik tabiiy – geografik o`lkalarga bo`linishini o`rganish.
Tarbiyaviy:
O`quvchilarda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’usini shakllantirish. O`quvchilarni aqliy, estetik, ekologik, vatanparvarlik kabi tarbiyaga yo`naltirish.
Rivojlantiruvchi:
O`quvchilarni dunyoqarashini oshirish va mustaqil fikrlashga o`rgatish. Ta’limiy uslubga asosan nazariy bilimlarni kengaytirish orqali olingan bilimlarni uzviy bog`lay olish va umumiy, xususiy yo`nalishlarini ajratib olishga tayyorlash.
Dars tipi: Aralash.
Dars turi: Interfaol.
Dars o`tish metod va usullari:
Kichik guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”. “ Kim chaqqon” o`yini, “Klaster”, amaliy ish, guruhlarda ishlash, diqqatni tortish, xarita bilan ishlash.
Darsning jihozi:
Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi. (Darslik)
Materik va okeanlarning tabiiy xaritasi. Atlas
Yarim sharlar tabiiy xaritasi..
6-sinf geografiya o`qitish metodikasi;
Geografiyaga oid albom va tarqatma materiallar;
Texnik vositalar:
Kompyuter, multimedia, slaydlar.
Dars rejasi:
O`qituvchining kirish so`zi. (3 daqiqa)
Guruhlarga bo`linish. (2 daqiqa)
-
“Kim ko`p biladi”o’yini. (5 daqiqa)
-
Tezkor savollar. (8 daqiqa)
-
Slaydlar yordamida yangi mavzu bayoni. (8 daqiqa)
-
E’tiborni jamlash (6 daqiqa)
-
Yangi mavzuni mustahkamlash. Yozuvsiz xarita bilan ishlash (7 daqiqa)
6. O`quvchilarni baholash. (4 daqiqa)
7. Uy vazifa berish. (2 daqiqa)
Darsning borishi: Tashkiliy qism:
Salomlashish, davomatni aniqlash.
Rag`bat uchun turli gulchalar beriladi. Dars oxirida kimning guldastasida gulchalar ko`p bo`lsa, shu guruh g`olib hisoblanadi.
-
Guruhlash: O`quvchilar 4 ta guruhga ajratiladi.
I – guruh. Arktika.
II – guruh. Mo`’tadil.
III – guruh. Tropik.
IV – guruh. Ekvatorial.
“Kim ko`p biladi” o`yini:
Eng ko`p tabiat zonasi nomini yozish:
1. Arktika va antarktika cho`llari.
2. Tundra va o`rmon – tundra.
3. Tayga.
4. Aralash va keng bargli o`rmonlar.
5. O`rmon-dasht va dashtlar.
6. Chala-cho`llar va cho`llar.
7. Savannalar va siyrak o`rmonlar.
8. Qattiq bargli doimiy yashil o`rmonlar va butazorlar
9. Fasliy nam o`rmonlar
10. Sernam ekvatorial o`rmonlar
-
Balandlik mintaqalanishi o`lkalari.
Guruhlar javobi tinglangach, ular rag`batlantiriladi. Rag`bat uchun to`rt xil rangdagi qog`ozchalar beriladi.
O`qituvchi:
-
Mana, aziz o`quvchilar, siz bilan dunyodagi tabiat zonalari nomini yodga oldik. Siz oldingi darslarda Yevrosiyo materigining tabiatini o`rgangan edingiz. Bunda siz Yevrosiyo materigi hududining kattaligi, shunga ko`ra tabiatining ham xilma-xilligi bilan tanishdingiz.
-
Hozir materik haqida olgan bilimlarimizni yodga olsak. Buning uchun har bir guruh tezkor savollarga bir nechta javoblar ichidan mosini topib, savol yoniga yopishtirishlari kerak.
-
Savollar:
-
Yevrosiyoning eng issiq cho`li? (Rub – al - Xali)
-
Yevrosiyoning eng katta yarim oroli? (Arabiston)
-
Yevrosiyoning eng uzun daryosi? (Yanszi)
-
O`zbekistonning eng katta ko`li? (Orol)
-
Yevrosiyoda uchramaydigan irq nomi? (Negroid)
-
Yevrosiyo qaysi materiklarning parchalanishidan hosil bo`lgan? (Lavraziya)
-
Yevrosiyodagi yirik geosinklinal mintaqa nomi? (Alp-Himolay)
-
Toshkentning qadimgi nomi? (Shosh)
-
Yirik tog` tuguni? (Tibet)
-
Tabiat zonalarini keltirib chiqaruvchi omil? (Iqlim)
-
Iqlim hosil qiluvchi omil? (Relyef)
-
Tayga qanday o`rmon? (Ignabargli)
-
Osiyo so`zining ma’nosi? (Sharq)
O`qituvchi bu bilan aqliy hujum usuli orqali savollar berib, o`quvchilar bilimini aniqlaydi va o`quvchilar diqqatini jalb etadi.
O`qituvchi:
- Yer yuzidagi eng katta, eng baland supermaterik (8848m), Shimoliy yarimsharning “sovuq qutbi” mavjud, eng yirik yarimoroli, eng chuqur g`ori, eng chuqur va eng katta ko`li bor, eng uzun lianalar ham shu yerda (300 m ) o’sadi, Shimoliy yarimsharning barcha iqlim mintaqalari va tabiat zonalari shakllangan, eng katta deltasi bor, Yer sharidagi (sakkizminglik) 14 ta cho’qqining barchasi shu materikda joylashgan, doimiy muzloq yerlar maydoniga ko’ra birinchi o’rinda, berk havzalar maydoniga ko`ra yetakchi, “Qor chizig`i- balandlik qutbi” eng balanddan o`tgan joy (6400 m, Markaziy Tibet ) shu yerda.
Guruhlarga iqlim mintaqalari va tabiat zonalari nomi yozilgan jadval beriladi. Ular mos javoblarni bir-biri bilan tutashtirishlari kerak.
Iqlim mintaqalari
| Tabiat zonalari |
Ekvatorial
|
Arktika va antarktika cho`llari.
|
Subekvatorial
|
Tundra va o`rmon – tundra.
|
Tropik
|
Tayga.
| Subtropik |
Aralash va keng bargli o`rmonlar.
|
Mo’tadil
|
O`rmon-dasht va dashtlar.
|
Subarktika
|
Chala-cho`llar va cho`llar.
|
Subantarktida
|
Savannalar va siyrak o`rmonlar.
|
Mo`’tadil
|
Qattiq bargli doimiy yashil o`rmonlar va butazorlar
|
To`g`ri javoblar:
Iqlim mintaqalari
| Tabiat zonalari |
Ekvatorial
|
Arktika va antarktika cho`llari.
|
Subekvatorial
|
Tundra va o`rmon – tundra.
|
Tropik
|
Tayga.
|
Subtropik
|
Aralash va keng bargli o`rmonlar.
|
Mo’tadil
|
O`rmon-dasht va dashtlar.
|
Subarktika va Subantarktika
|
Savannalar va siyrak o`rmonlar.
|
Arktika va antarktika
|
Qattiq bargli doimiy yashil o`rmonlar va butazorlar
|
O`qituvchi oquvchilar javobini tekshirib, umumlashtiradi. To`g`ri javoblar rag`batlantiriladi.
Aqliy hujum orqali o`quvchilarga savol beriladi?
-
Yevrosiyo materigining tabiati xilma-xil bo`lishiga sabab nima?
O`quvchilar javoblari:
- Okeanlarning yaqinligi;
-
Relyefi;
-
Quyosh radiatsiyasining tushishi;
-
Geografik o`rni;
-
O`simliklari va xk.
Demak, tabiatining xilma-xilligiga qarab biz bu materikni tabiiy-geografik rayonlashtiramiz.
Tabiiy – geografik rayonlashtirish deganda materikni bir-biridan farqlaydigan muayyan qismlarga ajratish jarayoni tushuniladi.
Yevrosiyo materigi quyidagi Tabiiy – geografik rayonlarga bo`linadi:
-
Shimoliy Yevropa.
-
O`rta Yevropa.
-
Janubiy Yevropa.
-
Sharqiy Yevropa.
-
G`arbiy Sibir.
-
Sharqiy Sibir.
-
Uzoq sharq.
-
Janubi-G`arbiy Osiyo.
-
Old Osiyo.
-
O`rta Osiyo.
-
Markaziy Osiyo.
-
Sharqiy Osiyo.
-
Janubiy Osiyo.
-
Janubi-Sharqiy Osiyo.
Qani, aytingchi, nechta o`lka Osiyoda, nechtasi Yevropada joylashgan?
O`quvchilar javobi tinglangach, javoblar baholanadi.
Mustahkamlash uchun guruhlarga yozuvsiz xaritalar tarqatiladi. Ular rangli qalamlar yordamida tabiiy-geografik o`lkalarni bo`yashlari kerak.
Dars so`ngida guruhlar olgan rag`bat kartochkalari hisoblanadi, mashg`ulotda faol ishtirok etgan o`quvchilar “Eng faol guruh”, ”Eng zukko guruh”, “Eng bilimdon guruh”, ”Eng topqir guruh” nominantlari bo`iycha aniqlanib, o`quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa:
Mavzuni o`qish, yozuvsiz xaritaga Yevrosiyoning tabiiy-geografik o`lkasi xaritasini chizish.
Do'stlaringiz bilan baham: |