O‘zbekistonda oila pedagogikasining rivojlanish tarixi Kuronova Shoxsanam



Download 1,88 Mb.
Sana09.12.2022
Hajmi1,88 Mb.
#882197
Bog'liq
O‘zbekistonda oila pedagogikasining rivojlanish tarixi

O‘zbekistonda oila pedagogikasining rivojlanish tarixi

Kuronova Shoxsanam

REJA:

  • 1.Oila pedagogikasining tarixiy ildizlari.
  • 2.Avestoda oila va nikoh masalalari
  • 3.Islom ta’limotining ahamiyati.
  • 4.Tarbiya berish borasida buyuk mutafakkirlarimizning fikrlari.

Xalq donishmandlari oila muammosi va tarbiyasi haqidagi qarashlari juda uzoq tarixiy ildizga egadir. Xalq og‘zaki va yozma yodgorliklarida: maqol, hikmat, ertak, aytishuvlarda oila, ota-ona, oilaviy barqarorlik o‘zaro munosabat masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Oila pedagogikasining tarixiy ildizlari.
Oila tarbiyasidagi bolalar hayotini to‘g‘ri uyushtirish, ulami vaqtdan to‘g‘ri va unumli foydalanishning asosiy garovi ekanligini ota-onalar o‘z farzandlariga uqtirishlari lozim. Oila tarbiyasi masalalari bo‘yicha maxsus Abu Ali Ibn Sino «Tadbir al-manozil» nomli asarini yozgan. Unda olim ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritgan. Asarda oilada ota-onaning vazifasi va burchiga va oila munosabatlariga to‘xtalar ekan, ayniqsa, ota-onalaming oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o‘rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi. Ibn Sino tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy masalalariga keng o‘rin berilgan. Ota oilada o‘z farzandlariga har tomonlama yurishturishda, nutq odobida, so‘z madaniyatida, o‘zaro muomala jarayonida eng muhimi amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va haqqoniylik, samimiylikka namuna bo’lmog'i kerak.
Qadim zamonlardan boshlab Turonzaminda xalq og`zaki ijodi namunalari, Qur‘oni Karim va Hadislarda buyuk qomusiy olimlarning betakror, o`lmas asarlarida oila masalalari, oilaviy munosabatlar tizimi talqin va maxsus tavsif etilgan. Ana shunday ma‘naviyatimizning qo`hna sarchashmalaridan biri bo`lgan, qadimgi Turon va Eronzamin xalqlarining ma‘naviy qadriyati hisoblanmish-«Avesto»da ham insoniyat va uning taraqqiyoti bilan bog`liq tasavvurlar, ma‘naviy-ruhiy va axloqiy mezonlar, olamni, tabiatni bilishga bo`lgan ehtiyoj va intilish, insondagi eng oliyjanob, pok fazilatlar kuylanishi bilan bir qatorda, oila asoslari, tuzilishi, tarkibi, oila ma‘naviyati, ota-onalarning oiladagi mavqelari, oilada ayol erki, burchi va huquqlari yuksak ma‘naviy va axloqiy chizgilar asosida tavsiflanganligi diqqatga sazovor.
Avestoda oila va nikoh masalalari.
Zardushtiylarning oila ta‘limoti asosini hayotning davomiyligi, naslning aslligini ta‘minlash va, avvalo, oila qanday negizga qurilganligi masalasi tashkil etadi. Oilani tashkil etish esa dastavval nikoh bilan bog`liqdir. vBunga ko`ra nikoh zurriyod qoldirish uchun irodasi mushtarak ikki tanni qovushtiradi. U yigit va qizning bir-birini chuqur hurmat qilishiga asoslangan birligidir. Qadimgi ajdodlarimizda balog`at yoshi 15 yosh hisoblanib, oila qurishga imkoniyati va qobiliyati bo`lgan har bir yigit oila qurish va o`zidan zurriyod qoldirishga majbur bo`lgan. Imkoniyati bo`la turib, uylanmay yurgan yigit badnom qilinib, temir kamar bog`lab yursa, balog`atga yetgan qiz bola umuman turmush ga chiqishni istamasa qopga solinib yigirma besh darra kaltaklanish bilan jazolangan va darmongoh huzuridagi dori tayyorlash korxonasiga ishga jalb etilgan.
Ma’lumki,islom g’oyalari,musulmonchilikning talablari,huquqiy va axloqiy me’yorlari”Qur’on” va uning tavsirlari,”Hadisi Sharif”,shariat qoidalari bitilgan qo’llanmalar hamda ilohiyotga oid adabiyotlari mazmunida batafsil ifodalangan.Dinimizda oila va tarbiya masalariga alohida e’tibor berilgan.Unga ko’ra farzand hamisha ota-omasini hurmat qilishi,doimo ularning xizmatida bo’lishi kerak.O’z navbatida ota-onalarning farzandlari oldidagi burchlari keltirib o’tilgan.Masalan,ota-ona farzandiga yaxshi ism qo’ymog’I,ularni voyaga yetguncha boqishi,uylantirishiva bilim berishi ta’kidlangan.
Islom ta’limotining ahamiyati.
Yusuf Xos Hojib «Qudatg‘u bilig» asarida oilaviy maishiy turmush muammolariga ham katta e’tibor beradi. U kishilarni uylanib, oila qurishidan boshlab, farzand tarbiya etish, oilaning moddiy ta’minotini yuritishgacha bo‘lgan eng zaruriy vazifalarini birma bir bayon etadi. Ota-onalar nazoratida bo'lgan bolaning mas’uliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota-onaning mavqeyi alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to‘g‘ri yol farzandlarining kelajagi, kamoloti uchun nihoyatda muhimdir. Jamiyatda farzandlari hulq-atvoriga qarab ota-onalariga baho berishni aytib ularni ogohlantiradi.
Tarbiya berish borasida buyuk mutafakkirlarimizning fikrlari.
Mirzo Ulug‘bekning qarashlarida- bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o‘rin egallaydi. Shunday ekan, avvalambor, bola tarbiyasida oila muhitini to‘g‘ri tashkil qilish darkor.
Unsurul maoniy Kaykovus «Qobusnoma» pandnomasida o‘z farzanding sening haqingda qanday bo'lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo'lgil, nedinkim sen ota-onang haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, chunki farzand mevaga, ota-ona mevali daraxtga o‘xshaydir» deb yoshlarni ota-onasini hurmat qilishga e’zozlashga, mehr-oqibatli bo'lishga da’vat etadi. Ota-ona o‘z farzandi uchun hatto o‘limga ham tayyorligini ta’kidlaydi. Har bir farzand oqil va dono bo‘lsa, ota-ona mehr-muhabbatini ado etmakdin bosh tortmaydi.
Muhammad Sodiq Koshg‘ariy «Odob as-solixan» asarida uylanadigan yigit nikohdan oldin uylanmoqchi bo’lgan qizini ko‘rmog‘i, uylanadigan qizining bokira bo‘lmog‘i hamda to‘rt narsa umrda, qomatda, molda va nasabda yerdan past va to‘rt narsada, husnda va jamolda, hulqda, adabda va iffatda yerdan yuqori bo’lishi zarurligini, ta’kidlaydi. Bu fikr turmushda tinch va totuv yashash, oilada er-xotin munosabatlarida katta ahamiyatga ega.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish