Nazariya: ijtimoiy ish amaliyoti ta‟rifi, mohiyati va afzalliklari
Ijtimoiy ish nazariyasining asosiy turlari
Ijtimoiy ishda ekologik yondashuvni tizimli tahlil qilish
Ijtimoiy ishda xulqqa oid nazariya
Kuchli tomonlar nazariyasi va manbalar ta‟minoti
Inqirozli intervensiya va muammoga yo„naltirilgan nazariya
Kalit so‘zlar: nazariya, ijtimoiy ishda nazariya, usul, ijtimoiy ishda usullar, individual ish, guruhga oid ish, jamoaviy ish, ijtimoiy yo’naltirilgan model, psixologik yo’naltirilgan model, kompleks yo’naltirilgan model, tizimlar nazariyasi, tizimli tahlil, ekotizim, makrotizim, mikrotizim, bixeviorizm, xulqqa oid yondashuv, kuchli tomonlar va ustunlik nazariyasi, inqirozli intervensiya.
Nazariya: ijtimoiy ish amaliyoti ta‟rifi, mohiyati va afzalliklari. Ijtimoiy ish deganda biz nimani tushunamiz? Odatda lug’atlarda nazariyaga quyidagicha ta‘rif beriladi, bu – nimanidir izohlovchi g’oyalar tizimi;
fanni tashkil etuvchi umumlashtirilgan qoidalar majmui, qonuniyatlar majmui;
amaliy tajribani mujassamlashtiruvchi prinsiplar, g’oyalar va tabiat, jamiyat,
tafakkur qonuniyatlarini aks ettiruvchi tizim;
kimdadir paydo bo’lgan fikr, mulohaza, nimagadir qarashlar.
Nazariyalar dunyo, hodisa, odamlarning ―ishchi ta‘riflari‖ni ta‘minlaydi. Nazariyalar biz ko’rgan narsalarni ta‘riflaydi. Nazariyalar bizga quyidagilarda yordam beradi:
ta‘riflashda;
izohlashda;
avvaldan aytib berishda;
nazorat qilishda.
Ijtimoiy ish nazariyalari uning turli maktablarining evolyusiyasini, ijtimoiy ishning mohiyati va shakllaridagi o’zgarishlarni aks ettiradi. Har bir model nazariy qoidalarni qamrab oladi, inson va jamiyat haqidagi yondosh fanlar bilan bog’liq ijtimoiy ishning belgilab berilgan mohiyatini qamrab oladi.
Ijtimoiy ishning turli maktablar olimlarining ilmiy izlanishlarining natijalarini, ijtimoiy ishning rivojlanishini, ijtimoiy ish mohiyati va shakllaridagi o’zgarishlarni aks ettiradi. Har bir model nazariy qoidalarni qamrab oladi, inson va jamiyat haqidagi yondosh fanlar bilan bog’liq, shuningdek, ijtimoiy ishning muayan mohiyatini taqozo qiladi.
Nazariya nima uchun muhim? Nazariya amaliyotga quyidagi jihatlarda ta‘sir ko’rsatadi:
kuzatish: nazariya nimani ko’rish va nimani izlashni belgilab beradi;
ta‘rif: nazariya tushunchaga oid apparat va kuzatish tashkillashtirilishi lozim bo’lgan doiralarni ta‘minlaydi;
izoh: nazariya kuzatuvning turli ma‘lumotlari qay tarzda o’zaro bog’lanishi mumkinligini ko’rsatadi, bir hodisaning ikkinchi hodisa o’rtasidagi ehtimoliy aloqalarini taklif qiladi;
avvaldan aytib berish: nazariya kelgusida nima sodir bo’lishini ko’rsatib
beradi;
aralashuv: nazariya vaziyat o’zgarishining ehtimoliy usullarini ko’rsatib
beradi;
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, turli nazariyalar turli kuzatuvlarga va izohlarga olib keladi.
Ijtimoiy ish amaliyoti nazariyasi:
amaliyot uchun zarur izohlar bilan ta‘minlaydi va gid sifatida xizmat qiladi
dunyo, odamlar, jamoa va guruhga oid dinamikani tushuntirishga intilmaydilar, balki, insonni ijtimoiy kontekstda tushunishga harakat qiladilar va mazkur kontekstda undagi o‗zgarishlarga imkoniyat yaratadi.
Nazariyaning turli ko’rinishlari va ijtimoiy ishning ko’plab modellari mavjud, ular o’z navbatida turli maktablar olimlarining ilmiy izlanishlari natijalari, ijtimoiy ishning rivojlanishi, ijtimoiy ish mohiyati va shakllaridagi o’zgarishlarni aks ettiradi. Har bir model nazariy qoidalarni, inson va jamiyat haqidagi turdosh fanlar, hayotning ijtimoiy madaniy asoslari bilan o’zaro aloqani qamrab oladi, shuningdek, ijtimoiy ishning muayyan mohiyatini taqozo qiladi1.
1920-yillardan 1960-yillarga qadar ijtimoiy ishning ko’plab dasturlari inson xulqini baholash va uni o’zgartirish maqsadida tibbiy modeldan foydalanganlar. Mazkur model Zigmund Freyd tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, ijtimoiy ish mijozlarini ―bemorlar‖ sifatida o’rgangan. Mazkur yondashuvga ko’ra xizmat ko’rsatuvchining birinchi vazifasi kelgusida davolash uslubini ta‘minlash maqsadida bemor muammolarining sabablarini diagnostika qilishdan iborat bo’lgan.
Emotsional yoki xulqiy muammolari bo’lgan odamlarga shizofrenik, psixopatik, o’zgaruvchan shaxs va hokazolar kabi tibbiy yorliqlar tirkab qo’yilgan. Tibbiy yondashuv tarafdorlari insonning aqliy qobiliyatlarining buzilishi uning ichki holatining ayrim noma‘lum xususiyatlariga bog’liq, deb hisoblaydilar. Ushbu noma‘lum holat, tibbiy yondashuv tarafdorlarning fikriga ko’ra, quyidagi omillarning natijasi bo’lishi mumkin: genetik moyillik, moddalar almashinuvining buzilishi, yuqumli kasalliklar, shaxs ichidagi nizolar, kimyoviy nomuvozanatlik, himoya mexanizmlarining ongsiz ravishda qo’llanilishi yoki hissiy qayd qilishga
1Gunn Strand, Hutchinson SivOltedal. Five Theories in Social Work. Oslo: Universitets for laget Universiteteti Nordland, 2014. – Р. 119.www.uin.no
sabab bo’lgan va psixologik aspektlarni sekinlashtiruvchi kichik yoshdagi travmatik kechinmalar.
Tibbiy model hissiy va xulqqa oid muammolari mavjud bo’lgan odamlarni davolash uchun insonparvarlik yondashuvini ta‘minladi. Freydga qadar hissiy buzilishlarni shaytonga ergashish bilan bog’laganlar, ko’pincha ularni ―aqldan ozgan‖ deb hisoblab, ko’pincha kaltaklash yoki cheklangan erkinlik yordamida davolaganlar.
Ijtimoiy ishning tibbiy modelining foydaliligi XX asrning 60-yillarida shubha ostiga tushdi. Olimlar mijozning yashash sharoitiga, ichki muammolariga e‘tibor qarata boshladilar. Tadqiqotlar, shuningdek, psixotahlil usuli muammolarni davolashda unchalik samarali emasligini namoyon qildi. Shunday qilib, ijtimoiy ishni nazariy anglashda xorijda tizimni mijozlar foydasiga o’zgartirishga yo’naltirilgan islohotlarga alohida urg’u berilgan1.
Ijtimoiy ish usullari. Usullar – bu qo’yilgan maqsadga erishish usullari, jarayonlari majmui va eng qisqa yo’lidir. Ijtimoiy ish – bu qandaydir maqsadga erishish, aniq vazifani hal etish usullaridir (ilmiy-tadqiqot yoki amaliy).
Agar ijtimoiy ish usullari klassifikatsiyasi asosi sifatida ta‘sir ko’rsatilishi rejalashtirilgan odamlar olinsa, u holda ijtimoiy ishning individual va guruhga oid usullarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Individual ijtimoiy ish – xodimlar tomonidan individlarga ular bilan shaxsiy o’zaro munosabat yo’li bilan ularning psixologik, shaxslararo, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda yordam ko’rsatish uchun qo’llaniladigan yo’nalish, qadriyatlar tizimi, amaliyot turi demak.
Guruhga oid ijtimoiy ish – ijtimoiy ishning qiziqishlari va umumiy muammolari yaqin bo’lgan shaxslarning kichik guruhlari muntazam to’planuvchi va umumiy maqsadlarga erishish maqsadida faoliyat olib borishini ifodalovchi shakllari va usullari. Psixoterapevtik guruhlardan farqli ravishda guruhga oid
1Charles Zastrow. Introduction to Social work and social welfare. Empowering People. George Williams College of Aurora University. Printed in Canada: Brooks/Cole, Cengage Learning, 2010. – Р.48.
ijtimoiy ishning maqsadlari hissiy muammolarni hal etishdan iborat bo’lishi shart emas.
Jamoaga oid ijtimoiy ish an‘anaviy usullarni muvofiqlashtirish vositasi bo’lib xizmat qiladi va fuqarolarning manfaatlari, ehtiyojlari, umidlarini qondirishning ijtimoiy-siyosiy vositasi hisoblanadi. Jamoada ish olib borishda mijoz shaxsiy va ijtimoiy muammolarning chambarchas bog’liqligi va o’zaro aloqadorligini anglashiga erishish vazifasi qo’yilgan. U nizoli vaziyatlarni hal etishga yo’naltirilgan o’zaro hamjihatlikda amalga oshiriladigan harakatlarda faol ishtirok etishi lozim.
Ijtimoiy ishda professional faoliyatning mazkur turiga oid bo’lgan usullar qo’llaniladi. Ularga, avvalambor quyidagilar kiritiladi: ijtimoiy diagnostika qilish usuli, keskin vaziyatlarda aralashish usuli, jamoada ishlash usuli, ko’chalarda ishlash usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |