HISSIYOT - Emosiyalar - fiziologik aks ettirish chegarasida turuvchi va odamga o`z ehtiyojlari bilan bog`liq qo`zg`atuvchilar ta`sir qilganda o`z-o`zini boshqarishni amalga oshiruvchi psixik aks ettirishning sodda shaklidir. emosiyalar real dunyoni predmet hamda hodisalarni emas, balki ob`ektiv munosabatlarini aks ettiradi, unda mazkur predmet hamda hodisalar inson ehtiyoji uchun organizm xizmatida bo`ladilar.
Hissiyotlar faqat insonga xos bo`lib, emosional aks etish va tushunchalarni umumlashtiruvchi aks ettirishning murakkab formasidir. "Ular predmet va hodisalarning yuksak ehtiyojlarga hamda insonning shaxs sifatidagi faoliyati stimullariga munosabatini aks ettiradi." Agarda emosiyalar odamning muhit bilan o`zaro munosabatini organizm tarzida boshqarsa, hissiyotlar uning munosabatini shaxsning boshqa odamlar, jamiyat bilan munosabati tarzida boshqaradilar. . - Hissiyotlar faqat insonga xos bo`lib, emosional aks etish va tushunchalarni umumlashtiruvchi aks ettirishning murakkab formasidir. "Ular predmet va hodisalarning yuksak ehtiyojlarga hamda insonning shaxs sifatidagi faoliyati stimullariga munosabatini aks ettiradi." Agarda emosiyalar odamning muhit bilan o`zaro munosabatini organizm tarzida boshqarsa, hissiyotlar uning munosabatini shaxsning boshqa odamlar, jamiyat bilan munosabati tarzida boshqaradilar. .
Inson emosiya va hissiyotlarni faqat boshdan kechiribgina qolmaydi. Ular tashqarida mimika, pantomimika, ovoz toni, tempi va nutq ifodaliligining o`zgarishi, yurak urishining tezlashishi, yuz qizarishi va boshqalarda aks ettiriladi. Har qanday hissiyot bevosita yoki bilvosita tashqi ta`sir bilan belgilanadi. Odamning ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan narsalar undan ijobiy hissiyotlar (qoniqish, quvonish, sevish va shu kabilar..) paydo qiladi. Bunga ehtiyojlarni qondirmaslik yoki unga to`sqinlik qilish bilan aloqador bo`lgan narsalar kishidan (norozilik, g`am, qayg`u, nafrat va shu singarilar) ni keltirib chiqaradi. - Inson emosiya va hissiyotlarni faqat boshdan kechiribgina qolmaydi. Ular tashqarida mimika, pantomimika, ovoz toni, tempi va nutq ifodaliligining o`zgarishi, yurak urishining tezlashishi, yuz qizarishi va boshqalarda aks ettiriladi. Har qanday hissiyot bevosita yoki bilvosita tashqi ta`sir bilan belgilanadi. Odamning ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan narsalar undan ijobiy hissiyotlar (qoniqish, quvonish, sevish va shu kabilar..) paydo qiladi. Bunga ehtiyojlarni qondirmaslik yoki unga to`sqinlik qilish bilan aloqador bo`lgan narsalar kishidan (norozilik, g`am, qayg`u, nafrat va shu singarilar) ni keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |