EHTIROS (HAVAS) - Kuchli va shu bilan birga uzoq vaqt davom etadigan, qandaydir bir qiziqish, intilish va faoliyat bilan bog`liq bo`lgan barqaror his-tuyg`ulardir. Masalan, kishi fan, musiqa, sportga havas quyishi mumkin. Kishilarda ularning psixik va jismoniy holatiga yomon ta`sir ko`rsatadigan havaslar ham bo`ladi. Ular orasida ichkilikbozlikka, narkotiklarga (giyohvandlikka), qimor o`yinlariga hirs qo`yishni ko`rsatish mumkin. Agar kishi o`zida ana shu havaslarni engish uchun iroda kuchini topa olmasa, ular uning sog`ligiga zarar etkazadi va hatto halokatga ham olib borishi mumkin. Ayrim havaslar ancha barqaror bo`lib, uzoq davom etadi va kishini hayajonlantirib, nisbatan osoyishta o`tadi. Lekin shunday his-tuyg`ular ham borki, ular kimda paydo bo`lmasa, uni ayniqsa, kuchli va chuqur larzaga keltiradi. Psixologiyadagi bunday emosional holatlarni stressli (zo`r berish) holatlar deb atash qabul qilingan. - EHTIROS (HAVAS) - Kuchli va shu bilan birga uzoq vaqt davom etadigan, qandaydir bir qiziqish, intilish va faoliyat bilan bog`liq bo`lgan barqaror his-tuyg`ulardir. Masalan, kishi fan, musiqa, sportga havas quyishi mumkin. Kishilarda ularning psixik va jismoniy holatiga yomon ta`sir ko`rsatadigan havaslar ham bo`ladi. Ular orasida ichkilikbozlikka, narkotiklarga (giyohvandlikka), qimor o`yinlariga hirs qo`yishni ko`rsatish mumkin. Agar kishi o`zida ana shu havaslarni engish uchun iroda kuchini topa olmasa, ular uning sog`ligiga zarar etkazadi va hatto halokatga ham olib borishi mumkin. Ayrim havaslar ancha barqaror bo`lib, uzoq davom etadi va kishini hayajonlantirib, nisbatan osoyishta o`tadi. Lekin shunday his-tuyg`ular ham borki, ular kimda paydo bo`lmasa, uni ayniqsa, kuchli va chuqur larzaga keltiradi. Psixologiyadagi bunday emosional holatlarni stressli (zo`r berish) holatlar deb atash qabul qilingan.
STRESS - odamni kuchli, chuqur larzaga keltiradigan his-tuyg`ular oqibatidagi emosional holat. Ular kuchli psixik zur berishlarda: xavf - xatar vaqtida, ortiqcha jismoniy va aqliy mehnat qilishda, faoliyatning juda qiyin va mas`uliyatli damlarida vujudga keladi. - STRESS - odamni kuchli, chuqur larzaga keltiradigan his-tuyg`ular oqibatidagi emosional holat. Ular kuchli psixik zur berishlarda: xavf - xatar vaqtida, ortiqcha jismoniy va aqliy mehnat qilishda, faoliyatning juda qiyin va mas`uliyatli damlarida vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |