Hissiyotlar axloqiy, intellektual (bilim) va estetik hissiyotlarga bo`linadi. Axloqiy hissiyotlar insonning odamlarga, ishga, mehnatga, hamda o`ziga bo`lgan munosabatida ifodalanadi. Axloqiy hissiyotlar insonning axloqiy xususiyatlari: vijdonlilik, rostguylik, iltifotlik, intizomlilik va boshqa xususiyatlariga bog`liqdir. Axloqiy hissiyotlar: vatanparvarlik, insonparvarlik, o`rtoqlik va do`stlik, jamoatchilik, odamning mehnatga munosabatini ifodalovchi hissiyotlar. Uyalish va vijdon hissi, diniy hissiyot. Axloqsiz hissiyotlar: g`arazguylik, yulg`uchlik, o`zgalardan ustunlik. Intellektual hissiyotlar: havasmandlik, qiziquvchanlik, hayratlanish, taajjublanish, sinchkovlik, e`tiborsizlik, ishonch, ikkilanish, yangilikni sevish yoki undan qurqish. estetik hissiyotlar: go`zallik-xunuklik, yuksaklik-tubanlik, fojialilik-komiklik. estetik hissiyotlar axloqiy hissiyotlar bilan chambarchas bog`liqdir. - Hissiyotlar axloqiy, intellektual (bilim) va estetik hissiyotlarga bo`linadi. Axloqiy hissiyotlar insonning odamlarga, ishga, mehnatga, hamda o`ziga bo`lgan munosabatida ifodalanadi. Axloqiy hissiyotlar insonning axloqiy xususiyatlari: vijdonlilik, rostguylik, iltifotlik, intizomlilik va boshqa xususiyatlariga bog`liqdir. Axloqiy hissiyotlar: vatanparvarlik, insonparvarlik, o`rtoqlik va do`stlik, jamoatchilik, odamning mehnatga munosabatini ifodalovchi hissiyotlar. Uyalish va vijdon hissi, diniy hissiyot. Axloqsiz hissiyotlar: g`arazguylik, yulg`uchlik, o`zgalardan ustunlik. Intellektual hissiyotlar: havasmandlik, qiziquvchanlik, hayratlanish, taajjublanish, sinchkovlik, e`tiborsizlik, ishonch, ikkilanish, yangilikni sevish yoki undan qurqish. estetik hissiyotlar: go`zallik-xunuklik, yuksaklik-tubanlik, fojialilik-komiklik. estetik hissiyotlar axloqiy hissiyotlar bilan chambarchas bog`liqdir.
His-tuyg`ularni biz uchun yoqimli va yoqimsiz bo`lgan his-tuyg`ularga ajratish mumkin. Yoqimli his-tuyg`ular, ularni boshdan kechirayotgan kishining nuqtai nazari bilan qaraganda ijobiy his-tuyg`ular, yoqimsizi - salbiy his-tuyg`ular bo`ladi. Ular o`rtasida birinchi va ikkinchi his-tuyg`ularga kiritilishi mumkin bo`lgan ko`pgina oraliq his-tuyg`ular mavjuddir. Masalan, qo`rquv ba`zan jangovor ruhni, o`zini himoya qilish uchun aktiv harakat qilishga tayyorlikni o`z ichiga oladi; qo`rquv hissi orqaga qaytishga ham, dadil hujum qilishga ham undashi mumkin. Muvaffaqiyat quvonchiga ba`zan ma`yuslik hamroh bo`ladi. - His-tuyg`ularni biz uchun yoqimli va yoqimsiz bo`lgan his-tuyg`ularga ajratish mumkin. Yoqimli his-tuyg`ular, ularni boshdan kechirayotgan kishining nuqtai nazari bilan qaraganda ijobiy his-tuyg`ular, yoqimsizi - salbiy his-tuyg`ular bo`ladi. Ular o`rtasida birinchi va ikkinchi his-tuyg`ularga kiritilishi mumkin bo`lgan ko`pgina oraliq his-tuyg`ular mavjuddir. Masalan, qo`rquv ba`zan jangovor ruhni, o`zini himoya qilish uchun aktiv harakat qilishga tayyorlikni o`z ichiga oladi; qo`rquv hissi orqaga qaytishga ham, dadil hujum qilishga ham undashi mumkin. Muvaffaqiyat quvonchiga ba`zan ma`yuslik hamroh bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |