Harbiy Nizom jangovar va umumharbiy turlarga boʻlinadi. Jangovar Nizomlar qurolli kuchlar qism va boʻlinmalari turlarining jangovar tayyorgarlik asoslari hamda jangovar harakatlarni olib borishni belgilab beradi



Download 20,19 Kb.
bet1/2
Sana20.04.2022
Hajmi20,19 Kb.
#567285
  1   2
Bog'liq
Saf nizom


Harbiy nizom, Harbiy Ustav — qurolli kuchlar va qoʻshin turlarining qoʻshilma, qism va boʻlinmalaridan jangovar harakatlarda foydalanish tamoyillari, ularning maqsadlari vazifa va usullarini, harbiy xizmatchilarning majburiyatlarini, ular orasidagi oʻzaro munosabatlarni, kundalik turmush faoliyatini. harbiy xizmatni tashkil etish, oʻtash yoʻl-yoʻriqlarini izga soluvchi hamda odob-axloq normalarini va harbiy nizomni mustahkamlash asosini belgilab beruvchi rasmiy meʼyoriyhuquqiy hujjat.
Harbiy Nizom. jangovar va umumharbiy turlarga boʻlinadi. Jangovar Nizomlar qurolli kuchlar qism va boʻlinmalari turlarining jangovar tayyorgarlik asoslari hamda jangovar harakatlarni olib borishni belgilab beradi. Umumharbiy Nizomlar harbiy xizmatchilarning oʻzaro munosabatlari, ularning umumiy va lavozimga oid majburiyatlari, huquqlari, ichki, garnizon va qorovullik xizmatlarini oʻtash tartiblari va boshqalarni belgilovchi qurolli kuchlarning hamma turlari uchun umumiy majburiy qoidalardir.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat, intizom, garnizon va qorovullik xizmatlari Nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi farmoni bilan, Saf nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 1996-yil 14-oktabrdagi 238-sonli buyrugʻi bilan joriy etilgan. Harbiy Nizom 4 ta bulib ular -Ichki Xizmat nizomi uchta qism , o'n ikki bob, to'rt yuz uttiz sakkiz ta modda. Harbiy Saf Nizomi Harbiy Intizom Nizomi Garnizon va Qorovul Nizomidir.
Saf (arab. — qator, sira) — harbiy boʻlinma va qismlarning birgalikda harakat qilishi uchun muayyan tartibda joylashuvi. Quldorliktuzumining vujudga kelishi turli qoʻshin qismlarini maʼlum tartibga solish, S. tuzishni taqozo etgan. Yaqin Sharq, Yunoniston, Qad. Rim va Karfagenda qurolyarogʻlarning va harbiy ishning takomillashuvi, jang aravalarining paydo boʻlishi jangovar S.ga alohida diqqat qilishga zamin yaratgan. Turkiy xalqlar tomonidan jahon harbiy sanʼati tarixida birinchi boʻlib otliq askarlar S.ining joriy kilinishi suvoriy qoʻshinining dushman kuchlari ustidan toʻla ustunligini taʼminlagan.
Zamonaviy S. — harbiy xizmatchilar, kichik boʻlinmalar va qismlarning Nizomga koʻra, piyoda va mashinalarda birgalikda harakat qilish uchun joylashuvi. Bunda qanotlar oʻrtasidagi masofa — S.ning eni, 1sherenga (oldinda turgan harbiy xizmatchi)dan soʻnggi sherenga (oxirida turgan harbiy xizmatchi) orasidagi, mashinalar bilan turganda esa, 1chiziqda (oldinda) turgan mashinalar bilan soʻnggi (orqadagi) chiziqda turgan mashinalar oʻrtasidagi masofa — S.ning boʻyi deb ataladi. Boʻlinmalar 1 yoki 2 sherenga (mashinalar liniyasi)ga yoxud kolonnalar liniyasiga Nizom yoki komandir belgilab qoʻygan oraliq masofani saqlagan holda tizilishi — yoyiq S. boʻlib, shuningdek, boshqa zarur hollarda qoʻllaniladi. Boʻlinmalarning Nizom yoxud komandir belgilab qoʻygan oraliq masofani saklagan holda kolonnalarga tizilishi — yurish Si deb ataladi. U boʻlinmalarning marshni bajarishi, tantanali marsh va ashula bilan oʻtish kabi bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi, shuningdek, boshka zarur hollarda qoʻllaniladi. S.ni boshqarish — komandirning ovoz, signal va shaxsiy namuna, shuningdek, texnik va harakat vositalari orqali beriladigan buyruqlari orqali amalga oshiriladi.
Kolonna boʻyicha buyruqlar kichik boʻlinmalar komandirlari (mashina boshliqlari) va tayinlangan kuzatuvchilar orqali uzatilishi mumkin.
Qurolsiz bajariladigan saf amallari va harakatlari

  • O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining saf nizomida:

  • --- safda turish, qurol va qurolsiz harakat qilish;

  • ---kichik bo'linma va harbiy qismlarning piyoda va mashinalarda saf tortishi,

  • --- harbiy salom-alikni bajarish, saflar ko'rigini o'tkazish tartibi;

  • --- harbiy qism jangovar bayrog'ining safdagi holati, uni olib chiqish va olib ketish tartibi;

  • --- harbiy xizmatchilarni safga tizilish oldidagi, safga turishdagi majburiyatlari, ularni safda turish va yurishga o'rgatish talablari, shuningdek, harbiy xizmatchilarning jang maydonida harakatlanish usullari va dushman qo'qqisdan hujum qilgan vaqtdagi xatti-harakatlarini belgilab beradi.

  • O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining barcha harbiy qismlari, shtablari, boshqarmalari, muassasalari, korxonalari, tashkilotlari va harbiy bilim yurtlarining saf nizomidan qo'llanma sifatida foydalanishi majburiydir. O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 1996-yil 14-oktabrdagi 238-sonli buyrug'iga binoan joriy etilgan.

Askarning saflanishdan avval va safdagi majburiyati:

  • Har bir askar saflanishi oldidan o'zining majburiyatlarini o'ta uquvchanligi bilan ko'ngildagidek aniq bajarishi lozim. Saflanish oldidan askar: quroli, o'ziga biriktirilgan qurol-aslaha va harbiy texnika, o'q-dori, shaxsiy himoya vositalari, qazuv quroli, kiyim-kechak va anjomlari sozligini tekshirishi, kiyimini to'g'rilashi, anjomlarini o'ziga moslashtirishi va to'g'ri taqishi, o'rtog'iga kamchiliklarini tuzatishda yordam berishi, safdagi o'z o'rnini bilishi, unga tez va bo'shashmasdan borib turishi, harakat vaqtida to'g'ri, old-ort va yon tomonlaridagi oraliq masofani saqlagan holda yurishi, xavfsizlik talablariga rioya etishi, ruxsatsiz safdan chiqmasligi safda turgan vaqtida gapirmasligi va chekmasligi, komandaning komanda va buyruqlariga diqqat bilan quloq solishi, ularni boshqalarga xalaqit bermay tez va soz bajarishi, buyruq va komandalarni boshqalarga o'zgartirmay baland ovozda va aniq yetkazishi lozim.

SAF — harbiy xizmatchilar, kichik bo'linmalar va qismlarning nizomiga ko'ra piyoda va mashinalarda birgalikda harakat qilish uchun joylashuvi
IKKI SHERENGALI SAF — bunda bir sherengada turgan harbiy xizmat­chilar ikkinchi sherengada turgan harbiy xizmatchilar o'rtasidagi (orqada turgan harbiy xizmatchining kafti oldinda turgan harbiy xizmatchining yelkasiga qo'yganda) masofa bir qadam uzunligida bo'ladi.
KALONNA--harbiy xizmatchilar va seksiyalar distansiyani saqlagan holda oldinma-keyin turadigan saf. Kolonnalar ikki, uch, to'rt nafardan va undan ko'p ham bo'lishi mumkin.
QANOT — safning o'ng yoki chap chekkasi. Saf bir tomondan ikkinchi tomonga burilgan vaqtda qanotlar nomi o'zgarmaydi.
OLD — safning harbiy xizmatchilar yuzlanib turgan tomoni.
ORT — oldga qarama-qarshi tomon.
DISTANSIYA — safda oldinma-keyin turgan harbiy xizmatchilar, bo'linmalar va qismlar o'rtasidagi oraliq masofa.
SAFNING BO’YI--- kalonna holatida turgan harbiy xizmatchilarning birinchi qatordagisi va oxirgi qatordagilari orasidagi masofa.
Komandalar: “Dastlabki bajariluvchi komandalar” va “Darhol bajariluvchi komandalarga “ bo’linadi:
1. Dastlabki bajariluvchi komandalar: ogohlantiruvchi, tayyorlovchi komandalar bo’lib, darhol bajariluvchi komandalardan oldin kelib ularga tayyorlaydi. Dastlabki bajariluvchi komandalar kichik harflar bilan yozilgan va cho’zib aytiladi.Masalan: shaxdam qadam------BOS, o’ng----GA, chap----GA, ort----GA va hokazo.
2. Darhol bajariluvchi komandalar: dastlabki bajariluvchi komandalardan keyin ba’zi hollarda alohida kelishi mumkin. Darhol bajariluvchi komandalar tez aytilib,tez bajariladi va ular katta harflar bilan yoziladi. Masalan: qadam---BOS, o’ng---GA, chap---GA, ort---GA, «SAFLAN», «TEKISLAN», «ROSTLAN», «ERKIN», «TO’G’RILANSIN», «BEKOR QILINSIN» va hokazo.
«Saflan» yoki «Rostlan» komandalari berilganda qad rostlab turiladi. Bunday komanda berilganda, to'g'ri turiladi, tovonlar bir joyga qo’yiladi, oyoqlar uchi oldidagi chiziqqa to'g'rilanadi, ular bilan tovonlar kengligi bir xil bo'ladi, tizzalar bukilmaydi, lekin zo'riqtirilmaydi, ko'krak keriladi , gavda biroz oldinga chiqadi, qorin ichiga tortiladi, yelkalar yoziladi, qo'llar tushiriladi, unda kaftlar gavdaga qaratilib, yon tarafdan sonlarining o'rtasida tutiladi, barmoqlar yarim bukilib, oyoqlarga tegib turadi, bosh, iyakni oldinga chiqarmasdan, baland va to'g'ri tutiladi, to'g'ri oldga qarab turiladi, darhol harakat qilishga tayyor turish kerak bo'ladi.

Quyidagi hollarda komanda berilmagan taqdirda ham qad rostlab turiladi:

  • ---buyruq berilgan va olinganda,

  • --- bildiruv berilganda,

  • ---O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangraganda,

  • ---Harbiy salom-alik qilinganda.

«Erkin» komandasi berilganda o'zini erkin qo'yib, o'ng yoki chap tizzasini xiyol bukib, joyidan qimirlamasdan, xotirani jam qilib va gaplashmasdan turiladi. «To'g'rilansin» komandasi berilganda, safdagi joyidan jilmasdan qurol, kiyim-kechak va anjomlar to'g'rilanadi, zarur hollarda safdan chiqiladi, ruxsat uchun bevosita boshliqqa murojaat qilinadi. «To'g'rilansin» komandasi oldidan «Erkin» komandasi beriladi.



Download 20,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish