2-MAVZU. NEFT, GAZ VA GAZ KONDENSATNI BIRLAMCHI QAYTA
ISHLASH
2.1. Neft, gaz kondensati va mazutni birlamchi qayta ishlash sanoati
qurilmalari
Neftkimyo sanoatida rektifikatsiya jarayoni qurilmalari
Rektifikatsion qurilmalar asosan ikki turga bo’linadi: 1) pog`onali kontaktli
qurilmalar (tarelkali kolonnalar); 2) uzluksiz kontaktli qurilmalar (plyonkali va
nasadkali kolonnalar). Tarelkali, nasadkali va ayrim plyonkali qurilmalar ichki
tuzilishi (tarelka, nasadka) ga ko’ra absorbstion kolonnalarga o’xshash bo’ladi.
Rektifikatsiyalash kolonnalarni hisoblash ham absorbtsiyalash qurilmalarni
hisoblashdan farq qilmaydi. Faqat dastlab yuqorigi va pastki kolonna alohida
hisoblanadi, so’ngra rektifikastion qurilmaning umumiy ish balandligi aniqlanadi.
Rektifikastion kolonnalar (absorberlardan farqli) qo’shimcha issiqlik almashinish
qurilmalari (isitgich, qaynatgich, haydash kubi, deflegmator, kondensator,
sovitgich) bilan ta’minlangan bo’ladi. Bundan tashqari atrof muhitga tarqaladigan
issiqlikning yo’qolishini kamaytirish uchun rektifikastion kolonnalar issiqlik
himoyasi bilan qoplanadi.
Davriy ishlaydigan rektifikatsion kolonnalar
Davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar. Kichik ishlab chiqarishlarda
davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar qo’llaniladi. Dastlabki aralashma
haydash kubiga beriladi. Kub ichiga isituvchi ilon izli quvur (zmeevik)
joylashtirilgan bo’lib, aralashma qaynash haroratigacha isitiladi. Hosil bo’lgan
bug`lar rektifikatsiyalash kolonnasining oxirgi tarelkasi pastki qismiga o’tadi. Bug`
kolonna bo`ylab ko’tarilgan sari yengil uchuvchan komponent bilan to’yinib boradi.
Deflegmatordan kolonnaga qaytgan bir qism distillyat flegma deb yuritiladi. Flegma
(suyuq faza) kolonnaning eng yuqori tarelkasiga beriladi va pastga qarab harakat
qiladi. Suyuq faza pastga harakat qilishida o’z tarkibidagi engil uchuvchan
komponentni bug` fazasiga beradi. Bug` va suyuq fazalarning bir necha bor o’zaro
kontakti natijasida bug` fazasi yuqoriga harakat qilgani sari yengil uchuvchan
komponent bilan to’yinib borsa, suyuqlik esa pastga tomon harakat qilgani sari
tarkibida qiyin uchuvchan komponentning miqdori oshib boradi. O’rnatish va
ta’mirlashni osonlashtirish maqsadida tarelkalar orasidagi masofa 450 mm dan kam
bo’lmagan qiymatda qabul qilingan. Kolonnaning yuqorigi qismidan bug`lar
diflegmatorga o’tadi va u erda to’la yoki qisman kondensatsiyaga uchraydi. Bug`lar
to’la kondensastiyalanganda hosil bo’lgan suyuqlik ajratgich yordamida ikki qism
(distillyat va flegma)ga ajraladi. Oxirgi mahsulot (distillyat) sovitgichda
sovitilgandan so’ng, yig`ish idishiga yuboriladi. Kubda qolgan qoldiq suyuqlik
kerakli tarkibiga erishgandagina jarayon to’xtatiladi, qoldiq tushiriladi va jarayon
qaytadan boshlanadi. Qoldiqni tegishli tarkibga ega bo’lishini uning qaynash
temperaturasiga qarab aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |