20.02.2019-yil.
LABORATORIYA ISHI № 2.
Bajarish muddati: 20.02.2019-yil.
Mashg’ulot uchun ajratilgan soat: 2 soat.
Laboratoriya jihozlari: Kompyuter. Corel draw dasturi.
Mavzu: Ob’ektlar bilan ishlash asoslari. Sodda geometrik figuralar va turli bo’yoq (zalivka)lar yordamida tasvirlar yaratish.
Ishning maqsadi: Ob’ektlar bilan ishlash hamda sodda geometrik figuralar va turli bo’yoqlar yordamida tasvirlar yaratish ko’nikmasini hosil qilish.
Nazariy qism:
Corel Draw dasturi vektorli tasvirlarni yaratishda yupqa chiziqlardan tortib har xil formaga ega kistlardan foydalanadi.
Vektor grafikasi “qo’l yordamida” chizishdan yiroq, shuning uchun avval obektning vektor konturini chizish kerak keyin esa uni qanday qilib muharrirlashni o’ylab ko’rish kerak.
Corel Draw dasturi vektorli tasvirlarni yaratishda turli vositalarni qo’llaydi: ingichka chiziqlar, patsimon shtrixlar. Shunga qaramay vektorli grafikaning ish usuli “qo’lda” chizishdan ancha farq qiladi. Shuning uchun vektorli konturni yaratishni va taxrirlashni tasavvur qila olish kerak.
Shuni nazarda tutib Corel Draw dasturi geometrik figuralarni (to’g’ri to’rtburchak, ko’pburchak, ellips, spiral va hokazo) chizish va muharrirlash imkoniyatiga ega va yanada “erkin chizish” (pero, kalligrafik pero va h.), gradient torlar (Mesh Fill) va har xil egri chiziqlarni chizish uchun Bezie (Bezier) asboblariga ham ega. Vektor konturlarini muharrirlashda qanday asbob bilan qat’iy nazar Forma (Shape) va maxsus muharrir paneli (Node Edit) foydalaniladi.
Vektorli konturlarni to’liq tahrirlash qanday asboblar orqali yaratilganligidan qat’iy nazar bir xil usulda bajariladi: Forma (Share) asbobi yordamida, redactor maxsus paneli (Node Edit) tarmog’i orqali yoki uni almashtiruvchi xossalar asboblar qatori (Rgoregtu Var).
Corel Draw dasturida sodda geometrik figuralar yaratish uchun Corel Draw dasturida quyidagi buyruqlarni bajaramiz. Biz bu dastur orqali o’zimiz uchun kerakli bo’lgan shakllarni oson usulda hosil qilishimiz mumkin. Corel Draw dasturining qulayliklari bir talay bo’lib, u ancha afzalliklarga egadir. Corel Draw dasturida bir necha hujjatlarni bir vaqtda ochish imkoniyati mavjud. Grafik obyektlar bilan ham ishlash mumkin. Rangli illustratsiyalar bilan ham ishlash imkoni ham mavjud. Corel Draw dasturi nafaqat rasmlarni balki web sahifalarni qayta sozlab internetga joylashtirish imkoniga ham ega.
III. Topshiriqlar:
Corel Draw dasturida standart figuralar yordamida tasvirlar xosil qiling.
Yaratilgan tasvirlarni turli xildagi ranglar bilan ifodalang.
IV. Topshiriqlarni bajarilishi:
1-topshiriq:
Corel Draw dasturida standart figuralarni yaratish uchun uskunalar panelidagi tayyor shakllardan foydalanamiz.
Bu uskunalar panelidan xohlagan shaklimizni tanlaymiz va ishchi oynada sichqonchani ishlatishimiz bilan biz belgilagan shakl paydo bo’ladi.
Mana ishchi oynamizda oval shakli paydo bo’ldi. Shu tariqa boshqa shakllarni ham bemalol yaratishimiz mumkin.
Masalan:
2-topshiriq:
Shakllarni chegarasi bilan bo’yash uchun quyidagilarni bajaramiz:
Effects buyrug’idan Contour ctrl+F9 ni bosamiz va unda quyidagi oyna paydo bo’ladi.
Bundan chegarani bo’yash uchun Outsideni bosamiz keyin quyidagi buyruqni bosamiz va rang tanlaymiz.
XULOSA
Men bu laboratoriya mashg’ulotida Corel Draw dasturida turli xildagi geometrik obyektlarni hosil qilishni, shakllar bilan ishlashni, ularni turli xildagi ko’rinishlarda qo’llashni, hosil qilgan shakllarimizga ranglar berishni va bir shaklni boshqa shakllarga o’zgartirishni o’rganib oldim. Geometrik shakllarni bo’yash buyruqlari: chegara sohasini qanday bo’yash, ichki sohasini qanday bo’yash haqida yetarlicha ma’lumotlarga ega bo’ldim. Corel Draw dasturining qulayliklari boshqa dasturlarga nisbatan ko’pligi va imkoniyatlari keng ekanligini bilib oldim. Bu dasturdan kerakli o’rinlarda foydalana olish haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ldim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
“Kompyuter grafikasi” U.S. Jo’rayev, D.B. Abdurahimov uslubiy qo’llanma. Guliston 2016.
Internet ma’lumotlari:
Ziyo izlagan qalblar uchun kutubxona.
M. Aripov, B. Begalov, U. Begimqulov, M. Mamarajabov “Axborot texnologiyalari”, Toshkent – “Noshir” – 2009
Internet saydlari: google.com
Do'stlaringiz bilan baham: |