Gomeostaz
Gomeostaz, gomeostazis (gomeo... va yun. stasis —
harakatsizlik, holat) — biologik
sistemalarning oʻz tarkibi va xossalarining dinamik nisbiy doimiyligini saqlab qolish
xususiyati. Gomeostaz tushunchasini amerikalik fiziolog U. Kennon (1929) taklif etgan.
Gomeostaz biologik tuzilishning har xil darajasida namoyon boʻladi.
Fiziologik Gomeostaz
Yerda
hayotning
paydo boʻlishi bilan shakllana boshlagan,
chunki
bir
hujayralilarning
kelib chiqishi
hujayra
ichida tashqi muhit sharoitidan farq qiladigan maxsus
fizik-kimyoviy sharoitning qaror topishi bilan bogʻliq boʻlgan. Koʻp hujayralilarda vujudga
kelgan ichki muhit ichida hujayra va toʻqimalar joylashadi, ana
shu ichki muhitda Gomeostaz
mexanizmlari rivojlanadi va takomillashib boradi.
Evolyutsiya
davomida
qon aylanish
, ayirish,
nafas olish
, hazm qilish va Gomeostazni boshqarishda zarur boʻlgan boshqa maxsus
sistemalar vujudga kelgan. Dengiz umurtqasiz hayvonlarida ichki muhit suyuqligi hajmi, ion
tarkibi va rN ini barqarorlashtiradigan gomeostatik mexanizmlar paydo boʻladi. Chuchuk suv
va quruqlikda yashashga oʻtgan
hayvonlarda, shuningdek, chuchuk suvdan dengizga oʻtgan
umurtqalilarda osmotik faol moddalar konsentratsiyalanadi. Gomeostaz ayniqsa sut
emizuvchilarda mukammal rivojlangan boʻlib, ularning atrof muhitga moslanish
imkoniyatlarini oshiradi. Gomeostaz tufayli qon va toʻqima suyuqligi hajmi,
ulardagi ionlar va
osmotik faol moddalar konsentratsiyasi, qonning rN, undagi oqsillar, lipidlar va uglevodlar
tarkibining doimiyligi saqlanib qoladi. Qushlar va sut emizuvchilar
tana haroratining doimiyligi
Gomeostaz tufayli ham boshqariladi. Qoʻshimcha fiziologik mexanizmlar alohida organlar
ichki muhiti doimiyligini taʼminlaydi. Mas, gematoensefalik va gematooftalmik baryerlar miya
hujayralari va koʻzlarni oʻrab turadigan suyukliklarning maxsus xossalarini belgilaydi.
Gomeostazning boshqarilishida markaziy nerv sistemasi: bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻi,
simpatik nerv sistemasi, gipofiz, buyrak usti va b. bezlarning holati katta ahamiyatga ega. Har
xil regulyatsiya mexanizmlarini oʻz ichiga oladigan murakkab gomeostatik sistemaga misol
qilib arteriya bosimining optimal darajada saqlanib turishini taʼminlaydigan
sistemani
koʻrsatish mumkin.
Gomeostatik jarayonlar asosida yotadigan mexanizmlarning izdan chiqishi "Gomeostaz
kasalligi" hisoblanadi. Bu jarayonlarga shartli ravishda biologik ritmlarning qayta qurilishi va
b. bilan bogʻliq boʻlgan organizmlar normal faoliyatining funksional buzilishini ham kiritish
mumkin.
Oʻsimliklarda Gomeostazni hujayra darajasida boshqarishda plazmolemma va tonoplast
asosiy ahamiyatga ega. Plazmolemma tashqi muhitdan hujayraga oziq moddalar, ionlar va
suvning oqib kelishi, ballast moddalar va ortiqcha N+, Na+, Sa2+ ionlarini chiqarib yuborishni;
tonoplast esa oziq moddalar tanqisligida vakuollardan protoplazmaga zaxira moddalarni olib
kirish va ularning ortiqcha qismini vakuollarga chiqarilishini boshqaradi. Toʻqima darajasida
Gomeostazni saqlashda uglevodlar va b. substratlarning
hujayralararo oqimini
boshqaradigan plazmodesmalar qatnashadi.
Genetik, yaʼni populyatsion Gomeostaz oʻzgaruvchan muhit sharoitida populyatsiya genotipik
strukturasining nisbiy barqarorligi va yaxlitligini saqlab turishdan iborat. Bu holatga
populyatsiyadagi individlar erkin chatishganida allellar chastotasi genetik muvozanatini,
geterozigotalik va podimorfizm hamda mutatsiya jarayoni muayyan tezligi va yoʻnalishini
saqlab turish orqali erishiladi. Gomeostazni oʻrganish — mikroevolyutsiya qonuniyatlarini
tadqiq qilishning dolzarb vazifasiga kiradi. "Gomeostaz"
tushunchasidan ekologiyada
ekosistemalar holati va ular turgʻunligiga tasnif berishda keng foydalaniladi. Gomeostaz
tufayli biogeotsenozlarda turlarning tarkibi va individlar soni barqarorligi saqlanib turadi.
Bakridin Zaripov.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Gomeo
staz&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyotlar