Geografik o‘rni va chegaralari. Tabiiy sharoiti va resurslari


Xo‘jaligiga umumiy ta’rif



Download 52.81 Kb.
bet2/3
Sana18.01.2017
Hajmi52.81 Kb.
1   2   3

Xo‘jaligiga umumiy ta’rif. Ikkinchi jahon urushiga qadar qishloq xo‘jaligida feodal va yarimfeodal munosabatlar hukmron bo‘lgan edi. Eron agrar mamlakat edi. Og‘ir sanoatda faqat neft qazib olish rivojlangan edi. Ikkinchi jahon urushidan keyin kapitalistik munosabatlar tez rivojlandi. 60-yillarning birinchi yarmida Eron hukumati agrar islohot o‘tkazishga kirishdi va mamlakatning industriallashtirish yo‘lini tutdi. Sanoatda davlat sektori kengaytirildi (yirik metallurgiya va mashinasozlik korxonalari barpo qilindi). Eron iqtisodida neft sanoati muhim rol o‘ynaydi. Investisiya va ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar natijasida iqtisodiy rivojlanish sur’ati tezlashib Eron rivojlanayotgan mamlakatlar orasida oldingi o‘rinlarga chiqib oldi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga uning sobiq Sovet Ittifoqi va boshqa sotsialistik mamlakatlar bilan iqtsodiy va texnikaviy hamokorligi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Eronda sanoatning o‘sishi natijasida qishloq xo‘jaligining xissasi ancha kamaydi.

Sanoati. 1960-yillardan boshlab Eron hukumati mamlakatni sanoatlashtirish siyosatini olib bormoqda, uning sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga o‘zgartirish kiritish harakatini olib bormoqda. Neftdan kelayotgan daromadlariga tayanib Eron diversifikatsiya o‘tkazmoqda, ya’ni o‘z iqtisodiyotining turli-tuman strukturalarining (tuzilishlarining) kuchaytirishga intilmoqda. Bu mamlakat uchun yangi bo‘lgan metallurgiya, mashinasozlik, avtomobilsozlik, kimyo, elektrotexnika, neftni va boshqa foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sanoat tarmoqlari tuzildi.

Og‘ir sanoat. So‘nggi 30 yil ichida Eronda eronliklar orzu qilgan og‘ir sanoat tashkil etildi, ya’ni sanoat mamlakatda eng yangi zamonaviy texnika bilan jihozlanmoqda. 1973-yilda Isfaxonda birinchi metallurgiya zavodi ishga tushdi. 1972-yil Erak va Tabrizda mashinasozlik zavodlari ishga tushdi. Faqat 70-chi yillarning boshida 115 ta sanoat ob’ektlari ishga tushirildi, shu jumladan Bander-Shoxnurdagi transeron (eron orasidagi aloqaga oid) gazoprovodi, Xavftepadagi sellyuloz-qog‘oz kombinati va h.k. qurildi.

Bandar-Abbosda, Axvazda, Bushirda, Seraxs va Mashxadda po‘lat eritish zavodlari ishga tushirildi. Fors ko‘rfazi sohillaridagi Axvaz va Bushirda Xindistondan keltirilayotgan temir rudasi va yoqilg‘i sifatida gazdan foydalanayotgan metallurgiya zavodi faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatda sarflnayotgan mablag‘ning 45%i davlat sektoriga tegishli.

Eronga xorijiy va xususiy sarmoya aralash xolda kirib kelmoqda (Eron sarmoyasi bilan birgalikda). 1974-yil Eronda yiliga 10 ming. avtomobil chiqaradigan katta eron-amerika «Jeneral Motors-Eron» zavodi o‘z ishini boshladi (keyinchalik bu son 50 minggacha yetdi).

Fransiya bilan Eron o‘rtasida sun’iy o‘git ishlab chiqarish zavodi, gazni suyultiruvchi zavod va AESlar qurish to‘g‘risida bitimlar tuzildi.

Eronning an’anaviy ishlov beradigan sanoat tarmoqlari ham rivojlanmoqda, masalan: to‘qimachilik sanoati. Eron o‘ziga kerakli iste’mol tovarlarning 92%ini ishlab chiqaradi. Akril, polisteror va neylon gazlamalarni ishlab chiqaradigan uchta fabrika qurilgan.

Yoqilg‘i sanoati. Eron dunyoda eng yirik neft qazib chiqaruvchi davlatlardan biridir. Eron neft qazib chiqaruvchi davlatlar orasida 4-o‘rinda turadi.

Neft sanoati XX asrning boshlarida paydo bo‘ldi. Angliya fuqarosi Uiliyam d’Arsi 1901-yil eron shoxidan Eron hududining 70%ida neft quvurlarini 60 yillik monopol ekspluatatsiya qilish uchun konsessiya oldi. 1908-yilda Fors Ko‘rfazida neft konlarini ochdi. Aksiyalarning asosiy qismi Buyuk Britaniyaga qarashli bo‘lgan Angliya-Eron neft kompaniyasi Massodiq hukumati neft kompaniyalarini davlat mulkiga aylantirgunga qadar, 1951-yilgacha neft qazib olish ishlarini olib bordi. Bu tarmoqni boshqarish uchun “Eron milliy neft kompaniyasi” (INNA) tashkil qilindi, ammo bu kompaniya ishlarni yo‘lga qo‘ya olmadi. Chunki dunyoda yirik neft qazib chiqarish transmilliy neft kompaniyalari Erondagi milliylashtirish siyosatiga qarshi chiqib, INNAning eksport qilayotgan neftiga baykot e’lon qilishdi. 1954-yil Massodiq hukumati ag‘darilgandan so‘ng Eron shoxi neft tashkiloti bilan yangi shartnomalar tuzdi. Bu shartnomada 40% AQSH, 40% Buyuk Britaniya, 14% aralash Anglo-Niderlandiya va 6% fransuz kompaniyalari o‘z sarmoyalari bilan ishtirok etishdi. INNA esa neft konlariga mulkdorlik huquqini saqlab qoldi.

So‘nggi yillarda Eron neft konlarini o‘zlashtirish uchun yangi xorij firmalarini jalb etishga harakat qilmoqda. “Total” neft kompaniyasi Sirri neft konlarini o‘zlashtirmoqda, bundan tashqari Eronda Malayziyaning “Petronas” kompaniyasi, Italiyaning “Adjin” kompaniyasi va boshqalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Eron Janubi-G‘arbiy Osiyoda neftni qayta ishlash sanoati rivojlanganlik darajasi bo‘yicha eng yetakchi davlatlardan hisoblanadi. Neftni qayta ishlovchi korxonalar – Obodon, Isfaxon, Sheroz, Erak, Bandar-Abbos, Bandar-Tohirda barpo qilingan.

Eron gaz qazib chiqarish va eksport bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinni egallaydi. Xuroson va mamlakatning janubiy hududlardagi aniqlangan gaz zahiralari 17,010 trl.m³. Transeron gazoprovodi ishga tushirilgandan so‘ng gaz sanoatda va hayotda keng ishlatila boshlandi, Saraxs-Mashxad yangi gazoprovodi qurildi.

Texron yaqinidagi Keroj, shimoldagi Sefidrud, janubdagi Diz va boshqa daryolarda bir nechta elektrstansiyalar qurilganidan so‘ng mamlakatda elektroenergiya ishlab chiqarish oshdi.



Qayta ishlovchi sanoat. Qayta ishlash sanoati 1960-yillarning boshlarida cheklangan turdagi iste’mol mahsulotlarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, to‘qimachilik va qurilish materiallarini o‘z ichiga olgan. 1970-yillarning o‘rtalariga kelib, mustaqil keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki mahsulotlarni yeg‘ish bilan shug‘ullanuvchi yangi korxonalar paydo bo‘ldi. Ularga uy-ro‘zg‘or, elektr jihozlari, medikomentlar neftkimyo, yengil avtomobillar, avtobuslar, alyuminiy va shinalar ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi.

Qayta ishlovchi tarmoq korxonalarining 40%ga yaqini Tehronda joylashgan. Quyidagi shaharlar ham zarur sanoat markazlari hisoblanadi: Isfaxon (to‘qimachilik va qora metallurgiya), Tabriz (mashinasozlik, shu jumladan og‘ir mashinasozlik), Kazvin va Save (yengil sanoatning turli tarmoqlari), Reshtda (elektrotexnika va elektron sanoati), Sherozda (neftkimyo va elektron sanoati), Axvazda (mashinasozlik va metalni qayta ishlash), Erakda (alyuminiy eritish va mashinasozlik), Obodon va Bandar-Xumoyniyda (neftkimyo va neftni qayta ishlash).



Yengil sanoat. To‘qimachilik, poyafzal, shisha sanoat tarmoqlarining ahvoli murakkabligicha qolmoqda. Bu tarmoqlarda Eron va xorij ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida keskin kurash ketmoqda. Asosan Xitoydan kirib keluvchi katta miqdordagi kontrabanda mahsulotlari salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. So‘nggi vaqtlarda Eron matbuotida yengil sanoat korxonalarining soliq to‘lovlarida imtiyozlarni ko‘rib chiqish mumkinligi to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi. Poyafzal, to‘qimachilik va trikotaj tarmoq korxonalari bundan holi bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan korxona egalari soliq imtiyozlaridan mahrum bo‘lishdan qo‘rqib, zudlik bilan ishlab chiqarish tarmoqlarini Erondan BAAda ko‘chirishmoqda.

Eronning to‘qimachilik sanoati mahsulotlari 30 yil ilgari Yevropa bozorlarida Eron eksportining asosiy mahsuloti hisoblanar edi, hozirgi vaqtda esa hattoki ichki bozor ehtiyojlarini to‘liq hajmda qondira olmayapti. Eron agentligi “Mouj” ning xabar berishicha tarmoq duch kelayotgan asosiy muammolar qatoriga joriy yilda korxonlar aylanma mablag‘larining qisqarishi, o‘tgan yili ishlab chiqarishning past hajmi, bir qator to‘qimachilik korxonalarini yopilishi, qishki mavsumda yoqilg‘i muammosi va boshqalarga taalluqli.

Eron to‘qimachilik sanoati direktorlar kengashi Birlashmasining vakili Muhammad Moravvejning takidlashicha tarmoqning muammolaridan tashqari, shuningdek mamlakat iqtisodining boshqaruv uslubi bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish korxonalarining muammolari iqtisodni neft daromadlari hisobidan to‘ldiradi. Neft bahosining o‘zgarishi iqtisodiyotga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Dunyo bozorida neft bahosi pasyganda mamlakatda ishlab chiqarish rivojlanadi. Moravvej yana shuni ta’kidladiki aralash ishlab chiqarish korxonalarida import paxta va kalava ip xom ashyosi yetkazib berishda qiyinchiliklar hech qanday isbotlanmagan narxlarga bog‘liq. Eron Markaziy bankining noto‘g‘ri siyosati sababli ishlab chiqarish korxonalri hukumat tomonidan to‘qimachilik sanoatida xom ashyo sifatida foydalaniluvchi import kalava ipga 10%li va import paxtaga 15%li ustama narxlar qo‘yilishi natijasida xom ashyo sotib olish uchun zarur bo‘lgan yetarli miqdorda naqd aylanma mablag‘lar yetishmasligi muammosiga to‘qnashmoqda. Bularning hammasi an’anaviy ishlab chiqarishni to‘xtatishga va import mahsulotlar bozorini rivojlanishiga olib kelmoqda.

Muhammad Moravvej aytadiki tarmoqning yana bir muammosi sarmoyalarni qaytarishdadir, aynan shu sarmoya to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish uchun ajratilgan edi. 1990-yillarda eski korxonalarga $ 500 mln. sarmoya ajratilgan edi. Bugungi kunda yevro kursining ko‘tarilishi sarmoyalarni qaytarishni qiyinlashtirmoqda.

Erondagi sement ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan “Exdasse Sanat”(Endasse Sanat Corporation) korporatsiyasi hisoblanadi. Bu korporatsiya 12ta sement zavodlarini birlashtiradi va 13ta ishlab chiqarish tarmoqlarini nazorat qiladi. Shuni alohida aytib o‘tish kerakki, sementning katta qismini (90%dan ko‘proq) Eronda hususiy korxonalar ishlab chiqaradi.

Sement ishlab chiqarish tarmog‘ida vaziyat umuman olganda bir maromda ketmoqda. Hususan 2008-yil rejasi bo‘yicha 50mln. t sement ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan edi, biroq sanoatni ta’mirlash va modernizatsiyalash Tashkilotining so‘nggi statistik ma’lumotlariga ko‘ra sement ishlab chiqarish hajmida yetishmovchilik bo‘lgan va 44mln. t ni tashkil qilgan. Asosiy sabablardan biri bir qator loyihalarni tugatish uchun, jumladan ikkita sement zavodlari qurilishi uchun mablag‘larning yetishmasligi hisoblanadi.

Eronda radiotexnika va elektron vositalar ishlab chiqarish bilan 1973-yilda tashkil topgan elektron sanoati Tashkiloti (“Eron SA”) shug‘ullanadi.

Xolding mahsulotlari ichida elektron, optika, elektronoptik vositalar, kampyutrlar va elektron komponentlar tashkil qiladi.

Xolding “Eron SA” mudofaa sanoati Tashkilotiga kiradi va o‘z tarkibiga tarmoqning 6ta yetakchi korxonalarini birlashtiradi. Jumladan:

-Sheroz radio zavodi (Shiraz Elektronics Industries (SEI)) harbiylar uchun elektron vositalar, radarlar va radoireley stansiyalar, mexanik kompyuterlar, elektron-optik uskunalar, raketalarning elektron qismlari, tungi ko‘rish uskunalari, lazer dalnomerlar, testlash tizimi, maxsus elektron vositalar, sifat nazorati tizimi, radio manitoring tizimini ishlab chiqaradi.

-Texron zavodi (Iran Communication Industries(ISI)) radio aloqa vositalari, telekommunikatsiya vositalari, mexanik qismlar, elekrton kompyuterlar ishlab chiqaradi. Bularni ishlab chiqarish 75ta ishlab chiqarish tarmoqlarida tashkil qilingan, tayyor mahsulotlarni qabul qilish harbiy talablar orqali amalgam oshiriladi.

-Eron informatsiya tizimi (Information Sustem of Iran(ISIRAN))- kompyuter texnologiyalari tizimida yetakchi korxona hisoblanadi. Ma’lumotlar tizimi, ma’lumotlarning katta bazasini tarqatadi va qayta ishlaydi, dasturlar ta’minoti va xizmatlarni tashkil etadi hamda moslashtiradi.

-Elektron komponentlar zavodi (Electronic Components Industries (ECI)) mikroelektron texnologiyalarni qayta ishlaydi, o‘zining yarim o‘tkazgich asboblar va integral mikrosxemalar, elektron mikromodullar ishlab chiqarishga ega.

-Isfaxon optika-mexanika zavodi (Isfahan Optics Indastries(IOI)) harbiylar uchun kerakli keng turdagi kunduzgi va tungi ko‘rish uskunalarini ishlab chiqaradi.

-Eronning ilmiy tekshirish markazi elektronika sohasida (Iran Electronics Research Center(IERC)) yetakchi g‘arb texnologiyalarining namunalarini o‘rganish va nusha ko‘chirish bilan, ularni xoldingni ishlab chiqarish korxonalariga moslashtirish va o‘zlashtirish bilan, shuningdek o‘zining hususiy buyumlarini qayta ishlash va o‘zlashtirish bilan shug‘ullanadi.

Eron hukumati tomonidan xorij kompaniyalari bilan hamkorlikda mobil telefonlar ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Buning uchun investitsiyalar hajmi $2mld. deb baholanmoqda. Buni “Eron SA”nazorat qiladi.



Qishloq xo‘jaligi. Qishloq xo‘jaligi mamlakat iqtisodining muhim tarmog‘i hisoblanadi. 1962-yilda Eron hukumati tomonidan ishlab chiqilib, 1963-yil 26-yanvarda ijtimoiy- iqtisodiy islohatlar referendumi tasdiqlandi. U”oq inqilob” “yoki oltinchi baxman” inqilobi deb nomlanadi. Unda yer islohatlari, o‘rmon va yaylovlarni milliylashtirish, yer islohatlarini moliyalashtirish uchun, davlat korxonalarini xususiylashtirish uchun sotish masalalariga tegishli edi.

Eronda agrar islohatlar hayotga tadbiq qilungunga qadar yirik yarim feodal pomeshchik yirik yer egaligi davlati edi. Shox va uning oilasiga, pomeshchiklarga, qabila boshliqlariga, oliy tabaqalilarga, ya’ni mamlakatning 1% aholisini tashkil etuvchilarga qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarning 80%dan ortig‘i tegishli edi. Mayda yer egaligiga esa yerlarning 12%gina to‘g‘ri kelar edi.

70% dehqonlar yerga ega emasdilar. Agrar islohatlarning maqsadi pomeshchik yer egaligini tugatish emas, faqat uni cheklash, aniqrogi yarim feodal asosidagi yirik yer egaligini tugatish edi. Yer islohatlari 2,9 mln dehqon oilalarga (15 mln kishi) kichik yer uchastkalari, o‘rtacha bir oilaga 2-2,4 gadan yer ajratib berdi.

Agrar islohatlar Eron qishloqlarida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga olib keldi. Qishloq xo‘jaligida texnika ta’minoti oshdi, mineral o‘g‘itlarni qo‘llash ko‘paydi. Agrar o‘zgarishlar ozmi-ko‘pmi siljishlarga olib keldi. 1970-yillarga kelib g‘alla importyoridan eksportyoriga aylandi. G‘alla, arpa, sholi, mevalar va sabzovotlar yetishtirish ko‘paydi. Ekin maydonlari kengaytirildi. 12 ta yangi to‘g‘onlarning ishga tushirilishi ishlov beriladigan yerlar maydonining kengayshiga olib keldi. 1975-76 yillarda 2860 qishloq xo‘jalik kooperativlar mavjud edi.

Ekin maydonlarining 40%ga yaqini sug‘orma yerlardir. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy qismi shu yerlarda yetishtiriladi. Sug‘orish uchun suv turli manbaalardan olinadi: chuqur quduqlar, Qorachoy, Sefidrud, Diz va Qorin daryolari, shuningdek an’anaviy yer osti korizlar suvi hisobiga sug‘oriladi. 1968-yil suv manbalarini milliylashtirish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Suv ta’minotini yaxshilash uchun hukumat tomonidan bir qancha to‘gon va irrigatsiya inshootlari barpo qilindi.

Dehqonchilik. Dehkonchilikka yaroqli yerlar 17 mln.ga, shundan 11 mln.ga lalmi yerlardir. Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i - dehqonchilik (qishloq xo‘jalik mahsuloti qiymatining 60%) hisoblanadi. Noqulay tabiiy omillar, jumladan quruq iqlim va tog‘li relyef dehqonchilikda faqat 10% yerlardan foydalanishga imkonini beradi. Asosiy oziq-ovqat ekini bug‘doy (jami ekin maydonining 60%). Shuningdek arpa, sholi, dukkaklilar ham ekiladi. Sholi hosilining 80%i Kaspiy bo‘yi viloyatlari Gilon va Mozandaronda yetishtiriladi. Dukkatli ekinlarning yarmidan ko‘progi mamlakat shimoli va Isfaxon ostonida yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan paxta, qandlavlagi, tamaki, shakarqamish,choy, kanop,kunjut yetishtiriladi. Bog‘dorchilikda o‘rik, shaftoli, anjir, pista, xurmo, bexi, anor, sitrus mevalar, banan, mango, yong‘oq va x.k.lar yetishtiriladi. Uzumchilik, sabzavotchilik va polizchilk bilan mamlakatning hamma qismida shug‘ullaniladi.

Chorvachilik. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishda milliy daromadining ⅓ qismi ekstensiv chorvadorlikka to‘g‘ri keladi. Chorvachilik bilan asosan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi qabilalar shug‘ullanadi. Bu ularning asosiy trikchilik manbaasidir. Chorvachilik butun yil davomida oyoq ostidagi ozuqa bilan ta’minlangan: qishda ular vodiy va dasht tekisliklariga, yozda esa tog‘ yonbag‘irlariga haydaladi. Chorvachilikning asosiy rayonlari: mamlakatning shimoli-g‘arbi, markazi va janubi-sharqi. Mamlakatning shimoliy rayonlarida qorabax, tekin, arab, turkman zotli otlar ko‘paytiriladi. Yirik shaharlar atrofida zamonaviy parrandachilik fabrikalari va sut fermalari qurilgan. Baliqchilik bilan Kaspiy dengizi va Fors ko‘rfazi sohilbo‘yida shug‘ullaniladi. Kaspiy dengizidan osyotr baliqlari ko‘plab ovlanadi. Eron qora ikra eksport qiladi. Ummon va Fors ko‘rfazidan dur olib chiqiladi.

Davlat mulkiga aylantirilgan o‘rmonlar 18 mln.ga maydonni egallaydi. Uning 10%igina xo‘jalik ahamiyatiga ega. Yiliga Elbursning shimoliy yonbag‘rlarida o‘suvchi qimmatbaho kengbargli o‘rmonlardagi qattiq yog‘ochli taxtalar 1,8 mln m³ atrofida tayyorlanadi. O‘tmishda daraxtlarni tartibsiz kesib tashlanishi natijasida o‘rmon resurslari zahirasini kamayishiga olib keldi. Biroq o‘rmonlarni kesilishi u milliylashtirilgandan keyin ham davom etmoqda. Bu jarayon esa ba’zi markaziy rayonlarda cho‘llashishga olib kelmoqda.



Transporti. Bir necha 100 yil davomida Eron yo‘llariga ega bo‘lmagan mamlakat edi.

Bu yerda tuyadan transport sifatida foydalanishgan. Shosse yo‘llar qurilishi faqat XX asr boshlarida shimolda Chor Rossiyasi va janubda Angliya tomonidan qurilishi boshlangan edi. Shosse yo‘li II Jahon urishi davrida o‘zgartirildi. O‘shanda antigitler kaolitsiyasi Eron orqali Sovet Ittifoqiga tovarlarni olib o‘tar edi. Eron SENTO ga a’zo bo‘lib kirganda, harbiy-strategik ahamiyati oshgan. 50-yillarda yo‘l qurilishiga katta e’tibor berilgan. Mamlakatning hamma qismida kesishuvchi yirik magistrallar Tehron orqali o‘tadi. Eronda avtomobillar transporti birinchi darajali rol o‘ynaydi. Yuk va passajirlar tashishda avtomobil transporti xissasi katta. Avtomobil yo‘llari uzunligi 178.152 km.ni, tez yurar avtomagistrlar taxminan 470 km., qattiq qoplamli yo‘llar 49440 km.ni va qoplamasiz yo‘llari 90,760 km.ni tashkil qiladi.

Temir yo‘llar Tebriz – Julfa 1916-yil Chor Rossiyasi tomonidan qurilgan edi. Asosiy Temiryo‘l magistrali trans Eron yo‘li Kaspiy dengizi porti Bandar-Shoxni Fors ko‘rfazi porti Bandar-Shoxpur bilan bog‘laydi. U Texron orqali o‘tib uzunligi 1394 km. ga yetadi. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi 7203 km. ni tashkil etadi.

Eronni tranzit yo‘lga aylantirish maqsadida turli magistrallar quriladi. Bu yo‘l Markaziy Osiyo davlatlarinig Xind okeaniga chiqishlari uchun xizmat qilishi kerak.

Qum-Zaxedan temiryo‘li bitkazilgandan so‘ng transkontenental magistral Yevropa va Turkiyani Hindiston bilan birlashtiradi. Shunday qilib Zaxedon-Kvetta temiryo‘li Eronni Pokiston bilan bog‘laydi. Ichki suv yo‘li Urmiya ko‘lida va Qorun daryosini Shatta-al-Arab orqali Fors ko‘rfazi bilan bog‘laydi. Ichki suv yo‘llari 904 km. ni tashkil qiladi.

Fors ko‘rfazidagi portlar, Arabiston dengizidagi Chaxbexar porti va Xark orolida.

Neft quvurlarining uzunligi 5900 km. ni tashkil etadi. Gaz quvurlarining uzunligi 4850 km. ni tashkil etadi.

Mamlakatda jami 317ta aeraportlari bor. Qattiq qoplamli uchish-qo‘nish polasasiga ega bo‘lganlari 117ta. Qoplamsizi 200 tani tashkil etadi.



Eronninng tashqi iqtisodiy aloqalari. Eronning tashqi dunyoga sotiladigan mahsulotlari qiymati 75%i neft xissasiga to‘g‘ri keladi. Boshqa eksport mahsulotlari gilam, paxta, quruq mevalar, teri va jun, metal rudalari, ikra, sovun, neft mahsulotlari, to‘qimachilik mahsulotlari.

Eron mashina va jixozlar, qora metallar, qog‘oz, avtoshinalar, po‘lat, elektrotexnik aporatlar, medikamentlar, oziq-ovqat, import qiladi.

Jahon bozorida neft narxining pasayganligi tufayli chetdan import qilish qisqardi. Tashqi savdo hamkorlari: AQSH, GFR, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Shvetsariya.

1990-yillarda Eronning tashqi qarzlari boshqa davlatlarga nisbatan uncha katta emas edi. Islom tuzumi shox hukumatining moliyaviy majburiyatlarini katta qismini to‘ladi. 1990-yillarning oxiriga kelib neftning narxi pasayganligi tufayli, yana qarzlar ko‘paydi.



O‘zbekiston va Eron munosabatlari. “Sovetlar davrida rahbarlar islomiy inqilob O‘rta Osiyoga tarqaladi deb nihoyatda qo‘rqar edi. Bu yo‘nalishda choralar ko‘rar edi. O‘zbekiston mustaqilikka erishgach, Eron bilan aloqalar rivojlanayapti deb bo‘lmaydi. Transport magistrallarini rivojlantirishda ham O‘zbekiston o‘ta ehtiyotkorona siyosat yuritmoqda", - deydi jamiyatshunos. Shimoliy Xuroson provinsiyasi tadbirkorlarining O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi 28 fevral kuni "Markaziy" mehmonxonasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Eron biznes-seminarini tashkil etdi.

Ma’lumki, oxirgi yillarda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida iqtisodiy aloqalar ancha yaxshi rivojlanib bormoqda. Ushbu munosabatlar mahsuliga e’tibor qaratsak, u holda 2006 yilda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar aylanmasi 658 mln. AQSH dollarini tashkil etganini ko‘rish mumkin. Boz ustiga O‘zbekiston 582,7 mln. AQSH dollari miqdorida ijobiy saldoga ega (O‘zbekiston eksporti – $620,6 mln. va importi – $37,9 mln.). O‘zbekistonda 89 ta qo‘shma korxona faoliyat olib boradi. Ulardan 23 tasi 100 foizlik Eron kapitaliga ega bo‘lib, xalq iste’mol mollari, to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, qurilish materiallari, gilam ishlab chiqarish bilan band. Shuni ta’kidlash zarurki, Eron tovarlarimizni xorijga eksport qilishda asosiy hamkorimiz sanaladi, chunki O‘zbekistonning barcha tovarlari Eron bandargohlari orqali jahon bozorlariga chiqadi.

Shimoliy Xuroson provinsiyasi O‘zbekistonga eng yaqin mintaqa sanaladi. Kooperatsion birja natijasidan biz ko‘p narsalarni kutib qolamiz, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari hamkorlik istiqbollarini muhokama eta oladi degan umiddamiz.

Shuningdek biznes-seminarda Eron Respublikasining mamlakatingizdagi elchisi janob I.Ilohiy ham so‘zga chiqdi. U mazkur tadbir tashkilotchilariga, ayniqsa Savdo-sanoat palatasiga minnatdorchilik bildirdi. "Kooperatsion birjada elchixonamizning asosiy vazifasi O‘zbekiston biznesmenlari va tadbirkorlariga imkoniyat yaratib berishdir, – deydi janob I. Ilohiy. Mamlakatlarimiz ham iqtisodiy va ham geografik nuqtai nazardan kelishuvga erishgan ekan, biz shunchaki ikki tomonlama munosabatlarni o‘rnatishimiz va rivojlantirishimiz zarur. Demak, biz munosabatlar rivojiga turtki berishimiz lozim va bu bizning asosiy maqsadimizdir.

Janob N.Qosimov ta’kidlaganidek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar aylanmasi 658 mln. AQSH dollarini tashkil etdi, va yaqin vaqt ichida biz bu ko‘rsatkichni 1 mlrd. AQSH dollariga yetkazni mo‘ljallayapmiz.

To‘qimachilik sanoati, neylon va neyloks, gilam, kir yuvish va dezinfeksiya vositalari, motor moylari, turli qurilish materiallari, farmatsevtika va tibbiyot uskunalari ishlab chiqarish, choy va quruq meva savdosi bilan mashg‘ul bo‘lgan taxminan 40 ta yirik kompaniya, shuningdek transport va savdo kompaniyalari rahbarlari va vakillari delagatsiya tarkibidan joy olgan.

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 2008-yil 30 iyul kuni Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Eron hukumatlararo komissiyasining to‘qqizinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki mamlakatning savdo, iqtisodiyot, yoqilg‘i-energetika, bank-moliya, qishloq va suv xo‘jaligi, oziq-ovqat, kimyo, transport va transport kommunikatsiyalari, qurilish, to‘qimachilik, farmatsevtika, sayyohlik kabi sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan qator vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, komissiya ham raisi N.Xonov O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi aloqalar barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini alohida qayd etdi.

Eron Islom Respublikasi savdo vaziri, komissiya hamraisi Sayyid Ma’sud Mirkozimiy mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat, ishonch va manfaatdorlik asosiga qurilgan hamkorlik siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-madaniy sohalarda izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston va Eron munosabatlarida transport va transport kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimiz o‘z mahsulotlarini Eronning Bandar-Abbos va Chobahor portlari orqali Hind okeaniga chiqaradi. Eron esa O‘zbekiston hududi orqali Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlariga tovar yetkazib beradi. Majlisda birinchi galda Eron hududida yangi temir yo‘l uchastkalarini ishga tushirilishi munosabati bilan tariflarni qayta ko‘rib chiqish va uyg‘unlashtirish, tarif preferensiyalarini kengaytirish, belgilangandan ortiq miqdordagi yoqilg‘i uchun to‘lovlarni qisqartirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanmoqda, – deydi Sayyid Ma’sud Mirkozimiy. Tashrifdan maqsadimiz barcha sohalardagi o‘zaro munosabatlarni yanada kengaytirish va mustahkamlashdan iborat. Muloqotlar tez orada samara berishiga shubha yo‘q.

2007 yili mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 565 million AQSH dollarini, joriy yilning yanvar-iyun oylarida esa 384,8 million dollarni tashkil qildi. O‘zbekiston Eronga asosan paxta tolasi, qora va rangli metalllar, organik o‘g‘itlar hamda ipak kabi mahsulotlarni eksport qiladi. Erondan O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari, meva, lok-bo‘yoq va boshqa turdagi qurilish-bezash materiallari keltiriladi.

Yurtimizda eronlik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda tuzilgan 117 qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda Eronning 29 kompaniyasi o‘z vakolatxonasini ochgan.

Majlisda ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi, istiqbolli sohalar belgilab olindi. Kimyo va oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash kabi sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirish, ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Qo‘shma korxonalarni va tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Forumda ikki mamlakat o‘rtasida sarmoyaviy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini shakllantirish, sarmoyalarni jalb qilish va o‘zaro rag‘batlantirishni yanada takomillashtirish, kimyo, oziq-ovqat, qurilish, sayyohlik kabi sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi. Eron kompaniyalarini mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayoniga keng jalb etish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi. Bunda O‘zbekiston va Eron ishbilarmonlari o‘rtasidagi bevosita hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi.

Eron mintaqadagi geosiyosiy vaziyatga faol aralasha boshlagan. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo‘lishga intilmoqda.

Eron va O‘zbekiston aloqalari so‘nggi yillarda bir qadar illiqlashgan. O‘zbekiston 1990-yillarda Eronga nisbatan sanksiyalar joriy etilishini yoqlab chiqqan edi. Keyinchalik Muhammad Hotamiy prezidentlikka kelib, munosabatlarda tiklanish kuzatildi.

O‘zbekiston Eron orqali o‘z yuklarini dengizga olib chiqadi, Eron MDH davlatlariga yetkazayotgan mollarini O‘zbekiston orqali olib o‘tadi. Sharhlovchilar aytadiki, Eron bilan siyosiy munosabatlar yaqin yoki ziddiyatli deyishga ham asos yo‘q.


Katalog: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish

Download 52.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik