Geografik o‘rni va chegaralari. Tabiiy sharoiti va resurslari



Download 52.81 Kb.
bet1/3
Sana18.01.2017
Hajmi52.81 Kb.
  1   2   3
Eron Islom Respublikasi

Reja:




  • Geografik o‘rni va chegaralari.

  • Tabiiy sharoiti va resurslari.

  • Tarixi.

  • Davlat tuzumi va siyosiy partiyalari.

  • Aholisi va mehnat resurslari

  • Xo‘jaligiga umumiy ta’rif.

  • Qishloq xo‘jaligi.

  • Eronninng tashqi iqtisodiy aloqalari.

  • O‘zbekiston va Eron munosabatlari.

  • Ichki tafovutlari.



Tayanch so‘z va iboralar: relyef; cho‘l; yassi tog‘; pasttekislik; delta; voha; allyuviy; koriz; neft; kokslanuvchi ko‘mir; uran; flora; teokratik yakka hokimlik; emigratsiya; imigratsiya; urbanizatsiya; irrigatsiya; ekstensiv xo‘jalik; lalmi; tranzit; neft quvuri.

Geografik o‘rni va chegaralari. Eron Islom Respublikasi Osiyoning Janubi-G‘arbida joylashgan mamlakat. Eron bilan shimoli-g‘arbdan chegaralanuvchi Turkiyadan, sharqdagi Afg‘oniston va Pokistondan, g‘arbdagi Iroqdan maydon jihatidan ustun turadi. Agar Yevropa davlatlari bilan taqqoslasa, u holda Angliya, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Shvesariyani birga qo‘shib olganda Eron xududiga teng bo‘ladi. Osiyo davlatlaridan faqat Xitoy va Hindiston maydondan kichik.

G‘arbdan Iroq (1458 km) va Turkiya bilan (499 km), shimolda Turkmaniston (992 km), Ozarbayjon (611 km) va Armaniston bilan (35 km), Sharqda Afg‘oniston (936 km) va Pokiston (909 km) bilan, janubda Fors ko‘rfazi va Ormuz bo‘g‘ozi suvlari bilan, shimolda Kaspiy dengizi suvlari bilan yuvilib turadi.

Chegarasining umumiy uzunligi 5440 km, sohilbo‘yining uzunligi 2440 km (Kaspiy dengizi sohillarining uzunligi 740 km). Eron xududining umumiy maydoni 1.648.000 km ², shu jumladan quruqlik maydoni 1.636.000 km ². Mamlakat poytaxti – Tehron.

Eron rivojlanishning kapitalistik yo‘lini tanlagan rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Neftdan kelayotgan katta daromadga tayanib mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar o‘tkazildi. So‘nggi yillarda Eron xo‘jaligini rivojlantirishda katta yutuqlarga erishdi, endilikda qoloq mamlakatdan agrar-industrial mamlakatga aylandi.

Neft savdosidan tushayotgan katta miqdordagi chet el valyutasini Eron sanoatini rivojlantirishga sarflamoqda. Sanoatning yangi tarmoqlari tashkil qilindi, jumladan neftkimyo, mashinasozlik, avtomobilsozlik, aviatsiya, harbiy, metallurgiya sanoatlari rivojlandi. Eron rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam beruvchi mamlakatga aylandi.

Tabiiy sharoiti va resurslari. Relyefi. Eron Janubi-G‘arbiy Osiyodagi Eron tog‘ligining katta qismini egalaydi. Eron tog‘ligining ⅔ qismi Eronda joylashgan. Eronning eng chekka shimoli-g‘arbida Armaniston tog‘ligining janubi-sharqiy qismi o‘tadi.

Eron tog‘ligining ichki qismi baland tekkisliklar, tog‘ zanjirlari va tog‘lararo botiqlarning almashinib kelishini o‘zida aks ettiradi. Eron tog‘ligining katta qismi 1000-2000 m balandlikka ega. U tog‘ tizmaslari shimolda Elbrus tog‘ tizmasi, sharqda davomi bo‘lgan Turkman-Xurosan tog‘lari, janubda va janubi-g‘arbda Mekron va Zagros tog‘lari bilan o‘ralgan.

Ichki Eronning shimoliy qismini yer yuzida eng hayotsiz cho‘llardan biri Dashti-Kebir egallagan. U deyarli Tehron darvozasidan boshlanib g‘arbdan sharqqa 400 km ga cho‘zilib, kengligi 250 km ga yetadi. U bir qator sho‘rxok cho‘kmalaridan tashkil topgan. Ularning balandligi 600-800 m.

Eron sharqida qAQSHatqich va quruq cho‘l Dashti-Lut cho‘zilgan. Uning g‘arbiy qismi glinali va toshloqlardan, sharqiy qismi balandligi 200 m ga yetuvchi barxan qum cho‘lidan iborat. Qum bo‘ronlari vaqtida harakatlanuvchi qumlar karvonlarni o‘tishini qiyinlashtiradi, quduqlarni to‘ldiradi. Uning uzunligi 550 km, eni 200 km ga yetadi. Bu yerda tagi yassi bo‘lgan balandligi 200-250 m ni tashkil qilgan oqmas cho‘kmalar almashinib turadi. Barxan va qum qatorlari, taqir va sho‘rxok yerlar ustun turadi. Siyrak vohalar kuzatiladi.

Ichki Eron yassi tog‘ligi Sharqiy Eron va O‘rta Eron tog‘ tizmalari bilan kesishadi, alohida cho‘qqilari 3000-4000 m va undan baland (Xezor 4419 m, Kuxe-Lolazor 4374 m). O‘rta Eron tog‘ligida vulqan jinslar keng tarqalgan.

Eron tog‘ligini shimoldan janubga tomon ikkita katta tog‘lar o‘rab turadi. Kaspiy dengizining janubiy sohiligacha yetuvchi shimoldagi tog‘ tarkibiga Demovand (5604 m) cho‘qqisi bilan baland tog‘ tizmasi Elbrus ham kiradi.

Elbrus sharqida Turkman-Xuroson tog‘ligi o‘tadi. U ikkita yo‘nalishdan tashkil topgan: shimolda Kopetdog‘, janubda Nishopur tog‘i. Bu ikki yo‘nalish orasida Gorgon – Mashxad vodiysi va botig‘i joylashgan. Tog‘larning balandligi kam hollarda 3000 m dan oshadi, 1500-2000 m balandlikkacha yetadi. Nishopur tog‘ining baland cho‘qqisi - Miraba tog‘i (3322 m), Kopetdogniki esa - Xezor–Masjid tog‘i (3117 m).

Shimoliy-g‘arbdan janubi-sharqqa Eronning garbiy chegarasi bp`ylab Zagros tog‘lari cho‘zilgan. Janubi-g‘arbda Eron tog‘liklari bilan tutashgan. Uzunligi 1600 km, kengligi 200-300 km. Maksimal balandligi 4548 m (Zerdkux cho‘qqisi). Tog‘ cho‘llari, shimoli-g‘arbda buta va siyrak o‘rmonlar bilan qoplangan. Zagros tog‘ning relyefi kuchli erroziyaga uchragan. Ochiq g‘orlar uchraydi. Shimoli-g‘arbiy va janubi-sharqiy qismi ko‘p yo‘llar bilan kesishgan, Zagrosning markaziy qismi eng baland, yovvoyi holda, chiqish qiyin, o‘tish yo‘llaridan mahrum.

Mekron tog‘i - Erondan boshlanib, Pokiston xududida davom etadi. Tog‘larning o‘rtacha balandligi 2000 m atrofida. Zagros kabi Mekron uchun ham kuchli yemirilish xos.

Mamlakatning shimoli-g‘arbiy chekkasi Eron Ozorbayjoni deb nomlanuvchi Arman tog‘ligi bilan band. Sharqda bu Elbrus tog‘ligi bilan, g‘arbda Qurdiston tizmasi bilan chegaralangan. Bu chekka tog‘lar oralig‘i Qoradag tizmasi, Mishudag, Bozkush, katta vulqonli massiv Sebelandag, Saxend Janubiy Ozorbayjon keng yassitog‘ligi, shuningdek tog‘lar oralig‘ida botiqlar va yirik cho‘kma Rezoye (Urmiya) ko‘li bilan band.

Eronda pasttekisliklar kam, ular mamlakat maydonini 1/5 qismini egallaydi. Mamlakatning eng cheka shimoli-g‘arbiga balandligi 60-300 m ga yetuvchi pasttekislik Eron Mugoni kiradi. U Kura-Araks pasttekisligining bir qismi hisoblanadi. Janubiy Kapiy pasttekisligi Elbrusning shimoliy etagida joylashgan. Bu pasttekislikning kengligi 2-6 km dan 30-40 km gacha. Pasttekislik dunyo okeani sathidan pastda joylashgan. Kaspiy dengizining janubiy sohili kam parchalangan, bu esa kemalar to‘xtashi uchun noqulay.

Janubiy-Kaspiy pasttekisligidan sharqda yassi Gorgon pasttekiligi joylashgan. Unda taqirlar, qumli sho‘rhok yerlar uchraydi. Mamlakat janubida Fors va Ummon ko‘rfazi sohili bo‘yida kengligi 10-15 km ga yetuvchi tekislik Garimsir cho‘zilgan. Uning pastki qismlari botqoqliklar bilan band.

Eronda eng katta pasttekislik janubi-g‘arbda joylagan. Bu mashhur Mesopotamiya pasttekisligining bir qismi bo‘lgan Xuziston tekkisligidir. Uning yuzasi tekkis, bir xilda dengiz sathidan 100 m balandlkda joylashgan. Pasttekislik asta-sekin janubi-sharqqa Fors ko‘rfazi sohili tomon pasayadi. Xuzistonning janubiy qismi kuchli botqoqlashgan.

Sulaymon tog‘lari Eron tog‘liklarining sharqiy chekkasida joylashgan. Uzunligi 600 km. Bir necha qator parallel submeridianal tog‘ tizmalaridan iborat. Eng baland cho‘qqisi 3441 m.

Umuman olganda shimoli-g‘arbidan janubi-sharqqa Eronning faol seysmik belbog‘ kesib o‘tadi. Bu yerda zilzilalar tez-tez bo‘lib turadi.

Foydali qazilmalari. Eron foydali qazilmalarga boy. Qidirib topilgan neft zahiralari 8,9 mld.t ni tashkil etadi (kapitalistik dunyoning 12-13% nefti va Yaqin va O‘rta Sharqning 20% nefti). Yirik neft konlari mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida to‘plgan: Neftsefid, Xeftgel, Agajari, Masjid–Sulaymon va boshqalar. Mamlakat markazidagi neft koni Qumli, shimoldagi neft konlari Eron Ozarbayjonida joylashgan.

Shuningdek, Eronda katta tabiiy gaz zahiralari bor (dunyo zaxirasining 15%). Yirik gaz koni Pazenan. Eronda boshqa energiya resurslaridan ko‘mir, umumiy zahirasi 5,5 mld t. Sanoat ahomiyatiga ega bo‘lgan konlar mamlakat shimolida Shemshek, Abek, Zirab va boshqalar. Bu konlarning ko‘miri yuqori quvvatligi bilan farq qiladi (7000-8000 kal/kg). Shunigdek, ko‘mir Eron Ozarbayjonida Hurosonda mamlakat g‘arbida Xamadon rayonida, markazda Kashan va Isfaxon yaqinida janubda Karmona rayonida bor. Eron metalurgiyasini rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan temir ruda konlari Kermon rayonida – Zerandda bor. Eronda umumiy temir ruda zahirasi 5 mld.t.

Eron foydali qazilmalar orasida temir rudasi, xrom, mis, magniy, nikel, kobolt, rux, marganes, volfram, molibden, qo‘rg‘oshin, qalay, simob, kumush, oltin, platina, qazilmalari bor.

Karmonada, Xuroson, Isfaxon, shuningdek Eron Ozorbayjonida, Elbrus tog‘ tizmasida uran va boshqa radiaktiv metallar topilgan. Eronda nometall qazilmalardan oltingugurt(Dashti-Kabir, Qurdiston), osh tuzi, kaliy tuzi, biryuza koni qurilish va bezatish materiallari (granit, marmar, glina, gips, ohaktosh) zahiralari bor.



Iqlimi va ichki suvlari. Eronning katta qismida iqlim subtropik, faqat eng cheka janubida Fors va Ummon ko‘rfazlari sohillarida tropikdir. Mamlakat hududida shimoli-g‘arb va sharqiy yo‘nalishdagi shamollar, Eron Ozorbayjonida esa g‘arbiy shamollar xukumronlik qiladi. Qishda Eronga mo’tadil va tropik havo massalarining bir-biri bilan almashinib kelishi xosdir. U havoning issib ketishi va sovib ketishi bilan bog‘liqdir.

Yanvarning o‘rtacha harorati -2+1ºC va janubda +15ºC. Biroq Arktika havosining kirib kelishi (har yili sodir bo‘lmaydi) sovuq -25ºCgacha bo‘lishiga olib keladi. Bu xukumronlik asosan tog‘larda kuchli shamollar, qorbo‘ronlari va izg‘irinlar bilan kuzatiladi. Qor ko‘chkilari tog‘ davonlarini to‘sib qo‘yadi. Transport harakatini to‘xtatib qo‘yadi. Kuchli sovuq va izg‘irin shimoliy va markaziy Eronda kuzatiladi.

Qishda tropik havo massalarining kirib kelishi natijasida keskin issib ketishi ham halokatlarga olib keladi. Bu havo massasi sel va suv toshqinlarini olib keladi. Toshqin vaqtida sohil bo‘yidagi qishloqlar va kichik shaharlar suv ostida qoladi.

Ichki Eronda yoz issiq va jazirama bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha haroati shimolda +25ºCni, janubda +35ºCni tashkil qiladi. Kaspiy bo‘yi pasttekisligida iqlim nam subtropik (yozda +26ºC qishda +11ºC), janubi-g‘arbda esa tropik (Xuzistonda yoz +31ºC qishda +14ºC).

Yozda Eron janubiy Osiyo past bosim oblasti ta’sirida bo‘ladi. Biri shimoli-g‘arbiy, boshqasi esa janubi-g‘arbiy. Asosan shimoli-g‘arbiy oqim doimiy va kuchli bo‘ladi, biroq Eron tog‘laridan o‘tayotganda u dengiz havosi tarkibini yo‘qotadi va issiq, quruq changli tropik havoga aylanadi. Bu havoning kelishi va doimiy yozgi shimoli-g‘arbiy shamollar ko‘rinishida aniq ifodalaniladi. Ular orasida asosan Fors ko‘rfazi sohilidagi Shemal mashxur. U Mesopotamiyadan esib “120 kun shamoli”deb nomlanadi.

Eron tropik havosi doimo yozda tog‘lar ustida shakllanib, juda quruq va issiq uning harorati +40ºCga, katta chang-to‘zonda esa hatto +50ºCga yetadi.

Juda issiq cho‘l tropiq tipidagi iqlim yog‘inning eng kamligi bilan shu bilan birga quruqligi bilan farq qiladi. Fors va Ummon ko‘rfazi bo‘yidagi Garimsir Erondagi eng yog‘insiz rayon hisoblanadi. Bu yerda qor umuman bo‘lmaydi, yanvarning o‘rtacha harorati +14ºCdan yuqori. Issiq fevraldan boshlanadi. Yilning katta qismida bu yerda issiq va changli shimoli-g‘arbiy shamol esadi. Asosan kuchli va doimiy 6 xafta iyun va iyul davomida esadi (Buyuk Shemal).

Eron yog‘inlarga juda kambag‘al Eron tog‘ligida yog‘in miqdori bir yilda 100-200 mm dan oshmaydi, faqat ba’zi tog‘larda 300 mm gacha yetadi. Tog‘lar bilan o‘ralgan Eronning ichki cho‘l rayonida 50 mm dan kam yog‘in tushadi, ko‘pincha ketma-ket bir necha yil bir tomchi ham yog‘in tushmaydi. Bu rayonlarda yog‘in asosan qishki va bahorgi mavsumga to‘g‘ri keladi. Eron xududida nam joylar kam. Mamlakat sharqidagi baland yon bag‘irlariga Hind okeanidan keluvchi oqimlar musson yomg‘irlarini olib keladi. Eron shimolida Kaspiy dengizi sohilida, shuningdek Elbrusning dengizga qaragan yonbag‘irlarida bir yilda 1000-2000 mm yogin tushadi. Eng ko‘p yogin (60%) kuzda tushadi.

Insonlar uchun ancha qiyin iqlim sharoiti mamlakatning eng cheka janubi-g‘arbi Axvaz rayonida kuzatiladi. Yozgi issiq + 50ºCga yetadi.

Daryolari. Eron ichki suvlarga boy emas. Ko‘p daryolari kam suvligi bilan va vaqtinchalik oqim hosil qilishi bilan farq qiladi. Doimiy oqimlar faqat Janubiy Kaspiy bo‘yida va alohida namga to‘yingan tog‘ tizmalariga boy. Mamlakatning markaziy qismidagi daryolar asosan Markaziy Erob cho‘lidagi cho‘kmalarda yerga singib ketadi.

Mamlakatning sharqiy qismidagi daryolar tog‘ qor va muzlik suvlaridan to‘yinadi. Ko‘pchilik daryolarda to‘lin suvliklik bahorda yomg‘irli va qor erish mavsumida boshlanadi. Chekka rayonlardagi daryolar maromi yog‘inlar tushishga bog‘liq holda o‘zgaradi.

Kaspiy dengizi havzasidagi yirik daryolar Araks va Atrek daryolari, shuningdek Sefidrud va Gorgan hisoblanadi. Shatt-al-Arab orqali Fors ko‘rfaziga o‘z suvini quyuvchi Eromdagi yagona kema qatnovchi daryo – Qorun hisoblanadi.

Qorun daryosi - Shatt-al-Arab daryosining chap irmog‘i. Xavzasining maydoni 60 ming km², uzunligi 820 km , Zagros tog‘laridan boshlanadi, pastki oqimi Mesopotamiya tekisligida joylashgan. Suvlari yerlarni sug‘orishga ishlatiladi.

Kerxe daryosi - Eron va Iroqdan quyi oqimi o‘tadi. Uzunligi 870 km. Xavzasining maydoni 50 ming km². Zagros tog‘laridan boshlanib, Xuziston tekisligi botqoqlarida yo‘qoladi. Bahor toshqini paytida suvlarining ayrim qismi Tigr daryosiga oqib tushadi.

Bulardan tashqari Erondan Turkmaniston chegarasi yaqinidan Atrek daryosining kichik qismi oqib o‘tadi. Ozarbayjon va Armaniston chegaralarida Araks daryosi tabiiy chegara bo‘lib turadi.



Ko‘llari. Mamlakatda ko‘llar ko‘p, ular asosan Eron tog‘ligining ichki qismlarida joylashgan. Ularning hammasi oqmaydigan, kuchli sho‘rlangan va kam suvli. Ko‘p ko‘llar yozda qurib qoladi va sho‘rxoklarga aylanadi. Eronning eng yirik ko‘li Urmiya (Rezoye) mamlakatning shimli-g‘arbida 1275 m balandalikda joylashgan. Suvi oqib chiqib ketmaydigan sho‘r ko‘l. Maydoni 5800 km², uzunligi 130 km, kengligi 30 km atrofida. Ko‘lning o‘rtacha chuqurligi 5-6 m, taxminan 15 m dan oshmaydi. Bu ko‘lda 50 dan ortiq orollar bor. Sohilbo‘ylarida sho‘rxoklar joylashgan. Ko‘l tubida davolovchi balchiqning qalin qatlami joylashgan. Kemalar qatnaydi. Mamlakatdagi eng katta chuchuk ko‘l – Xomun ko‘lidir.

Eron daryolari energiya resurslariga boy emas, lekin sug‘orish uchun ahamiyati katta Eronning hamma daryolari ichida Araks energiya zahiralariga birmuncha boy. Bu daryoda boshqa davlatlar bilan hamkorlikda bir qator gidrotexnik inshootlar qurilgan. To‘g‘onning balandligi 35-40 m, suv omborining suv sig‘imi 1350 mln m³, 40 ming ga yerni sug‘orishni ta’minlaydi va GESning quvvati 44 ming kVt/s.

Ustki chuchuk suv manbalarining yetishmasligidan Eronda grunt suvlaridan keng foydalaniladi. Yer yuziga yaqinlari quduqlar orqali, qolganlari yer osti kanallari – korizlar yordamida olinadi. Eron xalqi uzoq tarixiy davr mobaynida suvni saqlash va tejab sarflash borasida boy tajriba to‘pladi. Bunga misol qilib korizlarni aytish mumkin. Koriz – bu shunday o‘ziga hos bo‘lgan inshoot-ki tog‘ etaklarida tarqalgan yer osti kanalidan tashkil topgan bo‘lib, ba’zan bir necha km ga cho‘zilgan va kuzatuv quduqlar tizimi bilan jihozlangan. Korizlarning tuzilishida quduqlar cho‘kmalarni yig‘ish uchun, korizlarni tozalash va shamollatish uchun xizmat qiladi. Quduqlarning chuqurligi tog‘ yaqinida ba’zan 150-200 m ga yetadi, tog‘lardan uzoqlashgan sari asta-sekin qisqaradi.

Tuproqlari. Tog‘ oldi tekisliklaridagi bo‘z tuproqlarda cho‘l o‘simliklari, tog‘lardagi jigarrang tuproqlarda kserofit dasht o‘simliklari o‘sadi. Pasttekisliklar sho‘rxok. Elburs tog‘larining shimoliy yonbag‘ri kengbargli o‘rmonlar bilan qoplangan. O‘rmonlar Eronda hududining – 11%ni qoplagan. Eronning janubidagi qizil tuproqlarda savanna tipli o‘simliklar o‘sadi. Daryo vodiylari o‘tloq, tuprog‘i - allyuvial.

O‘simlik dunyosi. Eron florasida eron-turon o‘simliklari hukumronlik qiladi. Eron o‘simliklarining umumiy soni 6000 dan ortiq turlarini tashkil etadi. Eng keng tarqalgani dukkaklilar va murakkab gullilar hisoblanadi. Dukkaklilar orasida astragallar oilasiga (600 tur atrofida), murakkab gullilar orasida esa kuziniyalar oilasiga (200 turdan ortiq, ulardan 180 tasi-Eron endemiklari) boy. O‘simliklar endemik turning umumiy soni 900 atrofida, bu mamlakat florasining 15%ini tashkil etadi.

Eron hududining katta qismi cho‘l va quruq dasht o‘simliklari bilan qoplangan. Bu o‘simliklar frigana deb ataluvchi o‘ziga xos bo‘lgan shaklni hosil qilgan. Uning uchun balandligi 1metrgacha bo‘lgan yostiqsimon ignali butalar asosiy namoyondasi bo‘lib, ignalari ko‘tarilgan tipratkanni eslatadi. Ular orasida akantolimunlar, juda turli-tuman astragallar va boshqalar xosdir. Butalar bilan bir qatorda Eronning ichki qismidagi qurg‘oqchil rayonlarda turli xildagi shuvoq, chalov, ko‘plab efemerlar (uzoq yashaydigan bahorda ko‘karib, yozda qurib qoladigan o‘t-o‘lanlar) o‘sadi.

O‘rmonlar hissasiga mamlakat hududining 1%dan sal ortig‘i to‘g‘ri keladi. O‘rmonlar Elburs va Zagros tog‘larining tashqi yonbag‘irlaridagi tor hududlarda va bu tog‘larga yondosh namga to‘yingan viloyatlarda o‘sadi. Kaspiy dengizi sohilbo‘yida va Elbursning 2500m gacha bo‘lgan yonbag‘irlarida qimmatbaho turlardan tashkil topgan quyuq baland bo‘yli nam kengbargli o‘rmonlar o‘sadi: kashtanbargli eman, temir daraxti, sharqiy qoraqayin, klyon, grab (qayin oilasiga mansub daraxt), shumtol, qarag‘ay, grek yong‘og‘i, platana va yog‘och beruvchi o‘rmonlarga boy. Kaspiy oldidagi ba’zi o‘rmonlar o‘tib bo‘lmas subtropik chakalakzorlardan iborat bo‘lib, liana, yovvoyi uzum, pechak, xmel, ilon o‘tlar bilan daraxtlar o‘rab olingan.

Elbursning janubiy yonbag‘irlarida, shuningdek Zagros va Janubiy Eron tog‘larida o‘rmonlar eman, klyon, pista, shumtoldan tashkil topgan. Daraxtlar tez-tez qurg‘oqchillikka chidamli butalar bilan aralashadi. 2600m dan yuqoriga egri-bugri o‘rmonlar va alp o‘tloqlari almashinadi, ulardan molar uchun yaylov sifatida foydalaniladi.

Eron Ozarbajoni tog‘ligida Araks vodiysi bo‘ylab eman va archa siyrak o‘rmonlari uchraydi. Ichki tog‘liklar va Eron tog‘ligini janubi-sharqiy qismi deyarli o‘rmonsiz, bu yerlar o‘tloq dasht o‘simliklari kamdan-kam uchraydigan pista, tog‘bodomi va archalar bilan qoplangan.

Fors va Ummon ko‘rfazi sohilbo‘yida o‘simlilar tropik daryolarning botqoqlik yerlarida va sohilga yaqin orollarda mangra o‘rmonlari o‘sgan. Vohalarda xurmo palmalari keng tarqalgan.



Hayvonot dunyosi. Eron hayvonot dunyosi boy va turli-tuman. Bu yerda tuyoqlilardan cho‘llarda – jayron, kiyik; tog‘larda – arxar (yovvoyi tog‘ echkisi); o‘rmonlarda – kosulya (bug‘u turi), beozor ohu; ichki yassitog‘lilarda yovvoyi eshak-onagr hali ham saqlanib qolgan. Yirtqichlar ham ko‘p: turon yo‘lbarsi, qamishzor mushugi, yo‘l-yo‘l sirtlon, shoqol, qoplon, bo‘ri. Kemiruvchilar soni ko‘p bo‘lib, asosan qum sichqonlar tarqalgan. Qushlarning 400 turi hisobga olingan. Shuningdek sudraluvchilar faunasi turli-tuman bo‘lib, 100ga yaqin turi bor, jumladan zaxarlilar bor (kobra, gurzi, fors gadyukasi). Kaspiy dengizi suvlarida baliqlarning qimmatli turlari yashaydi.

Tarixi. Forslar dastlab m.a.IXasrlarga oid Ossuriya manbalarida tilga olinadi. M.a.556-550-yillarda Buyuk KirII qadimgi dunyoda buyuk imperiyani yaratgan fors podsholari sulolasiga asos soldi.DoroI(M.a.522-486-yillarda) davrida imperiya o‘zining rivojlanish cho‘qqisiga ko‘tarildi. Imperiya hududi Hindistondan O‘rta dengizgacha kengaydi. Misr, Kichik Osiyo va Frakiya yerlari imperiya tarkibiga kiritildi. M.a. V asr oxirlarida forslarning ekspansiyasi greklar tomonidan to‘xtatildi. M.a. 330-yilda Fors imperiyasi Aleksandr Makedonskiy qo‘shinlari tomonidan zabt etildi. M.a. 224-yilda mamlakatni to‘rt asr davomida idora qilgan sosoniylar sulolasi hokimiyat tepasiga keldi. Fors imperiyasi VI asr oxirlarida va VII asr boshlarida rivojlanishning eng yuqori darajasiga ko‘tarildi.

Arablar bosqini imperiyani zaiflashtirdi, islom dini kiritildi. XI asrda mamlakat saljuqiy turklar tomonidan zabt etilgandan so‘ng islom-fors sivilizatsiyasi inqirozga uchradi. 1221-1222-yillarda Chingizxon, XIV asrda Amir Temur tomonidan bosib olindi. XVI asr boshlarida mamlakat yana forslar-saffaviylar sulolasi tomonidan boshqarildi.XVIII-XIX asrlarda bu hududlar o‘z ta’sir doiralariga ega bo‘lish uchun intilgan Rossiya va Buyuk Brutaniyaga qarshi kurashishga to‘g‘ri kelgan bir qancha fors sulolalari almashdi. 1925-yilda hokimiyatga kelgan pahlaviylar sulolasi mamlakatni 1979-yilgacha shoh Muhammad Rizo Pahlaviy hukumatga qarshi chiqishlar natijasida taxtdan ag‘darilganiga qadar idora qildi. 1934-yildan boshlab mamlakat Eron deb nomlana boshlandi. 1980-yilda Eron Islom Respubliasi deb e’lon qilindi.



Davlat tuzumi va siyosiy partiyalari. Boshqaruv shakli: teokratik respublika. Poytaxti – Tehron. Ma’muriy tuzilishi: 30ta ostondan iborat. Mustaqillik kuni 1979-yil 1-aprel (shu kunda Eron Islom Respublikasi deb e’lon qilingan). Milliy bayrami: 1-aprel Respublika kuni (1979-yil). Amaladagi konstitusiyasi 1979-yil qabul qilingan bo‘lib, 1989-yili unga o‘zgartirish kiritilgan. Unga ko‘ra Bosh vazir lavozimi yoqotilib, uni vakolatlari prezidentga berildi. Ijro hokimiyati: davlat rahbari: Oliy rahbar Oyatulloh Ali Husayni-Xumayni (1989-yil 4-iyundan). Isolm Inqilobi yetakchisi (oliy rahbar) Ruhoniylar Kengashi tomonidan umrbod muddatga tayinlanadi.

Prezident xalq tomonidan 4 yilga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyati - bir palatali parlament – Islom qo‘mitasi Kengashi (majlis). Eron Islom Respublikasi (EIR) Konstitutsiyasiga ko‘ra Eronda noislomiy siyosiy partiya va tashkiloylar faoliyati taqiqlanadi. Shunga qaramasdan mamlakatda bir qator oppozitsion partiyalar: Eron Kurdistoni demokratik partiyasi (EKDR), Eron xalq partiyasi (EXR) va boshqalar faoliyat ko‘rsatadi.



Aholisi va mehnat resurslari. Eron Janubi-G‘arbiy Osiyoning eng ko‘p millatli mamlakakatlaridan biri. Bu yerda 30 dan ortiq yirik va mayda xalqlar yashaydi, agar ellat va qabila guruhlarini olsak bu son yanada ko‘payadi.

Eron xalqining ko‘pchiligi eron guruhining hinduyevropa tillar oilasiga kiradi. Bu guruhga forslar (51%), gilonlar, mozondariylar(8%), kurdlar(7%), lurlar(2%), balujilar (2%), baxtiyorlar, tolishlar, tatlar, hazoriylar, jamshidlar, armanlar, afg‘onlar, tojiklar kiradi. Ikkinchi guruh tyurk guruhining oltoy tillar oilasiga kiruvchilar ozorlar (24%), turkmanlar (2%), qoshg‘aylar, kajarlar, afshorlar, shohsevanlar, qorapapahlar, nafarlar, hurosonlar, baharlular, eynalular kiradi. Uchinchi guruh semit guruhining semito-hamit tillar oilasiga arablar (3%) va ossuriylar kiradi. To‘rtinchi kartvel guruhining kavkaz tillar oilasiga gruzinlar kiradi.

Eronning ko‘p millatliligiga uning qadimiy va o‘rta asrlardagi hukmronlarining bosqinchilik siyosati, o‘z hukmronligiga ko‘pgina har xil tilli qabila va xalqlarni qo‘shib olishi, shuningdek shunday bosqinchiliklarni bir nechtasini o‘z boshidan o‘tkazishi sabab bo‘lgan.

Mamlakatning asosiy etnik birligi forslar (eronliklar). Eronning markaziy va janubiy tumanlarida to‘plangan, eronliklar joylashgan tumanlarning shimolida ularga etnik jihatidan yaqin gilonlar, mozandoriylar va tolishlar yashaydi, g‘arbda - kurdlar, lurlar va baxtiyorlar, sharqda - afg‘on, balujiylar, xazoriylar va tojiklar yashaydi. Ozorlar Ozarbayjon Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan Eronning shimoli-g‘arbida yashaydi. Ularga qardosh bo‘lgan yarim ko‘chmanchi va o‘troq qabilalardan afshorlar, shoxsevanlar, qorapapahlar ham shu yerda yashaydilar. Mamlakatning janubida qoshg‘aylar va ba’zi bir tyurk ko‘chmanchi qabilalar, shuningdek arablar yashaydi.

Eronning yagona davlat tili fors tili hisoblanadi (58%). Hamma rasmiy ishlar, maktab va oily o‘quv yurtlarida darslar fors tilida olib boriladi. Boshqa tarqalgan tillardan tyurk (26%), kurd (9%), turk (1%), arab (1%), lur (2%), baluj (1%), boshqa tillarda 2%.

Eronning davlat dini islom dini bo‘lib (99%), shundan shialar 89% va 10% sunniylar tashkil etadi, oz qismi (1%) zardushtiylar, yaxudiylar, xristanlar tashkil etadi. Shialik mamlakat dini deb 1502-yilda Safoviylar hukumatining asoschisi Ismoil I tomonidan e’lon qilingan. Eronda shialikka forslar, ozorlar, gilonlar, mozondariylar, lurlar, baxtiyorlar, qoshg‘aylar, shoxsevanlar, tolishlar, kurdlar va arablarning bir qismi e’tiqod qiladi. Sunniylikka afg‘onlar, balujiylar, kurdlar va arablarning bir qismi, turkmanlar, jamshidlar e’tiqod qiladi.

Eronning aholi soni 2007-yil ma’lumoti bo‘yicha 72 mln kishini tashkil etadi. 70- yillarda mamlakat aholisi 34 mln. kishini tashkil etganda olimlar bashorati bo‘yicha 2000-yili uning soni 60 mln. kishidan ortish kerakligini bildirishgan. Ko‘rib turibsizki oxirgi yillarda Eronning aholisi tez ko‘paymoqda. Aholining tabiiy o‘sishi taxminan 0,72%ni tashkil etadi. Aholining o‘sishiga emigratsiya va imigratsiya unchalik ta’sir ko‘rsatmaydi.

1933 yilda Eronning aholi soni 15 mln. kishi, 1956-yil – 18,9 mln. kishi, 1977-yil – 34 mln. kishi, 1995-yil – 64,6 mln. kishini tashkil qilgan. 23 yil mobaynida (1933 – 1956 y) mamlakatning aholi soni 3,9 mln. kishiga ko‘paydi, 1957 – 1977 y (20 yil) 15,1 mln. kishiga va oxirgi 18 yilda 1977 – 1995 y 30,6 mln kishiga ko‘paydi.

Tug‘ilish har 1000 kishiga-16,83 bola, o‘lim har 1000 kishiga-5,55 tani tashkil etadi, (bolalar o‘limi har 1000 ta bolaga – 41,58 tasi o‘ladi). O‘rtacha umr ko‘rish-erkaklarda-68,31 yosh, ayollarda – 71,07 yosh. Har bir ayolga o‘rtacha 1,82 tug‘ilgan bola to‘g‘ri keladi. iqtisodiy faol aholi 23.68 mln kishi, shundan qishloq xo‘jaligida – 33%, sanoatda – 25%, xizmat ko‘rsatishda – 42% aholi band, ishsizlik – 11,2%. Yosh tarkibi: 0-14 yoshgacha – 28%, 15-64 yoshgacha – 67,2%, 65 va undan yuqori – 4,8%.

Tarix fanlaridan ma’lumki shaharlar juda qadimgi zamondan ma’muriy hokimiyat, savdo va hunarmandchilik markazlari, xarbiy qo‘rg‘onlar sifatida Nil, Dajla va Furot daryolari deltalarida paydo bo‘lgan. Kapitalizmning rivojlanishi va yirik mashinasozlik sanoati, transport va jahon bozorining o‘sishi bilan shaharlarda sanoat to‘plandi, ko‘p shaharlar transport tugunlariga, savdo-taqsimot markazlariga aylanib bordi. XX asr o‘rtalarida nomoddiy ishlab chiqarish sohalarining o‘sishi bilan shaxarlarning vazifalari yanada ko‘paydi.

Hozirgi vaqtda aholining joylashishi shaharlar geografiyasiga tobora ko‘proq bog‘liq bo‘lib bormoqda.

Xorijiy osiyoda aholining joylashuvi ayniqsa noteksdir. Bu yerda bir tomondan-aholisi nihoyatda zich dengiz bo‘yi tekisliklari, daryo vodiylari va deltalari hamda vohalardan, ikkinchi tomondan esa aholi nihoyatda siyrak tarqalgan cho‘llar va chalacho‘llar baland tog‘lar, tropik o‘rmonlardan iborat.

Eronda ham aholi juda notekis joylashgan. Oxirgi yillarda bu yerda aholining o‘rtacha zichligi ko‘tarilgan holda (18 dan 39 kishigacha 1km²) ayrim hududlarida odam yashamaydi. Eron aholisining eng zich joylashgan hududlari: markaziy viloyati, Isfaxon atrofidagi yangi sanoat tumani, Eronning shimoliy, shimoli-g‘arbiy va g‘arbiy qismlari.

Regionning ko‘pgina mamlakatlarida ro‘y berayotgan shaharlarning nixoyatda jadal o‘sishi tufayli aholining hududiy joylashuviga urbanizatsiya tobora katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Yirik shaxarlar, “millioner” shaharlar ayniqsa tez o‘smoqda. Urbanizatsiya (lotincha urbs - shahar) deb mamlakatda, hudud va jahonda shaharlarining o‘sishi va shahar aholisi salmog‘ining oshishiga, murakkab shaharli shoxobchalari, tizimlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga aytiladi.

XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab shaharliklarning soni ko‘paya boshladi. Asrning boshlarida shaharliklarning soni taxminan 25% tashkil etar edi. Oxirgi yillarda esa Erondagi aholi soni 100 ming kishidan ortiq bo‘lgan, 14 shaxarda 25% dan ortiq, hammasi bo‘lib shaharlarda 70% ortiq aholi yashaydi. Texron, Isfaxon, Tabriz, Mashxad, Sheroz, Obodon shaxarlari tez o‘smoqda .

Masalan, Isfaxonda 1966-yildan 1976-yilgacha aholi soni ikki baravar ko‘paydi. Yangi shahar-yo‘ldoshlar paydo bo‘lyapti (Isfaxon yaqinidagi metallurglar sharhri Aria-Shaxr qad ko‘tardi).

Eronning ko‘p shaharlari bir-biriga o‘xshaydi va haligacha o‘ziga xos bo‘lgan ko‘rinishini saqlab qolgan. Odatda shaharning markazida maydon joylashadi va shu maydondan to‘rtta katta ko‘cha to‘rt tomonga yo‘naladi, chekkalarida daraxtlarni sug‘orishga muljallangan ariqlar oqadi. Bu yerda masjid va usti yopilgan bozor ham joylashgan. Markaziy ko‘chalarga bir qator kichik, ensiz egri-bugri va qishloq ko‘cha va tor ko‘chalar tutashgan. Shahar ko‘chalarida ko‘rimsiz bo‘lgan kambag‘al aholining uylari to‘plangan. Yirik zamonaviy yevropa uslubida qurilgan ko‘pqavatli binolar mavjud.

Qishloq aholisi. Shaharlarning tez o‘sayotganligiga qaramay, jahon aholisining yarmidan ortig‘i qishloq joylarda yashaydi.

Qishloq aholisining joylashishida asosan ikki xil shakl mavjud: g‘uj va tarqoq joylashish.

Aholining qishloqlarda g‘uj bo‘lib joylashishi Rossiyada, G‘arbiy Yevropada, Xitoy, Yaponiyada va rivojlanayotgan ko‘p mamlkatlarning ko‘pchiligida ko‘p tarqalgan. Lekin qishloqlarning shakli xilma-xil bo‘ladi. Fermalar AQSH, Kanada va Avstraliyada eng ko‘p tarqalgan. Aholi joylashishining aralash turlari ham mavjud. Ko‘chmanchi chorvachilik o‘lkalarida doimiy qishloq joylari umuman yo‘q.

Osiyoda qishloq aholi punktlarining tarqalishi uchun qishloq shakli xarakterlidir. Mangollarda, afg‘onlarda, beduin-arablarda, ya’ni saxro arablarda va boshqa xalqlarda ko‘chmanchilik bilan turmush kechirish tarzi saqlanib qolgan; bu joylarda aholi asosan o‘tovlarda yashaydi.

Eronda XX asrning boshlarida qishloq aholisi asosiy xalq bo‘lib kelar edi. Shaharlarda sanoat korxonalari ko‘paygani sari uning ulushi 50-yillardan kamaya boshlab, endilikda atigi aholining 25%ini tashkil etadi.

Ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi qabilalar avval Eronning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o‘ynar edi. Endi esa ular o‘z ahamiyatini yo‘qotdi, ko‘plari o‘troqlikka o‘tdilar. Ammo haligacha mamlakatda ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi hali ham bor.

Eronda demografik siyosat. Eron prezidenti Ahmadi Nojod o‘z mamlakati fuqorolarini aholini ikki baravar ko‘paytirishga chaqirdi. Parlamentda nutq so‘zlab turib, bu Texronni G‘arb bilan qarama-qarshi turishga yordam beradi deb aytdi. Ahnadi Najod Erin aholisining soni 70mln.dan 120mln.ga yetishi shart deb hisoblaydi.

Eron aholisining o‘sishiga din ulamolari qarshi, lekin shu payitgacha bu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlagan edi. Bundan tashqari hukumat tug‘ilish darajasini nazorat qilib turish uchun o‘z budjetidan mablag‘ ajratadi. Bu mablag‘lar, jumladan ayollrni “sterilizatsiyasi” uchun, shuningdek yosh oilalir uchun mahsus kurslarga sarflanadi. Shu payitgacha Eron hukumati ota-onalar ikkitadan ortiq farzand ko‘rishmasligi siyosatini qo‘llab-quvvatlar edi. Prezidentning aytishicha oilada ikkita farzand meyor emas deb hisoblaydi. Bizning mamlakatda imkoniyatlar juda ko‘p, g‘arb mamlakatlarida esa tug‘ilishda muammolar ko‘p. Ular Eron mamlakatida tug‘ilishning ko‘payishidan havotirda va biz oxir-oqibat ular ustidan hukimronlikni o‘z qo‘limizga olamiz deb aytdi Ahmadi Najot. Deputatlarga oilada nechta bola bo‘lishidan qat’iy nazar ayollarga ko‘proq bo‘sh vaqt yaratib berish haqida qonun ishlab chiqish uchun topshiriq berdi.

Biroq prezident g‘oyalariga darxol ko‘p tanqidlar paydo bo‘ldi. Ular davlat boshlig‘ining mulohazasi uchun hali vaqt erta deb hisoblashadi: mamlakatda inflyatsiya va ishsizlik darajasi o‘sayotgan bir vaqtda norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra mehnatga layoqatli aholining 25%i ishsizdir.


Каталог: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa