Funktsional diagnostika nima? Funktsional diagnostika usullari. Funktsional diagnostika usullarining tadbiqi



Download 1,65 Mb.
bet1/3
Sana22.06.2022
Hajmi1,65 Mb.
#693078
  1   2   3
Bog'liq
Funksional diagnostika


Mavzu: Funksional dignostikani asosiy vazifalari
Kirish

  1. Funktsional diagnostika nima?

  2. Funktsional diagnostika usullari.

  3. Funktsional diagnostika usullarining tadbiqi

Xulosa
Foydanilgan adabiyotlar

Funktsional diagnostika nima?
Bu inson tanasining barcha a'zolari va tizimlarining funksionalligini ob'ektiv baholash imkonini beruvchi bir qator diagnostika muolajalarini o'zida mujassam etgan tibbiyot fanining sohalaridan biridir. Demak biz diagnostika nima ekanini bilishimiz kerek bo’ladi buning uchun quyidagi ta’rifni keltirib o’tamiz. Diagnostika (yunon. diagnostikos — aniqlashga qodir) — klinik tibbiyotda veterinariyada kasallikni aniqlash, uni davolash va oldini olish jarayonlarini ishlab chiqish maqsadida organizmni tekshirish usullarini oʻrganadigan boʻlim hisoblanadi. Diagnostika asosan fan sifatida uch asosiy qismga boʻlinadi. Demak bu quyidagilardan iborat:
1) bemorning shikoyatlarini yigʻish va oʻrganish metodikasi, kasallanish va hayot tarixi, shuningdek, diagnostik texnika, yaʼni bemorni tekshirish usullari; Tushuncham: (bu jarayonda bemor tibbiyot punktiga kelgan paytda soha shifokoriga kasaligi haqida shikoyat qiladi ya’ni qaysi a’zosi bezovta qilishini tushuntiradi. Shu jarayonda soha shifokori qancha vaqtdan beri bezovta qilishini o’rganadi va tahlil qiladi)
2) kasalliklarda kuzatiladigan har xil belgilar (simptomlar) haqidagi taʼlimot (semiotika); Tushuncham,(bu holatda esa bemor kelgan paytda soha shifokoriga aynan qaysi xolatda aniq bir a’zosi belgilarini tushuntiradi. Masalan gripp kasalligi bilan kelsa burun bitishi, aksirish, yo’tal misolida ko’rishimiz mumkin).
3) bemorni tekshirib, olingan maʼlumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan baholab, tashqis qoʻyish uchun vrachning muhokama yuritish metodikasi, yaʼni tashhis metodikasi. Tushuncham (ushbu jarayondagi misol qilgan gripp simptomini olsak, ushbu soha shifokori gripp bilan kasalangani aniq tashxisini qo’yadi.) Bu xolatda shuni ko’rishimiz mumkinki diagnostikani funsional ravishda aniq bo’lganini tushunishimiz mumkin bo’ladi.
Bemorni tekshirishda, avvalo, uning sezgilari, kasalligi qachon boshlangan va qanday oʻtgani, mehnat va turmush sharoiti yo oʻzidan, yoki yaqin kishilaridan (goʻdak bolani tekshirishda onasidan) soʻrab olinadi, yaʼni anamnez toʻplanadi. Anamnez toʻplash va bemorning kasallik tarixini toʻgʻri bayon qilib berish tashhis uchun gʻoyat katta ahamiyatga ega. Obʼyektiv tekshirishda bemor koʻzdan kechiriladi va 3 ta usul yordamida aniqlanadi. Palpatsiya,Perkussiya, Auskultatsiya
PALPATSIYA bu- vrachning bemorni tekshirish usuli; bunda yuza toʻqimalar va chuqur joylashgan aʼzolarni muntazam paypaslab, terining temperaturasi va namligi, baʼzi ichki aʼzolarning katta kichikligi, joylanishi, yuzasi kanday ekanligi, tomir urish xususiyatlari, shuningdek, Palpatsiyasiga nisbatan bemorning reaksiyasi (mas, ogʻriq sezishi) aniqlanadi.) qichqacha qilib aytganda paypaslab aniqlash.

PERKUSSIYA bu (bemorning ichki aʼzolaridagi kasallikni aniqlash uchun qoʻllaniladigan fizik usul. Ya’ni tananing tekshirilayotgan joyiga barmoq yoki bolgʻacha bilan urib koʻriladi. Bunda chiqadigan tovushga qarab, tekshirilayotgan aʼzoning holati haqida fikr yuritiladi),


AUSKULTATSIYA bu- (Ichki aʼzolarda yuzaga keladigan tovushlarni eshitib, ular faoliyatini va holatini tekshirish usuli. Masalan, yurak urishini eshitib, uning sogʻ yoki kasalligini aniqlash. Auskultatsiyada badanning tegishli qismiga shifokor quloq tutadi (bevosita Auskultatsiya) yoki maxsus asboblar (stetoskop, fonendoskop yoki stetofonendoskop) qoʻyib eshitib koʻradi (bilvosita Auskultatsiya). Auskultatsiya tibbiyot amaliyotida yurak, oʻpka, qon tomir kasalliklarini, shuningdek qon bosimini aniqlashda muhim diagnostik ahamiyatga ega) metodlari qoʻllaniladi. Nerv sistemasi va sezgi aʼzolarini tekshirishda reflekslar, sezuvchanlikning har xil turlari, koʻruv va eshituv, taʼm va hid biluv oʻtkirligini aniqlash uchun maxsus usullar tatbiq etiladi. Oliy nerv faoliyatini oʻrganish diagnostikaning muhim vazifalaridandir. Bundan tashqari, gavda qismlari oʻlchanadi (termometriya va antropometriya), ichkariroqda joylashgan aʼzolarni tekshirishda har xil koʻzgular (quloq, burun, hiqildoq,) va optik asboblar (koʻzni tekshirishda — oftalmoskop , qiziloʻngachni koʻrishda — ezofagofibroskop, meʼda-ichak tekshirishda — gastroduodenofibroskop, kolonoskop va h.k.)dan foydalaniladi. Yurak va tomir harakatlarini qogʻozga yoki foto-plyonkaga yozib olish (kardiografiya va sfigmografiya)ning ahamiyati katta. Yurak va miyadagi elektr potensiallarining oʻzgarishlarini qayd qilish (elektrokardiografiya va elektroensefalografiya) ayniqsa muhim usuldir. 20-asr oxirida ichki aʼzolar kasalliklari Diagnostikasida ultratovush texnikasi, magnit rezonans apparati, kompyuter tomografiya usullari keng qoʻllanila boshladi. Baʼzi kasalliklarni aniqlashda radioaktiv izotoplar tatbiq etiladi. Bunda nafas olish, qon aylanish, ajratish aʼzolari va endokrin sistemalar holati, shuningdek, moddalar alma-shinuvining buzilishi aniqlanadi. Labaratoriyada qon, siydik, axlat, balgʻam, shuningdek, koʻmik, jigar, taloq, limfa tugunlarini punksiya qilib olingan materiallar mikroskopik, fizik va kimyoviy tekshirishdan oʻtkaziladi. Kasallikni qoʻzgʻatgan mikroblar va immunitetni aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan bakteriologik, immunologik va serologik metodlar Diagnostika uchun katta ahamiyatga ega. Hozirda radiotelemetrik Diagnostika usuli (biror koʻrsatkichni masofadan oʻlchash) ishlab chiqilgan.
Funksional kasalliklar Diagnostikasidaa tashhis qoʻyishda asosiy va yoʻldosh kasalliklar hamda asoratlar sabablari aniqlanadi, sistema va aʼzolar faoliyatining buzilish darajasi belgilanadi, tekshirilayotgan bemorning shunday kasallik bilan ogʻrigan boshqa bemordan farq qiladigan fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Patologoanatomik Diagnostikada bemor vafot etganidan keyin uni yorib olingan maʼlumotlari va toʻqimalarini biotini taxlil qilish asosida tashhis qoʻyiladi. Diagnostikani takomillashtirishda hozirgi davrga kelib telekommunikatsiya, internet va elektron aloqalardan foydalanish mumkin.


Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish